SHRIFT O‘LCHAMI, RANGI VA WEB-SAHIFA FONI
Latipova Nodira Elshatovna
Toshkent shahar Olmazor tumani 243-maktabning Informatika fani
o’qituvchisi
Abrakova Vasila Musurmon qizi
Toshkent shahar Olmazor tumani 15-maktabning Informatika fani
o’qituvchisi
Annotatsiya: Barcha fanlardagi kabi, informatika fanidan ham
maqolalar yaratilib, unda mazmunan o‘zgartirishlarga yangicha
yondoshildi.
Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz
“mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga,
qanday
ma’naviy
fazilatlar
egasi
bo‘lib
voyaga
yetishiga,
farzandlarimizning nechog‘li faol munosabatga bo‘lishiga, qanday oliy
maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini
hamisha yodda tutishimiz
kerak”.
Shuning uchun ham darsliklarda ta’lim mazmuni va uning tarkibini
kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim,
ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi –ijodiy
faoliyat tajribasi, tevarak –atrofga munosabatlarni ham kiritishga erishdik.
Natijada ta’lim mazmunini kengroq bayon etishga erishdik.
O‘quvchilarni
mustaqil fikr yuritishga, mushohada qilishga, mutolaa
qilishga o‘rgatishda o‘qituvchilar oldida katta mas’uliyat qo‘yiladi.
O‘qituvchi o‘qitishdan o‘qishni o‘rgatishga, bilim berishdan o‘quvchilarning
bilimlarni mustaqil egallashlariga yodam berishi lozim. Ya’ni o‘qituvchi
o‘quvchini ehtiyoj tug‘dirishdan, muhit yaratishga va undan mas’uliyatni his
qilishni o‘rgatish kerak.
Web-sahifada srift o`lchami, rangi va web-sahifa foniga ta’sir etuvchi
teglar haqida tushuncha berish va undan samarali foydalanish ko'nikmasini
hosil qilish.
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil shriftdan
foydalandik. Shrift o‘lchami ham faqat sarlavha teglari yordamida
o‘zgartirildi. Internetdagi web-sahifalarda turli shrift va o‘lchamda,
har xil
ranglar bilan yozilgan matnlarni uchratish mumkin.
Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida juft tegi
SIZE
(o’lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan
matnning shrift o’lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat
web-brauzerda ko‘rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7
gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng kichik, 7 esa eng katta shrift
o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun
ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish
uchun tegi qo‘llaniladi.
HTML-kod va web-sahifaga e’tibor qilgan bo’lsangiz, shrift o’lchami
necha marta tanlangan bo’lsa, shuncha marta yakunlangan.
Web-sahifada turli ranglarni ishlatish uni yanada go’zal va jozibali
ko’rsatadi. Web-sahifada shrift va matn rangi bilan birga fon rangini ham
o’zgartirish mumkin. Shrift rangini
tanlash uchun juft tegi COLOR
parametri bilan birga qo’llanadi. Bu ko’rsatmadan keyin “=” belgisi va
qo’shtirnoq ichida
rang kodi yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan
boshlanadi. Matnda uning umumiy ko’rinishi
kabidir.
Rang kodi RGB (Red-qizil, Green-yashil, Blue-ko’k) ranglar tizimiga
asoslangan. Bu tizimda kerakli rang uchta
asosiy ranglarning turli
miqdordagi aralashmasidan hosil qilinadi. Uchta asosiy rangning har biri 16
asosli sanoq sistemasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi.
Asosiy ranglarni qo‘llashda ularning ingliz tilidagi ifodasidan ham
foydalanish mumkin. Ba’zi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi
jadvalda keltirilgan.
Oq
#FFFFFF White Ko‘k
#0000FF
Blue
Qora #000000 Black
Sariq
#FFFF00
Yellow
Qizil
#FF0000 Red
Qirmizi
#FF00FF
Magenta
Yashil #00FF00 Green
Shrift rangini tanlashni quyidagi misolda ko’rish mumkin:
Web-sahifadagi matn yoki fon rangini o’zgartirish uchun <
BODY> juft
tegi
mos ravishda Text (matn) yoki
Bgcolor (background color, ya’ni fon
rangi) parametrlari bilan birga qo’llaniladi. Bu parametrlardan keyin “=”
belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoki rangning ingliz tilidagi nomi
yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, matn
rangini o’zgartirish tegi shrift rangi boshqacha tanlangan qismga ta’sir
etmaydi. Quyidagi misolda web-sahifada matnga va fonga rang berish
ko’rsatilgan:
MS Word dasturida fonga rang berish yoki fonga rasm joylashtirish
mumkin edi. HTML tilida fonga
rasm joylashtirish uchun juft tegi