Sinf VII 1-dars I. Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablar. II. Maqsad




Download 168,5 Kb.
bet1/2
Sana12.12.2020
Hajmi168,5 Kb.
#12901
  1   2

Sinf VII 1-dars

I. Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablar.
II. Maqsad: O'quvchilarni IHTA xonasida texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablariga qatiyan rioya qilishga yorgatish.
III. Darsning jihozi: konpyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:

a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.

b) Yangi mavzuni tushuntirish

c) Yangi mavzuni mustahkamlash

Kompyuter xonasi maktabning hisoblash texnikasi bilan jixozlangan o’quv-tarbiya bo’limi hisoblanadi. Hisoblash texnikasi kompyuter xonasining jixozi 10-15 tagacha shaxsiy kompyuter (o’quvchi ish joyi) va bitta o’qituvchi uchun mo’ljallangan shaxsiy kompyuter (o’qituvchi ish joyi) dan tashkil topadi. Xonaning tarkibiy qismi-orgtexnika va "informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fani bo’yicha nazariy va amaliy darslar, darsdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun xizmat qiladi. Hamma o’quvchilar va o‘qituvchi, to’garak a'zolari va boshqa foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterda ishlashdan oldin majburiy ravishda texnika xavfsizligi bo’yicha ko’rsatmalar bilan tanishgan va bu jurnalda qayd etilgan bo’lishi kerak.



Aziz o’quvchilar,quyidagilarning mumkin emasligini esdan chiqarmang!

- sinfga uski kiyimda kirish;

- kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish;

- kompyuterni tashqi qurilmalar printer, disk yuritgich, "Sichqon", joystik va boshqalar bilan ulash;

- o’qituvchining ruxsatisiz sinfda yurish, gaplashish;

- monitorlarning yorug’lik, tovush balandligi va boshqa vazifalarni bajaruvchi murvatlarini burash hamda himoya qopqoqlarini ochish;

- displey ekranlariga kul va boshqa narsalarni tekkazish hamda qurilmalarning ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish.

Kompyuter xonasida quyidagilar taqiqlanadi:

- kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o’tyoqish;

- qurilmalar yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;

- xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo’lgan moddalarni va umuman qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta'sir qiluvchi moddalarni olib kirish;

- kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo’yish;

- qurilmalarga ho’l qo’l bilan tegish va ularni ulash;

- qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg’ich va boshqa narsalarni tiqish;

- tugmalarni bosishda kuch ishlatish;

- ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish;

- bo’r ishlatish;

- umumiy manba ulagich yoqilgan holatda tozalash ishlarini olib borish.

Kompyuterda ishlashning sanitariya-gigiena talablari.

Kompyuter xonasida tushayotgan yorug’lik o’quvchining ish joyiga tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va tugmalar ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq.

Xonadagi havo harorati o’rtacha 20-24oC atrofida bo’lishi lozim.

VIII-IX sinf o’quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan uzluksiz ishlash vaqti 25-30 daqiqadan, bir kun davomida esa 50 daqiqadan oshmasligi ma'qul.

O’quvchi kompyuterdan eng kamida 40 sm narida o’tirishi kerak.

Kompyuter xonasida o’tkazilayotgan dars paytida o’quvchilarga tana mushaklarida va ko’zlarida zuriqish hosil bo’lmasligi uchun davomi 2-3 daqiqadan iborat dam berilishi lozim. Shu laxzalarda o’quvchilarga engil kuy eshitish, kursida o’tirgan holda qo’l va bo’yin mushaklari toliqmasligi uchun engil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

Har bir o’quv guruxi shunday kichik guruxlarga bo’linishi kerakki, mashg’ulotda qatnashayotgan o’quvchilarning umumiy soni 20 tadan oshmasligi darkor.

Endi ko’z va tana uchun jismoniy mashqlardan namunalar keltiramiz.



Ko’z uchun: mashqlar o’tirib yoki turib kompyuter ekraniga qaramagan holda davriy ravishda nafas olib, ko’zni katta-katta ochgan holda bajariladi.

1) 1-4 hisobda ko’z mushaklarini qattiq tarang tortib, ko’zni yuming, 1-6 hisobda ko’z mushaklarini bo’sh quying, ko’zni oching. 4-5 marta takrorlansin.

2) 1-4 hisobda burun uchiga qarang va biroz qarab turing. Bunda ko’zni charchashigacha olib kelmang. So’ngra 1-6 hisobda ko’zni ochib, uzoqqa tikiling. 4-5 marta takrorlansin.

