• 6.1-rasm. Noriya sxemasi
  • Mavzu: sex ichidagi transportlovchi qurilmalarni tamirlash




    Download 433.58 Kb.
    bet1/3
    Sana22.11.2020
    Hajmi433.58 Kb.
      1   2   3

    Lecture 6

    MAVZU: SEX ICHIDAGI TRANSPORTLOVCHI QURILMALARNI TAMIRLASH

    6.1. Noriyalarni (cho`michli tasmali elevatorlarni) ta’mirlash

    Noriyalarni (cho`michli tasmali elevatorlarni) o`rnatish va sozlash. Noriyalar (6.1-rasm) non zavodlari, qandolat va makaron fabrikalari, yog` ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda sochiluvchan mahsulotlarni vertikal yo`nalishda harakatlantirish uchun ishlatiladi. Noriyalar balandligi 45-60 m ni, tasma eni 150 dan 450 mm ni tashkil qiladi. Uning tortuvchi organi vazifasini cho`mich (kovsh) biriktirilgan tasma bajaradi. Tasma noriyaning bosh va boshmoq qismlarida joylashgan yuqori va pastki trubalar bilan o`zaro biriktirilgan. Yuritma barabani vali reduktor yoki tasmali uzatma orqali elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Tasmani tarang tortib turish uchun noriyaning boshmoq qismidagi podshipniklar rama bo`ylab vertikal yo`nalishda vintli yoki yukli tortuvchi qurilma aylanganda yuradi.

    Noriya montaj uchun alohida qismlarga ajratilgan holda keladi: boshmoq va bosh qismlari, silliq va derazali trubalar, rezina tasma, cho`michlar, gaykalar va shaybalar bilan elevator boltlari, reduktor, elektrodvigatel, yarim muftalar.

    Noriyani montaj qilishdan avval uning elektrodvigateli va reduktor markazlashuvi hisobga olinib uzatma yig`iladi. Noriya trubalarini o`zaro flanetslar yordamida, ular orasiga 2-2,5 mm qalinlikdagi surik shimdirilgan karton tiqin qo`yilib M8 yoki M10 boltli birikmalar bilan yig`adilar. Bunda trubalarning to`g`ri chiziqlilikdan cheklanish chegarasi birta truba uzunligining 0,002 qismidan oshmasligi lozim (6.2-rasm).

    Ish jarayonida tasma cho`zilib ketmasligi uchun, dastlab uni cho`zadilar: tasmani yuqori qavatdan vertikal holatda osib qo`yib, pastki uchiga 400-600 kg yukni ma`lum muddat osib qo`yiladi yoki dastaki lebyodka yordamida gorizontal yo`nalishda cho`zadilar.



    Cho`zilgan tasmada shablon yordamida (6.3-rasm) elektrparma yordamida cho`michlarni mahkamlash uchun boltlarga mo`ljallangan teshiklar ochadilar.





    6.1-rasm. Noriya sxemasi

    1-boshmoq qismi; 2-tortuvchi baraban; 3-noriya trubasi; 4-bosh qismi; 5-yuritma baraban; prorezinali tasma; 7-cho’mich







    Download 433.58 Kb.
      1   2   3




    Download 433.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: sex ichidagi transportlovchi qurilmalarni tamirlash

    Download 433.58 Kb.