• 4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi 5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
  • Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi 2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi B1
  • Sana ” yil Ma’naviyat fani Sinf: 11




    Download 1.19 Mb.
    bet1/76
    Sana31.01.2023
    Hajmi1.19 Mb.
    #40287
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    11- kimyokonspekt
    Mavzu, Texnika xavfsizligi, qaror qabul qilish Nilufar, MBBT fanidan kurs ishini bajarish uchun namuna 2 kurs Dasturiy injiniring (2), prezentacija1, 10-sinf-jismoniy-tarbiya-baxtiyor.uz , Лекция 3a, 121121, Quyosh energuyasidan foydalanish

    Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______


    Mavzu: 1- § Atom tuzilishi
    I. TK – tayanch kompetensiya
    1. TK1-kommunikativ kompetensiya
    2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
    3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi
    4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
    5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
    6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi
    II. FK – fanga oid kompetensiyalar
    1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
    2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi
    B1
    O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:
    Kommunikativ kompetensiya:
    O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
    O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
    muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
    Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
    mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
    media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
    ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
    I. Darsning maqsadi:
    a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
    b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
    v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
    II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
    III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
    IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
    V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
    VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
    VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
    Darsning texnik chizmasi:

    Dars bosqichlari

    Vaqt

    Tashkiliy qism.

    daqiqa

    Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

    daqiqa

    Yangi mavzuni yoritish

    daqiqa

    Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

    daqiqa

    Darsni yakunlash

    daqiqa

    Uyga beriladigan topshiriqlar

    daqiqa
    VIII. Darsning borishi (reja):
    1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
    c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
    2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
    v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
    IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
    X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
    Mikrodunyo darajasidagi jarayonlar va hodisalarni tushunib yetish uchun insoniyat turli xil modellar va nazariyalarni tuzishga majbur bo‘lgan. Bu modellarning ba’zi biri amaliy ishlar natijasida o‘z isbotini topgan, ba’zi birlari esa ilmiy taxmin darajasida qolib ketgan. Shunday modellardan biri – bu moddaning atom-molekulyar tuzilishi va shu jumladan atom tuzilishini tasavvur etish uchun yaratilgan nazariyalardir
    Ilk bor atom tuzilishini 1911-yilda E.Rezerford va uning hamkasblari taklif etgan va bu nazariya atomning planetar modeli deyiladi. Bu nazariyaga ko‘ra atomning markazini musbat zaryadlangan yadro egallaydi. Yadro atrofida elektronlar orbita bo‘ylab aylanib, atomning o‘lchamlari elektron harakat qilayotgan orbitalarning o‘lchamlariga bog‘liqdir. Rezerford modeli atom tuzilishi nazariyasi rivojlanishida muhim o‘rinni egallab, ko‘p tajribalar natijalarini tushunib yetishga yordam bergan. Ammo bu modelga ko‘ra elektron tinmay orbita bo‘ylab atom yadrosi atrofida aylanib energiyani ajratib tursa, uning energiyasi yo‘qolib borib, yadroga qulashi kerak bo‘lar edi. Lekin amalda bunday bo‘lmay, Rezerford modeli buni tushuntirib berolmadi.
    Hozirgi zamon atom tuzilish esa kvant nazariyasiga asos bo‘lib xizmat qildi. Muvofiq elektron ham zarracha, ham to‘lqin xossasiga ega bo‘lib, uning fazoda mavjud bo‘lish ehtimolligi atom tuzilishining zamonaviy kvant nazariyasi bilan tushuntiriladi. Bu nazariyaga ko‘ra elektron fazoning ma’lum kichik bir qismi-da joylashadi. Fazoning elektron mavjud bo‘lishi mumkinligi 90% ni tashkil qilgan qismi atom orbitali deb nomlanadi. Demak, elektron yadro atrofidagi orbita bo‘ylab aylanmay, yadro atrodagi fazoning uch o‘lchamli qismi – atom orbitalda joylashadi (orbitalni orbita tushunchasidan farqlash zarur). Atomni tasavvur qilganda elektron bulutlar bilan o‘ralgan yadro sifatida tasavvur qilish kerak. Bu bulutlar shakli turlicha: sfera (shar) shaklidagisi s-orbital, gantel shaklidagisi – p-orbital, ikkita tutashgan gantel – d-orbital, uchta tutashgan gantel – f-orbital deyiladi.
    Bosh kvant son n – elektronning energiyasini, uning yadrodan uzoqlik darajasini, ya’ni elektron harakat qilib turgan qavatni xarakterlaydi. Bosh kvant son birdan boshlab barcha butun sonlarga (n = 1, 2, 3 ...) ega bo‘lishi mumkin.


    Orbital kvant son l — atom orbitalining shaklini ko‘rsatadi. U 0 dan to n – 1 ga qadar bo‘lgan barcha butun sonlar [l = 0, 1, 2 ... (n – 1)] ga ega bo‘la oladi. l = 0 bo‘lsa, atom orbital shar shakliga ega bo‘ladi (s- orbital) agar l = 1 bo‘lsa, atom orbital gantel shaklini oladi (p- orbital). l ning qiymati yuqoriroq (2, 3 va 4) bo‘lsa, ancha murakkab orbitallarga ega bo‘lamiz (ular d, f, g – orbitallar, deb yuritiladi).


    Klechkovskiy qoidasiga muvofiq, atomda energetik holatlarning elektronlar bilan to‘lib borish tartibi atomning bosh va orbital kvant sonlari yig‘indisining minimal qiymatli bo‘lishi uchun intilishiga bog‘liq; boshqacha aytganda, ikki holatning qaysi biri uchun (n + l) yig‘indisi kichik bo‘lsa, o‘sha holat, birinchi navbatda, elektronlar bilan to‘la boshlaydi; agar ikkala holat uchun (n + l) qiymati bir-biriga teng bo‘lsa, birinchi navbatda, bosh kvant soni n kichik bo‘lgan holat elektronlar bilan to‘lib boradi.


    Gund qoidasiga ko‘ra еnergiyalari bir xil bo‘lgan orbitallarda elektronlar shunday tartibda joylashadiki, natijada spinlar yig‘indisi maksimal qiymatga ega bo‘ladi. Buning sababi shundaki, manꉰy zaryadli elektronlar bir-biridan qochadi, imkoni bo‘lsa, turli yacheykalarni band qilishga intiladi.
    XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
    1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
    2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
    XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
    XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
    O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.


    Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______


    Mavzu: 2-§. Davriy qonun. D.I. Mendeleyevning davriy sistemasi

    Download 1.19 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana ” yil Ma’naviyat fani Sinf: 11

    Download 1.19 Mb.