3) 1-4 hisobda boshni burmasdan ungga qarang va biroz qarab turing. 1-6 hisobda to’g’riga uzoq masofaga qarang. Huddi shuningdek, bu mashq ko’zni yuqoriga, pasga va chapga burgan holda takrorlanadi. 1-6 hisobda qarashni darxol diagonal bo’yicha o’ng yuqoriga, o’ng pastga, so’ngra 1-6 hisobda chap yuqoriga, chap pastga o’tkazib uzoqqa qarang. 3-4 mrta takrorlansin.



Tana uchun: jismoniy mashqlar qarakatlanish qobiliyatini ko’taradi, asab, yurak-tomir, nafas olish va mushak sistemalarini rag’batlantiradi, umumiy charchoqni chiqaradi, aqliy mehnat qobiliyatini ko’taradi.

1-mashq. 20-30 sekund turgan joyda o’rta sur'atda yurish.

1) Dastlabki holat tik turish. 1 - hisobda qo’llar oldinda, kaftlar pastga qaragan. 2 - hisobda qo’llar yonga, kaftlar pastga qaragan. 3-hisobda oyoq uchida turing, qo’llaringizni yuqoriga qilib engashing. 4-hisobda dastlabki holatga qayting.

Sekin sur'atda 4-6 marta takrorlansin.

2)Dastlabki holat - oyoqlar elka kengligida.1-hisobda qo’llar bosh orqasida, tanani ungga buring. 2-hisobda tana dastlabki holatda, qo’llarni atrofga yoyib oling egiling, boshni orqaga tomon ko’taring. 3-hisobda to’g’irlaning, qo’llar bosh orqasda, tanani chapga buring. 4-hisobda dastlabki holat. 5-8 hisobda huddi shuning o’zi boshqa tomonga bajariladi. Sekin sur'atda 6 marta takrorlansin va x.k.
V. O'quvchilarni baholash:

VI. Uyga topshiriq: Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablarini o'rganib, yodlab kelish.

Tasdiqlayman:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

o`rinbosari_________________
"_____"__________________ 200_ yil.


Sinf VII 2-dars

I. Mavzu: Axborot tushunchasi, turlari va ko’rinishlari haqida.
II. Maqsad: O'quvchilarga yuqoridagi mavzuni tushuntirish va ularni axborot tushunchasi haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: konpyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:

a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.

b) Yangi mavzuni tushuntirish

c) Yangi mavzuni mustahkamlash
XX asrning 50-yillarida yangi fan - informatikaga asos solindi, Informatika inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.

Qisqa qilib aytganda, informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir.

Demak, informatika uchun asosiy ashyo - axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.

Axborotning so'zi nima?

Uning ilmiy ta'rifi mavjutmi?

Axborot o’z mazmuni va shakliga ko’ra moddimi?

Insoniyat paydo bo'lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko'radi. Shunga qaramasdan, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta’rif berilgani yo’q.

Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha ta’riflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot - texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bolsa, tibbiyot xodimlari uchun - bemorning kasallik tashhisi, dori – darmonlar va boshqa ma'lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o’z sohalari bilan bog'iiq ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.

Axborot informatika fani uchun asos tushuncha sifatida qabul qilingaiiligi sababli, uning ta'rif bermaymiz. Ammo axborot deganida, biz nimani tushunishimizni belgilab olishimiz kerak.

Axborot deganda biz barcha organlaritniz orqall qabul qila oladigan ma'lumotlar majmuini va ularni o'zaro bog'lanishi darajasini tushunamiz.

Inson (jamiyat mahsuli) ga aylanishida odam (tabiat mahsuli) o'zni o'rab turgan olamdan turli ma'lumotlar oladi, ularni o'zaro bog'laydi va shu ma'lumotlar asosida bilimga ega bo'ladi.

IX - X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayomni ikki bosqich - aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o'zaro bog'iiq bo'lib, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta'kitlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakillanmaydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.

Foiobiy «Ilm va san'atning fazilatlari » risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatini bilishdan oqibatini bilshga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, limning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini takidlaydi,

Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanishi talabi» paydo bo'lib, unga ko'ra odam ovqailanadi. Shundan so'nggi talablar «tashqi talablar» bo'lib, ular bevosita tashqi ta'sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir:

teri - badan sezgisi;

ta'm bilish sezgisi;

hid bilish sezgisi;

eshitish sezgisi;

ko'rish sezgisi.


