• Annotatsiya
  • Ta’lim tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy manbalarning o’rni




    Download 202.94 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana22.07.2023
    Hajmi202.94 Kb.
    #77130
      1   2
    Bog'liq
    5138-Article Text-9952-1-10-20230304
    Abdufattoh Sobirov, 3-mavzu. Sanoq sistemalari


    Ta’lim tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy 
    manbalarning o’rni 
     
    Dilafruz Dilmurod qizi Qayumova 
    dilafruzqayumova000@mail.com 
    Namangan davlat universiteti 
    Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim tizimi va uni rivojlantirish, Finlandiya 
    ta’lim tizimi, Amerika ta’lim tizimi, O’zbekistonda ta’lim tizimini rivojlanishi haqida 
    ma’lumot berilgan. 
    Kalit so’zlar: Ta’lim, zamonaviy bilim, modernizatsiya, ta’lim texnologiyalari, 
    sifatli ta’lim 
    The role of foreign resources in ensuring the stability of the 
    educational system 
    Dilafruz Dilmurod kizi Kayumova 
    dilafruzqayumova000@mail.com 
    Namangan State University 
    Abstract: This article provides information about the educational system and its 
    development, the Finnish educational system, the American educational system, and 
    the development of the educational system in Uzbekistan. 
    Keywords: Education, modern knowledge, modernization, educational 
    technologies, quality education 
    “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, 
    millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi 
    kunimiz, Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va 
    farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog’liq”- Shavkat 
    Mirziyoev. 
    Bugun yangi Oʻzbekiston jahon hamjamiyati safida oʻz oʻrniga ega boʻlib 
    bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har 
    bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda. 
    Jahonda ta’lim sohasini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalar sifatida e’tirof 
    etilmoqda. Ta’lim har bir davlatning ma’naviy-madaniy hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy 
    taraqqiyotini belgilab beruvchi asos hisoblanadi. Ta’lim paradigmasida har bir 
    o’quvchining individual rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olib, zamonaviy o’qitish 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    940


    tizimida o’quvchilarda fanlarga oid kompetentsiyalarini shakllantirish, ularda 
    mustaqil fikrlash, ijodkorlik, yaratuvchanlik, tashabbuskorlik, muloqotga tezda 
    kirisha olish kabi xususiyatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, 
    o’z navbatida kompleks yondashuv asosida boshlang’ich ta’limdan boshlab 
    o’quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirishning metodik asoslarini 
    takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. 
    Bugungi kunda ta’lim sohasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 
    Bu borada o’quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini uzluksiz ta’limning boshlang’ich 
    bo’g’inlaridan boshlash, aniqlash va rivojlantirish maqsadida xalqaro dasturlar, 
    zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Shuningdek, o’quvchilarining bilm olish darajasini takomillashtirish ustida tizimli 
    hamda maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etish bugungi kunning dolzarb 
    vazifasidir. Shu jihatdan o’quvchilarni zamonaviy xorjiy tajribalar asosida bilm olish 
    ko’nikmalarini rivojlantiruvchi ta’limiy jarayonni tashkil etishning pedagogik va 
    metodik imkoniyatlarini yanada kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. 
    O’zbekiston 
    Respublikasida 
    ta’lim 
    tizimini 
    isloh 
    qilishning 
    ustuvor 
    yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga 
    ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat 
    jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim 
    texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini 
    rivojlantirish maqsadida: “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-
    yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi 
    prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son farmoni 
    tasdiqlandi. Ushbu konsepsiyadan kutilayotgan natijalar Oliy ta’lim sohasida davlat-
    xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, nufuzli 
    xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim 
    bilan qamrov darajasining 50 foizdan yuqori bo’lishi ta’minlash, sohada raqobat 
    muhitini yaratish. Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich kredit-modul 
    tizimiga o’tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg’or 
    standartlarini joriy etish bilan birga o’quv dasturlarida nazariy bilim olishga 
    yo’naltirilgan ta’limdan amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga o’rgatuvchi ta’lim 
    tizimiga bosqichma-bosqich o’tish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik 
    xizmatlar ko’lamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga 
    oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, 
    akselerator markazlari tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq soha va 
    hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tatqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy 
    muassasalar darajasiga olib chiqish, oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligi 
    oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish talaba-yoshlar ta’lim-
    tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    941


    tatbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus asosida rivojlantirish va boshqa maqsadli 
    rejalar ko’zda tutilgan. [1] Ta’lim dunyodagi eng o’zgaruvchan jarayon bo’lib 
    shaxsni balki jamiyatni ham shakllantiradi. Dunyoning qaysi burchagida 
    bo’lishimizdan qat’iy nazar birinchi ta’limga e’tibor berishimiz kerak, chunki ta’lim 
    bizga yangi bilimlar olish, oqilona fikrlash, hayotda taraqqiyot va dunyoni 
    tushunishga yordam beradi. Ta’lim barcha mamlakatlarda mavjud va qadrlanadi.
    Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimida ko’plab yangicha 
    isloxotlar amalga oshirilmoqda. O’zining ta’lim tizimi bilan yuqori o’rinlarni egallab 
    kelayotgan Finlandiya ta’lim tizimi tajribasini misol tiriqasida keltirib o’tsak. 
    Finlandiya o’zining ta’lim tizimi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. 
    Finlyandiyaning asosiy taʼlim toʻgʻrisidagi qonunida (1998-yil) Finlyandiya 
    taʼlimining uchta asosiy maqsadi belgilab berilgan:
    1) oʻquvchilarga hayotda zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni berish 
    2) jamiyatda rivojlanish va tenglikni targʻib qilish hamda 
    3) butun mamlakat boʻylab taʼlim sohasida tenglikni taʼminlash. 
    Finlyandiya aholisi bugungi kunda 5,5 mln. kishini tashkil etadi va mamlakatda 
    mavjud 2341 ta umumtaʼlim maktablarida taxminan 560500 nafar oʻquvchi tahsil 
    oladi. Maktablarda haftasiga 5 kunlik oʻqish joriy etilgan. Barcha maktablar bir xil 
    mavqega ega, bolalar qobiliyatiga koʻra turli sinf yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim 
    muassasalariga ajratib oʻqitilmaydi.
    Finlyandiya taʼlim tizimining asosini quyidagi 7 ta tamoyil tashkil etadi deyish 
    mumkin: 
    1. Tenglik - Finlyandiyadagi barcha maktablar oʻquvchilarga bir xil sharoit va 
    bir xil taʼlim tizimini taqdim etadi. 
    2. Bepul taʼlim - bepul taʼlim berish bilan birgalikda oʻquvchilarga barcha oʻquv 
    jihozlari va tushlik ham bepul taqdim etiladi. 
    3. Individuallik - darslarni oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan 
    oʻqituvchilar yoki yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilar alohida shugʻullanishadi. 
    Finlyandiyada oʻquvchilar qoʻshimcha darslarga qoldirilmaydi. 
    4. Amaliylik - oʻquvchilarni imtihonga emas balki hayotga tayyorlash. Darslarda 
    oʻquvchilar, masalan, viza kartadan qanday foydalanish, shartnomalar tuzish, saytlar 
    yaratish, tikish, ovqat pishirish, marketing va sotuv ishlari bilan shugʻullanish kabi 
    amaliy ishlar bilan shugʻullanadilar. 
    5. Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati - barcha maktablardagi oʻqituvchilar 
    magistratura darajasiga ega boʻlishlari shart. Oʻquvchilarga uy vazifasi deyarli 
    berilmaydi, ota-onalar farzandlari bilan uyda shugʻullanmaydi va oʻqituvchilarning 
    oʻquvchilarni hayotga tayyorlashiga toʻliq ishonishadi. 
    6. Ixtiyoriylik - dars jarayonida qay darajada ishtirok etish oʻquvchilar 
    ixtiyorida. Oʻqituvchilar oʻquvchilarni darsga qiziqtira olmasalar oʻquvchilar sinfni 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    942


