|
Statistik jamlash va guruhlash tuzuvchilar: abdurahimov firdavs, raimov ahror, tojiboyev mirziyo
|
Sana | 27.09.2023 | Hajmi | 4.76 Kb. | | #85021 |
Bog'liq Statistik jamlash va guruhlash-azkurs.org “ Avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash va sozlash” fanidan (1), 12. Geografiya, 3 oshkormas fuksiya , Control work 2, 1-topshiriq Mavzu Rastrli grafika. Rastrli tasvirning kompyute, ИН ва ДА 2-оралиқ билет, ko\'rgazma, Tarbiya Taqvim, Islom taqvim tarbiya, Konspekt, KONSPEKTLAR, usti, Tarix ishchi dastur 2022-2023 1-kursga, 2-Amaliy mashg’ulot, UZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING QISQACHA RIVOJLANTIRISH TARIXI
Statistik jamlash va guruhlash
STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH TUZUVCHILAR: ABDURAHIMOV FIRDAVS, RAIMOV AHROR, TOJIBOYEV MIRZIYO REJA
1. STATISTIK JAMLASH TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA UNING VAZIFALARI
2. STATISTIKADA GURUHLASH USULI VA UNING TURLARI
3. STATISTIKADA JAMLASH VA GURUHLASH AMALGA OSHIRISH TAMOILARI
STATISTIK JAMLASH TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA UNING VAZIFALARI
Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan axboroti tushunmaslik kerak. Axborot ma’lum bir ishning bajarilishi to'g'risidagi operativ ma’lumotdir. Statistik svodkalash deganda to'plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko'zlangan maqsad va vazifalar nuqtayi-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo'linadi.
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:
1. To'plangan ma’lumotlami qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi.
2. To'plam birliklari o'rganilayotgan belgi bo'yicha guruhlarga ajratiladi.
3. Har bir guruh va umumiy to'plam bo'yicha jamlar chiqariladi.
4. Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.
JAMLASH ODDIY VA MURAKKAB JAMLASHLASHLARGA BO’LINADI
Olingan ma’lumotlarni guruhlarga bo’lmasdan to’plam bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish
ODDIY
Ma’lumotlarni dasturda ko’zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo’lib o’rganish
MURAKKAB
STATISTIKADA GURUHLASH USULI VA UNING TURLARI Statistikada guruhlash deb to'plam birliklarini eng muhim belgilari bo'yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o'rganishga aytiladi. Guruhlash metodi statistikada ko'p yillardan (XVIII asr) beri qo'llanib kelinmoqda. Bu metodni qo'llashdan maqsad, to'plam birliklarini qanday bir bo'laklarga bolish emas, balki faqat shu hodisaga xos xususiyatlami ochib berish, undagi mavjud tendensiya va qonuniyatni baholash, miqdor o'zgarishlardan sifat o'zgarishlarga, sifat o'zgarishlardan miqdor o'zgarishlarga o'tish jarayonlarini aniqlash va baholashdir. GURUHLASH TARIXI Guruhlash usuli birinchi marta XVIII asrda Rossiyada tatbiq, qilina boshlandi. Bu usulni tatbiq qilishda va rivojlantirishda A .N. Radishchev (1749—1802), D .P . Juravskiy (1810—1856), P .P .Syemyonov Tyan-Shanskiy (1827—1914) kabi buyuk rus olimlarining xizmatlari katta. Masalan, sud statistikasining asoschisi A .N .Radishchev jinoiy ishlarni guruhlarga boʻlib urganishni taʼkidlagan boʻlsa, D .P . Juravskiy statistikani keng maʼnoda kategoriyalar, guruhlar boʻyicha hisob olib boruvchi fan deb atadi. Taniqlii geograf va statist P.P. Semyonov Tyan-Shanskiy qishloqjamoalarni batraklar soni, yerni ijaraga olish va berish kabi belgilar asosida oltita guruhga boʻlib urgandi. Tuzish usuliga qarab guruhlash quyidagi turlarga bo’linadi
Umumdavlat klassifikatorlari
Bir o’lchovli yoki ko’p o’lchovli guruhlash
IKKILAMCHI GURUHLASH Dastlabki guruhlangan maʼlumotlarga asoslanib, yangi yuritiladi. Bu usul odatda: 1. Sifat jihatdan bir xil tipga ega bulgan guruhchalarni hosil qilish; 2. Bir yoki bir necha guruhlarni bir-biri bilan taqoslash; 3. Umumiy qonuniyat yaqqol koʻrinuvchi yirik oraliqli guruhlarni hosil qilish maqsadida qullaniladi statistik maʼlumotlar boʻyicha amalga oshiriladi. Ikkilamchi guruhlash: 1. Dastlabki guruhlash oraliqlarini yiriklashtirish; 2. Oraliqlarning nisbatiga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilish usullarida amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda har ikkala usulni ham juda keng qullash maqsadga muvofiqdir. E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT
http://azkurs.org
|
| |