"SHOXJAXON XUMORA
SAVDO" MCHJ rahbariga
(STIR: 307088233
)
Hurmatli Soliq to‘lovchi !
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq, tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish
registrlarida aks ettirmaslik yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan)
soliq bazasi
summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi hamda yashirilgan
(kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasidan ushbu soliq kodeksiga muvofiq
soliqlarni hisoblash amalga oshiriladi.
Shuningdek, Soliq kodeksining 47-moddasida tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, ushbu tovarlarni
(xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani
taqdim etishi shartligi va
hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning
axborot
tizimida elektron shaklda rasmiylashtirilishi lozimligi belgilangan.
O‘tkazilgan tahlillar natijasida 2022-2023- yillar davomida bank hisob
raqamingizga g‘aznachilikdan ajratilgan jami 1563400000 so‘mlik mablag‘lar
kelib
tushganligi, biroq mazkur kelib tushgan mablag‘lar uchun elektron hisobvaraq-
fakturalar rasmiylashtirilmaganligi
natijasida
167507143 so‘m QQS summasi
hisoblanmasdan
qolganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagilarga asosan, soliq organiga taqdim etilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi
hisob-kitoblarini qayta koʻrib chiqish va aniqlangan xato-kamchiliklar boʻyicha
aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud
asoslantiruvchi hujjatlarni
uch kunlik
muddatda
taqdim etishingiz talab etiladi.
Diqqat! Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha
asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmasa yoxud taqdim etilgan asoslantiruvchi hujjatlar
yetarli emas deb topilsa, Sizning korxonangizda Soliq kodeksiga asosan soliq nazorati
tadbirlari o‘tkazilishiga sabab bo‘ladi.
Soliq xizmati-insofli soliq to’lovchining ishonchli hamkori !!!
2024 - yil 20 - yanvar
19/9-05700 - son