Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
http://web-journal.ru/
14-son_4-to’plam_Fevral -2024
107
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA ANTIKORRUPSION
TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK
TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Rajabov No'monjon Hakimovich
Buxoro davlat pedagogika instituti
Tillar fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Anotatsiya:
Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasining mazmuni va
mohiyati, bo‘lajak o‘qituvchilarda korrupsiyaga qarshi kurash kompetentligini
takomillashtirish bo‘yicha nimalar to‘siq bo‘lmoqda va dolzarbpedagogik
muammolarhaqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, bo‘lajak o‘qituvchilar, OTM sifati, korrupsiyaga qarshi
kurash kompetentligi, dolzarb pedagogik muammolar.
Dunyo hamjamiyatida bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning
deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro
miqyosda transmilliy jinoyat sifatida mutaxassislar tomonidan keng muhokama
qilinayotgan mavzulardan biridir.Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar
barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga,
xususan, bo‘lajak o‘qituvchilarda korrupsiyaga qarshi kurash kompetentligini
takomillashtirish dolzarb pedagogik muammo sifatida
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro
huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
-2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi
Konvensiyasi;
-2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi;
-1999-yil 27-yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy
javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi;
-1999-yil 4-noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik
to‘g‘risida” gi Konvensiyalari va boshqalar :
Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-
yanvar,[1].O‘RQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” va 2020-yil
29-iyundagi PF-6013-sonli“O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
[3].Farmoniqabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va
unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda
|