• O’qituvchi: Abdurazzoqov Faxriddin Bekpo’latovich
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturiy injiniring fakulteti: Topshirdi: Javliyev Jasur 313-20-guruh talabasi Fan : Dasturiy ta’minot tizimlarini loyihalash




    Download 43.41 Kb.
    bet1/3
    Sana15.11.2022
    Hajmi43.41 Kb.
    #30395
      1   2   3
    Bog'liq
    DTTLA1
    Inson va mashina, Mavzu Chiziqli va ikkilik qidiruv usullarini taqdiq qilish, kimyo 2-dars , Factura 6437eb01953dc281c6e0289c, 108053, 9 тема, FIZIKA FANIDAN KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRILGAN O, Ms word matn muxarriri bo‘yicha test savollari, GULLAR OLAMI, 47354, ИҚН 46-21 Книга (2), Intersection, s dasturlash tilida massivlar ustida amallar va tenglamalar sistemasini gauss usulida yechish., jalol

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    Dasturiy injiniring fakulteti: Topshirdi: Javliyev Jasur 313-20-guruh talabasi
    Fan : Dasturiy ta’minot tizimlarini loyihalash
    O’qituvchi: Abdurazzoqov Faxriddin Bekpo’latovich
    1-amaliy topshiriq

    Loyiha mavzusi :


    Shaharning diqqatga sazovor joylari haqida mobil ilova yoki web-sayt loyihalash

    Ushbu loyihaning asosiy maqsadi va vazifalari foydalanuvchilarni ular borishni hohlagan shahardagi diqqatga sazovor joylar jumladan istirohat bog’lari, dam olish maskanlari , ko’ngilochar joylar, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan inshoot va binolar shu bilan birgalikda ushbu maskanlarning tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklari haqida batafsil ma’lumotni raqamli tarzda foydalanuvchilarga yetkazish dan iborat. Ushbu web sayt faqatgina mahalliy aholi uchun emas balki global loyiha hisoblanadi yani ushbu platformada har bir shahar o’zi uchun alohida profil yaratish huquqiga ega bo’ladi ya’ni tashrif buyuruvchilarni jalb qilish profil egalarining o’z zimmlarida bo’ladi qisqacha qilib aytganda ushbu loyiha yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun ochiq maydon yaratib beradi. Ushbu loyihaning afzalligi shundaki , saytda foydalanuvchi shunchaki tashrif buyurmoqchi bo’lgan shaharning nomini kiritsa bas, ilova avtomatik ravishda o’sha shahar profili bilan bog’laydi va foydalanuvchi shaharning barcha diqqatga sazovor joylari haqida batafsil ya’ni nafaqat rasm yoki videoli balki matnli ko’rinishda ham ma’lumot olishi mumkin. Ikkinchi va eng muhim jihati bu shaharning turizm salohiyatini rivojlantirish uchun juda yaxshi vosita bo’lib xizmat qiladi.


    Loyiha passport.


    1.Loyihaning maqsadi.
    Loyihaning maqsadi virtual media orqali turizmni rivojlantirish va mahalliy va chet elliik sayyohlarni jalb qilish.
    2. Loyihaning ish ko’lami
    Loyihada dastlab foydalanuvchi turgan nuqta aniqlanib unga avtomatik ravishda u turgan nuqtaga yaqin joydagi joylar tavsiya qilinadi . Loyiha profil joylagan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va ularni saralab davlat miqyosida foydalanuvchilarga taqdim etadi.
    3. Auditoriya
    Ushbu loyiha umuman olganda turistlar uchun xizmat ko’rsatadi , bunga qo’shimcha ravishda mahalliy aholi uchun hama qulaylilari bor , ushbu loyihada yosh jins cheklanmagan.
    4. Loyihaning user interfeysida ma’lum bir muammolar kelib chiqishi mumkin yani u yoshu qari uchun mos tushunarli va oson bo’lishi kerak, bu muammoni foydalanuvchilarni fikrini kuzatish orqali halqilish mumkin.
    5. Tizim tahlili
    Ushbu loyiha web loyiha hisoblanib global miqyosda ishlatish ko’zda tutilgan , u tog’ridan tog’ri turimni rivojlantirishga xizmat qiladi.
    7. Tizimning umumiy strukturasi.



