|
Telvizion kameralar 512-19 guruh talabasi
|
bet | 2/2 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,34 Mb. | | #101303 |
Bog'liq 3tyYzTofduHX83yPP4V0efneTMHBIO2cSpPEfy3q1-rasm
Telekino va telediokameralar (TKK, TDK), bunday kameralar kino va fototasvirlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Ulardan olinayotgan tasvir yuqori sifatli. Amaliy telekameralar ko‘z bilan kuzatish va nazorat qilishga, o‘qish jarayonida qo‘llashga va mashq qilishga. sanoatning turli sohasida ishlatilishiga, televizion avtomat va robotlarga mo‘ljallangan. Maishiy televizion kameralar tasvir film olish va magnit tasmaga tushirish uchun mo‘ljallangan. Asosan, oilaning kundalik ehtiyojlarida ishlatiladi
Televizion kameralar qayerda qo‘llanishidan qat’i nazar, ular tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshash va 2-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishga ega
2-rasm
Telekameraning optik kallagi. Obyektiv va tasvirni spektral ajratuvchi qurilma kameraning optik kallagi deb ataladi. Optik kallak telekameraning asosiy bo‘laklaridan bo‘lib, uning vazifasi va qiyofasi o‘zgarib, murakkablashib bormoqda. Dastlabki STK da to‘rt obyektiv turelga o‘rnatilgan bo‘lib, ish jarayonida uzatilayotgan ko‘rsatuvning mazmuniga qarab, turelni qo‘l bilan aylantirish orqali obyektiv o‘zgartirilgan. Bu albatta, o‘z vaqtida ijodiy xizmatchilar uchun 53 katta noqulaylik tug‘dirgan. Hozirgi kameralar bir obyektivli bo‘lib, ularning fokus masofalarini ish jarayonida (keng diapazonda) oson o‘zgartirish imkoni mavjud. Bundan tashqari, obyektivning fokus masofasini o‘zgartirish orqali, kamera bir joyda turishiga qaramasdan, obyektga yaqinlashish va uzoqlashish effektini beradi. Bunday obyektivlarning imkoniyati keng, lekin tuzilishi murakkab va nozik, hajmi katta. Bundan tashqari, rangli televideniyega o‘tish kamera qurilishiga katta o‘zgartirish kiritdi. Rangli kamerada obyektivga qo‘shimcha optik tasvirni spektrga ajratuvchi qurilmalar qo‘shildi.
Rangli telekamera uchun eng sodda optik sistema uch obektivdan iborat bo‘lib, uning har biri tasvirni o‘z fotoaylantirgichiga tushiradi. Ammo bunday sistemada obyektivlarni fokuslash va tasvirlarni birbirining ustiga tushirish murakkablashadi. Shu sababli ular qo‘llanilmaydi. Bu kamchiliklar «tasvirni olib o‘tkazuvchi» optik sistemada yo‘qotilgan. Bunday sistemaning bir necha turi mavjud bo‘lib, ular birbirlaridan rangni bo‘luvchi (ajratuvchi) qurilmaning joylashish o‘rni bilan farq qiladi. Tasvirni olib o‘tkazuvchi optik sistema asosida KT – 302r (Rossiya) va TTV–1515 (Fransiya) kameralar yaratilgan. Misol tariqasida KT – 302 kameraning optik sistema chizmasini ko‘rib chiqamiz (15-rasm). Kamerada 54 «Foton» kinoobyektivi ishlatilgan. Bu obyektivning fokus masofasi o‘zgaruvchandir (f = 3,5/37:140). Unda tasvir «kollekgiv» (2) yuzasiga tushiriladi. Olingan tasvirni fotoaylantirgich nishoniga (5) tushirish uchun maxsus moslashgirilgan «olib o‘tkazuvchi» obyektiv (3) qo‘llanilgan.
«Kollektiv»ning vazifasi bosh nurni «Foton» obyektivining chiqish qorachig‘idagi tasvirini «olib o‘tkazuvchi» obyektivning (3) kirish qorachig‘iga telemarkazlashtirish orqali tushirishdir. Rangni ajratuvchi dixroik ko‘zgudan yoki shisha prizmadan tashkil topadi. Rangni ajratuvchi prizma dixroik qoplamali pentaprizmadan iborat bo‘lib, u yorug‘lik nurini uch qismga ajratib beradi.
Ajratish akslantiruvchi tomonlarga dixroik qatlam qoplangan ponasimon shisha yopishtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu sababdan, u rang ajratuvchi prizma deb ataladi. Dixroik qoplama yorug‘lik filtrlari bilan birgalikda har bir kanalda spektral kenglikni ta’minlaydi. «Tasvirni olib o‘tkazuvchi» optik qurilma ancha murakkab, hajmi katta va og‘ir bo‘lib, tasvir sifati «Foton»ga nisbatan past. Shuning uchun so‘nggi vaqtda yaratilgan kameralar fokus masofasi o‘zgaruvchan obyektivdan va rangni ajratuvchi prizmadan iborat. Bunday optik qurilmaning hajmi va og‘irligi kam, o‘tkazish koeffitsiyenti katta (olib o‘tkazuvchi obyektivi yo‘qligi tufayli) va tasvirning sifati yuqoridir
Etiboringiz uchun raxmat
|
| |