• Endi har-bir gurux bilan alohida tanishamiz. Harf-raqamli tugmalar
  • Boshqaruvchi tugmalar
  • Agar Siz shaxsiy kompyuterdan birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, unda siz tugmalar majmuasi bilan tanishishingiz kerak




    Download 206.34 Kb.
    bet2/2
    Sana12.12.2020
    Hajmi206.34 Kb.
    1   2

    Agar Siz shaxsiy kompyuterdan birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, unda siz tugmalar majmuasi bilan tanishishingiz kerak.


    Avvalam bor "kiritish" tugmasini toping. U harf-raqamli tugmalarning o'ng tomonida joylashgan burilgan strelka korinishidagi tugmani toping. Uning nomi Enter deb nomlanadi.

    Endi ushbu tugmani topib bosing!

    Juda yaxshi! Har-bir buyruqdan keyin Enter tugmasini bosishni unutmang. Endi davom etamiz.

    Kompyuter klaviaturasi quyidagi 6 guruxga ajratiladi :

    1) harf-raqamli;

    2) boshqarish;

    3) maxsus vazifali;

    4) qo'shimcha raqamli kaviatura;

    5) yurgichni boshqarish;

    6) yorug'lik indikatorlari.


    Endi har-bir gurux bilan alohida tanishamiz. Harf-raqamli tugmalar


    Harf-raqamli tugmalar, korinishi chop etish mashinasi klaviaturasiga o'xshash bo'lib, harflarni, yuqori registr yoki quyi registrlardan foydalanib harflarni katta yoki kichik shakllarda kiritish mumkin.

    Klaviaturaning yuqori qismidagi raqamli tugmalar, quyi registrda raqamlar, yuqori registrda esa belgilar kiritiladi.

    Ishlayotgan dasturga qarab tugmalar o'z vazifasini o'zgartirishi ham mumkin. Har-bir tugma dasturchinig hohishiga ko'ra, boshqa vazifalar bilan rostlanishi ham mumkin. Odatda Siz MS-DOS tugmalar tavsifi bilan ishlaysiz.

    Boshqaruvchi tugmalar


    Boshqaruvchi tugmalar klaviatura bo'ylab joylashgan: harf-raqamli tugmalarning o'ng va chap tomonlarida, qo'shimcha raqamli klaviaturada va maxsus vazifali tugmalarning o'ng tomonlarida joylashgan. Keling boshqaruvchi tugmalarning vazifalari bilan tanishaylik. ENTER : Biror buyruqni bajarishga va yurgichni navbatdagi qator boshiga BackSpace tugmasi Enter tugmasi yuqori qismida joylashgan. BACKSPACE : Ushbu tugma bosilgan vaqtda yurgich chap tomonga siljiydi. Odatda bu bilan yurgichning chap tomonidagi belgini o'chirish mumkin. Shift tugmasi klaviaturaning chap, o'ng quyi qismida joylashgan. CapsLock va TAB esa chap tomondagi Shift tugmasi ustki qismida joylashgan. SHIFT : Agar bu tugma bosilgan holatda harflar kiritilsa yuqori registr, ya'ni harflar bosh harf shaklida yoziladi. Ammo Caps Lock tugmasi indikatori yoqilgan holatda, Shift tugmasi bosilib harf kiritilsa unda quyi registr, yani harflar kichik shaklda yoziladi. CAPSLOCK : Yorug'lik indekatorini yoqib, o'chiradi. Agar Caps Lock indekator yoniq bo'lsa unda barcha belgilar yoqori registr holatida yoziladi, shu holatda SHIFT tugmasi ham bosilib yozilsa barcha belgilar quyi registr holatida yoziladi. TAB : Bu tugmaning vazifasi yurgichni o'ng tomonga 8 ta belgi tashlab o'tkazadi. Ctrl tugmasi kaviaturaning chap va o'ng quyi burchaklarida joylashgan. Alt tugmasi esa ORALIQ tugmasi (eng quyi qatordagi uzun tugma) o'ng va chap tomonlarida joylashgan tugmalardir. Esc – tugmasi kaviaturaning eng yuqori, chap burchak qismida joylashgan. CONTROL : Hamisha biror bir tugma bilan birgalikda, ma'lum bir vazifa va buyruqlarni bajaradi. ALTERNATE : Hamish biror bir tugma bilan birgalikda, ma'lum bir vazifa va buyruqlarni bajaradi. ESCAPE : Biror buyruq yoki vazifani bajarishni bekor qiladi. Num Lock tugmasi klaviaturaning o'ng tomonidagi qo'shimcha raqamli klaviaturaning yuqori chap burchagida joylashgan. Scroll Lock, Pause va Print Screen tugmalari esa biroz chaproqda yuqoriroqda joylashgan. NUMERIC LOCK : Num Lock tugmasi yorug'lik indekatorini yoqib, o'chiradi. Agar indekator yoniq holatda bo'lsa, unda qoshimcha raqamli klaviaturaning raqamlari yoziladi. Agarda indekator o'chiq holatda esa yurgichni boshqarishstrelkalari va belgilar yoziladi. SCROLL LOCK : Ushbu tugma Ctrl tugmasi bilan dastur ihsini to'xtatishi yoki boshqa biror vazifani bajarishi mumkin. PAUSE : Bu tugma dastur ishini vaqtincha to'xtatadi. Dasturni davomi uchun hohlagan tugmani bosishing. PRINT SCREEN : Ekrandagi axborotni chop etadi, agar Shift tugmasi bilan birga bosilsa, lekin Num Lock tugmasining indikatori o'chiq holatda bo'lishi kerak.

