• TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
  • I.Tashkiliy qism: *4daqiqa* II. O`tgan darsdagi mavzuni takrorlash. *7daqiqa* Davat
  • Sana: 54-55-dars. Mavzu: Bo’rining tabib bo’lgani haqida




    Download 1.72 Mb.
    bet1/2
    Sana05.08.2023
    Hajmi1.72 Mb.
    #78062
      1   2
    Bog'liq
    Sana2
    TEO, ТЕО, 33061 2Um ped X.til.2 kurs. ishchi22-2023 (Lotincha), 20231026085753, Raqamli iqtisodiyot fanidan oraliq nazorat ishi uchun umumiy savollar, 3-Modul Toshiriq, 3top-algoritm (1), Diskret, Dasturlashdam javoblar, Dasturlash YN savollari, Dasturlash maruza, Animatsiya, 2.ma ruza, 1.ma ruza

    Sana:____________________________________
    54-55-dars. Mavzu: Bo’rining tabib bo’lgani haqida.
    O'quv materiali. Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak. (I,II,III bo'lim) Anvar Obidjon

    Darsning maqsadi.
    1. O'quvchilarning ertak jangi haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash, boyitish. Ularning matnni ifodali o'qish, topshiriqlar ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish.
    2. O'quvchilarning rostgo'ylik, to'g'riso'zlik fazilatlari haqidagi tasawurlarini boyitish, yolg'onchilik, ochko'zlikka qarshi nafrat uyg'otish.
    3. O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog'lanishli nutqini o'stirish, nutqlarining ta'sirchan bo'lishiga erishish.
    TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
    asarlarda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini bilib, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana oladi;
    do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la oladi;
    FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berib, qahramonlarni ajrata olish;
    Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, ertak o'qish darsi.
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism: *4daqiqa*
    II. O`tgan darsdagi mavzuni takrorlash. *7daqiqa*
    Da'vat bosqichi: Maqsad. O'quvchilarda mavzuni o'rganishga va izlanishga rag'bat uyg'otish.
    Metod: Izlanish, suhbat metodi. — Ertaklar qandayjanr? (Ertak-larxalq og'zaki ijodi janri.) — Ertaklarni qadimda qanday nomlashgan? (Ertaklarni cho'pchak deb atashgan). — Ertaklarda xalqning nimasi hikoya qilinadi? — Ertaklarni kimlar ijod etadi? (Ertaklarni xalq va yozuvchilar ijod qiladi).
    III.Yangi mavzuning bayoni: *16 daqiqa*
    O'qituvchi hikoyasi. Bolaligida eshitgan ertagidan ilhomlanib yozu-vchilar bolalarga atab ertaklar yozishadi. Sizlar sevib tomosha qiladigan «o1tin baliqcha», «Shoh saltan haqida»gi ertaklarni ham rus yozuv-chisi Aleksandr Sergeevich Pushkin yozgan. Bugun o'qib o'rganadigan «Bo"rining tabib bo'lgani haqidagi ertak»ni ham bolalar shoiri Anvar Obidjon yozgan. Ertakni Anvar Obidjon she'r shaklida bitgan. 2. Anvar Obidjon haqida ma'lumot berish. Anvar Obidjon haqida nimalar bilasiz?
    Anglash bosqichi. Maqsad: O'quvchilarni «Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak» asari bilan tanishtirish, ifodali o'qishga, ertakmazmun-mohiyatini to'g'ri va to'liq anglab, mulohaza yuritishga, o'zaro muhokama qilishga o'rgatish.
