• TADBIR SSENARIYSI 2022-2023 o’quv yili Til bilmoq, el bilmoq
  • Kommunikativ kompetensiya
  • O`qituvchi
  • IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
  • Samarqand shahar xtb tasarrufidagi 32-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7-b sinf rahbari Sadikov Ulugbek




    Download 0.5 Mb.
    Sana19.12.2022
    Hajmi0.5 Mb.
    #36006
    Bog'liq
    dars ishlanma yuzi
    1) 4-mavzu (Tarorlanish operatorlari), KURGAZMA SEPTEMBER, REQUEST TO THE UN TO SUPPLEMENT THE MATERIAL OF THE, dars tahlili PDF, Навоий ғазал





    Samarqand shahar XTB tasarrufidagi
    32-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7-b sinf rahbari Sadikov Ulugbek tomonidan
    O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan
    Bayrog'imiz - faxrimiz!”
    shiori ostida o'tkazilgan
    TADBIR SSENARIYSI

    2022-2023 o’quv yili


    Til bilmoq, el bilmoq (Xorijiy tillar fan oyligi doirasida)
    Kun shiori: “Ikki emas, to`rt til lozim ”. (Mahmudxo`ja Behbudiy)
    Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,fan oyligida faol ishtirok etishligini, til o`rganish davr talabi ekanligini uqtirish.
    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    Doskada: “Ingliz tiliga bo`lgan qiziqish kundan-kun rivojlanmoqda”

    O`qituvchi:
    Bugungi yoshlarimiz orasida bir necha xorijiy tillarni biladiganlar ancha. Buni katta avlod vakillari ham e’tirof etishayapti. Yangi avlodning oldingilaridan asosiy farqi sifatida ham zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay olish va xorijiy tillarni bilishini alohida ajratib ko`rsatishmoqda. Aslini olganda, bu tabiiy hol. Chunki zamon o`zgarib ketdi, chet tilini o`rganish davr bilan hamnafas yashashning shartlaridan biri bo`lib qoldi.
    O`z davrining benazir shaxsi, ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo`ja Behbudiy ham til o`rganishga da’vat etgan. “Ikki emas, to`rt til lozim”, deb nomlaydi u maqolalaridan birini. Ko`pchilik allomalarimiz shu ma’nodagi gaplarni aytib, ko`proq til o`rganishga chaqirganlar. Ammo, avvalo, o`z ona tiliga muhabbat qo`yish, uni asrab-avaylash kerakligini qayta-qayta ta’kidlaganlar. Bugun yoshlarimiz ingliz tilida juda ravon va chiroyli holda gaplashganlarini ko`rib, ko`pchiligi tarjima ishlari bilan shug`ullanayotgani bularning barchasi yoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlardan
    to`liq va oqilona foydalanayotganidan dalolat beradi.
    O‘zbekistonda barcha jabhalarda kechayotgan islohotlar jarayoni taʼlim sohasini tobora kengroq va chuqurroq qamrab olmoqda. Xususan, bu yili ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida fizika bilan bir qatorda xorijiy tillar tanlanishi eʼtirofga sazovordir.
    Shu o‘rinda beixtiyor o‘tgan asr boshidagi maʼrifat fidoyilari – jadid bobolarimizning g‘oya va qarashlari yodga tushadi. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy dunyo donishmandlari asarlaridan xabardor bo‘lish, jahon adabiyoti durdonalaridan chinakamiga lazzatlanish, shuningdek, zamonasini anglash, taraqqiyot uchun chet tilini bilish o‘ta muhimligini taʼkidlaydi. Chunonchi, jadidlar yetakchisi millat farzandlari o‘z naʼfi, jamiyatda muhim mavqe va obro‘ga ega bo‘lishi uchun xorijiy tilni bilishi zarurligi haqida so‘zlab, qatʼiyat bilan “Xulosa, bugun bizlarga to‘rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak”, deya bong urgan edi.
    Mamlakatimizda til masalasiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, xususan, davlat tilining nufuzi va obro‘sini ko‘tarish, ona tilimizni asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlar o‘z mohiyat-eʼtibori bilan maʼrifatparvar bobolarimizning ushalmagan orzu-armonlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi amaliy harakatlar ekanligi jihatidan beqiyosdir. Barchaga maʼlumki, jahon hamjamiyatiga integratsiya jarayonida, dunyo bozoriga dadil va faol kirib borilayotgan pallada xorijiy til bilimlariga ehtiyoj ortishi tabiiy. Shu bois bugungi kunda soha mutaxassisining har tomonlama yetukligi mezonlari o‘z ona tili bilan bir qatorda, bir emas, bir necha chet tilini bilishi lozimligini taqozo etmoqda.
    “Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qatʼiy talab har bir taʼlim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim”,– deya taʼkidlaydi qatʼiyat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev.
    Milliy taʼlim tizimimiz jiddiy islohotlarga muhtoj ekanligi ayni haqiqat. Xususan, hozirgi kunda kadrlarning til savodxonligi darajasi talabga javob bermayapti. Og‘zaki va yozma nutq madaniyati yuqori, mantiqiy fikrlash va uni ifoda eta olish ko‘nikmalariga ega, nutq uslublarini farqlay oladigan, fikrini usluban to‘g‘ri bayon eta oladigan, tahliliy fikrlash ko‘nikmalari shakllangan mutaxassisga ehtiyoj katta. Bu borada bir qator masalalar o‘z yechimini kutmoqda.
    Davlat tomonidan til taʼlimiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor hamda g‘amxo‘rlik, bu borada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan saʼy-harakatlar mazkur soha mutaxassislari, kasb egalari qalbida minnatdorchilik tuyg‘usi uyg‘otishi bilan birga, ular zimmasiga jiddiy masʼuliyat va javobgarlik hissi ham yuklaydi.

