• Toshkent – 2021
  • Avtomobillar




    Download 6.41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/103
    Sana17.05.2023
    Hajmi6.41 Mb.
    #60826
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
    Bog'liq
    06 Avtomobillar dvigateliga texnik xizmat koʻrsatish va tamirlash
    L1 , Transformator - Vikipediya, Metod xazinasi-WPS Office, 1-4-chorak testlar matem, To\'layev B. Ichki yonuv motorlari nazariyasi va dinamika asoslari, 1474652212 65012, 1576161581, Nuqtaning egri chiziqli koordinatalaridagi tezlik va tezlanish, IQTIDOR, 1703531225, Axmadova Nargiza


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
     
    SH.P. MAGDIYEV 
     
     
     
     
     
     
     
     
    AVTOMOBILLAR 
    DVIGATELIGA TEXNIK 
    XIZMAT KOʻRSATISH VA 
    TA’MIRLASH 
     
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
     tomonidan 3.51.05.02- Avtomobillar dvigatelini qismlarga 
    ajratish va yigʻish chilangari kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan 
    o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida nashrga ruxsat etilgan 
    “TURON NASHRIYOT” 
    Toshkent – 2021 


    UO'K 629.33:629.3.083.4(075.8) 
    KBK 39.33-08ya73 
    M 13 
    Magdiyev, Sh. 
    Avtomobillar tuzilishi, avtomobil dvigatellariga servis 
    xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash [Matn] : o‘quv qo‘llanma / Sh. 
    Magdiyev .- Toshkent: “Turon Nashriyot”, 2021.- 224 b. 
    Oʻquv qoʻllanmada zamonaviy avtomobil dvigatellarini 
    tuzilishi, dvigatellarga xizmat koʻrsatish usullari, ishlash 
    jarayonida paydo boʻladigan nosozliklar va ularning alomatlari, 
    texnik xizmat koʻsatish va ta’mirlashda bajariladigan ishlar 
    tarkibi, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari keltirilgan.
    Oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta 
    maxsus, kasb-hunar ta’limi yoʻnalishi boʻyicha oʻquv-uslubiy 
    birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 
    2020-yil 
    30-oktyabrdagi 
    6-sonli 
    majlis 
    bayoni 
    bilan 
    ma’qullangan hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 
    2020-yil 7-dekabrdagi 648-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan 
    “Boshlangʻich 
    professional 
    ta’lim” 
    oʻquv 
    dasturining 
    3.51.05.02-Avtomobillar dvigatelini qismlarga ajratish va yigʻish 
    chilangari mutaxassisligi uchun tayyorlangan.
    Taqrizchi: Tojiboyev A.A. - TDTU, “Avtomobil va 
    avtomobil xoʻjaligi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
    UO'K 629.33:629.3.083.4(075.8) 
    KBK 39.33-08ya73 
    ISBN – 978-9943-7828-5-3 
    © “Turon nashriyot”, 2021 
    © Sh. Magdiyev., 2021 



    KIRISH 
    Avtomobil ishlab chiqarishda va kundalik hayotda inson uchun zarur 
    transport vositasi hisoblanadi. Har qanday sohani avtotransportsiz tasav-
    vur etish juda qiyin. Yil sayin ishlab chiqarishda va shaxsiy hayotda ish-
    latilayotgan avtomobillarning soni oshib bormoqda. Avtotransportni 
    keng koʻlamda ishlatilishi, avtomobillarning soni va ularning tuzilishini 
    takomillashishi bilan avtomobil texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va 
    uni ta’mirlash uchun malakali mutaxassislarga boʻlgan talab ham oshib 
    bormaqda. 
    Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyor-
    lash tizimini ilgʻor xorijiy tajriba va halqaro standartlar asosida tubdan 
    takomillashtirish, ta’lim jarayoniga oʻqitishning innovatsion uslublari va 
    axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda sohaning ilmiy 
    salohiyatini yanada oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining 
    “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-
    tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. 
    Respublikamizda avtomobil sanoatini rivojlantirish borasida 
    Respublikamizning birinchi Prezidenti va shu soha mutaxassislari jon-
    bozlik koʻrsatdilar. Buning dalili etib shu kungacha ishlab chiqilgan 
    hukumat qarorlarini, chop etilgan kitob va ilmiy maqolalarni aytish 
    mumkin. 
    1992-yili Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Janubiy 
    Koreyaning “Daewoo” zavodiga tashrif buyurdi va 1994-yilda 
    “Daewoo” korporatsiyasi bilan "UzAutoSanoat” kompaniyasining ham-
    korlik shartnomasi tuzilib, 1996-yili "UzDaewooAut” avtomobilsozlik 
    korxonasi ishga tushdi. Keyinchalik u “UzDaewooAuto”, “GM 
    Uzbekiston va Ravon”, 2019-yili iyun oyining oxirlaridan esa “UzAuto 
    Motors” kompaniyasi deb yuritila boshlandi. 
    2014-yiligacha kompaniya va uning filiallari Tico, Damas, Matiz, 
    Spark, Nexia, Losetti, Epika va Captiva avtomobillarini ishlab chiqargan 
    boʻlsa, 2014-yil boshidan yangi Xorazim avtomobil zavodida “Chevrolet 
    Damas” va “Chevrolet Orlando” 2015-yil sentabrdan esa “Chevrolet 
    Labo” avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi. 2015-yil oktabr oyidan 
    Chevrolet Spark, Daewoo Gentra va Chevrolet Matiz hamda 2016-
    yilning oktabridan esa Chevrolet Cobalt avtomobillari Ravon markasi 
    bilan Asakadagi avtomobil zavodidan chiqadigan boʻldi.



