• Soʻnggi tahrir 2 oylar avval Asadbek Botirqulov tomonidan amalga oshirildi
  • Turkiston muxtoriyati




    Download 86.24 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana05.02.2022
    Hajmi86.24 Kb.
    #17087
    Bog'liq
    Turkiston muxtoriyati - Vikipediya
    Mark Katsman. Elektr mashinalari va transformatorlar 04158, Таржимаи Хол, talaba-varaqasi-307201101404, Гуламов И.2, Autocad amaliy topshiriqlar автовосстановление (2), ma-naviyat-1, ma-naviyat, 1. Analizning fizik – kimyoviy usullari, 7-bob. Transport xizmatini tashkil etish, BKXT 1-Ámeliy Qq, grafik-obyektlar-va-ularni-kompyuterda-tasvirlash-usullari (1), grafik-obyektlar-va-ularni-kompyuterda-tasvirlash-usullari, 4.1.тест, Straightforward Beginner Student 39 s Book


    Turkiston
    muxtoriyati
    Turkiston muxtoriyati (ikkinchi nomi
    Qo'qon muxtoriyati) — Turkiston
    mintaqasidagi dastlabki demokratik
    hukumat (1917-yil 27-noyabr — 1918-yil 19-
    fevral).
    Tarixi


    Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston
    musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi
    (1917-yil 26—28 noyabr)da tashkil topgan.
    Qurultoy 
    Turkiston oʻlkasini
    Rossiya
    Federativ Respublikasi tarkibida hududiy
    jixatdan muxtor deb eʼlon qildi.
    Shuningdek, taʼsis majlisi chaqirilgunga
    qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat
    kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qoʻlida
    boʻlishi kerak deb hisobladi. Markazi —
    Qoʻqon shahri.
    Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi
    aʼzolaridan Turkiston muxtoriyati hukumati
    Boshqaruvi


    (8 kishidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi
    vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilishi
    uchun ularga ham yana 4 oʻrin ajratildi.
    Hukumat tarkibiga Muhammadjon
    Tinishboyev (Bosh vazir va ichki ishlar
    vaziri), 
    Islom Shoahmedov
    (Bosh vazir
    oʻrinbosari), Mustafo Choʻqay (tashqi ishlar
    vaziri), Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev
    (harbiy vazir), 
    Hidoyatbek Agayev
    (yer va
    suv boyliklari vaziri), 
    Obidjon Mahmudov
    (oziq-ovqat vaziri), 
    Abdurahmon Oʻrazayev
    (ichki ishlar vazirining oʻrinbosari),
    Solomon Gersfeld
     (moliya vaziri) kiritildi.
    Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim
    oʻzgarishlar yuz berdi. M. Tinishboyev
    Alash oʻrda Muxtoriyati faoliyatida


    qatnashish uchun Orenburgga joʻnab
    ketgach (1917-yil), Mustafo Choʻqay Bosh
    vazir lavozimini bajarishga kirishdi.
    Shoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld
    oʻrniga), Potelyaxov oziq-ovqat vaziri (O.
    Mahmudov oʻrniga), O. Mahmudov adliya
    vaziri, Nosirxon Toʻra maorif vaziri,
    Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinachisi
    lavozimlarini egallashdi. Savodsiz
    bolshevik komissarlardan farqli ravishda
    hukumat aʼzolari chuqur maʼlumotli
    taraqqiyparvar ziyolilar boʻlib, ulardan 5
    nafari huquqshunos edi. Turkiston Millat
    Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18
    yevropalik) aʼzodan iborat boʻlishi kerakligi


    belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kishidan
    iborat Millat Majlisi saylandi.
    Turkiston Millat Majlisi tomonidan
    tasdiqlangan qonunlar tez orada eʼlon
    qilindi, shuningdek, yangi hukumat
    mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash
    uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi.
    1917-yil 26-dekabrda Turkiston
    muxtoriyatining Milliy bayrogʻi qabul qilindi.
    "El bayrogʻi", "Birlik tugʻi", "Svobodnoʻy
    Turkestan", "Izvestiya Vremennogo
    Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana"
    kabi hukumat gazetalari oʻzbek, qozoq, rus
    Ijtimoiy-maʼnaviy hayot


    tillarida nashr qilina boshlandi. Avval
    chiqayotgan "Ulugʻ Turkiston" va "Hurriyat"
    gaz.lari ham oʻz sahifalarida muxtoriyat
    hukumati faoliyatiga alohida oʻrin ajrata
    boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun
    O. Mahmudovning bosmaxonasi hukumat
    ixtiyoriga oʻtdi. Turkiston muxtoriyati milliy
    qoʻshinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 y.
    boshida ularning soni 2000 askarga yetdi.
    Bundan tashqari Qoʻqonda taxminan
    shuncha mirshablar bor edi. Hukumat
    iqtisodiy sohada 30 mln. soʻm miqdorida
    ichki zayom chiqarishni yoʻlga qoʻydi.
    Shuningdek, hukumat aʼzolari ochlik
    changalida qolgan Turkiston aholisiga
    Orenburg orqali gʻalla keltirish


    muammosini hal qilish uchun amaliy
    qadamlar tashlagan. Turkiston muxtoriyati
    hukumati qisqa muddat ichida xalq
    oʻrtasida katta eʼtibor qozondi. Yangi
    hukumat faoliyati butun Turkiston
    mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar
    tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi.
    Oʻlka bolsheviklari Turkiston muxtoriyati
    hukumatiga katta xavf deb qaradilar.
    Turkiston oʻlkasi ishchi, soldat va krestyan
    deputatlarining favqulodda 4-sʼyezdi
    (Toshkent shahri, 1918-yil 19—26
    yanvar)da muxtoriyatga munosabat
    Barham topishi


