Telvizion kameralar 512-19 guruh talabasi




Download 1.34 Mb.
bet1/2
Sana19.11.2023
Hajmi1.34 Mb.
#101303
  1   2
Bog'liq
3tyYzTofduHX83yPP4V0efneTMHBIO2cSpPEfy3q
Elektr-zanjirlarida-rezonans.-Kuchlanish-rezonansi

Telvizion kameralar

512-19 guruh talabasi

Ramazonov Axtam

Reja:


1 Telekameraning tuzilishi va asosiy turlari
2 Telekameraning optik qurilmasi
3. Rangli telekameraning optik sistemasi

1 Telekameraning tuzilishi va asosiy turlari

2 Telekameraning optik qurilmasi

3. Rangli telekameraning optik sistemasi

Televideniye bugun haqiqiy «oynayi jahon»ga aylandi. Odamzod butun yer yuzida bo‘layotgan o‘zgarishlardan birinchi bo‘lib televideniye orqali xabar topadi. Umuman, usiz butun hayot to‘xtab qolgandek tuyuladi. Har qanday televizion sistema optik tasvirni elektr signaliga aylantiruvchi qurilmadan boshlanadi. Uning mukammalligi esa tiklanadigan tasvirning sifatini va badiiyligini yuqori darajaga ko‘tarishga imkon tug‘diradi, uzatiladigan ma’lumotni olish jarayoni yengillashadi. Bunday sistema televizion kamera yoki tasvirni qabul qiluvchi qurilma deb ataladi. Kameralarda optik tasvirni elektr signalga aylantiruvchi asbob asosiy vazifani bajaradi. Umuman, kameralar murakkab bo‘lib, ularga texnik xizmat ko‘rsatish chuqur bilim talab qiladi. Zamonaviy
kameralar o‘ta murakkab va bir necha bo‘laklardan iborat: obyektiv, yorug‘likni elektr signaliga aylantiruvchi, tasvirni bo‘laklab yoyuvchi va signalni kuchaytiruvchi. Telekameraning bugungi kundagi qiyofaga kirishi uchun yaratuvchilar tomonidan uzoq va mashaqqatli izlanish olib borildi. Natijada og‘ir, qo‘pol, noqulay, sifati va sezgirligi past qurilmadan yengil, ixcham. yuqori sifatli va sezgir kameraga aylandi. Dastlabki kameralarga qaraganda, zamonaviy kameralarning sezgirligi minglab, uzatilayotgan tasvirning aniqligi yuzlab marta oshdi, og‘irligi esa taxminan yuz marta kamaydi.
Xizmati va texnologik imkoniyati bo‘yicha telekameralar keng tarqatuvchi, amaliy va maishiy turlarga bo‘linadi. Keng tarqatuvchi televizion sistema kameralariga quyidagilar kiradi (1-rasm): Studiya telekamerasi (STK) televizion markazlarning apparatlar va studiyalar birlashmasida (ASB), ko‘chma televizion stansiyalarda (KTS) qo‘llaniladi, hajmi va og‘irligi, murakkabligi, sifatining yuqoriligi, ishlatilgan optikaning katta imkoniyati bilan boshqa turlardan farq qiladi. Studiyadan tashqarida tasvir ishlab chiqaruvchi telekamera (STVTK) yengil, u bilan ko‘chma telestansiyalar jihozlanadi. Ular shtativga o‘rnatilib yoki operator yelkasiga qo‘yilib ishlatilishi mumkin. Bu kameralar STK turdagidan sifat jihatidan 49 qolishmaydi, yengilligi va ixchamligi bilan ulardan ajralib turadi. Videojurnalistlar telekamerasi (VJTK), asosan, tasvir magnitofon bilan birlashtirilgan va olingan mahsulot telemarkaz bilan bog‘langan holda magnit tasmalarga tushiriladi. Ular avtonom holda ishlatilishi va olib yurilishi hamda ishlatilishining qulayligi bilan ajralib turadi. Olinayotgan tasvir yuqori sifatli.

Download 1.34 Mb.
  1   2




Download 1.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telvizion kameralar 512-19 guruh talabasi

Download 1.34 Mb.