• Ключевые слова
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Ro‘ZG‘orshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish




    Download 331,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana30.01.2024
    Hajmi331,67 Kb.
    #148931
    Bog'liq
    7398-Текст статьи-17952-1-10-20221224
    524-Текст статьи-1517-1-10-20220120, Atlassian DevOps Trends Survey 2020 (1), Atlassian DevOps Trends Survey 2020, ПҚ-283 Тез ёрдам хизмати, Abduvaliyeva Dilfuza, Grafik axborotlarni kiritish, taxrirlash va chiqarish, Adobe Photoshop grafik dasturida ishlash, Andijon davlat universiteti, Новый документ, excel-dasturining-iqtisodiyotga-doir-funksiyalari-va-ular-ustida-iqtisodiy-masalalarni-yechish, Excel dasturida matematik masalalar yechish, Yig’uv sehi va uni lоyihalash, Bozor iqtisodiyoti modellari, 112, Oksidlar asoslar kislotalar olinishi xossalari ishlatilishi (ABDURAHIMOV AFZALBEK)



    RO‘ZG‘ORSHUNOSLIK BO‘YICHA MASHG‘ULOTLARDA 
    O‘QUVCHILARNI TEJAMKORLIKKA O‘RGATISH 
    Umarov Rahim Tojiyevich
    1
    , Umarova Nurnisa Rahimovna
    2
    , Abdullayeva Feruza

    1
    A.Qodiriy nomidagi JDPU, Jizzax sh., 
    2
    H.Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab 
    o’qituvchisi, Jizzax sh., 
    3
    Jizzax shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabi 
    o’qituvchisi, O’zbekiston. 
    e-mail: 
    umarovr@jdpu.uz
     
     
    Annotatsiya: Maqolada o‘quvchilarning uy-ro‘zg‘ordagi kundalik hayotda ko‘plab 
    foydalaniladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari va kiyim-kechaklarga tejamkorona munosabatda 
    bo‘lishiga asosiy e’tibor qaratilgan. 
    Kalit so‘zlar: Tejamkorlik, uy-ro‘zg‘or, kiyim-kechak, maishiy xizmat buyumlari, resurs, 
    trikotaj, element, byudjet, daromad, tejash. 
    Аннотация: В статье акцентируется внимание на бережливом отношении 
    студентов к предметам быта и одежде, которые часто используются в быту дома. 
    Ключевые слова: Бережливость, домашнее хозяйство, одежда, хозяйственные 
    товары, ресурс, вязание, предмет, бюджет, доход, сбережения. 
    Annotation: The article focuses on the thrifty attitude of students to household items and 
    clothes that are often used in everyday life at home. 
    Keywords: Thrift, household, clothing, household goods, resource, knitting, item, budget, 
    income, savings. 
    O‘quvchilarni uy-ro‘zg‘orda tejamkorlikka o‘rgatish bugungi kunning 
    dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi Albatta barchamizda kundalik turmushda 
    ro‘zg‘orimizda eskirgan stol, stul, divan, shkafni va turli xildagi maishiy 
    buyumlarni nima qilish kerak degan savol tug‘iladi. Bunday holda ularni qayta 
    ishlab foydali uy-ro‘zg‘or buyumlariga aylantirish mumkin. Bu ishlarni nafaqat 
    o‘zimiz balki, farzandlarimizga ham o‘rgatsak, ayniqsa maktablarda o‘tiladigan 
    mehnat darslarida o‘rgatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.



    Maqolada o‘quvchilarning uy-ro‘zg‘ordagi kundalik hayotda ko‘plab 
    foydalaniladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari va kiyim-kechaklarga tejamkorona 
    munosabatda bo‘lishiga asosiy e’tibor qaratilgan. 
    Afsuski tevaragimizdagi hamma narsalarga tejamkorona munosabatda 
    bo‘lish to‘g‘risida juda kam gapiramiz va yozamiz. Gapirish esa kerak. Bolalarni 
    nafaqat maktab davrida balki, kichikligidanoq, ya’ni oilada va maktabgacha ta’lim 
    mussasasidaligidayoq tejamkorlikka o‘rgatish masalasi o‘ta muhim hisoblanadi. 
    Shuni e’tiborga olib umumiy o‘rta ta’limning Texnologiya fanidan davlat 
    ta’lim standarti asosida ishlab chiqilgan fan dasturiga ko‘ra 5-9-sinfda o‘tiladigan 
    Texnologiya fanining barcha yo‘nalishilarida Ro‘zg‘orshunoslik asoslari qismida 
    uy-ro‘zg‘orda ta’mirlash ishlariga oid mavzular kiritilgan. Bunda o‘quvchilar 
    ongida turmushdagi tejamkorlikka oid tushunchalarni shakllantirish va amaliy 
    ko‘nikmalarni hosil qilish lozim. 
    Masalan, eski krovat yoki divandan turmushda foydalanishimiz mumkin. 
    Buning uchun krovatni yog‘och suyanchiqlaridan birini olib bo‘shagan tarafini 
    metall yoki yog‘och oyoqchalarga o‘rnatilsa bejirimgina xontaxta hosil bo‘ladi. 
    Ikkinchii suyanchiq ham oyoqlarga o‘rnatilib chiroyli stol tayyorlanadi. Qalin 
    dag‘al matodan manzarali silliq qoplama yoki jild tayyorlanadi va divanni 
    yotadigan qismiga qoplanadi. Bosh tarafiga chiroyli bolish tashlab qo‘yiladi. Bu 
    ishlarni bajarish uchun insonda ozgina bo‘lsada, bilim, uquv va tajriba bo‘lsa 
    etarlicha. Qolaversa uyda bu ishlarni bajarilishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan 
    farzandingizda bunday ishlarni mustaqil bajarish ishtiyoqi tug‘iladi. 
    Shuni esda tutish kerakki, uy buyumlarini qo‘lbola materiallardan yasash 
    nafaqat oilaviy daromadlarni tejash nuqtai nazardan, bal’ki bolalarni mehnatga 
    odatlantirish nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga egadir. Ular kattalarga 
    qo‘lidan keguncha yordamlashib buyumlarni konstruksiyalashda, uy buyumlarni 
    ta’mirlashda o‘z kuchlarini sinab ko‘radilar. O‘quvchilarni yoshligidan nafaqat 
    oiladagi tejamkorlikka, balki barcha jabhalarida tejamkorlikka o‘rgatish orqali 
    ularda iqtisodiy tushunchalarni shakllantiriladi. 



