Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date: 11
th
October, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website: econferenceseries.com
94 |
P a g e
TARIX DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
Tursunoy Achilova Keldiyarovna
Ishtixon tumani 1-IDUM Tarix fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tarix darslarida axborot
texnologiyalaridan foydalanish, dars
jarayonida ovozli texnika vositalari, hujjatli filmlardan foydalanish haqida so`z
yuritiladi
KALIT SO`ZLAR: kompyuter
texnoligiyalari, magnitofon, radiopriyomniklar,
yozuv materiallari, epidiaskop, diafilmlar
KIRISH
Ta'limning vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga xizmat qiladi. Tarix
darslarida ta'limning texnika vositalaridan foydalanish
darsning samaradorligini
oshiradi. Ta'limning texnika vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga,
o’quvchilarning o’quv materialini qiziqib o’rganishiga va puxta o’zlashtirishiga
xizmat qiladi.
Tarix o’qitish tajribasiga ko’ra maktabda ta'limning quyidagi texnika vositalaridan
foydalanilmoqda:
1.Oddiy texnika qurilmalari: Karta va o’quv kartinalari ilinadigan, yog’ochdan yoki
boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar: ko’chma sinf yozuv
taxtasi, sinf devoriga ilinadigan ikki yoqlama ochiladigan yozuv taxta.
2. Ovozli apparatlar: plastinkalar qo’yib
ovoz chiqaradigan asbob, magnitofon,
radiopriyomniklar, bundan tashqari hozirgi paytda
kompyuter texnoligiyalardan,
disklarga tushirilgan tasvirlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda katta
ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Maktab tajribasida plastinkalar va magnit lentalar,
zamonaviy
disklar
yordamida,
shuningdek,
radiopryomniklar
vositasida
o’quvchilarni mumtoz va o’zbek, chet el bastakorlarining asarlari bilan tanishtirishb,
tarix fanlarini orgatish keng quloch yoymoqda. Chunki musiqiy ijodiy asarlarga doir
maktab kursining madaniy – tarixiy materialini plastinka va tasma yozuvlarisiz
ko’rsatib bo’lmaydi. Masalan, madaniyatga doir mavzularni o’tgan paytda musiqa
asarlarini eshittirish darsni maroqli bo’lishiga yordam beradi.
Badiiy asarlar