• Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar va ularning ahamiyati
  • Toshkent moliya instituti mustaqil ish iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




    Download 87.3 Kb.
    bet1/7
    Sana07.11.2023
    Hajmi87.3 Kb.
    #95266
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    IAKTT MUSTAQIL ISH RAYA hemisga
    2-amaliy ish, 1000 ta eng kerakli fe llar lug ati. (@Ruschani orgatamiz), to`g`ri chiziq tinglamalari00, Славистика. Рогозинникова Н.Г., Электрон рақамли имзо, eleklab1, 1700734682, prUjqIbazCrcvdZHf5c0Jtx7zzt-j9l7, Xayitmuradova, Alixonov 2011, 1. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar. Tahdid turlari, 38-Moliyaviy-risklarni-boshqarish-Oquv-qollanma-K-Sharifxodjayeva-T2017, 1797118, Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа-fayllar.org

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



    MUSTAQIL ISH

    IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR FANIDAN

    Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar va ularning ahamiyati mavzusida tayyorlangan mustaqil ish

    Mavzudan maqsad : Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar yig’ish va bu haqida bayon qilish.


    BAJARDI: MMT-66 GURUH TALABASI BEGIMQULOVA RAYHONA


    TEKSHIRUVCHI: AXROROV FAXRIDDIN
    REJA:
    1.Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari

    2.Raqamli iqtisodiyotda axborot texnologiyasi tizimlarining ta'rifi va tavsifi

    3. Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish tendensiyalari

    4.Raqamli iqtisodiyotdagi innovatsion texnologiyalar ta'lim biznesida

    5. Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarning strukturasi va elementlari


    6. Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda

    MAVZU:Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar va ularning ahamiyati



    1. Raqamli iqtisodiyotda axborot texnologiyalar tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari

    <> so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning o‘sishidir. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.
    So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
    Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish insoniyat tarixidagi boshqa innovatsion ishlanmalarni joriy qilishdan tezroqdir: bor-yo‘g‘i yigirma yil ichida raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb 50 foizini qamrab olishga va ularning yordami bilan jamiyatlarni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.
    Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarning afzalliklari :
    Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi. Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog’liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig’indisidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
    Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
    "Raqamli" davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi.
    Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
    Birinchi marta 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “Raqamli iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritgan bo’lsa, hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha qo’llamoqda. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko’prog’ida beqiyos o’zgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko’payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o’rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi. Shuningdek raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo’lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko’chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati va jihatlari, bu birinchi navbatda, insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to’liq axborot bermaslikning iloji yo’q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo’yadi. Ma’lumotlar ko’pligi va tizimliligi yolg’on va qing’ir ishlarga yo’l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Uchinchidan, davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo’lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo’nalishlar ochib beradi.
    “ Raqamli texnologiyalar” tomon burilishga butun jahon internet tarmog‘i va sifatli aloqaning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda bu tizimdan foydalanuvchilar oziq-ovqat, turli parfyumeriya va zamonaviy kiyim-kechak mahsulotlariga buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Shuningdek,turli internet do‘konlar, elektron to‘lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda.Demak, fuqarolarimiz elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyaptilar. Faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirmoqdalar, o‘rtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar. Endigi masala o‘rtacha va yirik iqtisodiy bitimlar va moliyaviy operatsiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat. Xulosa qilib aytganda, “raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot – ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng esa to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi.
    Raqamli o‘zgartirish turli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega bo’ladi. Raqamli ko‘rinishga keltirish bu - axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar - elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi: u faqat elektron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirish ko‘pincha mavjud biznesmodelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa - raqamli shaklda bo’lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan, multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yoki hujjatni sharhlashning interaktiv tizimi - bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy yo‘qotmasdan turib, texnik vositalarga o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko‘rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon beradi.


    Download 87.3 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 87.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti mustaqil ish iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Download 87.3 Kb.