• 1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik
  • 8-laboratoriya ishi Yarimo’tkazgichli diod parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish Yarimo‘tkazgichli diod parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish Ishning maqsadi




    Download 85,27 Kb.
    bet1/2
    Sana02.06.2024
    Hajmi85,27 Kb.
    #259262
      1   2
    Bog'liq
    8-laboratoriya ishi Yarimo’tkazgichli diod parametrlari va xarak


    8-laboratoriya ishi
    Yarimo’tkazgichli diod parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish


    Yarimo‘tkazgichli diod parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish
    Ishning maqsadi: Yarimo‘tkazgichli diod (YaD) asosiy xarakteristikalari va parametrlarini hamda ularga tashqi muhit temperaturasining ta'sirini tadqiq etish.
    1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik:
    1.1. YaD – n va p- turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita yarim o‘tkazgichlar kontaktidan iborat bo‘lgan hamda bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan elektron asbob. YaD VAXsi 2.1-rasmda keltirilgan. Bu erda 1- nazariy xarakteristika, 2- real abob xarakteristikasi (bu xarakteristika YaDning yarim o‘tkazgich strukturasidagi hajmiy qarshilikni va tashqi kontaktlar qarshiligini, YaDdan tok oqib o‘tganda undan ajralib chiqayotgan qo‘shimcha issiqlikni va x.z.larni hisobga oladi).
    1.2. Real yarimo‘tkazgichli diod VAXsi 1- rasmda keltirilgan. Punktir chiziq bilan quyidagi tenglamaga mos keluvchi ideal VAX ko‘rsatilgan:
    , (8. 1)
    T=300 Kda UT=26 mV.

    1- rasm. Yarimo‘tkazgichli diod VAX
    Xarakteristikalar yarimo‘tkazgichli diod asosiy xossalarini namoyon etadi. Ochiq holatda yarim o‘tkazgichli dioddan ma'lum miqdorda to‘g‘ri tok
    ( ) oqib o‘tadi; bu holat yarim o‘tkazgichli diodga to‘g‘ri kuchlanish berish natijasida ta'minlanadi:

    Berk holatda yarim O‘tkazgichli dioddan juda kichik teskari tok ( ) oqib o‘tadi. Bu tokning qiymati germaniyli diodlarda 10-5 – 10-6A, kremniyli diodlarda esa 10-9 – 10-12A tartibga ega. Yarimo‘tkazgichli diodning berk holati unga teskari kuchlanish berish natitijasida amalga oshiriladi:

    2.1- rasmdan ko‘rinib turibdiki, real yarimo‘tkazgichli diod VAXsining to‘g‘ri shohobchasi nazariy xarakteristikaga nisbatan bo‘sag‘aviy kuchlanish qiymati bilan ifodalanadigan sezilarli to‘g‘ri tok yuzaga keladigan ancha yuqori to‘g‘ri kuchlanish sohasiga siljigan. Germaniyli diodlarda V, kremniyli diodlarda - V. bo‘lganda VAX to‘g‘ri shohobchasining egilishi diod baza sohasining qarshiligi bilan aniqlanadi.
    Yarimo‘tkazgichli diod VAXsiga tashqi muhit temperaturasining ta'siri
    2-rasm bilan tushuntiriladi. Temperatura ortganda to‘g‘ri va teskari tok ortadi.


    2-rasm. Yarimo‘tkazgichli diod VAXsiga tashqi muhit temperaturasining ta’siri
    Yarimo‘tkazgichli diodga temperatura ta'sirini hisobga oladigan asosiy parametrlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
    Kuchlanishning temperaturaviy koeffitsinti t
    (8. 2)

    va teskari tokni e martaga o‘zgarishiga mos keluvchi temperatura t* :


    (8. 3)

    Download 85,27 Kb.
      1   2




    Download 85,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-laboratoriya ishi Yarimo’tkazgichli diod parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish Yarimo‘tkazgichli diod parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish Ishning maqsadi

    Download 85,27 Kb.