    Maxsus vazifali tugmalar klaviaturaning eng yuqori qismidagi qatorda joylashgan bo'lib, ularning vazifasi joriy dasturiy vositaga bog'liq. Keling endi maxsus vazifali tugmalarni ayrimlari bilan tanishaylik. Ushbu tugma ko'pncha ma'lumot beruvchi, yoki foydalanuvchiga dasturdan foydalanish davomida ko'rsatmalar berib boradi. F1-12 Bu tugmalar dasturiy vositaning ko'rsatmasi bo'yicha vazifa bajaradi. Qolgan maxsus vazifali tugmalar dasturiy vositaning ko'rsatmasi bo'yicha vazifa bajaradi.

    Qo'shimcha raqamli klaviatura. /,*,- klaviaturaning o'ng tomonida joylashgan. Agar Num Lock, yoniq bo'lsa har-bir tugmaning raqamlari yoziladi. "/","*","-" va "+" tugmalar arifmetik amallarni bildiradi. Agar Num Lock, o'chiq bo'lsa klaviaturadagi yurgichni boshqarish tugmalari yordamida yurgich boshqariladi. Klaviaturadagi tugmalar vazifasi bilan tanishamiz. HOME : Bu tugma yurgichni ekranning chap qismi boshiga olib o'tadi. UP ARROW : Yurgichni bir catr yuqoriga o'tkazadi. PAGE UP : Yurgichni bir bet yuqoriga o'tkazadi. LEFT ARROW : Yurgichni bir belgi chapga o'tkazadi. 5 KEY : Yurgich uchun hech qanday vazifa bajarmaydi. RIGHT ARROW : Yurgichni bir belgi o'ngga o'tkazadi. END : Yurgichni ekrandagi satrning yoki betning oxriga o'tkazadi. DOWN ARROW : Yurgichni bir catr pastga o'tkazadi. PAGE DOWN : Yurgichni bir bet pastga o'tkazadi. INSERT : Ushbu tugma ikki usulda vaziva bajaradi. birinchi usulda matin bilan ishlaganda so'zdagi belgini o'zgartirishingiz mumkin, ikkinchi usulda belgini o'zgartirmasdan siljitib yozadi. ENTER : Enter yuqoridagi harf raqamli klaviaturada qanday vazifa bajargan bo'lsa o'sh vazifani bajaradi. DELETE : Yurgich turgan joydagi belgini o'chiradi, yoki yoki yurgichning chap tomonidagi belgini o'chiradi.

