• Rustamov J.A. Nazarova M.Z. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali talabasi
  • Tarmoq monitoringini amalga oshirish




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana01.02.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #149739
      1   2   3
    Bog'liq
    36-39



     
     
    http://web-journal.ru/
     
    Часть-9_ Том-2_
    Ноябрь -2023 
    ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ 
    36 
    TARMOQ MONITORINGINI AMALGA OSHIRISH 
     
    T.A. Jumaboyev.
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali o’qutivchisi 
    Rustamov J.A. Nazarova M.Z.
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali talabasi 
     
    AT (axborot texnologiyalari) mutaxassislari har xil monitoring qilish 
    vositalaridan, shu jumladan bayonnomalarni tahlil qiladigan asboblardan 
    (analizatorlardan), RMON naysimon asboblaridan (zondlaridan), NetFlow to’plab 
    ta’minlovchilaridan (kollektorlaridan), IDS / IPS tizimlaridan va tarmoq trafigining 
    katta hajmlarini yozib olishga imkoniyati mavjud bo’lgan server maslaklari 
    (platformalari) negizidagi sinov vositalaridan (probniklardan) foydalanishadi 
    («Korporativ tarmoqni tahlil qilish, monitoring qilish va aniqlash (diagnostika 
    qilish)» bo’limini qarang). Ethernet kommutatorining ortiqcha yuklanib ketganligi 
    va nuqsoni bo’lgan (defektli) paketlarni o’tkazmayotgan bo’lishi mumkin SPAN-
    portidan farqli ravishda, tarmoq kanalining uzilgan joyiga ulanayotgan 
    tarmoqlantirgich mazkur kanal bo’yicha uzatilayotgan butun trafikning 
    (hammasini!), uning yuklanganligi darajasiga bog’liq bo’lmagan holda, nazorat 
    qilinishi imkoniyatini yaratadi. Tarmoqlantirgich nazorat qilinayotgan kanalning 
    ishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi va uning ishonchliligini pasaytirmaydi
    chunki elektr energiyasi bilan ta’minlashda to’xtalish sodir bo’lganda, mis liniyasiga 
    nisbatan tarmoqlantirgich nazorat qilinayotgan trafik uchun shaffof bo’lib 
    qolayveradi, optik-tolali tarmoqlantirgich esa — sust (passiv) moslama bo’lib, uni 
    umuman elektr energiyasi bilan ta’minlash ehtiyoji yo’q.
    Lekin ushbu oqimning tezligi monitoring qilish vositasi portining o’tkazish 
    qobiliyatidan oshib ketishi mumkin, hamda bunday vaziyatda paketlarning yo’l 
    qo’yib bo’lmaydigan yo’qotilishiga olib keladi. Bunga yo’l qo’ymaslikning 
    usullaridan bittasi — yetarli darajadagi katta buferga ega bo’lgan agregatsiya 
    qiladigan tarmoqlantirgichning modelini tanlash. 
    Shuningdek monitoring qilish vositasi tezroq bo’lgan tarmoq kanaliga 
    ulanganida (misol uchun, agar 10-Gigabitli tarmoqlantirgich yordami bilan 1 GE 
    portli tahlil qiladigan asbob (analizator) 10 GE liniyasiga ulanilsa), u ortiqcha 
    yuklanib ketishi mumkin. Monitoring qilish vositalariga yuklanganlikni pasaytirish 
    uchun tarmoqlantirilgan trafikni dastlabki ravishda filtrlashdan keng foydalaniladi, 



    Download 0,99 Mb.
      1   2   3




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish