Reja: Umumiy ma’lumotlar




Download 0.51 Mb.
Sana08.01.2024
Hajmi0.51 Mb.
#132378
Bog'liq
26-mavzu
6, SAT US - 08.2023, Rus tili 5-6-sinf bo\'sh 34 soat to\'garak, do2, 10, Mavzular, SO’ROVNOMA yangi, Абитуриент карточкаси, TUPROQ VA UNING MUHOFAZASI, sigʻimli idishlar, Hisoblash texnikalari ekspluatatsiyasi chuqurlashtirilgan kursi (1), Amelyat esabat, 7 jahon 2023, 7 jahon 2023 savol javob darslikdan

Mavzu: GNSS tizimlari va tayanch stansiyalari.
Reja:
1.Umumiy ma’lumotlar.
2.GNSS va GPS haqida tushuncha.
3.Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari.
Agar oldin sun’iy yoʻldoshlar orqali olingan ma’lumotlar AQSH ning GPS tizimi orqali ishlagan boʻlsa, hozirda zamon rivojlanishi bilan yangi GNSS tushunchasi paydo boʻldi. GNSS (inglizcha Global Navigation Sattelite System) global navigatsiya sun’iy yoʻldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. Ushbu tizimda hozirda koʻpgina zamonaviy geodezik asboblar ishlamoqda. Tizimga 5 davlatning sun’iy yoʻldoshlari ulanadi, bu qariyb 100 dan ortiq yoʻldoshlarga ulanish imkoniyati mavjud deganidir. Qulayligi shundaki, GNSS tizimidagi asboblar endilikda faqatgina GPS tizimidagi sun’iy yoʻldoshlarnigina kutmasdan, balki hozirgi kunda ishlayotgan GLONASS, COMPASS (Beidou) yoʻldoshlariga va keyinchalik Galileo tizimi yoʻldoshlariga ulanib, joyning yanada aniq koordinatasini aniqlab berishi mumkin.

Sun’iy yoʻldoshlarning orbitadagi sxematik joylashuvi


Har bir zamonaviy sun’iy yoʻldosh borti bir qator yuqori texnologik qurilmalar bilan jihozlangan va ular jumlasiga:
 toʻrtta atom soatlar;
 uchta kadmiy nikelli batareyalar;
 quvvati 1136 Vt boʻlgan ikkita quyosh batareyalari;
 yoʻldosh boshqaruvi uchun qisqa toʻlqin diapazonli antenna;
 foydalanuvchi bilan aloqa qilish uchun 12 elementli uzun toʻlqin diapazonli antenna.
Agar dastlabki ishlab chiqilgan GPS qurilmalar futbol toʻpi kattaligida va undan ham kattaroq boʻlgan boʻlsa, hozirgi kundagi GPS larning oʻlchami mobil telefon bilan barobar va bu qurilmalar obyektning joylashgan koordinatasi balandligi kabi ma’lumotlardan tashqari, obyekt joylashgan joyni shahar, transport magistrallari va boshqa koʻpgina obyektlar bilan birga kichik ekrandagi kartada ham koʻrsatib bera oladi. Uch koordinatani (uzoqlik, kenglik va dengiz sathidan balandlik) aniqlashdan tashqari
GPS quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
 obyektning tezligini tashkil etuvchilarni aniqlash;
 aniq vaqtni 0,1 sekund aniqlikda oʻlchash;
 obyektning haqiqiy yoʻl qiyaligini hisoblash;
 yordamchi axborotni qayta ishlash va qabul qilish.
G eoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari Geoaxborot tizimi dasturi bu GATning har qaysi jarayonidagi asosiy va muhim qism hisoblanadi. Texnika va texnologiya taraqqiy etishi bilan dasturlar ham oʻz navbatida, rivojlanishda davom etmoqda va bu bilan GAT loyihalariga ketadigan xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini bermoqda. Barcha GAT dasturlari toʻrtta tizimga boʻlinadi. Ular jumlasiga ishchi stoli kompyuterlariga, server kompyuterlariga va rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan hamda qoʻlda olib yuriladigan qurilmalarga oʻrnatiladigan dasturlar kiradi. Ishchi stoli kompyuterlariga moʻljallangan dasturlar turkumiga ESRI Arc Reader, Intergraph Geomedia Viewer, Mapinfo ProViewer, AutoDesktop 3D, ESRI Arc View-ArcInfo, Ge Spatial Intelligence, Intergraph Geomedia Professional va boshqa dasturlarni kiritishimiz mumkin. Bu dasturlarning vazifalari oddiy kartalarni koʻrish, shuningdek, professional ishlar boʻlmish ma’lumot toʻplash va tahlil qilish, ma’lumotlar bazasi boshqaruvi, geografik ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish kabilarni bajarishdir. Professional dasturda ishlash uchun mutaxassisning texnik qobiliyati ham zarur darajada boʻlishi lozim. Bunday dasturlar hozirgi kunda 7000 AQSH dollaridan 20000 AQSH dollarigacha qiymatda mavjud. Internet rivojlanishi bilan birga undan foydalanuvchilar ham oʻz-oʻzidan ortib bormoqda. Bu, oʻz navbatida, foydalanuvchilar uchun internet orqali istalgan mahsulotni yetkazib berishni bildiradi. Shu jumladan GAT dasturlari ham oxirgi yillarda server turkumiga moʻljallangan GAT dasturlarini ishlab chiqishni koʻp emas, balki bir yilga qoʻymoqda.
Download 0.51 Mb.




Download 0.51 Mb.