• Tuzuvchilar
  • MA’RUZA 1. Gaz turbina qurilmalarini umumiy konstruktsiyasi va tuzilishlari UMUMIY MA’LUMOTLAR.
  • Tuzuvchilar




    Download 2.55 Mb.
    bet1/32
    Sana05.04.2023
    Hajmi2.55 Mb.
    #48962
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
    Bog'liq
    Gaz turbinalari
    АКТ ВВОД намуна, 50721101-OR, Реле хим ва автом слайд, Elektr yoylarining turlari. Elektr yoyi tavsifi va xususiyatlar, Mavzu Elektr yoyini so\'ndirish Reja, Eshto\'xtarova Munira, nutq-madaniyati, 050-20 STRo‘(1-топшириқ) (2), hjgkh, 1, Yon daftarcha Yoshlar agentligi, Shaxsiy ma, 1. Axborotlarni olish Axborotlarga ishlov berish-www.genderi.org, 8a-sinf


    Ushbu o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi 20____ yil “____” yanvardagi ___-sonli buyrug’i bilan (buyruqning 2-ilovasi) tasdiqlangan “Bug`-gaz qurilmalari” fanining fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
    O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi 107-buyrug’iga muvofiq ishlab chiqilgan.

    Tuzuvchilar:




    Tuzuvchilar:


    M.Nabiyev -Energetika kafedrasi, katta o’qituvchisi
    M.To`lqinov – Energetika kafedrasi assistenti

    Taqrizchi:

    Sh. Nabiyev - NamMQI, Elektr energetika kafedrasi dotsenti

    Ushbu o’quv-uslubiy Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kengashining 2020 yil 29-avgustdagi №1-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
    MUNDARIJA

    1.

    Gaz turbina qurilmalarini umumiy konstruktsiyasi va tuzilishlari


    2.

    Gaz turbina qurilmalarini umumiy konstruktsiyasi va tuzilishlari


    3.

    Gaz turbinalari


    4.

    Gaz turbinalari


    5.

    Regeneratsiyali gaz turbina qurilmalari


    6.

    Regeneratsiyali gaz turbina qurilmalari


    7.

    Komressorlar


    8.

    Yonish kameralari


    9.

    Yonish kameralari


    10.

    Yordamchi mexanizm va tizimlar


    11.

    Gaz turbinalarida sovitish vazifalarini bajarilishi


    12.

    Turbina kurakchalarini sovitish usullari


    13.

    Turbina kurakchalarini sovitish usullari


    14

    Sovitish samaradorligini baxolash


    15.

    Sovitish tizimi uchun issiqlik tashuvchini tanlash


    16.

    Sovitish tizimi uchun issiqlik tashuvchini tanlash


    17.

    Turbinani sovitish uchun bug’dan foydalanish


    18.

    Gaz turbinalarini ish rejimlari


    19

    Gaz turbina qurilmalarini statik xarakteristikalari


    20

    Yurgizish va to’xtatish rejimlari


    21

    Gaz turbina qurilmalarini rostlash usullari


    22

    Gaz turbina qurilmalarini ishini boshqarish


    23

    Energetik gaz turbina qurilmalariga texnik talablar


    24

    Gaz turbina qurilmalari xarakteristikalari va ularni firmalari xaqida mahlumotlar


    25

    Gaz va bug’i alohida konturli qurilmalar


    26

    Gaz va bug’i alohida konturli qurilmalar


    27

    Qozon - utilizatorlar


    28

    Qozon - utilizatorlar


    29

    Qozon – utilizatorlar uchun bug’ turbinasi va ularni rostlash


    30

    Sintetik yoqilg’ini olishni asosiy jarayonlari


    31

    Sintetik yoqilg’ini olishni asosiy jarayonlari


    32

    Gazlashtirish jarayonlarini apparatlar bilan ta’minlash


    33

    Gazlashtirish jarayonlarini apparatlar bilan ta’minlash


    34

    Gaz turbina qurilmalarida qattiq yoqilg’idan foydalanishni ayrim sxemalari


    35

    Gaz turbina qurilmalarida qattiq yoqilg’idan foydalanishni ayrim sxemalari


    36

    Ichki yonuv dvigatelli bug’-gaz qurilmalarida qattiq yoqilg’idan foydalanish


    MA’RUZA 1.
    Gaz turbina qurilmalarini umumiy konstruktsiyasi va tuzilishlari
    UMUMIY MA’LUMOTLAR.
    Reja:

    1. Kirish;

    2. Gaz turbinalarining guruhlanishi; 3. Gaz turbinasining ishlash prinsipi;

    4. Nazorat savollari.

    1. Kirish.

    Issiqlik elektr stansiyalarida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda qo‘llaniladigan asosiy yuritgich bug‘ turbinasi hisoblanadi.
    “Issiqlik energetikasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bug‘ va gaz turbinalarining hamda bug‘ turbinasi qurilmasining tuzilishi, ishlash prinsipi va unda sodir bo‘ladigan termodinamik jarayonlarni o‘rganish hamda ularni tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir. CHunonchi O‘zbekiston energetikasida quvvati 25 MVt dan 800 MVt gacha bo‘lgan bug‘ turbinalari ishlatilyapti va bir nechta IESlarda, shu jumladan, Tolimarjon IES, Toshkent IEM va Navoiy IES da gaz turbinalari va bug‘gaz qurilmalari asosidagi energetik bloklarni qurish mo‘ljallanyapti.
    Bug‘ va gaz turbinalari qurilmalarining samaradorligini oshirish, ularga yoqilg‘i sarfini kamaytirish, atrof-muhitni zararli chiqindilardan himoyalash kabi dolzarb muammolarni hal etish issiqlik energetikasi mutaxassislari zimmasiga yuklanadi. SHu sababli “Bug‘ va gaz turbinalari” fanida yoritiladigan nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallash va hayotga tatbiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega.

    1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi.

    Bug‘ turbinalari konstruksiyasi, issiqlik jarayoni xarakteri, bug‘ parametrlari va sanoatda ishlatilishiga qarab quyidagicha asosiy guruhlarga bo‘linadi:
    1) pog‘onalar soniga ko‘ra:

    1. bir pog‘onali turbinalar; bu turbinalar kichik quvvatga ega bo‘lib, odatda,

    markazdan qochma nasoslar va ventilyatorlarni aylantirish uchun qo‘llaniladi;

    1. kichik, o‘rta va katta quvvatli aktiv va reaktiv ko‘p pog‘onali turbinalar.

    2) bug‘ oqimi harakatiga ko‘ra:

    1. bug‘ oqimi turbina o‘qi bo‘yicha yo‘naluvchi turbinalar;

    2. radial turbinalar; bu turbinalarda bug‘ turbina aylanish o‘qiga perpendikulyar tekislik bo‘ylab harakatlanadi. Ayrim hollarda katta quvvatli kondensatsion radial turbinalarning oxirgi pog‘onalari o‘q bo‘yicha yo‘naluvchi qilib bajariladi. Radial turbinalar qo‘zg‘almas yo‘naltiruvchi kurakchalarga va faqat aylanuvchi ishchi kurakchalarga ega bo‘lishi mumkin.

    3) silindrlar (korpuslar) soniga ko‘ra:

    1. bir korpusli (bir silindrli);

    2. ikki korpusli (ikki silindrli);

    v) ko‘p korpusli (ko‘p silindrli).
    Ko‘p silindrli turbinalar silindrlarining vallari bitta generatorga birlashtirilgan bo‘lsa, bir valli turbinalar deyiladi, agar har bir silindr ayrim generatorga birlashtirilsa, ko‘p valli turbinalar deyiladi.
    4) Bug‘ potensial energiyasini kinetik energiyaga o‘zgartirish xarakteriga ko‘ra:

    1. aktiv turbinalar; bu turbinalarda bug‘ning potensial energiyasi kinetik energiyaga qo‘zg‘almas kurakchalarda yoki soploda aylantiriladi; ishchi kurakchalarda esa bug‘ning kinetik energiyasi mexanik ishga aylantiriladi;

    2. reaktiv turbinalar; bu turbinalarda bug‘ kengayishi yo‘naltiruvchi va ishchi

    kurakchalarda bir xilda amalga oshiriladi. 5) issiqlik jarayoni xarakteriga ko‘ra:

    1. regeneratsiyali kondensatsion turbinalar; bu turbinalarda ishlatilgan bug‘

    atmosfera bosimidan past bosimda kondensatorga kiritiladi;

    1. bitta yoki ikkita rostlanadigan bug‘ olinadigan kondensatsion turbinalar; olingan bug‘ ishlab chiqarish yoki turar joylarni isitish uchun ishlatiladi, qolgan qismi kondensatorga kiritiladi;

    v) qarshi bosimli turbinalar; bu turbinalarda ishlatilgan bug‘ bir necha
    atmosfera bosimida sanoat yoki isitish uchun yuboriladi;
    g) qo‘shimcha ulanadigan turbinalar; bunda ishlatilgan bug‘ o‘rta yoki past
    bosimli silindrlarga kiritiladi.
    6) bug‘ bosimiga ko‘ra:

    1. o‘rta bosimli turbinalar, r=3,43 MRa, t=345 °C;

    2. orttirilgan bosimli turbinalar, r=8,8 MRa, t=535 °C;

    v) yuqori bosimli turbinalar, r=12,7 MRa, t=565 °C;
    g) kritik bosimdan yuqori bosimli turbina, p=23,5 MRa, t0=560 °C; tkk=565 °C.

    Download 2.55 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 2.55 Mb.