    Xorijiy tillarni o‘qitish borasidagi muammolar ona tili taʼlimiga oid hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar bilan uzviy bog‘liqdir. Sir emaski, umumiy o‘rta taʼlim maktablari bitiruvchilarining og‘zaki va yozma savodxonligi pasayib ketgan. Bu achinarli holat oliy o‘quv yurti talabalariga davlat tilini yuqori akademik bosqichda o‘qitish asnosida to‘siqlar keltirib chiqarmoqda. O‘z ona tilining qonuniyatlari hamda qoidalarini mukammal egallamagan talabadan xorijiy tilni yuksak darajada egallashni talab qilish mushkul. Shu bois o‘rta maktabda ona tilini o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish nafaqat davlat tilining nufuzi va obro‘sini saqlab qolishga xizmat qiladi, balki talaba yoshlarning chet tilini talab darajasida egallashlari uchun asos bo‘ladi. Buning uchun o‘zbek tili bilimlarini baholashning bosqichli tizimini ishlab chiqish va bitiruvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini tekshirishning zamonaviy ilg‘or usullari va vositalaridan, bu borada xorij tajribasidan foydalanish zarur. Umumiy o‘rta taʼlim maktabi bitiruvchisi ona tili bilimining qaysi darajasida oliy o‘quv yurtlarida (shuningdek, darajasidagi farqlarga qarab, qaysi oliy o‘quv yurtida) o‘qishga haqli bo‘lishining mezonlarini aniq belgilab olish zarur. Bu esa baholash va test tizimida islohotlar qilish zaruratini taqozo etmoqda va oliy taʼlim muassasalarida suhbat va ijodiy ish (motivatsion xat, insho, esse kabi)lar yozish kabi sinovlarni joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda.


    Xorijiy til bilimlari borasida bo‘lajak oliy taʼlim mutaxassislariga qo‘yiladigan talablar taʼlim beruvchilar oldiga til o‘qitishda maqsadli yondashuvni taʼminlash, talabalarning til bilish darajasini aniqlashga qaratilgan xalqaro andozalarga asoslangan yagona yondashuvli tizim yaratish; pedagog, professor-o‘qituvchilar kasbiy malakasi mezoni va malaka oshirish mexanizmini takomillashtirish vazifalarini qo‘yadi.
    Til mutaxassislari, xususan, chet tili soha mutaxassislari davlatimiz tomonidan til taʼlimiga qaratilayotgan katta eʼtibor va rag‘batdan ruhlangan holda, asosiy ezgu maqsad – yurt kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi, dunyo bozorida raqobatbardosh, talab katta, bilimdon, har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash ishiga o‘z hisslarini qo‘shmog‘i lozim.
    Topshiriq: O`quvchilar fan oyligida qanday ijodiy ishlar bilan shug`ullanayotganliklarini ingliz tilida so`zlab beradilar. (Ba’zi maktablarda nemis, fransuz tillarida)
    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
    IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
    V. O’quvchilarni baholash.
    VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.



    Download 0.5 Mb.




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand shahar xtb tasarrufidagi 32-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7-b sinf rahbari Sadikov Ulugbek

    Download 0.5 Mb.