    1996-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
    masining Samarqand shahrida "SamKochavto” oʻzbek-turk qoʻshma 
    korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida qarori chiqdi. Bu korxona 1999-yili 
    19-martda ishga tushdi va ikki turdagi avtobus va uch turdagi kichik va 
    oʻrta yuk koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan UzOtoyol (Otoyol) yuk 
    avtomobillarini ishlab chiqara boshladi.
    2006-yil 30-oktabrda “UzAutoSanoat” va “Isuzu” kompaniyalari 
    hamkorligi “OOO Samavto” jamiyati tuzilib, toʻrt markadagi avtobus va 
    besh modeldagi yuk avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi.
    2009-2012-yillarda “OOO Samavto” jamiyatida Oʻzbek-Nemes 
    qoʻshma korxonasi "JV MAN Auto-Uzbekistan” ga tegishli “MAN” yuk 
    avotomobillari ishlab chiqarilgan.
    2012-yilning 30-iyulida “JV MAN Auto-Uzbekistan” qoʻshma 
    korxonasi Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ishga tushirilib, 
    hozirda u yerda yiliga 500-1500 dona "MAN” yuk avtomobillari ishlab 
    chiqarilmoqda. 
    Yuqorida keltirilgan zavod va qoʻshma korxonalarining chetdan 
    keltirilayotgan butlovchi qismlarga boʻlgan ehtiyojini kamaytirish 
    maqsadida respublikamizda 40 dan ortiq qoʻshma korxonalar tashkil 
    etildi. 
    Shular 
    jumlasiga, 
    birinchilar 
    qatori 
    ishga 
    tushirilgan 
    OʻzKoramKo, OʻzTong XongKo, OʻzDong, YangKo, OʻzDongjuKo, 
    OʻzDongVonKo, Oʻzsem YungKo kabi qoʻshma korxonalarni kiritish 
    mumkin.
    Asaka avtomobil zavodida ham dastlabki butlovchi va ehtiyot 
    qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga 
    kelib bu koʻrsatkich 55%, hozirda esa 100 % ga yetib qoldi. 
    Keyingi yillar davomida Respublikamiz avtomobil parkining tarkibi 
    keskin oʻzgardi, ammo ishlab chiqarilayotgan avtomobil markalari 
    yetakchi oʻrinda tursada, hozirgi paytda Yevropa, AQSH, Yaponiya 
    mamlakatlarining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mashhur avtomobilsoz 
    kompaniyalari ishlab chiqarilgan barcha turdagi avtomobillar salmogʻi 
    oʻsib bormoqda. Bu avtomobillarning yuqori texnik imkoniyatlaridan 
    toʻla foydalanish, ularning qulay va samarali ishlashlarini ta’minlash 
    uchun ularga oʻziga monand, yuqori saviyadagi avtoservis xizmati 
    tashkil etilishi zarur. 
    Buning uchun esa mamlakatimizdagi avtoservis korxonalari 
    tarmogʻini yanada kengaytirish, ularning ishlab chiqarish texnika 
    bazasini mustahkamlash, servis xizmati turlarini koʻpaytirish, xizmat 



    sifati va madaniyatini yaxshilash masalalarini xal etish talab etiladi. 
    Ta’biiyki sohaning bu muammolarini yechishda yuqori malakali 
    mutaxassis kadrlar asosiy, yetakchi kuch boʻlib xizmat qiladilar.
    Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va chetdan 
    keltirilayotgan avtomobillarning salmogʻi koʻpayishi bilan avtomobillar 
    texnik ekspluatatsiyasi va servisi sohasining ahamiyati yanada oshib 
    bormoqda. 
    Shu bilan birga mamlakatimiz oliy va oʻrta maxsus ta’lim oʻquv 
    yurtlarida avtomobilsozlik uchun mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 
    Mamlakatimiz avtomobil transportida oʻtkazilgan islohotlar 
    natijasida Respublikada ishlab chiqarilayotgan va avtomobil parkining 
    boʻlinishi sababli avtomobillarga muttasil ravshda texnik xizmat 
    koʻrsatuvchi, ta’mirlovchi, yonilgʻi-moy, ehtiyot qismlar va boshqa 
    avtomateriallar bilan ta’minlovchi hammabop, servis usulida ishlovchi 
    mustaqil korxonalar xizmatiga talablar keskin oshib ketdi. Chunki, yangi 
    shakllangan avtotransport egalarining koʻpchiligi oʻz texnik ta’minlash 
    bazasiga ega emas, buning uchun esa maxsus xizmat koʻrsatishga 
    ixtisoslashgan avtoservis korxonalar xizmatidan foydalanishi zarur va 
    maqsadga muvofiq edi. Avvallari faqat aholi avtomobillariga texnik 
    xizmat koʻrsatib turgan maxsus avtoservis korxonalarining tarmogʻi, soni 
    va ishlab chiqarish quvvatini oshirishga katta ehtiyoj tugʻildi.
    Avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati mamlakatimiz 
    avtomobillari uchun ulkan boʻlib, uning xizmatidan yil davomida 
    mamlakat avtomobil parkining asosiy qismi muntazam foydalanadi. 
    Avtomobillarga yuqori sifatli va samarali texnik xizmat koʻrsatish 
    va ta’mirlash uchun zamonaviy avtomobillarning tuzilishi mukammal 
    oʻrganish, ularni diagnostikalash boʻyicha bilimga ega boʻlish kerak. 
    Ayni shu ma’lumotlar ushbu uslubiy qoʻllanmada tushinarli va aniq 
    holatda keltirilgan.

    Download 6.41 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




    Download 6.41 Mb.
    Pdf ko'rish