• Raislik qiluvchi: N.Abdullayeva Xonqa tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori Qatnashdilar
  • KUN TАRTIBI
  • Modalar texnologiyasi
  • Sartaroshlik san`ati
  • QAROR QILADI
  • Tasdiqlayman” Xonqa tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori N. Abdullayeva “ ” 2023-yil




    Download 34.5 Kb.
    Sana10.02.2024
    Hajmi34.5 Kb.
    #154173
    Bog'liq
    World skills bayonnoma
    2 мавзу Узбекистонда aвтомобил саноати, ApplicationFile, Ayollar, THE UZBEK FAMILY, MalumotlarIT.Aminboyev Sulaymon.

    TASDIQLAYMAN”
    Xonqa tuman 1-son kasb-hunar maktabi
    direktori ________ N.Abdullayeva
    _____” ___________________ 2023-yil

    World skills Uzbekistan” musoboqalarining maktab bosqichini o`tkazish




    BАYONNOMАSI № __

    “25” Oktabr 2023-yil Xonqa tumani




    Raislik qiluvchi: N.Abdullayeva
    Xonqa tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori
    Qatnashdilar: Direktor o`ribosarlari, bo`lim boshlig`i, kata usta, ustaxona
    mudiri, maxsus fan o`qituvchilari, ishlab chiqarish ta`limi
    ustalari hamda ishtirok qiluvchi 17 nafar o`quvchi.
    jami 26 nafar


    KUN TАRTIBI:
    “World skills Uzbekistan” musoboqalarining maktab bosqichini o`tkazish quydagi 3 ta kompitensiya (Sartaroshlik sa`nati, Oshazlik ishi, Modalar texnologiyasi) bo`yicha yuqori saviyada tashkillashtirish hamda o`tkazish.


    KUN TARTIBI BO`YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
    (Maruzachilar: N.Abdullayeva, O.Yuldoshev)

    Kun tartibidagi masala yuzasidan musoboqalarning maktab bosqichini ochib berish uchun so`z navbati kasb-hunar maktabi direktori N.Abdullayevaga so`z berildi, U o`z so`zida 2023/2024 o`quv yilda kasblar tanlovi bo`lmish World skills Uzbekistan chempionatining maktab bosqichida 3 ta kompitensiya bo`yicha (Modalar texnologiyasi 6nafar, oshpazlik ishi kompitensiyasi bo`yicha 4 nafar, sartaroshlik sa`nati kompitensiyasi bo`yicha 5 nafar) 17 nafar o`quvchi ishtirok qilish istagidaligi bo`yicha arizalaridan kelib chiqib tanlovga qo`yilganligini bildirdi va ularni saxnaga taklif qilgan xolda tamoshabinlarga ularni tanishtirdi. Bugungi musoboqa 2 ta shartda bo`lib o`tishini aytib o`tdi va har bir kompitensiya bo`yicha hakamlar hayatini tanishtrib o`tdi. Barcha ishtirokchilarga omad tiladi va musoboqani ochiq deya e`lon qildi.


    Kun tartibidagi amaliy jarayon shartlarini e`lon qilish uchun so`z kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha direktor o`rinbosari O.Yuldoshevga so`z berildi. U o`z so`zida musoboqalar quydagi 2 ta shart asosida bo`lib o`tishin va baholash mezonlarini e`lon qildi.
    Modalar texnologiyasi
    1-shart
    Test sinovi 10 ta test har biriga 1 ball
    2-shart
    Barcha ishtrokchilarga bir xil materialdan, bir xil jixozdan foydalangan xolda 42 o`lchamdagi ayollar uchun o`zbek milliy libosini tikish.
    Sartaroshlik san`ati
    1-shart
    Test sinovi 10 ta test har biriga 1 ball
    2-shart
    Zamonaviy erkaklar soch modelini tayyorlash
    Oshpazlik ishi
    1-shart
    Test sinovi 10 ta test har biriga 1 ball
    2-shart
    Barcha ishtrokchilar bir xil mahsulotdan foydalangan xolda milliy osh taomini tayyorlash.
    Musoboqaga start berildi va jarayon davom qildirildi.
    Musoboqa yakunida 3 ta kompitensiya bo`yicha hakamlar hayati tomonidan g`oliblar aniqlandi.
    Modalar texnologiyasi 1-o`rin Sa’dullaeva Aziza Mansurbek qizi
    Oshpazlik ishi 1-o`rin Baxtiyorov Oxunjon Ixtiyor o`g`li
    Sartaroshlik san`ati 1-o`rin Tohirov Kamronbek Eldor o`g`li
    G`oliblar diplom va estalik sovg`alar bilan tagdirlanildi.
    QAROR QILADI:

    1. Kun tartibidagi masala bo`yicha so`zga chiquvchilar axboroti ijro va axborot uchun qabul qilinsin.

    2. Musoboqa g`oliblari tantanali ravishda e`lon qilinsin hamda tashkiliy qisim tamonida tayyorlangan diplom va estalik sovg`lar topshirilsin,

    3. Tadbirni kasb-hunar maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritish yoshlar yetakchisi N.Yo`ldashevaga tafsiya qilinsin.

    Bayonlashtiruvchi B.Otaniyozov
    Download 34.5 Kb.




    Download 34.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Xonqa tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori N. Abdullayeva “ ” 2023-yil

    Download 34.5 Kb.