Sinf: Mavzu: Zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish




Download 11.62 Kb.
Sana04.04.2017
Hajmi11.62 Kb.
#3127

Sana:

Sinf:


Mavzu: Zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish.

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy – zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlari haqida ma`lumot berish, kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqishni o`rgatish, zardo`zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalardan to`g`ri foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o`rgatish, mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma va malaka hosil qilish;

b)tarbiyaviy – o`quvchilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, milliylik ruhida tarbiyalash;

s)rivojlantiruvchi – o`quvchilarning zardozlikkka oid bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars metodi: yangi bilimlarni berish, o`zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash.

Dars uslubi: savol-javob, amaliy ishlash.

Dars jihozi: korcho`p, zardozlik asboblari, ko`rgazma plakatlar, kompyuter va monitor, zardo`zlik liboslari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

- salomlashish, navbatchi axborotini tinglash;

- mehnat haqidagi maqollarni o`qish va tahlil qilish;

- o`zbek milliy liboslari haqida bahs yuritish.

II. O`tgan mavzu va uyga vazifani so`rash.

Savollar: 1. Zardo`zlikda qanday asboblar ishlatiladi?

2. Korcho`pning ma`nosi nima va uning vazifasi nimadan iborat?

3. Chambarak nima?

4. Xorakning vazifasi nimadan iborat?

5. Zardo`zlikda qanday ignalardan foydalaniladi?

6. Angishvona deb nimaga aytiladi? U bizga nima uchun kerak?

III. Yangi mavzu bayoni. O`quvchilarga yangi mavzu e`lon qilinadi. Rejasi doskaga yoziladi:


  1. Chiroyli rasm, gul, naqsh, shakllar tanlash

  2. Eskiz tanlash (naqsh, gul, o`simlik).

  3. Kartonga naqsh tushirish.

  4. Kartonga tushirilgannaqshni qirqish.

  5. Xavfsizlik qoidalari.

Naqsh arabcha so`z bo`lib “gul”, “tasvir” degan ma`nolarni anglatadi. Naqsh – qush, hayvon, o`simlik, novda (girix) va boshqa elementlarning ma`lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqsh elementlari tabiatdan to`g`ridan-to`g`ri olinmasdan, qayta ishlash asosida hosil qilinadi.

O`zbek xalq amaliy san`atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko`ra 4 turga bo`linadi:

O`quvchilarga yana quyidagi ma`lumotlar beriladi:



  1. Barg – bu elementning oddiy va murakkab ko`rinishlari mavjud: oddiy burglar, shobarg, qo`shbarg, uchbarg va hokazo. Bundan tashqari bodom bargi, arra tishli va to`lqinsimon ko`rinishlarda ham uchraydi.

  2. Gul – islimiy naqsh elementi bo`lib, ular kompozitsiyaning markazida joylashadi. Ular ham oddiy va murakkab bo`ladi.

  3. Novda – o`simliksimon naqsh elementi bo`lib, gul, barg, meva va boshqa elementlarni o`zaro bog`lab turadi. Novda nozik va ravon yo`nalishlari bilanalohida shakllarni yasaydi, tabiatda barcha daraxt va o`simliklar pastdan tepaga, ya`ni bir tomonlama harakat qiladi.

O`quvchilarga plakatlardagi va tayyor kiyimlardagi bezak turlari ko`rsatilib tushuntiriladi, ularni o`zaro tahlil qiladilar. Buxoro zardo`zlik san`ati haqida fikr mulohazalar yuritiladi.

O`quvchilarga xavfsizlik qoidalari tushuntiriladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash.

O`quvchilarga zardo`zlikka oid bezaklar ko`rsatiladi va ularni farqlash topshiriladi.

Qizlar oldindan tayyorlab qo`yilgan kartonlarga naqshlarni tushiradilar va qirqardilar. Ularning ishlari kuzatib turiladi. Qiynalgan o`quvchilarga yordam beriladi, xavfsizlik qoidalari eslatib turiladi.

V. Baholash. Savollarga to`g`ri javob bergan va bezaklarni aniq chizgan va qirqqan o`quvchilar “5”, “4”, “3”, “2”, “1” ballar bilan baholanadi.



VI. Uyga vazifa. Naqsh namunalaridan chizib kelish. Uyida korcho`pi bor qizlar zardo`zlik san`atidan namuna tikishlari mumkin.





Download 11.62 Kb.




Download 11.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinf: Mavzu: Zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish

Download 11.62 Kb.