V. O'quvchilarni baholash:

VI. Uyga topshiriq: Axborot tushunchasi va uning turlarini o'rganib, yodlab kelish.
Foydalanilgan adabyotlar.

1. A.A.Abduqodirov va b. informatika va hisoblash texnikasi asosluri. 8-sinf darsligi " O’qituvchi 1996-yil.

2. S.l.Rahmonqulova "Kompyuter olamiga sayohat" Toshkent 2002,



3. B.J.Boltaev, M.Mahkamov va b."Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" 8-sinf darsligi " O’qituvchi 2004 yil.

4. B.J.Boltaev, M.Mahkamov va A.Azamatov "Informatika" 8-sinf iii'liuti masalalar to'plami va ularni ycchish usullari. 2005 yil.
Tasdiqlayman:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

o`rinbosari_________________

"_____"__________________ 200_ yil.

Sinf VII 3-dars
I. Mavzu: Axborot bizning hayotimizda
II. Maqsad: O'quvchilarga yuqoridagi mavzuni tushuntirish va ularni axborot (tushunchasi hayotimizda o’rni haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.

III. Darsning jihozi: kompyuterlar va ularni qurilmalari, kurgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:

a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.

b) Yangi mavzuni tushuntinsh

c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Odam asosan tevarak - atrofdan quyidagicha axborot qabul qiladi.


Ki.'rish


Biz ko'zimiz bilan tevarak - atrofdagi moddiylik va voqealar ko'ramo/, ranglarni ajratamu va ular yorda -mida, bosh miyamizga tasavvurli ma'lumotlarni uzatamiz


Hid sezish


Burun bilan hid sezish


Eshitish


Quloa'imiz bilan cshilish


Ta'm bilish


Tilimiz bilan la'm ajratish


Haroratni moddiylikni

holalini bilish




Biz tanamiz orqalihayvonning haroratini moddiy buyumlaming i yokiyumshoqligmi ajrala olmiz.



Insoniyatning hayot kechirishi uchun birinchi galda moddiylik zarur. Bu oziq - ovqat mahsulotlari, turar joy, transport va boshqalar shaklida ifodalanadi. Ammo inson bu moddiyliklarda ularni bir ko'rinishldan boshqa kerakli ko'nnishga yoki bir holatdan boshqa kerakli holatga o'tkazilishi orqaligina foydalaniladi. Buning uchun u muddiylikdan farqli bo'lgan energiyadan foydalaniladi.

Masalan, bug'doyni unga aylantirish uchun ya'ni ashyoni inson iste'mol qilish shakliga o'tkazilishi uchun uni tegirmon yordamida maydalash lozim; tegirmon toshiuni harakatga keltirishi uchun esa energiya (quvvat) zarur, Shuningdek undan non tayyorlash uchun ham ma'lum miqdordagi va, ko'nnishidagi energiya (olov issiqlik) kcrak. Demak, oziq - ovqat mahsuloti (modda) bilan bir qotorda quvvat (energiya) ham inson hayotida aholida o'rin egallaydi. Lekin inson uchun moddiylik va energiya bilan bir qalorda yana bir muhim bo'lgan zarurat borki, u moddiylik va energiyadan biror maqsadga ko'ra qanday foydalanishni ko'rsatuvchi zaruratdir. Bu zarurat axborot (informalsiya)dir.

Kitob o'qiymizmi, televizor ko'ramizmi yoki suhbatlashamizmi, biz doimo axborot qabul qilamiz va uni o'zimizga kerak ko'nnishga o'lkazish maqsadida qayta ishlaymiz, ya'na boshqaramiz.

Masalan, chorrahada svetoforning yonib turgan qizil chirog'i odamga tuxtab turishni axborot bo'lsa, yashil chiroq yo'lni kesib o'tish mumkinligini ko'rsatuvchi axborot hisoblanadi.

Hayvonlarni tabiiy biologik sistema sifatida o'rganishda ularning tashqi muhitdan kelayotgan signallarga nisbatan qay holda ta'sir ko'rsatishiga katta e'tibor beriladi, chunki o'rganilayotgan jonivor olyotgan axborotdan qanday foydalanayotganini bilmasdan turib, uning harakatlariga to'liq baho berib bo'lmaydi.

Bu hol tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o'rinlidir. Ulardagi axborotli (information) jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va, tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qilishda asosiy manba bo'lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil sigiiallar, axborot orqali amalga oshiriladi.