    profiles

    User





    server

    8.Dizayn arxitekturasi
    1- oyna bu kutib olish oynasi shu oyna vaqtida tizim avtomatik ravishda user ning turgan joyini aniqlaydi . web saytdan foydalanish uchun shunchaki email address bo’lsa kifoya qolgan hech qanday sgaxsiy ma’lumotlar xususan aniq ism sharif passport ma’lumotlari telefon raqam va hokazolar talab qilinmaydi.
    2- oyna bu so’rov oynasi bu yerda shahar nomi kiritiladi agar user allaqachon uzi xoxlagan shaharda bo’lsa rad etishi mumkin.
    3-oynada ushbu shahrning profili userga taqdim etiladi va u profil orqali har qanday ma’lumotni topishi mumkin va shaharning diqqatga sazovor joylarining mamuriyati bilan bog’lanish imkoniyatiga ega boladi.
    4-oyna avvalgi userlarning o’sha joy haqidagi izohlarini o’qish va ular bilan ham aloqa o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ladi.
    5- oyna bu oynada ko’zlangan manzilga eltuvchi marshrutlar taksi xizmatlari jamoat transporti userga taklif qilinadi va bu oynada avvadan to’lov utkazish uchun payment bo’limi ham mavjud bo’ladi.
    6-oyna user biror joyga tashrif buyurganidan so’ng u yerning qulayligi xizmatlarini baholash imkoniyatiga ega va bu shu profilning rekommendatsiyasi uchun xizmat qiladi.
    Tuzilmali va kalendar rejalashtirish

    Modulni dasturlashda u nafaqat kompyuterga, balki insonga ham tushunarli bo‘lishini hisobga olish kerak: modulni ishlab chiquvchilar ham, uni tekshiruvchi shaxslar ham, modulni sozlash uchun test tuzuvchi testchilar ham, modulga talab qilingan o‘zgarishlarni kirituvchi DV kuzatib boruvchilari ham modul ishi mantiqini qayta-qayta tahlil etishga majbur bo‘ladilar. O‘ozirgi zamon dasturlash tillarida ushbu mantiqni g‘oyat chalkashtirib yuboradigan vositalar ko‘p bo‘lib, ular modulni inson uchun tushunilishini qiyinlashtiradi. SHuning uchun to‘g‘ri keladigan til vositalarini tanlash choralarini ko‘rish hamda ma’lum dasturlash tartibiga rioya qilish zarur. Buning bilan bog‘liq holda Deykstra dasturni bir nechta turdagi boshqarish konstruktsiyalari (tuzilmalar)dan iborat kompozitsiya sifatida qurishni taklif qildiki, bu boshqarish konstruktsiyalari dastur ishi mantiqini tushunarliroq qilish imkonini beradi. Faqat shunday konstruktsiyalardan foydalangan dasturlash tuzilmaviy (strukturali) dasturlash degan nom bilan ataldi.


