АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ
ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №3 (8)
86
UDK 631.365.036.3
SHOLI NAVLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI
Ergashev SharibboyTo‘lanovich
NamMQI rektori. t.f.n., dots
Otaxanov Bahrom Sadriddinovich
NamMQI.t.f.n.,dots
Abdumannopov Nasimjon Abdulxakimovich
NamMQI stajyor-o‘qituvchi
Abduqaxarov Asadulloxon Abdumalik o‘g'li
NamMQI Talaba
Annotatsiya. Maqolada sholining turli navlari donlarining chiziqli o‘lchamlarini keying
tadqiqotlarda foydalanish uchun o‘rganib chiqilgan, o‘rganish metodikasi
bayon qilingan va
olingan natijalarning tahlili keltirilgan.
Annotation. The article examines the linear sizes of grains of different varieties of rice
for use in subsequent studies, describes the study methodology and analyzes the results obtained.
Аннотация. В статье рассмотрены линейные размеры зерен разных сортов риса
для использования в последующих исследованиях, описана
методика исследования и
проанализированы полученные результаты.
Kalit so‘zlar. “Lazer”, “Devzira”, “Alanga”, “09”, chiziqli o‘lchamlar, uzunlik, kenglik,
qalinlik, taqsimot qonuni
Key words. "Laser", "Devzira", "Alanga", "09", linear dimensions, length, width,
thickness, distribution law
Ключевые слова. рис, «Лазер», «Девзира», «Аланга», «09», линейные размеры,
длина, ширина, толщина,
закон распределения
Respublikamiz hududida yetishtiriladigan sholi navlari juda ko‘p. Sholining “UzROS-7-
13”, “Lazerniy”, “Avangard”, “Tolmas”, “Gulzar”, “Nukus-2”, “Jayxun”, “Alanga”, “Arpa
sholi”, “Istiqlol”, “Istiqbol”, “Sanam” navlari davlat reestriga kiritilgan, Yaponiyaning Tokio
qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti olimlari tomonidan sholinining sho‘rga chidamli
IRRI 154, IRRI 147 va IR 29 navlari olib kelinib, vegetatsiya maydonlarida
ekilib sinovdan
o‘tkazilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda “Iskandar”, “Lazurniy”, “Mustaqillik”, “Tarona”
kabi sholi navlari yaratilib va bu yangi navlarini joriy etish va uni yangi texnologiyalar asosida
yetishtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bulardan tashqari Namangan viloyatida sholi
yetishtirishda qadimdan ma’lum bo‘lgan va ommaviy “07”,”09” navlari ham ekilmoqda.
Iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, chet ellardagi kabi mamlakatimizda sholini
quritishda radiatsion usul keng qo‘llanilmoqda. Bu usulda quritish uchun sholi katta asfaltlangan
maydonlariga yoyib chiqiladi va quyoshli kunlarda quritiladi.
Takroriy ekin sifatida ekilgan sholi hosilini yig‘ib
olish vaqti kuzning oktyabr, noyabr
oylariga to‘g‘ri keladi. Bu oylar mobaynida haroratning pasayishi, yog‘ingarchilikning ko‘p
bo‘lishi kuzatiladi. Natijada quritilayotgan sholining sifati buzilib,
uni qayta ishlashdan
olinadigan guruch miqdori pasaymoqda. Ayrim hollarda yil mobaynida yetishtirilgan sholi
hosilining nobud bo‘lishi kuzatilmoqda.
АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №3 (8)
87
Kuzning quyoshli kunlarida quritish muammo tug‘dirmaydi, lekin bulutli yoki
yog‘ingarchilik bo‘lgan kunlarda katta hajmdagi (bir necha tonna) quritish uchun yoyilgan don
mahsulotlarini bir joyga yig‘ish va yog‘in-sochindan muhofaza
qilish katta muammo
tug‘dirmoqda. Bundan tashqari, sholining radiatsion usulda sifatsiz quritilishi natijasida, unga
mexanik ishlov berilib olinadigan guruch miqdorini kamayishiga olib kelmoqda. Shuning uchun
fermer xo‘jaliklari va xususiy dehqonchilikda sholini quritadigan texnika vositalariga kuchli
zarurat sezilmoqda. Sholini quritish jarayoni ma’lum tartibda o‘zaro bog‘langan,
bir necha
bosqichdan iborat issiqlik jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Quritish jarayonining birinchi bosqichi
quritish agenti bilan issiqlikni don yuzasiga yetkazib berish namlikni bug‘lantirib chiqarishdan
iboratdir. So‘ngra, donning ichkarisidan namlik yuzaga chiqadi va bu ham bug‘lantiriladi.
Quritish jarayonining oxirgi bosqichida quritish agenti yordamida namlik yo‘qotiladi va
bug‘lantirilgan namlik atmosferaga chiqariladi [1].
Sholi navlarining xilma xilligi va ularning donlarini fizik-mexanik xususiyatlarining
turlichaligi yetishtirilgan hosilni quritish uskunalarini yaratishda murakkabliklar keltirib
chiqarmoqda.