    masalasi asosiy oʻrinda turdi. Sʼyezd
    Turkiston muxtoriyati hukumati va uning
    aʼzolarini qonundan tashqari holda deb
    hisoblab, hatto vazirlarni qamoqqa olish
    haqida qaror qabul qildi. 1918-yil 30-
    yanvarda Turkiston oʻlkasi XKS Turkiston
    muxtoriyatini tugatish uchun harbiy
    harakatlarni boshladi. Toshkentdagi
    bolsheviklar buning uchun qizil
    gvardiyachilar otryadlari va arman
    dashnoqlari drujinalaridan (qarang
    Dashnaksutyun) keng foydalandi. Milliy
    matbuotning yozishicha, 31-yanvar (yangi
    hisob bilan 13-fevral)da janglar boshlandi.
    Turkiston oʻlkasi XKS 1918-yil 14-fevralda


    (yangi hisob bilan) Fargʻona viloyatida
    harbiy holat eʼlon qildi.
    Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy
    qoʻshinidan tashqari qoʻqonlik tinch aholi
    vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta,
    choʻkich, tayoq koʻtargan xaloyiqning soni
    10.000 kishiga yetdi. Shunga qaramay,
    qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning
    Qoʻqon shahriga qilgan hujumini uch kun
    davomida mardonavor qaytardilar. Shu
    orada muxtoriyatchilar safida parokandalik
    yuz berdi (18 fevralda ulamolarning tazyiqi
    bilan Mustafo Choʻqay isteʼfoga chikdi va
    baʼzi vazirlar singari Qoʻqonni tark etdi.
    Ayrim vazirlar (H.Agayev va boshqalar)


    jangda halok boʻldi. Hukumatning boshqa
    aʼzolari (O.Mahmudov, Nosirxon toʻra,
    S.Gersfeld, U.Asadullaxoʻjayev,
    I.Shoahmedov) esa keyinchalik
    bolsheviklar tomonidan qoʻlga olindi.
    Qoʻqon sh. qoʻrboshi mirshablari boshligʻi
    Kichik Ergash 18 fevraldan boshlab
    amalda Turkiston muxtoriyati
    hukumatining rahbariga aylandi. 19
    fevralga oʻtar kechasi Toshkentdan
    Turkiston oʻlkasi harbiy komissari Ye.
    Perfilyev boshchiligidagi piyoda, otliq va
    artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon
    qoʻshin yetib keldi. 19 fevraldan boshlab 3
    kun davomida qizil askarlar shahar ustiga


    toʻplardan yondiruvchi snaryadlar
    yogʻdirishdi. Shahar butunlay vayron boʻddi
    va oʻtolov ichida qoldi. Qoʻqonning oʻzida 3
    kun davomida 10 mingdan ziyod kishi
    oʻdsiriddi. Muxtoriyat qoʻshinining tirik
    qolgan qismi Kichik Ergash boshchiligida
    (200—300 yigit) Qoʻqon yaqinidagi Bachqir
    qishlogʻiga chekindi va mudofaa
    istehkomlarini qurib, dushman hujumini
    qaytardi. Qizil gvardiyachilar Qoʻqon va
    uning atroflaridagi tinch aholini talash va
    oʻldirishni avj oldirishdi. Sovet rejimi
    Turkiston muxtoriyati hukumatini 19
    fevralda kurol kuchi bilan agʻdarib tashladi.
    1918-yil 22-fevralda Qoʻqon shahridagi
    Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar


    tomonidan tayyorlangan "tinchlik
    shartnomasi" imzolandi. Turkiston
    muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr
    koʻrgan boʻlsa ham, u erksevar xalqimizni
    milliy mustaqillik va istiklol uchun kurashga
    daʼvat etdi. Bu hukumatning agʻdarilishi
    turkistonliklar tomonidan sovet
    Rossiyasining Turkistonga nisbatan
    tajovuzkor rejalari mavjudligining yana bir
    dalili sifatida qabul qilindi. Turkistonliklar
    tinch yoʻl (parlament) bilan milliy
    davlatchilikni qayta tiklash mumkin
    emasligini tushunib, 1918-yil fevral oyining
    oxirida qoʻllariga qurol olgan holatda
    Turkistonda sovet rejimi va bolsheviklarga
    qarshi qurolli harakatni boshlab yubordilar.


    Sovet tuzumi davrida Turkiston
    muxtoriyatining mohiyati soxtalashtirilib, u
    tor maʼnodagi Qoʻqon muxtoriyati bilan
    almashtirildi.
    [1][2][3][4][5]
    1. 
    Saidakbar Aʼzamxoʻjayev
    . Turkiston
    muxtoriyati, T., 2000;
    2. Rajabov K,. K., Mustaqil Turkiston fikri
    uchun mujodalalar
    3. Alimova D., Golovanov A., Oʻzbekiston
    mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy
    va mafkuraviy tazyiqoqibatlari, T., 2000
    4. Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob
    [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi
    Manbalar


    davrida]
    5. OʻzME
    Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
    Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
    2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
    Oʻzbekiston tarixi haqidagi ushbu maqola
    chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga
    yordam berishingiz mumkin.


    Soʻnggi tahrir 2 oylar avval Asadbek Botirqulov tomonidan amalga oshirildi
    Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha
    foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
    boʻlsa).
    "
    https://uz.wikipedia.org/w/index.
    php?
    title=Turkiston_muxtoriyati&oldid=
    2183542
    " dan olindi 

    Download 86.24 Kb.




    Download 86.24 Kb.
    Pdf ko'rish