    Strukturali (tuzilmaviy) dasturlashning asosiy konstruktsiyalari quyidagilardir: ketma-ketlik, tarmoqlanish va takrorlanish (4.4-rasmga qarang). Umumlashma operatorlar (ishlov berish uzellari) - S, S1, S2 hamda predikat (shart) - R ushbu konstruktsiyalarning tarkibiy qismlari (komponentlaridir). Bunda yo qo‘llanayotgan dasturlash tilining oddiy operatori (o‘zlashtirish, kirish, chiqish va protseduraga murojaat qilish operatorlari), yoki tuzilmaviy (strukturali) dasturlash asosiy boshqaruv konsturktsiyalarining kompozitsiyasi bo‘lgan dastur fragmenti umumlashma operator sifatida xizmat qilishi mumkin. Muhimi shundaki, har bitta konstruktsiya boshqaruv bo‘yicha faqat bitta kirish va bitta chiqishga ega.
    Yana shunisi ham muhimki, bu konstruktsiyalar hozirdanoq matematik ob’ektlardirlar (aynan shu tuzilmaviy dasturlashning muvaffaqiyatini ta’minlaydi). Har bitta tuzilmaviy bo‘lmagan dastur uchun funksional ekvivalent bo‘lgan (ya’ni aynan bitta masalani echadigan) tuzilma holiga keltirilgan dasturni yaratish mumkin. Tuzilma holiga keltirilgan dasturlar uchun ma’lum bir xossalarning matematik isbotini berish mumkin. Bu esa dasturdagi ayrim xatolarni aniqlash imkonini beradi. Bu masalaga alohida ma’ruza bag‘ishlanadi.
    Tuzilmaviy dasturlash ba’zida «GO TO siz dasturlash» deb ham ataladi. Biroq bu erda gap operator GO TO da emas, balki undan betartib foydalanishdadir. Ko‘p hollarda tuzilmaviy dasturlash ayrim dasturlash tillarida (masalan, FORTRAN da) aks ettirilganda, o‘tish operatori (GO TO) tuzilmaviy konstruktsiyalarni ishlatish uchun qo‘llanadi. Bu tuzilmaviy dasturlash tamoilini buzmaydi. Dasturni aynan «tuzilmaviy bo‘lmagan» o‘tish operatorlari chalkashtiradi, bunda ayniqsa matn modulida bajarilayotgan o‘tish operatoridan yuqorida (avval) joylashgan operatorga o‘tish chalkashtiradi. Shunday bo‘lsa-da, o‘tish operatorini chetlab o‘tishga urinsak, tuzilmaviy dasturlar nihoyatda katta va qo‘pol bo‘lib ketishi mumkin. Bu esa ularning aniqligiga zarar etkazadi va matn modulida qo‘shimcha xatolarning paydo bo‘lish havfini tug‘diradi. Shuning uchun mumkin bo‘lgan o‘rinda o‘tish operatorini chetlab o‘tishni maslahat berish mumkin, ammo bu dastur aniqligiga zarar etkazmasligi kerak.
    O‘tish operatorini qo‘llashning foydali jihatlari ham bor. O‘tish operatori yordamida tsikldan, ya’ni muayyan tuzilmaviy birlik (umulashma operator) ishini tugallaydigan alohida shart-sharoit bo‘yicha bajariladigan protseduradan chiqishni amalga oshirish mumkin. Buning bilan u dastur tuzilmasini faqat lokal (ya’ni boshqalarga ta’sir qilmaydigan bitta o‘rinda) buzishi mumkin xolos. Favqulotda (odatda xato) vaziyatlarga nisbatan yuzaga keladigan reaktsiya (munosabat)ni dastur tuzilmasida ishga solish ancha qiyinchiliklar tug‘diradi
    Chunki bunda tuzilmaviy birlikdan muddatdan oldin chiqishnigina emas, balki bu vaziyatga tegishli ishlov berishni ham amalga oshirish (masalan, to‘g‘ri keladigan tashxislash axborotini chiqarib berish) talab qilinadi. Favqulotda vaziyatning ishlovchisi dasturning to‘g‘ri kelgan tuzilmaviy bosqichida turishi mumkin, unga murojaat esa turli quyi bosqichlardan turib amalga oshirilishi mumkin. Favqulotda vaziyatlarga reaktsiya (munosabat) quyidagicha amalga oshiriladi. Favqulotda vaziyatlarning ishlovchilari u yoki bu tuzilmaviy birlik oxiriga joylashadi hamda har bir shunday ishlov beruvchi shunday dasturlanadiki, ishini tugatgach, o‘zi o‘rnashtirilgan tuzilmaviy birlik oxiridan chiqishni amalga oshiradi. ¤tish operatori shunday ishlov beruvchiga ushbu tuzilmaviy birlikdan turib murojaatni amalga oshiradi.

    Download 43.41 Kb.
      1   2   3




    Download 43.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturiy injiniring fakulteti: Topshirdi: Javliyev Jasur 313-20-guruh talabasi Fan : Dasturiy ta’minot tizimlarini loyihalash

    Download 43.41 Kb.