|
Samarqand o’quv observatoriyasining ap10 kamerasini boshqarish dasturi bo’yicha yo’riqlar
|
bet | 1/5 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #348 |
SAMARQAND O’QUV OBSERVATORIYASINING AP10 KAMERASINI BOSHQARISH DASTURI BO’YICHA YO’RIQLAR.
M u n d a r i j a
-
AP10 PZS kamerasini boshqarish dasturini ishga tushirish.
-
MaxIm Dl dasturi bilan ishlash, tasvirlar olish.
Kamerani faollashtirish va o’chirish, sovutish va kerakli haroratgacha isitish.
Birlamchi tasvirlarni olish, filtrni almashtirish.
Tasvirning yorqinligini o’zgartirish.
-
AP10 PZS kamerasini boshqarish dasturini ishga tushirish.
Kompyuter qo’shiladi, OS Windows yuklanishini kutish kerak. Kompyuter qo’shilgach, kamera avtomatik tarzda qo’shiladi. Quyidagi sistemaga kiring: (foydalanuvchi; student, kirish uchun parol ni tungi assistenddan so’rang). MaxIm DL dasturini ishga tushiring (1-rasm).
1-rasm. Ish stolining ko’rinishi, bu erda: MaxIm DL dasturining yarliklari belgilangan.
-
MaxIm DL dasturi bilan ishlash, tasvirlar olish.
Dasturni ishga tushirgach menyu panelida, View bulimida kamerani boshqarish sistemasini ishga tushirish uchun CCD Control Window ni belgilang (yoki: CTRL+W tugmachalarni baravariga bosing).
MaxIm DL dasturining ishlash sohasi (2-rasm) quyidagilardan tashkil topgan: 1). Kuzatish davimida olinuvchi tasvirlar oynasi; 2). Ko’rsatgichni (kursor) manbaga yo’naltirish paytida tasvirning kengaygan sohasini aks ettiruvchi “Zoom” oynasi; 3). “Skreen Stretch” tasviri tiniqligini o’zgartiruvchi oyna; 4). “Information” oynasi esa ko’rsatgichning tasvirlardagi holati haqida axborot beradi. Pekseldagi oqimlar fon tasvirining maksimal va minimal qiymatlari, tasvir bo’yicha fonning medianli va o’rtacha qiymati, oqimning standart chetlanishi, manbaning magnitudasi, berilgan aperturadagi peksellarning aktivligi, seeing olinadigan tasvirning sifati, bundan keyin u “seeing” deb nomlanadi) va h.k.; 5). Kamerani boshqarish oynasi (PZS qurilmaning va tasvir olishning asosiy oynasi hisoblanadi.
2-rasm. MaxIm DL dasturining ishchi paneli.
|
| |