• SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMI Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna
  • Asimova Feruza Abdusattorovna, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, doktarant, Toshkent shahri
  • Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmi




    Download 210.15 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana15.11.2023
    Hajmi210.15 Kb.
    #98809
      1   2   3   4
    Bog'liq
    12 46
    excel dasturida ishlash , Xolbo‘tayeva Sevara o\'qish malakasi haqida tushuncha, Xolbo‘tayeva Sevara Bolalarda qon kasalliklari, 010dars, Informatika 11-sinf UZ, Jarayonlar tadqiqoti. To`xtasinov M., KIBERXAVFSIZLIK 6-AMALIY ISH DAVRON (2), Ish H, Pedagogika psixologiya, Aminov Asliddin Dissertatsiya 2023 tayyori, abyektivka , Yong’inning oldini olish uni o’chirishdan oson! Yong’inni oldini-fayllar.org, Davlat siyosatida ijtimoiy majmua-azkurs.org (1), Yosh olimlar 1208


    Научные исследования и инновации в индустрии 4.0 
    I-
    Республиканская научно-техническая конференция 
    (Ташкент, 13-15 марта 2022 года) 
    46 
    SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT 
    SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMI 
     
    Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, 
    iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent Davlat Texnika 
    Universiteti,Toshkent shahri 
    Asimova Feruza Abdusattorovna, 
    Toshkent Davlat Texnika Universiteti, doktarant, Toshkent shahri 
     
    Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan O‘zbekiston Respublikasi 
    uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish kabi 
    muhim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 
    “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
    to‘g‘risida” PF–4947-sonli Farmonida belgilab berildi [1]. 
    Qayd etish kerakki, mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston 
    Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo‘nalishlari bilan bir qatorda 
    “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” 
    bo‘linmasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning 
    yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va 
    diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga 
    qaratilgan mulohazalar keltirib o‘tildi. 
    Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini 
    rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. 
    Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan 
    bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. 
    Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial 
    tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni 
    qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog‘liq ishlar bevosita 
    investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini 
    taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya 
    faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda 
    ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham 
    investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan 
    bo‘lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
    Respublikasi Qonuni hisoblanadi [2]. 
    Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv 
    samaradorligini oshirishda korxonaning strategik rivojlanish maqsadlarida 
    innovatsion faoliyatga oid rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish, 
    innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni 
    ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion boshqaruv maqsadlari 
    daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan foydalanish yuqori 
    samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion 
    rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratadi [3]. 


    Научные исследования и инновации в индустрии 4.0 
    I-
    Республиканская научно-техническая конференция 
    (Ташкент, 13-15 марта 2022 года) 
    47 
    Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish samaradorligini 
    baholashda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, kadrlarni o‘qitish va 
    kvalifikatsiyasini oshirish xarajatlari hamda progressiv texnikalarning o‘rtacha yillik 
    qiymat omillarini hisobga olgan holda aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

    Download 210.15 Kb.
      1   2   3   4




    Download 210.15 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmi

    Download 210.15 Kb.
    Pdf ko'rish