    Siz eski gazetalar, jurnallar va karton parchalarini tashlab yubormasdan, 
    ularni yaxshi kitobga ayiraboshlashingiz mumkinligini, bunda bir tonna chiqitga 
    chiqgan qog‘oz makulatura to‘rt metr kub yog‘och o‘rnini bosishini, ikkilamchi 
    xomashyodan qog‘oz ishlab chiqarishda suv ancha miqdorda kam sarflanishini va 
    havoning kam ifloslanishini ta’kidlashimiz lozim. Xalqimizda “Kimki bo‘lsa 
    tejamkor, qut-baraka unga yor” degan naql bor. 
    Bugungi kunda eskirgan va allaqachon modadan chiqqan kiyimlarimizdan 
    Texnologiya fanidan mashg‘ulotlarda turli xildagi buyumlar tikishimiz mumkin. 
    Masalan, modadan qolgan, ammo hali ancha pishiq bo‘lgan charm plash va 
    kurtkalardan foydalanib sumkachalar, tikuvdan qolgan qiyqim lardan, umrini 
    yashab bo‘lgan trikotaj kiyimlaridan kursilarga qoplama, ishxona stullari uchun 
    gilamchalar to‘qish, shuningdek choyni issiq saqlash uchun choyna kustiga 
    qoplamalar tikish mumkin. Kattalar, ayniqsa yosh bolalar kiyadigan kuylaklarni 
    engi va yoqasi eyilishi natijasida kiyishga yaroqsiz holatga kelib qoladi. Bunday 
    holda uni tashlab yubormasdan yoqasi va engini teskari tomonga qilib tikilsa yana 
    uzoq muddatga xizmat qiladi.
    Shuningdek bolalar kiyib yurgan kurtka kichrayib qolsa, uni tikib 
    bo‘lmaydigan bo‘lib ketgan jun paypoqning odatda butun yuqori qismini qirqib 
    olib, uni eng qaytarmasiga ulansa bilaklarga yopishib turadigan rezinkali qulay 
    to‘qima manjet hosil bo‘ladi. Eskirgan charm sumka, qo‘lqop va botinkadan 
    kvadrat yoki oval yamoqlar bichish oson bo‘ladi. O‘g‘il yoki qiz bolalar kiyadigan 
    jinsi tizzalari edirilgan bo‘lsa, charm yamoqlar solib foydalanishga yaroqli holga 
    keltirilsa, unga ikkinchi jon ato etilib xizmat muddati uzaytiriladi. Shu yo‘l bilan 
    maktablardagi Texnologiya fanidan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni eski xizmatini 
    o‘tab bo‘lgan buyumlardan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanib, unumli va 
    foydali mehnatga jalb qilinadi, shuningdek o‘z navbatida ularning bo‘sh vaqtida 
    foydali ishlar tashkil etiladi hamda ularda mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va 
    tejamkorlik kabi xislatlar shakllantiriladi.



    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tejamkorlik sira ham xasislikka 
    kirmaydi, u pulni xaridlarga yaxshi o‘ylab sarflashni, xo‘jalikni oqilona 
    yurgizishni, uy-ro‘zg‘orda buyumlaridan maqsadga muvofiq foydalanishni va 
    ularni avaylashni bildiradi. Qolaversa, bolalarimizni yoshligidan tevaragidagi va 
    ro‘zg‘orimizdagi buyumlarga hamda narsalarga tejamkorona munosabatda bo‘lish 
    va asrab-avaylashga o‘rgatishimiz lozim. Bu esa kelajakda bolalarni mavjud 
    resurslardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishga katta 
    yordam beradi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
    1.Kanevskiy E.M. va boshqalar. Turmushda tejamkorlik sirlari. Toshkent. 
    O‘qituvchi, 1988 y.,192 b. 
    2.Umarov R.T. O‘quvchilarda tejamkorlik tushunchalarini shakillantirish. 
    .Uzluksiz ta’lim .Ilmiy-uslubiy jurnal, Toshkent, 2008 y. №1, B. 
    104-107.
    3.Umarov R. T. Umarova N.R. O‘quvchilarni oilada tejamkorlikka o‘rgatish. 
    “Tafakkur ziyosi” Ilmiy-uslubiy jurnali , 2019/3., B. 57-58

    Download 331,67 Kb.




    Download 331,67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ro‘ZG‘orshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish

    Download 331,67 Kb.
    Pdf ko'rish