Masalan yuqori hosil olish uchun ob - havoning kelishiga qarab qachon yerni shudgaorlash, qachon sug'orish zarurhgini aniq bilish uchun dehqonlar o'z tajribalaridagi axborotlarga asoslanib ish yuritadilar. Shunga ko'ra, turli texnika va texnalogiyalarni qo'llash bo'yicha tadbirlar belgilanadi. Bundan ko'rinadiki, dehqonlaming matbuot, radio va televedeine orqali e'lon qilinadigan ob - havo ma'lumotlariga katta e'liboni qaratishlari bejiz emas ekan.

Demak, axborot modda va energiya kabi muhum tushunchadir. Keltirilgar misollar axborotlarni to'plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o'z ichiga olganligini ko'rish mumkin. Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to'plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko'rinishdan boshqa, kerakli ko'rinishga o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshinlishi mumkin.
V. O'quvdiilarni baholash:

VI. Uyga topshinq: Axborot bizning hayotimizdagi o’rni haqidagi o’zingizni tushunchalaringizni yozib keling.


Foydalanilgan adabyotlar.

1. A.A.Abduqodirov va b. inforrnatika va hisoblash texnikasi asoslan. 8-sinf

darsligi " O’qituvchi 1996-yiI.

2. S.I.Rahmonqulova " Kompyuter olamiga sayohat "Toshkent” 2002.



3. B.J.Boltaev, M.Mahkamov va b. "Tnformatika va hisoblash texnikasi asoslari " 8-sinf darsligi " O’qituvchi 2004 yil.

4. B.J.Boltaev, M.Mahkamov va A.Azamatov "Informalika" 8-sinf uchun masalalar to'plami va ulami ycchish uiullari, 2005 yil.

Tasdiqlayman:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

o`rinbosari_________________

"_____"__________________ 200_ yil.


Sinf VII 4-dars
I. Mavzu: Axborotli jarayonlar.

II Maqsad: O'quvchilarga yuqoridagi manzuni tushuntirish va ularni atrofimizdagi axborot tushunchasini hayotiy misollar yodaimida bilim va kunikmalarini oshirish.

III. Darsning jihozi: "Pentium II" rusumidagi kompyuterlar va ularni qurilmalari, kurgazmali qurollar, plakatlar.

VI. Darsning borishi:



a) O'lilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.

b) Yangi mavzuni tushuntirish

c) Yangj mavzuni mustahkamlash

«Informaisiya» so'zi lotincha informatio so'zidan olngan bo'lib, «tavsiflash» degan ma'noni bildiradi. U asosan, quydagi uchta muhim sifatga ega bo 'lishi lozim:



  • Axborot to'liqlik sifatiga ega bo'lishi lozim, ya'ni axborot o'rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to'liq ifodalash lozim;

  • Axborot ma'lum darajada qiymatli bo'lishi lozim, aks holda undan foydalanishga ehtiyoj tug'ilmaydi;

  • Axborot ishonchli bo'lishi lozim, aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug'ilmaydi.

Axborotlar yuqoridagi sifatlar bilan farqlanishidan tashqari shakliga ko'ra ikki tur: uzluksiz va uzilishli turlarga ajratiladi.

Ob - havo holati yoki vaqt (soat, minut) uzluksiz axborotga misol bo'ladi. Ammo shunday jarayonlar ham borki, ular to'g'risida hamma vaqt ham axborot ola olmaymiz masalan, faqat soat va minutlarni ko'rsatadigan soat yordamida lahzalarni bilish mumkin emas. U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko'rsatadi, xalos.

Ixtiyony jarayonni to'liq o'rganishda, uning to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, darning biror vosita yordamisiz to'Iiq qayta ishlash amalda mumkin emas.

Inson uchun axborotlarni to'plashda uning barcha sezgi organlari xizmat qilsa, uzoq masofadagi axborotlarni to'plash uchun esa bu yetarli emas - buning uchun maxsus texnik vositalari talab qilinadi.

Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar - ularni toplash. qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning yaratib, hayotga tadbiq eta boshlagan.

To'plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlash kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus qahraboli vositalarda saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.


V. O'quvchilami baholash:

VI. Uyga topshiriq: atrofimizdagi axborot haqidagi uzingizni tushunchalaringizni yozib keling


Tasdiqlayman:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

o`rinbosari_________________

"_____"__________________ 200_ yil.
Sinf VII 5-dars

I. Mavzu: Kompyuter axborot bilan ishlash vositasi.


II. Maqsad: O'quvchilarga yuqoridagi mavzuni tushuntirish va ularni tashuvchi vositalar haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: kompyuterlar va ularni qurilmalari, ko’rgazmali qurollar.
VI. Darsning borishi:

a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.

b) O'tilgan mavzular bo’yicha kompyuterda l0 talik test savollarini berish.

d) Yangi mavzuni tushuntirish

c) Yangi mavzuni mustahkamlash
To’plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlash kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kiloblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarninig esa maxsus kahraboli vositalarda saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni toplash, qayta tshlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkunligini ko'rsatdi. Bundan asosiy o'rinni texnik vositalar-kompyutcr va boshqa turdagi vositalar egallaydi.

Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvi tezlatishidan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtinsh hamda axborotlarning yuqorida ko'rsatib o'tilgan barcha sifatlarini saqlashga erishiladi.

Axborotlar ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan bunday jarayon axborot texnalogiyasi deb yurutiladi.

Axborot texnalogiyasining asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash -tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'laniladi.
V. O'quvchilami baholash:
VI. Uyga topshiriq: Axborot tashuvci vositalar rasmni chizib kelish.
Foydalanilgan adabyotlar.

1. A.A.Abduqoditov va b. mformatika va hisoblash lexnikasi asoslari. 8-sinf darsligi" O’qituvchii"1996-yil.

2. S.I.RahmonquIova " Kompyuicr olamiga sayohat" Toshkent 2002.

3. B.J.Boltaev, M.Mahkamov va b." Informalika va hisoblash texnikasi asoslari " 8-sinf darshgj " O’qituvcfn " 2004 yil.

4. B.J.Goltacv, M.Malikamov va A.Azamarov "fnfomiatika" 8-sinf ucliun masalalar to'plami va ularrti yechish usullari, 2005 yil.
Tasdiqlayman:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

o`rinbosari_________________

"_____"__________________ 200_ yil.

Sinf VII 6-dars

I.Mavzu: Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi va avlodlari.

II. Maqsad: O'quvchilarga Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi va avlodlari haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.

III. Darsning jihozi: kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.

VI. Darsning borishi:

a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.

b) Yangi mavzuni tushuntirish

c) Yangi mavzuni mustahkamlash

Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi:



  • Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr

  • Mexanik mashinalar davri

  • Elektromexanik mashinalar davri

  • Elektron hisoblash mashinalar davri

          Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr. Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki hisoblash vositasi bo'lib odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Odam tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Maskur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki ikki yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo'shish ham juda qiyin yoki umuman mumkin emas. Shuning uchun asta-sekin sun`iy hisoblash vositalari vujudga kela boshladi. Shubhasiz birinchi hisoblash vositalari toshlar va tayoqchalardir. So'ngra birka, abak, Neper tayoqchalari, rus cho'tlari vujudga keldi.
          Mexanik mashinalar davri. Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592-1636) tomonidan 1623 yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki jildli qo'lyozmasi topilgan. Qo'lyozmadagi chizmalar ichida o'n uchta raqamli sonlarni qo'sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo'lib, ular asosida mashina yaratilganda, bu qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma`lum bo'ldi. Shunga ko'ra, uyg'onish davrining buyuk rassomi, matematigi italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Vilgelm Shikkard yasagan mexanik hisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotda qo'llanilmadi.

          "Frantsuzlarning Arximedi" degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642 yilda keyinchalik keng ko'lamda go'llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun asos bo'lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi.

Ana shu ixtiro tufayli duyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:


  • Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?

  • Hisoblash uchun lozim bo'lgan boshlang'ich sonlarni mashinada qay usulda kiritish kerak?

  • Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?

  • Amal bajarish davomida o'nliklarni qanday qilib o'tkazish kerak?

  • Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?

          1662-1645 yillarda Pascal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakillarini yaratdi. Ularning eng mukammali 1645 yilda yaratildi va "arifmetik mashina" yoki "Paskal g'ildiragi" deb nomlandi.

          1820 yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator- "Arifmometr" ni yaratdi. U qariyib 90 yil (ba`zi kichik o'zgarishlar bilan qayta ishlangan holda) qo'llanildi.


          Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yaratilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. Bunday mashina loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875 yilda yaratildi1925 yilda V.Bush elektr releda yig'ilgan hisoblash mashinasini yasadi va hayotga tatbiq etdi.

          Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943-1945 yillarda birinchi bo'lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin og'irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallaydigan va 18 mingta elektron lampaga ega bo'lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi - "ENIAC" yaratildi. U elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.

