• III Xulosa. IV Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH
  • Mavzu: O’zgaruvchan tokni to’g’irlash zanjirlari reja: I kirish. II asosiy qism




    Download 155,51 Kb.
    bet1/8
    Sana07.12.2023
    Hajmi155,51 Kb.
    #113129
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu O’zgaruvchan tokni to’g’irlash zanjirlari reja I kirish.-fayllar.org


    Mavzu: O’zgaruvchan tokni to’g’irlash zanjirlari reja:

    Mavzu: O’zgaruvchan tokni to’g’irlash zanjirlari
    REJA:
    I Kirish.
    II Asosiy qism.
    1. Elektr zanjirining chiziqli bo’lmagan elemetlari.


    2. Chiziqli bo’lmagaman zanjirlarni hisoblash.


    3. Signalning chiziqli bo’lmagan zanjirdan o’tishi.




    III Xulosa.
    IV Foydalanilgan adabiyotlar.

    KIRISH
    Bugungi kunda nafaqat ilmiy tadqiqotlarni, balki kundalik hayotimizni radioelektron apparaturalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Elektronika hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Turmushda va ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot instituti va konstruktorlik byurosida, hamma yerda biz elektronika bilan to’qnash kelamiz. Aynan, elektronika zamonaviy aloqa vositalari, kompyuter tizimlari va texnologiyalarini, murakkab va nozik operatsiyalarni bajaradigan elektron apparaturalar yaratish imkonini berdi.
    Sanoatda, elektron asboblardan yoki o’lchash texnikasining elektron qurilmasidan, avtomatikadan va hisoblash texnikasidan foydalanmaydigan sohani topish mumkin emas. Rivojlanish tendensiyasida elektron axborot qurilmalari va avtomatika qurilmalarining qismi uzluksiz ko’payib boraveradi. Bu integral texnologiyaning rivojlanish natijasi bo’lib, ommaviy arzon, yuqori sifatli, maxsus sozlash talab etmaydigan va turli yo‘nalishdagi mikroelektron funksional uzellarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi.
    Sanoat deyarli barcha elektron funksional uzellarni o’lchash qurilmalari va hisoblash texnikasini yaratish uchun zarur bo’lgan, shuningdek, avtomatika tizimida ham ishlab chiqaradi: elektr signallarini integral elektron kuchaytirgichlar; kommutatorlar; mantiqiy elementlar; elektr kuchlanish ko’paytirgichlar; triggerlar; impuls hisoblagichlar; registrlar; summatorlar va boshqalar. Katta va o’ta katta integral sxemalar asosida hisoblash mashinalari yoki uning asosiy uzellarini o’zida ifodalaydigan, bitta korpusdan yoki bir nechta kam gabaritli korpuslardan tayyorlangan, mikroprotsessorlar va mikroprotsessorli komplektlar yaratilgan. Integral sxemali mikroprotsessorlar tomonidan tashqi elektr signallar kirishida berilishi mumkin bo’lgan va ma’lum dastur asosida amalga oshirilib bajariladigan funksiyalardir. Shunday qilib quyidagi mikrosxemalarni ishlab chiqarish texnologiyasida hech qanday o’zgarishsiz ko’p sonli turli xil raqamli signallarni qayta ishlaydigan operatsiyalarni bajarishga imkoniyat beradi.[1]
    Bazaviy matritsali kristallar va dasturlanadigan mantiqiy matritsalardan foydalanish integral sxemalar funksional imkoniyatlarini kengaytirishning boshqa usulidir.
    Faqat birgina elementli va sxemotexnika bazasining uzluksiz o’zgarishi ko’p yillar davomida elektronikani rivojlanishida stabil bo‘lib qolmoqda.
    Integral sxemalarni keng tanlash bilan bog’liq holda, parametrlari texnik shartlarida ma’lum bo’lgan, elektron apparaturalarini ishlab chiqaruvchilarning oldidagi vazifalari o’zgargan. Agar, ilgari vaqtning muhim qismi alohida kaskadlarni hisoblash tartibiga, ularning parametrlarini aniqlashga, termostabilizatsiya va shu kabi savollar yechimiga ketgan bo’lsa, hozirgi kunda asosiy e’tibor ulash sxemalarini tanlash va mikrosxemalarni o’zaro muvofiqlashtirish kabi savollarga ajratilgan.
    Namunali mikrouzellar alohida kaskadlarni detalsiz hisoblab, zarur bo’lgan elektron blokni yig’ish imkonini beradi. Elektron apparaturani ishlab chiquvchi elektr signali qanday o‘zgarishlarga chidamli bo’lishini aniqlab, zarur bo‘lgan 9 integral mikrosxemalarni yig’ib oladi, sxemalar ulanishini ishlab chiqadi va teskari aloqani talab etilgan shaklda kiritadi. [2]

    Download 155,51 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 155,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’zgaruvchan tokni to’g’irlash zanjirlari reja: I kirish. II asosiy qism

    Download 155,51 Kb.