Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarni oylik ustamalar to‘lash
orqali moddiy rag‘batlantirish maqsadida saralash test sinovini o‘tkazish
uchun boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test topshiriqlari
spetsifikatsiyasi
Mazkur spetsifikatsiyaga amaldagi o‘quv me’yoriy hujjatlarga muvofiq
qo‘shimcha, o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilishi mumkin.
1. Test topshiriqlarining qo‘llanishi
Spetsifikatsiya Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarni boshlang‘ich
ta’lim yo‘nalishidan oylik ustamalar to‘lash orqali moddiy rag‘batlantirish
maqsadida saralash test sinovlarini o‘tkazish uchun o‘qituvchilarning
bilim
darajasini aniqlab berishga mo‘ljallangan.
2. Test sinovi topshiriqlarining mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlan darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan malaka talablari,
o‘quv dasturi;
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim uchun
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi fanidan takomillashtirilgan o‘quv dasturi, darsliklar
va o‘quv qo‘llanmalar;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi
vaziri
jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘ridsida” 2022-yil 2-
avgustdagi VM-425-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-
noyabrdagi PQ-4884-son qarori.
3. Test sinovi topshiriqlarining mazmuni va tuzilishi.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi fanidan test topshiriqlari
tegishli vazirlik va
idoralar tomonidan tasdiqlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar
va fan dasturlari
asosida ishlab chiqiladi.
Test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarni oylik ustamalar
to‘lash orqali moddiy rag‘batlantirish maqsadida saralash test sinovini o‘tkazish
uchun boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi fani bo‘yicha tayyorgarlik
darajasini aniqlab
berishga yo‘naltiriladi. Ular o‘qituvchilarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi fani
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirganlik darajasini sinovdan
o‘tkazadi.