 1947 yilda Bell laboratoriyasinig hodimlari Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur kashfiyot uchun ular 1956 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli, bugungi kungacha elektron hisoblash mashinalarining to'rtta avlodi yaratildi:


EHM AVLODLARI

SHU AVLOD EHM IGA MISOL

ASOSIY (BAZAVIY) ELEMENTI

ARIFMETIK AMAL BAJARISH TEZLIGI

XOTIRA SIG'IMI

1-AVLOD
1940-1950 y

BESM
MINSK-1

ELEKTRON LAMPA

1 sekundda 104 gacha

1024 So'z

2-AVLOD
1950-1965 y

BESM-6
MINSK-2

TRANZISTOR
DIOD

1 sekundda 105 gacha

32000 So'z

3-AVLOD 1965-1975 y

Minsk-32
Razdan
IBM-360

INTEGRAL SXEMA

1 sekundda 2*106 gacha

2048 So'z

4-AVLOD
1975 yildan boshlab

PRAVETS
ES-1010 dan
ES-1060gacha
IBM

KATTA integral sxema

1 sekundda
108 va undan yuqori

1024 Mbayt va undan yuqori

V. O'quvchilami baholash:

VI. Uyga topshiriq: Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi va avlodlari. mavzusidagi savollarga javob yozib kelish. Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

o`rinbosari_________________

"_____"__________________ 200_ yil.

Sinf VII 7-dars

I.Mavzu: Nazorat ishi. (barcha o’tilgan mavzular yuzasidan sinov darsi)
II. Maqsad: O'quvchilarni o’tilgan mavzular yuzasidan bilimlarini tekshirish.

III. Darsning jihozi: kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.

VI. Darsning borishi:

O’quvchilar kompyuterda berilgan test savollariga javob beradilar, ularning javoblari (ballari) jurnalga qayd etiladi.

O’quvchilar uchun tushunarsiz savollar yoki tushunchalar bo’lsa ularga yordam berish bilan birga ballari past o’quvchilarga qo’shimcha topshiriqlar berib ularni baholash.

V. O'quvchilami baholash:

VI. Uyga topshiriq: Takrorlash
Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

o`rinbosari_________________

"_____"__________________ 200_ yil.

Sinf VII 8, 9 - dars

I.Mavzu: Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari.

II. Maqsad: O'quvchilarga kompyuterlar ularning qismlari qo’shimcha qurilmalari haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.

III. Darsning jihozi: kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.

VI. Darsning borishi:

a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.

b) Yangi mavzuni tushuntirish

c) Yangi mavzuni mustahkamlash

Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.

           Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta`minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.

           Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi.

Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi.

           Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi.

Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.

           Registr - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya`ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan xotira), chunki undagi bor, istagan adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud.

         Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb yuritiladi. Agar tezkor xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha taqsimlanadi: dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va ma`lumotlar uchun, 1 Mbaytgacha bo'lgan qismi sistemali foydalanish uchun.
           Doimiy xotira qurilmasida kompyuter ishlagan paytda yozilgan axborot o'zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, diskyurituvchi, monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, operatsion sistema diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar joylashgan bo'ladi.

           Protsessor - kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayon.



Dastur - kompyuter bajarishi lozim bo'lgan buyruq va ko'rsatmalarining izchil ketma-ketligi. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, ma`lumotlarni zarur joydan o'qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish boshqa qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.

Demak, protsessor berilgan dastur va zarur malumotlar asosida odam aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta`minlovchi qurilma ekan.

Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya`ni o'ta katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 mm kvadratdan ham kichik yuzada joylashgan yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.

           Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa Pentium protsessori uchun bu ko'rsatkich 850 MGsga teng. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlash mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli prssessorlar keng qo'llanmoqda. Protsessorning tezligini oshirish uchun hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik hamprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan.

           Komppyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema magistrali - shinalar (elektr simlarining bog'lamlari) ko'magida amalga oshiriladi. Shinadagi simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi uchun uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Bog'lamdagi simlarning miqdori, shinaning razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya`ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 2^32= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini bildiradi.           Protsessor va asosiy xotira kompyuterning sistema bloki ichidagi asosiy platada joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun kontrollerlardan, ya`ni maxsus platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi maxsus qirqimlarga joylanadi, portlar deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga qo'shimcha qurilmalar bevosita ulanadilar.



Ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari (MKCHQ) deb yuritiladi. Ularni ba`zida maxalliy qurilmalar deb xam ataydilar.

Eng asosiy ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari, safiga monitor (displey), klaviatura va diskyurituvchi qurilmalari kiradi.

           Kompyuterga turli shakldagi axborotlar kiritishning yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugmalar ko'magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugmani yoki tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.

Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta`minlaydi. Monitor matn yoki grafik rejimda ishlaydi. Matn rejimida ekran belgi o'rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo'linadi. Grafik rejimda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to'plamidan tashkil topadi. Ikkala rejimda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar xaqidagi ma`lumotlar videoxotirada saqlanadi.

Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi. Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz. Bu erda belgi o'rinlarining miqdori ekrandagi satr va ustunlardagi belgi o'rinlarning miqdorlari ko'paytmasi hamda piksellar soni gorizontal va vertikal bo'yicha piksellar sonining ko'paytmasi shaklida berilgan



 Monitor nomi 

Matn rejimi

Grafik rejimi

Ranglar miqdori

Belgi o'rinlar
miqdori

Ranglar miqdori

Piksellar miqdori

CGA

16

80x25

2

640x200

 

 

4

620x200

EGA

16

80x25

16

640x350

16

80x43

 

 

VGA

16

80x25

16

640x480

16

80x50

 

 

SVGA

16

80x50

256

640x480

 

 

16

800x600

          Diskyurituvchi - disklarni aylantirishga xizmat qiluvchi motor moslamasi hamda ularga ma`lumot yozish va o'qish magnit boshchasidan tashkil topuvchi qurilma. Disklar asosan uchga bo'linadi: egiluvchan disk, qattiq disk (vinchester) hamda kompakt disk (CD ROM - Compakt - Disk - Read Only Memory).

          Egiluvchan disk va qattiq disklarga axborotlar sektorlarga bo'lingan halqasimon yo'lchalar bo'ylab yoziladi. Disklar temir moddasini saqlovchi qotishmadan tayyorlanib ularning magnitlangan qismi birlarni, qolgan qismlari esa nollarni ifodalaydi. Sektor va yo'lchalar o'z tartib raqamlariga ega bo'lib, har bir sektorning sig'imi 0.5 Kbayt ni tashkil etadi.

          Egiluvchan disk asosan ikki xil bo'lib ular diametrlarining uzunliklari bilan farqlanadilar (3,5 dyuymli- 98mm, 5,25 dyuymli - 133 mm).

          Egiluvchan disk uni himoya qiluvchi maxsus qattiq plastik qutilarda saqlanadi. Diskning sig'imi yo'lchalarning zichligi va uning ishchi tomonlari soniga bog'liq. Zichliklarning bir karrali (SD - Single Density), ikki karrali (DD- Double Density), to'rt karrali (QD-Quadruply Density) va yuqori darajali (HD-High Density) xillari mavjud. Diskning faqat bir tomonidan foydalanish mumkin bo'lsa, u - SS - Single Sided belgi bilan va diskning, ikki tomonini ishlatish imkoniyati bo'lsa - DS - Double Sided belgilari bilan tamg'alanadi.

         Masalan, DS/HD xildagi 3.5 dyuymli diskning axborot sig'imi 1.44 Mbayt ni, 5.25 dyuymli disk uchun esa 1.2 Mbayt ni tashkil etadi.

          Vinchesterlar kompyuterning ichida joylashgan bo'lib, uning hajmi bir necha Gbaytgacha boradi. Vinchester deganda silindrsimon shaklidagi maxsus germetik idishga joylashtirilgan bir o'qqa mustahkamlangan ustma-ust joylashgan disklarning majmuini tushuniladi. Kompyuter ichida birdaniga bir necha vinchesterlar joylashishi ham mumkin.

 Kompakt disklarning axborot sig'imi o'rta hisobda 640 Mbayt ni tashkil etadi. Undagi axborotlarni yozish yo'lchalari spiralsimon shaklda bo'lib, ma`lumotlarni o'qish va yozish lazer nuri ko'magida amalga oshiriladi. Kompakt disklar oltin yoki alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanib, doirasimon plastik ichiga joylangan holatda bo'ladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdonning vazifasi ham oddiy diskdonnikiga o'xshash ammo ish prinsipi magnitlanishga emas, balki lazer nuridan foydalanishga asoslangan. Kompakt diskning zarur qismlari nur berib qizitib bo'rttiriladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdon ichida kichik quvvatda berilgan nur kompakt diskning bo'rtib chiqqan qismlariga borib urilib akslanadi. Nurning akslanib qaytgani haqidagi signal birlarni, teskarisi esa nollarni ifodalaydi. Hozirgi davrda sig'imi 10 Gbaytgacha boradigan kompakt disklarni ishlab chiqish yo'lga qo'yilmoqda. Kompakt disklarda axborot saqlash qulay bo'lsada, uning ish tezligi vinchesternikiga qaraganda sekindir. Ushbu disklarning diametrlari ham 5.25 yoki 3.5 dyuymlik bo'ladi.

