• Ta`mir ishlariga tashkiliy-texnik va material-texnik tayyorgarlik
  • Material-texnik tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi
  • Texnologik mashina va jihozlarni ta’mirlash




    Download 254 Kb.
    bet1/6
    Sana06.03.2024
    Hajmi254 Kb.
    #167868
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Burxoniddin (TMJda Ta\'mirlash)
    7-sinf, 1. Tugun nuqtalar va ularni birlashtiruvchi yoylar to’plami nima, I. Dars mavzusi Kvadrat tenglama va uning ildizlari, eksperimental psixologiya, 11, Iqtisodiy rivojlanish 2 topshiriq (3), tavfsiya, akademik yozuv, 5- sinf texnologiyamonitoring test, AMERIKA VA KANADA LOGISTIKASI, bjskjskjsbsh, mustaqil ishOllonazar, 20 10 6 Fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassislarni malakasini oshirishda, moliya bozori. RR, KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI

    Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti 1-20 TMJ guruh talabasi Bahetdinov Burxoniddinning “Texnologik mashina va jihozlarni ta’mirlash” fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi

    • MAVZU: Mashinalarni qismlarga ajratishda ishlarni bajarish ketma-ketligi.
    • Detallarni tozalash, yuvish, yaroqli va yaroqsizga ajratish usullari.
    •  
      • Ta`mir ishlariga tashkiliy-texnik va material-texnik tayyorgarlik
    • Ta`mir ishlarini boshlashdan oldin tashkiliy-texnik va material-texnik tayyorgarlik o`tkaziladi.
    • Korxona bosh mexanigi qo`l ostidagi bo`lim bilan quyidagi tashkiliy-texnik ishlarni amalga oshiradi: ta`milash va texnik xizmat ko`rsatish ishlarining yillik va oylik reja-grafigini tuzish; har bir jihozni hisobga olib inventar raqam berish va har bir jihoz uchun texnik pasport tayyorlash; ishlab chiqarish sexlarida jihozlarning texnik holatini aniqlash va smenaning topshirish-qabul qilish jurnalida chilangarlar tomonidan yozuvlarni olib borish; kapital va o`rta ta`mir o`tkazish uchun texnik ko`rsatmalar berish; detallar va yig`ma birliklar katalogi va ta`mirlash chizmalarini tayyorlash; ehtiyot qism va materiallar sarflash normasini tayyorlash.
    • Ta`mirlashning yillik reja-grafigi har bir jihoz birligi uchun alohida tuziladi. Bu uchun jihozning ishlash hisobotida ko`rsatilgan ma`lumotlardan, ta`mirlash davrining strukturasi va davom etishi, oxirgi ta`mirdan keyin jihozning ishlash muddati haqidagi ma`lumotlardan foydalanadi.
    • Tasdiqlangan yillik reja-grafik asosida har bir oy uchun reja grafik tuziladi. Oylik grafikda ta`mirlash ishlarini o`z vaqtida sifatli qilib bajarish uchun javobgar shaxs va ta`mirlovchi ishchilarning bir me`yorda ish bilan ta`minlanishi ko`rsatiladi.
    • Mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ta`mir ishlari korxona mavsumiy to`xtatilgan paytda bajariladi.
    • Material-texnik tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi:
    • - ishlarni o`z vaqtida va komplekt material-texnik boyliklar bilan ta`minlash;
    • - ta`mirlovchi mutaxassislarni ta`mirlash ishlari hajmi va turiga to`g`ri keladigan ta`mirlovchi jihoz, qurilma, o`lchov-nazorat asboblari, ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta`minlash;
    • - detallar, asboblar va boshqalarni qabul qilib olish, saqlash va sarflashning ratsional hisobini olib borish.
    • Har bir material sarflanishini Ns (kg/yil) ob`ektiv differentsial sarflash normalari (Nk, No`, Nj) va alohida ta`mirlar orasidagi davrga asosan aniqlaydilar:
    •  
    • Ns = Nk Kk + No`K + NjKj (3.1)
    •  
    • bu yerda Kk, Ko`, Kj - bir yildagi kapital, o`rta va joriy ta`mirlar soni.
    • Detallarning zahira normasi (dona) quyidagicha aniqlanadi:
    • bu yerda: Odet - bir mashina yoki agregatdagi bir xil detallar soni; Om - bir xil mashina yoki agregatlar soni, M - ko`rilayotgan davrdagi oylar soni (3 dan 6 gacha qabul qilinadi); Сx.m - detallarning xizmat muddati, oy; Kz - detallar zahirasini kamaytirish koeffitsienti.
    • Detallar xizmat muddatini shu detallarning haqiqiy sarfi va shu sarf bo`lgan muddatga asosan aniqlanadi, bunda detallarning omborda saqlanayotgan kun miqdorini shu muddatga sarflangan detallar soniga bo`ladilar. Arvariyaga uchrab singan detallar bunda hisobga olinmaydi.
    • Detallar zahirasini kamaytirish koeffitsienti bir guruh jihozlarga to`g`ri keladigan bir xil detallar soniga qarab qabul qiladilar (3.1 - jadval).
    •  
      Download 254 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 254 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik mashina va jihozlarni ta’mirlash

    Download 254 Kb.