    tark etishi yoki oʻzlari yoqtirgan boshqa biror mashgʻulot bilan shugʻullanishlari 
    mumkin. 
    7. Mustaqillik - fin taʼlim tizimida oʻqituvchilar oʻquvchilarni imkon qadar 
    oʻzlari bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari kerakligiga yoʻnaltiradi. Bilimlarni 
    hayotda qanday tatbiq etish koʻnikmalari amaliy mashgʻulotlar yordamida 
    shakllantiriladi. Oʻquvchilarning har qanday fikrlari inobatga olinadi va qoʻllab 
    quvvatlanadi. 
    Bundan tashqari, fin jamiyatida mavjud yuqori saviyadagi kitobxonlik 
    madaniyati ham oʻquvchilarning muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir qiladi. Xulosa qilib 
    aytganda, Finlyandiya taʼlim tizimining muvaffaqiyati fin xalqining qadriyatlari va 
    madaniyat bilan chambarchas bogʻliq. Finlyandiya muvaffaqiyatidan saboq olish, 
    taʼlim tizimini chuqur oʻrgangan holda undagi muhim jihatlarni oʻzimizga 
    moslashtirgan holda foydalanishimiz zarur. 
    Oʻzining taʼlim tizimi bilan Amerika ham ko’plab talabalarni o’ziga jalb 
    etadigan yetakchi davlatlardan biridir. U yerda sifatli ta’lim, dunyoga tanilgan 
    professor-o’qituvchilar va zamonaviy infratuzilma va inshootlar mavjud. AQSH 
    universitetlari ikki milliondan ortiq kurslarni taklif qiladi.Ta’lim tizimi boshlang’ich, 
    o’rta maktab, oliy ta’limni o’z ichiga oladi. Oliy ta’limda bakalavriat va aspirantura 
    mavjud. AQSH kredit tizimiga o’tgan bo’lib, unda o’qish dasturingizni yakunlash 
    uchun 30kreditni to’plashingiz kerak.
    AQSH maktablarida oʻqish uslubi boshqa mamlakatlarnikidan biroz farq qiladi. 
    Ular nazariy bilimga emas, balki amaliy bilimga ko’proq e’tibor berishadi. 
    Shuningdek, dunyodagi eng nufuzli ta’lim tizimlaridan birida ta’lim olish sizni 
    yorug’likda turishingizga yordam beradi. Shuningdek, AQSh talaba ta’limiga 
    dunyoning istalgan davlatiga qaraganda ko’proq pul sarflaydi. Bu AQSh ta’lim 
    tizimining eng yaxshilaridan biri bo’lishining sabablaridan biridir. Amerika Qo’shma 
    Shtatlarida savodxonlik darajasi taxminan 99 foizni tashkil qiladi. Fuqarolarni zarur 
    boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lish uchun yig’adigan qonun tufayli. Ushbu shtat 
    qonunchiligini 6 yoshdan 8 yoshgacha bo’lgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan har 
    bir talaba ta’lim olishi kerak. Xulosa shuki AQSh ta’lim tizimining afzalliklari uning 
    talabalar tarkibidagi xilma-xilligi, ta’lim tizimidagi talablar, nazariy bilimlarni 
    amaliyot bilan uyg’unligi hamda dunyo miqyosida tan olingan universitetlardir. 
    Xulosa qilib aytganda, Amerika va Finlyandiya davlatlari ta’limiga berilgan 
    ustuvorlik uzoq yillardan beri o’quvchilarning xalqaro baholash dasturlarida yuqori 
    natijalarga erishishining asosi bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Finlandiya davlati 
    o’quvchilari hamma tadqiqotlarda tabiiy fanlar bo’yicha - dunyoda ikkinchi, 
    matematika bo’yicha esa, beshinchi o’rinni egallashadi. Biz bolani yo hayotga 
    tayyorlaymiz, yo–imtihonga. Biz birinchisini tanladik, shiori Finlyandiya ta’limining 
    yetakchi shiorilaridandir. Yoki Amerika ta’lim tizimidagi zamonaviy texnologiyalar 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
    February 2023 / Volume 4 Issue 2
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    943


    bilan ishlashi dunyo bo’ylab yildan yilga ko’plab o’qituvchilarni qiziqtirib 
    kelayotgani ushbu davlatlarning ta’lim tizimi o’rganib amaliyotga joriy qilish 
    kerakligini anglatadi.

    Download 202.94 Kb.
      1   2




    Download 202.94 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy manbalarning o’rni

    Download 202.94 Kb.
    Pdf ko'rish