    Yurgichni boshqarish tugmalari, harf-raqamli klavaitura bilan qo'shimcha raqamli klaviatura o'rtasida joylashgan. Ular qo'shimcha raqamli klaviaturadagi yurgichni boshqarish tugmalari kabi bir xil vazifani bajaradi.

    Bu bir vaqtning o'zida ham raqamlardanham yurgichni boshqarish imkoniyati mavjud. Yurgichni boshqarish tugmalari. Insert tugmasi asosan belgilar va harflar bilan ishlashda ikki holatda ishlaydi.

    - kiritishda belgini siljitadi ( qo'yish );

    - kiritishda belgini almashtiradi ( almashtirish ).

    Delete tugmasi asosan yurgich turgan joydagi belgini o'chiradi. Ushbu tugmalar yurgichni satr bo'ylsb o'zgartiradi: Home tugmasi - satrning bosh qismiga, End tugmasi - satrning oxriga. Ushbu tugmalar yurgichni (25 satr)ga ya'ni betga o'zgartiradi: PageUp tugmasi - bir bet yuqoriga; PageDown tugmasi - bir bet pastga. Endi yuqoriga, pastga, o'ngga, chapga strelkalar tasvirlangan

    tugmalarni toping. Ushbu tugmalarning vazifasi yurgichni ekran bo'ylab

    boshqarish : tugmasi - bir satr yuqoriga; tugmasi - bir satr pastga; tugmasi - bir belgi chapga; tugmasi - bir belgi o'ngga. Klaviaturaning o'ng tomoni, eng yuqori burchagida kichik oynacha ko'rinishidagi indikator joylashgan. Ularning vazifasi indikatorni yoqib, o'chirishdan tashqari ularning har biri o'z vazifasiga ega. Agar Caps Lock indikatori yoniq holatida bo'lsa harf-raqamli tugmalar yuqori registr ya'ni bosh harf shaklida, Shift tugmasi ham birga bosilib yozilsa kichik harf shaklid yoziladi, aks holda buning teskarisi bo'lishi mumkin. Num Lock tugmasining indikatori yoniq holatida qo'shimcha raqamli klaviaturaning raqamlari yoziladi, aks holda esa yurgichni boshqarish tugmalari yordamida yurgichni boshqarish mumkin. Ayrim vazifalarni bajarish uchun, bir vaqtning o'zida bir necha tugmalarni birga bosish kerak bo'ladi. Ba'zan yuklangan dastur noto'g'ri ishlay boshlaydi yoki kerakli tugmalarning bosilshi dastur ishiga ta'sir ko'rsata olmaydi, ya'ni dastur ishini boshqarish mumkin bo'lmay qoladi.Buning uchun avvalo [Ctrl] va [Break] tugmalarini baravar bosish kerak. Natijada dastur ishi to'xtamasa MS DOSni qayta yuklash kerak bo'ladi. [Ctrl], [Alt] va [Del] tugamalarini baravar bosish bilan operatsion sistemani qayta yuklang, bu ham yordam bermasa sistema blokidagi “Reset" tugmasini bosish, bunday tugma mavjud bo'lmasa, kompyuterni

    o'chirib qayta ishga tushirishga to'g'ri keladi.

    Tugmalari birgalikda bosilganda dastur ishi to'tatiladi, yoki dasturdan chiqib Break ketiladi.



    V. O'quvchilami baholash:

    VI. Uyga topshiriq: Klaviaturaning barcha tugmalarini vazifasini bilib kelish

    Tekshirdim:

    O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

    o`rinbosari_________________

    "_____"__________________ 200_ yil.
    Sinf VII 11-12 - dars

    I.Mavzu: Klaviatura trenajerida mashqlar.
    II. Maqsad: O'quvchilarni klaviatura bilan ishlash bilan tanishtirish.

