• 6.3-rasm. Noriya tasmasini shablon yordamida teshish.
  • 6.4-rasm. Cho’michni tasmaga mahkamlash
  • 6.5-rasm. Noriya taranglovchi barabanini o’rnatish
  • -rasm. Noriya trubalarini yig’ish




    Download 374,26 Kb.
    bet2/3
    Sana22.11.2020
    Hajmi374,26 Kb.
    #12758
    1   2   3

    6.2-rasm. Noriya trubalarini yig’ish

    Keyin cho`michlarni elevator boltlari yordamida mahkamlaydilar (6.4-rasm). Cho`michlar va tasma cheti orasidagi va cho`michlar orasidagi masofa 5 mm dan kam bo`lmasligi, gorizontallik holati ± 2 mm dan ko`p bo`lmasligi lozim.

    Noriya boshmog`i uchun montaj o`qlari belgilanadi va qavatlar orasidagi beton plitalarda noriya trubalar o`tishi uchun teshiklar ochiladi. Noriya montaji boshmoq qismini o`rnatishdan boshlanadi. Boshmoq shunday o`rnatiladiki, uning valining bo`ylama o`qi polda belgilangan bo`ylama o`qqa mos tushishi kerak. Tekshirish valning ikki uchidan poldagi o`qqa tushirilgan shoqullar yordamida olib boriladi (6.5-rasm). Boshmoqning gorizontal joylashishi uning flanetsining tekis sirtida obtarozini qo`yib tekshiriladi.

    Trubalar boshmoq qismidan boshlab o`rnatiladi va yuqori qavatdan tushirilgan 4 ta shoqulning (har bir truba uchun 2 tadan) ipi bo`ylab pastdan yuqoriga qarab olib boriladi. Shoqulning iplari trubalar flanetsiga tegib turishi va uning yondosh tekisligi o`rtasidan o`tishi kerak (6.6-rasm).



    6.3-rasm. Noriya tasmasini shablon yordamida teshish.

    1- prorezinali tasma; 2-yog’ch shablon



    Trubalar o`rnatilgandan keyin uning ust flanetsiga karton tiqin qo`yilib noriyaning bosh qismi o`rnatiladi. Noriya bosh qismi va boshmog`ining to`g`ri o`rnatilganligi tekshirish uchun yuritma tortuvchi barabanlar sirtiga tegib turadigan shoqul iplari bilan (6.6-rasm), bosh qismi gorizontallik holati esa obtarozi bilan tekshiradilar. Keyin yuritma montaj qilinadi. Qavatlar orasidagi beton plitalar teshiklaridan noriya trubalari o`tgan joylarida yog`och ponalar uriladi va beton qilinadi.

    Cho`michlar mahkamlangan tasmani noriya trubalari bo`ylab tortma derazacha orqali po`lat arqon (tross) va lebyodka yordamida yuqoriga tortiladi, bosh qismidagi yuritma barabandan o`tkazilib pastki yuritma barabangacha tushiriladi, barabandan aylantirilib yana o`sha tortma derazachagacha tasma uchidagi arqon yordamida ko`tariladi va tasmaning ikki uchi biriktirilib tikiladi.

    Noriya avval qo`l bilan aylantiriladi. Bunda cho`michlari bilan erkin aylanishi kerak.




    6.4-rasm. Cho’michni tasmaga mahkamlash

    1-elevator bolti; 2-shayba; 3-gayka; 4-prorezinali tasma; 5-cno’mich






    6.5-rasm. Noriya taranglovchi barabanini o’rnatish

    1-taranglovchi baraban; 2-soqul; 3-polda chizilgan montaj o’qi







    Download 374,26 Kb.
    1   2   3




    Download 374,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Noriya trubalarini yig’ish

    Download 374,26 Kb.