|
Tayanch so’z va iboralar
|
bet | 1/2 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 166,66 Kb. | | #243860 |
Elektr oʻlchash sxemalari – koʻprikli, differentsial, kompensatsion sxemalar
Reja:
1. Elektr oʻlchash sxemalari – koʻprikli, differentsial, kompensatsion sxemalar.
2. Oʻlchov oʻzgartirgichlarini strukturali sxemalar.
Tayanch so’z va iboralar: sxema, o’lchash sxemasi, differentsial sxema, ko’prikli sxema
Avtomatika elementi deb o’lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi o’zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to’rt xil strukturaviy belgilanish sxemalaridan iborat bo’ladi:
oddiy bir martali (birlamchi) to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish;
ketma-ketli to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish;
differentsial sxemali;
kompensatsion sxemali.
Oddiy o’lchash o’zgartirgichlari (a) bir dona elementdan tashkil topgan bo’ladi. Ketma-ketli o’zgartgichlarda esa (b) oldindagi o’zgartirgichning kirish ko’rsatgichi keyindagi o’zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi o’zgartirgich sezgirlik elementi (SE), ohirgi (keyingi) o’zgartirgich esa chiqish elemeti deb yuritiladi. O’zgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli bir martali o’zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bo’lgan sharoitda qo’llaniladi.
Differentsial sxemali o’lchash o’zgartirgichlari nazorat qilinayotgan kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo’lganda qo’llaniladi. Kompensatsion sxemali o’zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlashi, universalligi hamda o’zgartirish koeffitsientining tashqi ta’sirlarga deyarli bog’liq emasligi bilan ajralib turadi.
Doimiy tokli ko’prik sxemasi 4 ta aktiv qarshilik R1, R2, R3, va R4 larga ega rezistorlardan iborat(1-rasm), ular ABCD yopiq to’rtburchakka ulangan.
1-rasm. Ko’prikli o’lchash sxemasi.
Sxemaga kiruvchi R1 – R4 rezistorlar ko’prikning yelkalari deyiladi va harflar bilan belgilash mumkin, masalan AB. ABCD to’trburchakda 2 ta diagonal mavjud: AC va BD. BD diagonalga Rпр aktiv qarshilikka ega o’lchash asbobi ulangan. AC diagonalga ta’minot manbai E va ichki qarshilik RE ulangan.
Ko’prik sxemasi yordamida Rx nomalum qarshilikni ko’prikning yelkalaridan biriga ulab o’lchashimiz mumkin, masalan CD yelkasiga R4 qarshilik bilan. Nomalum Rx qarshilik sxemadagi boshqa ma’lum R1, R2, R3 qarshiliklar bilan Rx=R2R3/R1 munosabatga ega. Ko’prikning muvozanatlashishi R2 qarshilik yoki R3/R1 qarshiliklar munosabatining o’zgarishi bilan soadir bo’ladi. Muvozanatlashgan ko’priklarda o’lchash asbobi juda sezgir bo’lishi shart, u juda kichkina toklarni sezishi shart. Aynan ushbu asbobning ko’rsatishi bo’yicha ko’prik muvozanati qayd etiladi. Shuning uchun muvozanatlashadigan ko’priklarda o’lchash asbobi sifatida odatda galvanometer ishlatiladi.
Differensial sxema ta’minot manbaiga ega ikkita yonma-yon konturdan iborat, o’lchov asbobi konturlarning umumiy tarmog’iga ulanadi va konturlar toklarining farqini sezadi. Differensial sxemalarda parametrik datchiklar (qarshilik o’zgarishi bilan) qanday qo’llanilsa, generatorli datchiklar (EYuK o’zgarishi bilan) ham shunday qo’llanilishi mumkin. Parametrik datchiklar ulangan differensial sxemalar 2-rasmda ko’rsatilgan (a – datchik bitta konturga ulangan; b – datchik ikkala konturga ulangan). Ikkala konturni ta’minlovchi EYuK bir xil. Generatorli datchik ulangan differansial sxema 3-rasmda ko’rsatilgan. Bu sxemada differensial transformator datchik bo’lib hisoblanadi.
Kompensatsion sxemalar datchiklar yordamida EYuK yoki kuchlanishga o’zgaruvchi noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun ishlatiladi. Datchik signali kompensatsiyalovchi kuchlanish bilan taqqoslanadi. Kompensatsiyalovchi kuchlanishni toppish qo’lda yoki avtomatik bajariladi.
Avtomatik kompensatsiyali asboblar avtomatik potensiometrlar deyiladi. Qo’l bilan muvozanatlashadigan oddiy kompensatsion sxemani ko’rib chiqamiz. O’lchanayotgan EYuK Ex yoki Ux R resistor qismidan iborat o’zgaruvchan simli resistor Rk ni olgan Uk kuchkanish belgisi bo’yicha teng va qarama-qarshi holatda muvozanatlashadi. Bu qarshilik ikkita harakatlanmaydigan chiqish va cho’tka ko’rinishidagi bitta harakatlanuvchi kirishga ega. Rezistorning barcha qarshiligi R EYuK ga ega E ta’minlash manbai zanjiriga ulanadi. O’zgaruvchan qarshilik Rk cho’tkaning x siljishiga proporsional: Rk=(R/L)x, bu yerda L – harakatsiz chiqishlar orasidagi sim o’ramlarning umumiy uzunligi. Mos holda kompensatsiyalovchi kuchlanish Uk x siljishga proporsional Uk=(IR/L)x, bu yerda I – EyuK E ta’sirida R resistor orqali o’tuvchi tok.
4-rasm. Qo’l bilan muvozanatlashtiriladigan kompensatsion o’lchash sxemasi.
Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo’lib, quyidagi funktsiyalardan birini bajaradi:
nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko’rinishdagi signalga o’zgartirish (birlamchi o’zgartgich - datchiklar);
bir energiya ko’rinishidagi signalni boshqa energiya ko’rinishdagi signalga o’zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va hokazo o’zgartgichlari);
signal tabiatini o’zgartirmasdan uning kattaliklarini o’zgartirish (kuchaytirgichlar);
signalning ko’rinishini o’zgartirish (analog-raqam, raqam analog o’zgartkichlari).
signalning formasini o’zgartirish (taqqoslash vositalari),
mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar),
signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar),
signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari),
programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar),
bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar).
Avtomatika elementlarining funktsiyalari har xil bo’lganiga qaramay, ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi:
statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari;
uzatish koeffitsienti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsientlari);
xatolik (nostabillik); - sezgirlik chegarasi.
Xar bir avtomatika elementi uchun turg’unlashgan rejimda kirish X va chiqish signallari U orasida uqf(x) bog’liqlik mavjud. Ushbu bog’liqlik elementning statik tavsifnomasi deyiladi.
Bevoshta baxolash sxemalari datchiklarning chikish signallarini uzgartirib berish vazirashni bajariz. Masalan, datchik signalini kuchaytirishi yoki uning chikish karshiligini ulchov asbobi kirish karshiligiga moslab beradi. Bu usul sodda bulsada, kuprok xatoliklarga yul kuyadi.
Taqqoslash usullari esa yukorirok aniklikni va sezgirlikni ta`minlaydi. Takkoslash usuli kuprok, differensial va kompensasion ulchash sxemalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
|
| |