• 2.Scaled Inference
  • 5.Henson robotics
  • 10.IBM (Ай- би- эм; inglizchadan International Business Machines)
  • Sun’iy intellekt yaratayotgan kompaniyalar




    Download 0.55 Mb.
    Sana19.09.2023
    Hajmi0.55 Mb.
    #82671
    Bog'liq
    Сунъий интеллект компаниялари
    1-oraliq javoplari, Применение технологии скрайбинг в деятельности педагога, Kompyuterlarning rivojlanish tarixi, 12-mavzu, Big data va uning qo’llanilishi, Mana senga 12-mavzu, Senga 12-mavzu, Oling 12-mavzu, Malakaviy amaliyot , fuhgjgkljl555, adi badi

    SUN’IY INTELLEKT YARATAYOTGAN KOMPANIYALAR
    Bugungi kunda sun’iy intellekt har qadamimizda uchraydi. Hozirda smartfondan tortib avtomobilgacha sun’iy intellekt bilan ta’minlanmoqda. Ko’plab jahonga taniqli kompaniyalar “aqlli mashina” yaratish yo’lida izlanayotibdi. Quyida sun’iy intellekt yaratayotgan kompaniyalarni e’tiboringizga havola etamiz:



    1.Numenta
    2011 yildan beri mavjud, ammo biror yangilik yaratganligi xususida darak yo’q. Yaqinda IBM kompaniyasi Numenta izlanishlariga homiylik qilishini e’lon qildi. Kompaniya qishloq xo’jaligi ekinlari maydonini kosmosdan turib o’rganadi.



    2.Scaled Inference
    Bu jamoa Googlening sobiq xodimlaridan tashkil topgan. Yaqinda xizmat ko’rsatish va dasturiy ilovalar mavzuidagi sun’iy intellekt yaratish loyihasi qisqa muddatda 8 mln dollar investitsiya to’pladi.



    3.Amazon
    Bu kompaniya savdo maqsadida internetdan foydalanishni boshlab bergan ilk qaldirg’ochlardan. Hozir dunyo miqyosida faoliyat yuritayotgan onlayn-tijorat markazi sanaladi. Muvaffaqiyatli tijorat yuritish, savdoni tez tahlil etish va tushumni oshirish maqsadida korporatsiya injenerlari sun’iy intellekt ishlab chiqargan.



    4.Nuance
    AQSHda ancha yillardan beri faoliyat yuritmoqda. Nutqi va eshitishida nuqsoni bor kishilar uchun sun’iy intellekt yaratish yo’lida izlanadi. Uning dasturi inson nutqini anglash va jonli tarzda qayta tiklashga qaratilgan.



    5.Henson robotics
    Ushbu kompaniya rosmana robotlar yaratish yo’lida izlanadi. 2002 yilda Kanada ko’rgazmasida ixtirolarini namoyish qilgan. 2005 yilda esa Eynshteynga qiyofadosh robotini yasagan. Xenson Eynshteynning elastik yuzini yaratgan, koreyalik olimlar esa robotning harakatlanuvchi tanasini ishlab chiqqan. Hozirda kompaniyaning eng mashhur roboti nomi Ham. U inson mimikasini ko’chira oladi.



    6.Microsoft
    Sun’iy intellektga ega aqlli yordamchilar yaratish uchun izlanish olib bormoqda. Oxirgi loyihasi nomi – “Eynshteyn” deb ataladi. Bu Google new yoki Apple Siriga o’xshash yangilik bo’ladi.



    7.Facebook
    Bu kompaniya sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi reklama bo’yicha o’zgarish yasamoqchi. SHuningdek, zo’ravonlik aks etgan videolarni aniqlash va spamni elakdan o’tkazish texnologiyalari ustida ishlamoqda.



    8.Apple
    “Tishlangan olma” kompaniyasining telefon va boshqa qurilmalari allaqachon sun’iy intellektga ega bo’lgan. Kompaniya hozir Siri loyihasi ustida ishlayapti. Bu iOS tizimi uchun ishlangan savol-javob tizimi bo’lib, smartfon egasining ovozini taniydi va savolga yarasha javob beradi.



    9.Google
    Hozir guglchilar oddiy mavzularda bo’lsa-da savol-javob qila oladigan mashina yaratishga yeng shimargan. Sun’iy intellektli suhbatdosh nomini, qaerda va qachon dunyoga kelganini ayta oladi, kinofilьm subtitrlarini “o’qib” axborotni eng sodda tarzda qabul qiladi, ammo ma’lumot uzatilishida izchillik yo’qligi uning kamchiligidir.



    10.IBM (Ай-би-эм; inglizchadan International Business Machines)
    IBM birinchilardan bo’lib sun’iy intellekt yaratishga kirishgan ulkan kompaniyalardandir. Qolaversa, sun’iy intellekt yaratayotgan kompaniyalarni moliyaviy jihatdan qo’llab turadi.



    Download 0.55 Mb.




    Download 0.55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy intellekt yaratayotgan kompaniyalar

    Download 0.55 Mb.