Tasmali (lentochnыe)konveyerlar tuzilishini va ish rejimini o’rganish




Download 10.15 Kb.
bet1/2
Sana30.11.2023
Hajmi10.15 Kb.
#108160
  1   2
Bog'liq
Tasmali (lentochnыe)konveyerlar tuzilishini va ish rejimini o’rg-fayllar.org
11-маъруза

Tasmali (lentochnыe)konveyerlar tuzilishini va ish rejimini o’rganish

Laboratoriya №1


TASMALI (lentochnыe)KONVEYERLAR tuzilishini va ish rejimini o’rganish
Tasmali konveyerlar ko‘chma va ko‘chmas (statsionar), tasmalari esa rezinalashtirilgan material va po‘lat tasmadan iborat bo‘ladi.
19- rasmda ko‘chma tasmali konveyer aks ettirilgan;
19– rasm. Ko‘chma tasmali konveyer:

1 – rama; 2 – taranglik beruvchi baraban; 3 – yuritma barabani; 4 – rezinalashgan tasma; 5 – ko‘tarib turuvchi roliklar; 6 – yuklash bunkeri.


20–rasmda esa ko‘chmas (qo‘zg‘almas) tasmali konveyer aks


ettirilgan.
20– rasm. Ko‘chmas tasmali konveyerlar:
a – umumiy ko‘rinishi; b – roliklar tayanchi;
1 – taranglatuvchi yuk; 2 – taranglik beruvchi baraban; 3 – yuklash voronkasi; 4 – tasma; 5 – roliklar uchun tayanchlar; 6 – yuritma barabani; 7 – yuk tushadigan qurilma; 8 – yuritma; 9 – tasmani tozalavchi moslama; 10 – rama; 11 – deflektorli rolik (?); 12 – tasmaning salt (orkaga bo‘sh qaytuvchi) bo‘g‘imi (vetv), 13 – lentaning salt bo‘g‘ini uchun rolik.
GOST 10624-63 talabiga ko‘ra tasmali konveyerlar tasma eni (kengligi) 400ch2000 mm qilib chiqariladi.
Tasmaning tezligi 0,8 dan 2m/sek, konveyerning ish unumi esa 40dan 2360 m3/soat oralig‘ida bo‘ladi.

2.1.1.Tasmali konveyerlarning asosiy uzel va detallari


Konveyer tasmalari bir vaqtning o‘zida yuk tutib turuvchi va uni tashuvchi element bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ular o‘ta pishiq, elastik, ishqalanishga chidamli hamda tarang turuvchi va yuritma barabaniga nisbatan yuqori yopishish (sseplenie) ega bo‘lishi lozim. Bu shart va talablarga GOST 20-62 bo‘yicha chiqariladigan to‘qimachilik sanoatining rezinalashtirilgan tasmalari javob beradi. Ular o‘z nomidan ko‘rinib turibdiki, bir necha qavat ip-gazlamali matoni OZOKERIT moddasi bilan shimdirilgan va o‘zaro rezina bilan vulkanlangan bo‘ladi. Bundan tashqari ular gazmolni nam ta’siridan ximoya etish uchun ostki va ustki tomonidan yana rezina qatlami bilan qoplanadi. Yuqori uzunlik va ish unumiga ega bo‘lgan konveyerlar uchun po‘lat simlar, neylon, kapron, anid tolalari (yo‘g‘on ip shaklida) bilan ta’mirlangan tasmalar chiqarilgan. Bunday tasmalarning pishiqligi oddiy rezinali tasmalarga qaraganda 20-40 marta yuqoridir.
Nam, xo‘l yuklarni tashish uchun tasmalar to‘r sim ko‘rinishida qilinadi; buning uchun qog‘oz va karton oladigan mashinalarni eslash kifoya. Bunday tasmalarda faqat yukni tashish uchun emas, balki ulardan nam (suyuqlik) ni yo‘qotish uchun ham foydalaniladi.
Tasmalar uchun tayanch qurilmalar. Yuklarni tashuvchi tasmalarning ishchi bo‘g‘inlarni ko‘tarib turish uchun ularning tayanch nuqtalari rolikli bo‘ladi. Roliklar, odatda yog‘ochdan yoki po‘latdan ishlanadi. Ular yassi yoki tarnov (jelob) shaklida o‘rnatiladi. Yon roliklarni gorizontga nisbatan qiyaligi 20-30°ni tashkil etadi.
Tarnovsimon rolikni tayanchlar tasmaga tog‘ora (korыto) shaklini berib, harakatdagi sochiluvchan yukning ko‘ndalang kesim yuzasini oshiradi, konveyerning ish unumi ortadi. Tasmaning salt yuradigan (orqaga qaytish) bo‘g‘inlari uchun tayanch roliklari xar doim yassi shaklda bo‘ladi. Rolikli tayanchlarda roliklar devori qalinligi 3-4 mm bo‘lgan po‘lat trubalardan yasaladi va podshipniklar orqali montaj qilinadi.
Tasmali konveyerlarning yuritma qismi. U quyidagi 21- rasmda ko‘rsatilgan.
21 – rasm. Qattik to‘shamali tasmali konveyer:

1 – yuritma barabani; 2 – podshipniklar; 3 – konveyer uchun rama, 4 – zanjirli uzatma; 5 – reduktor ; 6 – kamerli uzatma ; 7 – elektrodvigatel.
Yuritmali barabanning diametri rezinalashtirilgan tasmadagi prokladkalar soni i ga bog‘liq bo‘lib, u quyidagi formula orqali aniqlanadi:

D = (120ch150) · i, mm (1)


Po‘lat tasmali konveyerlarda esa yuritma barabanining diametri qo‘yidagicha topiladi:

D= (1200ch1250) ·d, mm (2)


Bu yerda d - po‘lat tasmaning qalinligi, mm

GOST 10624-63ga ko‘ra baraban diametrlari 250, 320, 400, 500, 630, 800, 1000 va 1250 mm bo‘ladi. Barabanlar cho‘yandan yoki po‘latdan tayyorlanadi.


Taranglatuvchi qurilmalar vintli yoki yukli bo‘ladi. Odatda vintli taranglash qurilmalari konveyer uzunligi 50 m gacha bo‘lganda, yukli taranglash qurilmalari esa 50 m dan uzun bo‘lgan turg‘un (statsionar) konveyerlarda qo‘llaniladi.
22– rasmda tasmali konveyerlar uchun taranglatish qurilmasi aks ettirilgan.
22- rasm. Tasmali konveyerlar uchun taranglatish qurilmalari:


Download 10.15 Kb.
  1   2




Download 10.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasmali (lentochnыe)konveyerlar tuzilishini va ish rejimini o’rganish

Download 10.15 Kb.