Transformator




Download 198.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi198.41 Kb.
#50911
Bog'liq
Transformator - Vikipediya
L1 , Metod xazinasi-WPS Office, 06 Avtomobillar dvigateliga texnik xizmat koʻrsatish va tamirlash, 1-4-chorak testlar matem, To\'layev B. Ichki yonuv motorlari nazariyasi va dinamika asoslari, 1474652212 65012, 1576161581, Nuqtaning egri chiziqli koordinatalaridagi tezlik va tezlanish, IQTIDOR


Transformator
Transformator (lotincha: transformo —
oʻzgartiraman) — bu pas kuchlanishni
yuqori kuchlanishga yuqori kuchlanish
pas kuchlanishga aylantirib beruvchi
elektro statik apparat(chastotasini
o'zgartirmagan holda). Texnikada —.
energiya yoki obʼyektlarning biron bir
muhim xossasi (mas., tok kuchi,
kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish
uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T.,
gidrotransformator, fototransformator,


OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va
boshqa xillargaboʻlinadi. Elektr T.
oʻzgaruvchan tok kuchlanishini
oʻzgartirish (kuchaytirish yoki
pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning
ishi elektromagnit induksiya hodisasiga
asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam,
bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi
chulgʻam va asosan berk tipdagi
ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich)
dan iborat. Barcha chulgʻamlar
ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga
induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi
chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan
tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi
chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T.
chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr


T.ni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-
yil elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M.
O. DolivoDobrovolskiy 1890-yil uch fazali
elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa
olim va ixtirochilar T. ni takomillashtirish,
quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani
yaxshilash, ixchamlashtirish va
boshqalarga doyr ishlar olib borishgan.


Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch
T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari
(EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr
styalarning generatorlari ishlab chiqargan
tok kuchlanishini 10—15 kV dan 220—
750 kV gacha kuchaytirib beradi.
T.larning chulgʻamlari misdan, magnit
oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab
chiqarilgan elektrotexnika poʻlatidan
tayyorlanadi. Elektr T.ning quruq va moyli
turlari bor. Quruq T. havoda moysiz
sovitiladi. Moyli T.ning magnit oʻtkazgichi
va chulgʻamlari mineral moy toʻldirilgan


bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va
sovituvchi vazifasini oʻtaydi.
Kuch T.laridan tashqari oʻlchash T.i,
kuchlanish T.i, tok T.i, impulyeli T.,
radiochastotali T. kabi T.lar ham mavjud.
Oʻzgaruvchan tok tarmogʻida
kuchlanishni kuchaytirish yoki pasaytirish
hamda elektr energiyani isteʼmolchilarga
taqsimlash uchun moʻljallangan majmua
kichik T. styasi (podstansiyasi) deb
ataladi. Unda kuch T. i, taqsimlash
qurilmalari, avtomatik boshqarish va
himoya qurilmasi, qoʻshimcha inshootlar
boʻladi. Yuqori quvvatli baʼzi pasaytirish T.
podstansiyalarida kuchli, lab.da


uyroʻzgʻorda ixcham avtotransformatorlar
ishlatiladi.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Transformator&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 19:45 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Transformator&oldid=286078
1" dan olindi 

Download 198.41 Kb.




Download 198.41 Kb.
Pdf ko'rish