Рязанский государственный
агротехнологический
университет имени
П.А. Костычева
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
AXBOROT XATI
2023-yil 20-22-oktabr kunlari Namangan muhandislik-qurilish institutida
“Fan va innovatsiya-2023: rivojlanish va ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishlari:
Mahalliy xom-ashyolar asosida yangi turdagi qurilish materiallari va
buyumlarini
yaratish, bino va inshootlarni loyihalashda muhandislik
kommunikatsiyalarini rivojlantirishning innovastion yechimlari
Mashinasolik, transport, qishloq xo‘jaligida innovatsion g‘oyalar va
texnologiyalarni qo‘llash va ularni tijoratlashtirish samaradorligi
2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
innovatsion rivojlantirish
strategiyasini amalga oshirishda iqtisodiy va ijtimoiy sohaning o‘rni
Ilm-fan va ta’limning innovatsion rivojlanishi: kadrlar tayyorlashda
innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarning o‘rni
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Maqola yoki tezis manti 3-5 bet hajmida bo‘lishi lozim;
maqola 1,5 intervalda (chapdan 2,5 sm, yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, o‘ng
tomondan 1,5 sm, varaq bichimi A4 formatda, 210x297mm), Microsoft Word
muharririda, matnlar Times New Roman, 14 o‘lchamli shriftda yozilishi;
maqolada mavzusi
bosh harflarda qoraytirilib, varaqning o‘rtasiga yoziladi,
keyingi qatorlarga
muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi,
ilmiy unvoni,
tashkilotning qisqartirilgan nomi, konferensiya sho‘basi,
telefon raqami
ko‘rsatiladi, maqolada rus va ingliz tillarida qisqacha annotatsiya va kalit
so‘zlar keltirilishi lozim;
rasmlar *.jpg yoki *.bmp grafik muharririda bajarilishi lozim;
maqola quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak: kirish,
ilmiy-tadqiqot
metodlari (ilmiy maqola uchun), natijalar, muhokamalar va xulosa.
Konferensiya koordinatori:
Axmedov Islombek G‘ulomjonovich, tel: +998-99-814-12-26