|
Mavzu: O’zgaruvchan tokni to’g’irlash zanjirlari reja: I kirish. II asosiy qism
|
bet | 7/8 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 155,51 Kb. | | #113129 |
Bog'liq Mavzu O’zgaruvchan tokni to’g’irlash zanjirlari reja I kirish.-fayllar.orgO’zgaruvchan tokni to’g’rilash
Biz bilamizki, elektr energiyasi, asosan, o’zgaruvchan uch fazali tok ko’rinishida ishlab chiqariladi. Koʻpincha o’zgarmas tok manbayi zarur bo'ladi. Shunday hollarda toʻgʻrilagichlardan foydalaniladi. To’g’rilagichlarning eng sodda sxemasi bir davrli, bir fazali to’g’rilagichlardir. Uning sxemasi va to’g’rilangan tokning vaqt diagrammasi 9.14- rasmda ko’rsatilgan. Yarimo’tkazgichli diod tokning faqat bir ishorali qismini o’tkazadi. Demak, to’g’rilagichning kirish qismida bir fazali o’zgaruvchan tok bo'lsa, chiqishida faqat musbat ishorali yarim davrlari qoladi.[12]
Ko’pincha to’g’rilagichlar transformatorlarning ikkilamchi chulg’amiga ulanadi, chunki oʻzgarmas tok iste'molchisi, masalan, magnitofonning kuchlanishi U= 9V. Demak, to’g’rilagich bu yerda elektr tarmoq va o’zgarmas tok iste’molchisi o’rtasida kuchlanishni moslash mexanizmi bo’lib ham xizmat qiladi. 9.14- rasmdan ko'rinib turibdiki, toʻgʻrilagichning chiqish qutblaridagi kuchlanish manfiy ishorali o'zgaruvchan impulsdir. Toʻgʻrilagich bu koʻrinishda qo’llanilmaydi. Ko’pincha, 9.15-rasmda ko’rsatilgan ko’prik to’g’rilagichlardan foydalaniladi. Bu to’g’rilagichda diod xossasidan foydalanilib, o’zgaruvchan tokning manfiy yarim davriy qiymati yo’nalishi o’zgartiriladi.
Natijada chiqish qutiblarida faqat musbat ishorali yarim davriy ta’sir ko’rsatadi.
Lekin bu shakildagi kuchlanish ham iste’molchilarni qanoatlantirmaydi. Shuning uchun to’g’irlagichning chiqish qutiblariga parallel ravishda sig’im va ketma-ket induktivlik ulanadi. Bu ikki element kuchlanishiga ta’sir ko’rsatadi, kuchlanishni tekislab, vaqt davomida kattaligi o’zgarmaydigan kattaliklarga yaqinlashtiriladi.(9.16-rasm). Bu turdagi to’g’irlagich radioteleapparaturada, payvandlash apparaturasi va hokazolarda keng qo’llaniladi.
9.17-rasm.
Uch fazali elektr tokini to’g’irlashda 9.17- rasmda ko’rsatilgan sxema qo’llaniladi. Sxemaning bu turi avtomobilda qo’llanadigan uch fazali sinxron generator va shahar elektr transportini (metro, tramvay, trolleybus) o’zgarmas tok bilan ta’minlanuvchi tortish podstansiyalarida qo’llaniladi.[15]
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki yuqorida ko’rib chiqganlarimizdan shuni aytishimiz mumkinki elektr zanjirning chiziqli bo’lmagan barcha hollari radioelektronika fanida juda zarur bo’limlaridan biri bo’lib hisoblanar ekan.
Sanoatda, elektron asboblardan yoki o’lchash texnikasining elektron qurilmasidan, avtomatikadan va hisoblash texnikasidan foydalanmaydigan sohani topish mumkin emas. Rivojlanish tendensiyasida elektron axborot qurilmalari va avtomatika qurilmalarining qismi uzluksiz ko’payib boraveradi. Bu integral texnologiyaning rivojlanish natijasi bo’lib, ommaviy arzon, yuqori sifatli, maxsus sozlash talab etmaydigan va turli yo‘nalishdagi mikroelektron funksional uzellarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi.
Chiziqli bo’magan elemet xarakteristikasini aproksimasiyalashda unga ta’sir etuvchi signal ampeletudasining kattaligi katta ahamiyatga ega. Shunga ko’ra ikkita xususiy hol ajratiladi: kichik va katta amplitudali signal hollari. Birinchi holda signal amplitudasi xarskteristikaning kichik sohasini egallaydi va xarakteristikasini aproksimasiyalashda polinomning (eng ko’p bilan) beshinchi darajali hadi bilan chegaralanadi. Ikkinchi holda signal amplitudasi xarakteristikasining yetarli katta qismini qoplaydi.
Chiziqli zanjirlardan farqli o’laroq, chiziqli bo'lmagan zanjirlar chastotani organik ravishda o'zgartirish qobiliyatiga ega. Demak, kontaktlarning zanglashiga olib keladigan oqimning o'zgarishi ta'sir qiluvchi signalning o’zgarish qonuniga bog’liq emas. Zanjirning kirishiga garmonik tebranishlar ta’sir qilganda ham, uning chiqish miqdorlari garmonik emas va odatda doimiylar va o’zgaruvchilar to’plamidan iborat (chastota kirish signalining chastotasiga teng).
Hozirgi zamon ishlab chiqarishining barcha sohalarida, qurilish, tibbiyot va umuman, hayotimizda elektr energiyadan keng ko’lamda foydalaniladi.
|
| |