    III. Darsning jihozi: kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.

    VI. Darsning borishi:

    a) O'quvchilar bilan salomlashish, yo'qlama qilish, o'qkuvchilarni diqqatini jalb qilish.(3-min)

    b) O'quvchilarning uyga berilgan vazifalarini,savollarga yozilgan javoblarni tekshirib baholash va o'quvchilarni ushbu mavzu bo'yicha tushunmagan savollariga javob berish va taxlil qilish.(15 min)

    Yangi mavzuni bayon qilish: (25 min) "Tugmalar majmuyi" dasturi xakida. Dasturning ishlash koidasi kuyidagicha:

    1. O'quvchining xar-bir barmoklari majmuadagi(klaviaturadagi) tugmalarni tugri bosishidadir.

    2. O'quvchi dastur bilan ishlash koidasiga rioya kilishi kerak.

    3. Natijalar kuyidagicha bulishi shart: Dasturda 10ta mashk mavjud bulib, uni ukituvchiga muntazam topshirib borishi shart masalan natija, matnni 100% kiritilishi lozim, urtacha tezlik minutiga 80% dan kam bulmasligi kerak.

    4. Matn kiritilib bulgandan sung xatolar ustida ishlashda, kilingan xatolarni boshkatdan tulik ishlanishi kerak.

    5. Matn natijasida xatolar 0.0% bulishi shart, tezlik koefficenti xam 0.2% bulishi shart.

    6. Dastur bilan ishlash vaktida O'quvchi tolikmasligi uchun ishni xoxlagan vaktda tuxtatish mumkin. Bu Pause tugmasi orkali amalga oshiriladi.

    Ushbu dastur erdamida O'quvchilar tugmalar majmuyida erkin ishlashi uchun erdam beruvchi, mashklar davomida dastur uzi erkin javob berib borishi va natijalar xakida xabar berishi, O'quvchi uz xatolari ustida ishlashi natijasida klaviaturani uzlashtirib olishiga erdam beradi. Avzalliklaridan biri agar O'quvchi ushbu dasturda tez-tez muntazam shugullanib borilsa O'quvchining kompyuterda ishlash tezligi oshadi va bu yaxshi samara beradi.

    c) O'quvchilarning bilim va ko'nikmalariga talablar:

    O'quvchilar tugmalar joylashishini yoddan bilishi va unda ishlay olishlari, xatosiz yozishlari lozim.

    V. O'quvchilami baholash:

    VI. Uyga topshiriq: Klaviaturaning barcha tugmalarini vazifasini bilib kelish

    Tekshirdim:

    O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

    o`rinbosari_________________

    "_____"__________________ 200_ yil.

    Sinf VII 13-14 - dars

    I.Mavzu: Kompyuterda so’z yasash o’yinlari.Nazorat ishi
    II. Maqsad: O'quvchilarni kompyuterda so’z yasash o’yinlari bilan tanishtirish.

    III. Darsning jihozi: kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.

    VI. Darsning borishi:

    Kompyuterda so’z yasash o’yinlaridan foydalanib o’quvchilarga ularda ishlashni o’rgatish.


    O’quvchilar kompyuterda berilgan test savollariga javob beradilar, ularning javoblari (ballari) jurnalga qayd etiladi.

    O’quvchilar uchun tushunarsiz savollar yoki tushunchalar bo’lsa ularga yordam berish bilan birga ballari past o’quvchilarga qo’shimcha topshiriqlar berib ularni baholash.

    V. O'quvchilami baholash:



    VI. Uyga topshiriq: Takrorlash
    Tekshirdim:

    O`quv ishlari bo`yicha dirеktor

    o`rinbosari_________________

    "_____"__________________ 200_ yil.

    Download 206.34 Kb.
    1   2




    Download 206.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agar Siz shaxsiy kompyuterdan birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, unda siz tugmalar majmuasi bilan tanishishingiz kerak

    Download 206.34 Kb.