• Xoliqov Z.B Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti Utaeva G.N Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti Abstract.
  • Annotatsiya.
  • The influence of mineral fertilizers on productivity and grain quality in the cultivation of cereal crops




    Download 36.99 Kb.
    bet1/2
    Sana06.01.2024
    Hajmi36.99 Kb.
    #131274
      1   2
    Bog'liq
    гузал 1 макола..
    Cause and Effect Paragraphs rev, 1-lab ishi, MUSTAQIL ISH (komp graf), ТАЪЛИМ ТАРБ ДОЛЗ МУАММ 2018 ўқув 111, ТАЪЛИМ ТАРБ ДОЛЗ МУАММ 2020 ISHCHI, EHTIYOJLARNING YUKSALIB BORISH QONUNI222, MUSTAQIL ISH11, Научная стать я С Маткаримовой об истории страхования (2), Meyliyeva Nigora, 3-ma’ruza Mavzu Amaliy dasturlar va ularning imkoniyatlari-fayllar, 1-topshiriq mavzulari, УМК ФАЛСАФА 2022-2023 НИЛУФАР, 11 maruza

    THE INFLUENCE OF MINERAL FERTILIZERS ON PRODUCTIVITY AND GRAIN QUALITY IN THE CULTIVATION OF CEREAL CROPS
    Xoliqov Z.B
    Karshi Institute of Engineering and Economics


    Utaeva G.N
    Karshi Institute of Engineering and Economics
    MINERAL O‘G‘ITLARNING G‘ALLA EKINLARINI PARVARIShLAShDA XISILDORLIK VA DON SIFATIGA TA’SIRI
    Xoliqov Z.B
    Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti


    Utaeva G.N
    Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti
    Abstract. The article provides information on the influence of fertilization standards, soil management and other factors on the yield and grain quality of winter wheat in irrigated lands. Increasing the amount of protein and gluten in winter wheat grain conclusions have been made. It was also shown that the improvement of the quality of winter wheat grain has a direct effect on the economic efficiency of wheat production.
    Annotatsiya. Maqolada kuzgi bug‘doyni sug‘oriladigan yerlarda hosildorlik va don sifatiga o‘g‘itlash me’yorlari, tuproqni ishlash va boshqa omillarni ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.Kuzgi bug‘doy doni tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorini oshirish bo‘yicha xulosalar qilingan. Hamda kuzgi bug‘doy don sifatini oshirilishi bug‘doy yetishtirishda iqtisodiy samaradorlikka bevosita ta’sir etishi ko‘rsatilgan.
    Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning izchil o‘tkazilishida, aholining turmush farovonligini tubdan yaxshilashda g‘allachilik ravnaqi, xususan g‘alladan mo‘l va sifatli hosil yetishtirish g‘allakorlarimiz oldida turgan muhim masalalardan biridir. Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri kuzgi bug‘doyning don hosildorligi bilan birga donining sifat ko‘rsatkichlarini ham oshirishdan iborat. Bu esa, olimlarimiz fikricha har bir nav o‘ziga mos tuproq iqlim sharoitida, alohida oziqlanish me’yorlari, sug‘orish tartiblari asosida parvarishlanishini taqozo etadi.
    Bu esa, g‘allachilik sohasida mamlakatimizda zamonaviy ilm-fan yutuqlari va xalqimizning qadimiy dehqonchilik madaniyati asosida o‘ziga xos agrotexnika maktabi shakllanib, bugungi kunda o‘zining yuksak samarasini berayotganligi taqsinga sazavordir. Bunda mahalliy yaratilgan yangi bug‘doy navlarini resurstejamkor hamda donning hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlarini oshiruvchi texnologiyalarni ishlab chiqish talab etiladi. Shuning uchun sifatli non va non mahsulotlari tayyorlashga yaroqli bug‘doy donlarini yetishtirish lozim. Bug‘doy hosildorligini oshirish davr talablaridan kelib chiqmoqda. Shu bois ham oziqlantirish me’yorining hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish tadqiqotimizning asosiy maqsadi qilib qo‘ydik.
    Respublikada yetishtiriladigan qishloq xo‘jaliklari maxsulotlarining salmoqli qismi respublikaning janubi-sharqiy viloyatlarida yetishtiriladi. Ushbu hududning iqlim sharoitlariga ko‘ra markaziy qismi Qashqadaryo viloyati Qarshi cho‘li mintaqasi hisoblanganligi bois bug‘doy navlarining o‘g‘itlashga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tajribalarimiz Qarshi tumanidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining tajriba dalasida olib borildi. Tadqiqotlarimizda, yumshoq bug‘doyning istiqbolli navlari G‘ozg‘on, Elomon va Yaksart, navlari qo‘yidagi variantlarda 1)Nazorat (o‘g‘itsiz); 2) N90P60K30 3) N135P75K45 4) N180P90K60 kg\ga variantlar uch qaytariqli qilib, tegishli yarusda izchillik asosida joylashtirildi. Paykalchalarning umumiy yuzasi 11,6m2, hisobga olinadigan yuzasi 10m2 tashkil etdi. Tajriba dalasini shudgorlash TS-60-70 haydov traktori “PYa-3-35” plugida o‘tkazildi. Ekish oldidan haydalgan va o‘g‘itlangan maydonlarda LTZ-60-AB-10 traktoriga tirqalgan ChKU – 4 rusumli chizel - kultivator, so‘ngra mola va borona bilan ikki yo‘nalishda ishlov berildi. Mahalliy sharoitni nazarda tutgan holda tajribalarda ekish me’yori bir gektar maydonga 4,5 mln. unuvchan urug‘ hisobida 2013-2014 yillarda 15 oktyabr kunlarida amalga oshirildi.
    Tajribalardan olingan natijalarga ko‘ra hosildorlik bo‘yicha eng past ko‘rsatkich barcha navlar bo‘yicha nazorat (o‘g‘itsiz) paykalchalarda kuzatildi. Tajribada navlarga va qo‘llanilgan ma’dan o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq holda boshoqning uzunligi, 1 ta boshoqdagi don vazni va donlar soni ham o‘zgarib bordi.
    Ma’dan o‘g‘itlar N90P60K30 kg/ga qo‘llanilganda N135P75K45 kg/ga nisbatan standart Krasnodar-99 navida hosildorlik 11,1 s/ga, G‘ozg‘on navida 9,5 s/ga, Elomon navida 10,9 s/ga, Yaksart 7,3 s/ga, oshganligi aniqlandi.
    Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha o‘rganilgan navlar azotli o‘g‘itlarga standart Krasnodar-99 naviga nisbatan ta’sirchanroq ekanligi ham namoyon bo‘ldi. Ammo N180, P90, K60 oziqlantirilgan variantga nisbatan esa boshqa variantlarda natija past bo‘lishi kuzatildi. Bunda Krasnadar-99 navida 58,2 s/ga, G‘ozg‘on navida 69,7 s/ga, Elomon navida 64,5 s/ga, Yaksart navida 60,7 s/ga bo‘ldi. Ushbu variantda navlar hosildorligi o‘rtacha nazorat (o‘g‘itsiz) variantga nisbatan 31-50 s/ga, N90, P60, K30, N135, P75, K45 oziqlantirilgan variantlarga nisbatan esa 6-14 s/gacha past bo‘ldi.

    Download 36.99 Kb.
      1   2




    Download 36.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    The influence of mineral fertilizers on productivity and grain quality in the cultivation of cereal crops

    Download 36.99 Kb.