           Magnit disklarning yangi xillariga misol sifatida magnitooptik disklarni keltirishimiz mumkin. Bu disklarni yaratishda magnit va optik texnologiyaning yutuqlari birlashgan. Magnitooptik disklarning ustunligi ularning sig'imlarining kattaligi, olib yurish mumkinligi, ish tezligining kattaligidir. Demak, xuddi shu diametrli egiluvchan disklarga qaraganda o'rtacha olganda ularning sig'imlari hajmi 300, axborotlarni o'qish yoki yozish tezligi esa 10 barobardan ham ortiq kattadir.

Printer - ma`lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma (matritsa-o'yma qolip), purkovchi, lazerli. Bosma printerda qog'ozdagi bosilayotgan satr bo'ylab harakatlanadigan maxsus qurilmaga o'rnatilgan metall ignachalar qog'oz va qurilma orasiga o'rnatilgan rangli tasmaga tegib qog'ozda iz qoldirib ma`lumotlarni hosil qiladi, shu nuqtalarning to'plami esa qog'ozga belgilar yoki shakllarni chiqarilishini ta`minlaydi. Ko'rinib turibdiki, bosma printerdan chiqarilayotgan axborotlarning rangi o'rnatilgan tasma rangiga mos bo'ladi.

Purkovchi printer qog'ozga chiqariladigan ma`lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo'li bilan hosil qiladi.

           Lazer printeri ma`lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta`sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog'ozga chiqariladigan axborotli mahsulotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma`lumot chop etsa, lazer printerining shunday ko'rsatkichi o'n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma`lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.

 Yurgichni boshqarish va qo'shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: "sichqoncha", trekbol, joystik. "Sichqoncha" - biror sirt bo'ylab surib yurgizilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo'lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi. "Sichqonchada" o'rnatilgan tugmalar ko'magida boshqaruvchi buyruqlarni jo'natish mumkin. Trekbol - "sichqoncha"ning to'nkarib qo'yilgan holatiga o'xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko'chma kompyuterlardan foydalaniladi.



Joystik - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o'yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo'llanadi.

           Plotter (grafyasagich) - chizmalarni qog'ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog'ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300x300 sm o'lchamgacha bo'lgan katta qog'ozlarga ham chiqarilishi mumkin.



Skaner - foto rasm, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Demak, rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil qilish shart emas, balki uni oldin tashqarida tayyorlab olib kompyuterga kiritish sharoitini yaratib, bu rasmdan kompyuterda ko'rsatmali foydalanish imkoniyatini beradi. Hozirda stol usti skanerlari va qo'l skanerlari keng tarqalgan. Stol usti skanerlari o'z navbatida planshet, rulon, proeksionxillarga bo'linadi. Skanerning har bir turi qo'yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan vazifaga qarab o'z joyida qo'llanadi.
           Strimer - vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning nusxasini ko'chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma`lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko'chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.

Modem - kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantirishni ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak, modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o'zaro bog'lash imkoniyatini yaratib berar ekan. Modem kompyuterda o'zgarmas tok orqali hosil qilingan signallarni turli chastotali tovush signallarining kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari tartibda ham bajaradi. Bu esa yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha katta hajmdagi axborot bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.



Soundblaster - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Soundblaster qurilmasining chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki ovoz kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan kompyuterning multimedia imkoniyatlarini to'liq namoyon etishga yo'l ochiladi.  

Multimedia - matn, tovushli ma`lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD - ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD - ROM Conference) bo'lib o'tdi va bu sana video va audioaxborotli to'laqonli multimedianing paydo bo'lishining boshlanishi deb hisoblanadi.

V. O'quvchilami baholash:

VI. Uyga topshiriq: Kompyuterlar mavzusidagi savollarga javob yozib kelish.

Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

o`rinbosari_________________

"_____"__________________ 200_ yil.


Sinf VII 10-dars

I.Mavzu: Klaviatura bilan dastlabki tanishuv.
II. Maqsad: O'quvchilarni klaviatura bilan tanishtirish.

III. Darsning jihozi: kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.

VI. Darsning borishi:

Klaviatura bilan dastlabki tanishuv.



Download 168,5 Kb.
  1   2




Download 168,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinf VII 1-dars I. Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablar. II. Maqsad

Download 168,5 Kb.