|
"Shaxsiy kabinet" nega kerak? Hozirgi kunda oliygoh. Uz platformasida
|
bet | 1/2 | Sana | 04.10.2023 | Hajmi | 22.83 Kb. | | #86548 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot, 1-Презентация мут.кириш, 1, 2, 8, 6, UMK Atrof umumiy - toldirilgan (2), AMALIY-1
Режим чтения
Увеличить масштабУменьшить масштаб
Фон
Шрифт
Arial
Выйти из режима чтения
Oliygoh.uz platformasida
"Shaxsiy kabinet" nega kerak?
Hozirgi kunda OLIYGOH.UZ platformasida ta’lim sohasiga oid yirik loyihalar, jumladan, Respublika Fan olimpiadalari, ta’lim grantlari, stipendiya loyihalari, turli tanlovlar, abituriyentlar uchun DTM diagnostik-imtihonlar va ko‘plab loyihalar tashkil qilinmoqda.
— Platformaning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish va ushbu loyihalarda qatnashish uchun "Shaxsiy kabinet" shakllantirish kerak. Foydalanuvchining barcha ma’lumotlari (tanlovlarda qatnashish, sertifikat va diplomlarni yuklab olish, imtihon natijalarini bilib borish, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga ruxsat olish va h.k) platformadagi "Shaxsiy kabinet" ida saqlanib boradi.
"Shaxsiy kabinet" qanday shakllantiriladi?
— "Shaxsiy kabinet" shakllantirilsh juda ham oson bo‘lib, platformadan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Shaxsiy kabinet orqali ma’lumotlaringiz to‘g‘ri ekanligini qayta tekshirib oling. Ma’lumot uchun, "Shaxsiy kabinet" orqali shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rish va tahrirlash imkoniyati mavjud
Ro‘yxatdan qanday qilib o‘taman?
Ro‘yxatdan o‘tish telefon raqam orqali amalga oshiriladi;
Ro‘yxatdan o‘tish uchun ekranning o‘ng taraf yuqorisidagi “Kirish” tugmasini bosing;
Paydo bo‘lgan oynada telefon raqamingizni kiriting va “Ro‘yxat o‘tish” tugmasini bosing;
Shundan so‘ng, telefon raqamingizga OLIYGOH.UZ nomidan SMS yuboriladi;
SMS orqali kelgan kodni so‘ralgan joyga kiriting va “Tasdiqlash” tugmasini bosing;
Undan keyin belgilangan joylarga ma’lumotingizni joylang va ma’lumotlarni saqlang.
|
| |