    Metod. Mustaqil ish, aqliy hujum, kichik guaihlada ishlash metodi.
    O'quvchilar 3 guruhga bo'linadi. Har bir guruhga bir darsga ajratilgan ertak bo'limining bir qismi beriladi.
    Topshiriqlar ustida ishlash. Quyida berilgan topshiriqlar kon-vertga solib, har bir guruhga beriladi.
    1. Topshiriq. Berilgan parchani o'qing, ifodali o'qib berishga tayyorlaning.
    Bu topshiriq bo'yicha ifodali o'qish musobaqasi uyushtiriladi; 5 ta guruhdan 2 o'quvchi turib, matnni ifodali o'qiydi.
    2. Topshiriq. O'qigan matn parchasida ifoda etilgan ma'lumotlarni bilib oling. Izohlashga tayyorlaning.
    O'quvchilar taxminan quyidagicha fikri bildiradi:
    1-guruh: Anvar Obidjon jahonda qiziq ishlar bo'ladi, yer tes-kari aylanib hayvonlarni yeydigan bo'ri ularni davolaydigan tabib bo'ladi, — deydi. Tabib bo'lsa ham yirtqichligini tashlamaganini quyidagi misralarda ifoda etgan: Ana qarang Tish qayrab O'tirar shum shifokor Yo'lga boqar jodirab, Tezroq kclsa deb bemor.
    2-guruh: Bo'ri yirtqich bo'lishi bilan birga, hech narsani bil-maydi. Bilimsiz tabibdir. U quyonning biqini qolib chap ko'zini tekshirdi. Oshqozon og'riqni tumov deb ataydi.
    Bunga mana bu misralar miso] bo'lishi mumkin:
    Bo'ri yaqin o'tirdi, — Kechikamiz dingquloq,
    Biqin qolib Ko'rmasak tez chora gar
    Tekshirdi — Oshqozoning sal chatoq
    Quyonning chap ko'zini. Buni «tumov» deydilar...
    3-guruh: Bo'ri tabib bo'lib bemorlardan faqat o'z foydasini ko'zlaydi. To'ng'izchaning davosini go'shtini kesib topish mumkin deydi.
    Tomoq og'riq boshlanar O'ng oyoqning payidan Kesib olsak soz bo'lar Go'shtlikkina joyidan.
    3. Topshiriq. Lug'at ustida ishlash. Har bir guruh o'ziga te-gishli parchadagi tushunarsiz so'zlar lug'atini tuzadi. Darslikdagi lug'atdan foydalanib ma'nosini izohlaydi.
    1-guruh quyidagi so'zlarni doskaga yozadi:
    ters — teskari; yirtqich — vahshiy; bcmor — kasal, betob.
    2-guruh: inim — ukam; gar — agar; muolaja qilamiz — davolaymiz.
    3-guruh: payi — muskuli; rostlab qoldi juftagin — qochib qoldi.
    4. Topshiriq. Berilgan parchadan o'xshatish, jonlantirish. ko'p ma'noli so'zlarni aniqlang.
    Namuna. 1-guruh: dingquloq (quyon ma'nosida) — ko'chma ma'noda ishlatilgan.
    3-guruh: Rostlab qoldi juftagin (qochib qoldi) —ibora ko'chma ma'noda.
    5. Topshiriq. Berilgan parcha asosida savollar tuzing.
    Namuna. 1-guruh: — Bo'ri kim qilib saylandi? — Shum shifokor nimalarni o'ylab o'tiribdi?
    2-guruh: — Quyon tabib oldiga qanday kirib keldi? — Uning qayeri og'riyotgan edi? — Bo'ri unga qanday tashxis qo'ydi? — U quyonga qanday davo ni qo'llamoqchi bo'lda?
    3-guruh: Tolng'iz bo'rining oldiga qay holatda keldi? Bo'ri to'ng'izning kasali sababini nima deb ko'rsatdi? Nima uchun To'ng'iz juftakni rostlab qoldi?
    6. Topshiriq. — Har bir bo'limga mos sarlavha toping.
    Namuna. 1. Shum shifokor.
    2. Bcmor quyoncha.
    3. Juftakni rostlagan To'ng'izcha.

    Download 1.72 Mb.
      1   2




    Download 1.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana: 54-55-dars. Mavzu: Bo’rining tabib bo’lgani haqida

    Download 1.72 Mb.