22-28 guruh talabasi
ADAXAMOV SARDORBEKNING
UY RO’ZAG’OR FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Uy-ro’zg’or madaniyati va unga tegishli ta’mirlash
ishlarini bajarish ko’nikmalarini shakllantirish
metodikasi
.
.
Reja:
1.
DTS da o’quvchilar egallashlari shart bo’lgan hayotiy
ko’nikmalarning me’zonlari.
2.
Mehnat ta’limi bo’yicha o’quv dasturida o’quvchilarga hayotiy
ko’nikmalarni singdirish.
3.
Uy-ro’zg’or madaniyati va yuritish asoslari.
4.
Uy-ro’zg’orda ta’mirlash ishlarini turlari va o’quvchilarga
etkazish metodikasi.
O’quvchilarni har tomonlama barkamol shaxslar bo’lib shakllanishlari uchun
ularga mehnat turlari, kasblar haqida bilim berish, ularda dastlabki mehnat
ko’nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish va kasblarni qadrlashga,
ahamiyatini tushunishga o’rgatish kabi hayotiy ko’nikmalar shakllantiriladi. Uy-
ro’zg’or ishlari, uy tutish madaniyati, turmushda mayda ta’mirlash ishlarini
bajarish, ularni mustaqil hayotlarida, kundalik turmushda uchraydigan mehnat
turlari va vositalari bilan tanishtirish mexnat ta’limi mashg’ulotlarining barcha
yo’nalishlarida singdirib boriladi.
DTS
da
ta’kidlanganidek, boshlang’ich (1-4) sinflarda uy-ro’zg’or
madaniyatidan o’quvchilar quyidagi bilim ko’nikma va malakalarni egallashlari
shart:
-
ahloq va kiyinish me’yorlarini bilish;
-
uy tutishni bilish;
-
mehmonlarga, atrofdagilarga mulozamat ko’rzata olish;
-
dasturhon tuzatishni bilish;
-
uy-ro’zg’or ishlarini bajara olish;
-
duradgorlikka oid sodda va engil ishlarni bajara olish (o’g’ilbolalar
uchun);
-
oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun);
-
bozor, sotuvchi, haridor kabi tushunchalarni bilish.
Umumiy o’rta ta’lim (1-9 sinflar) yakunida o’quvchilar mehnat ta’limiga oid
quyidagi bilim, kunikma va malakalarni egallashlari shart:
-
uy tutish madaniyati (uyni did bilan bezatish, ro’zg’or tutish, madaniyatli
kiyinish) ko’nikmasiga ega bo’lish;
-
uy ro’zg’or elektr asboblari va gazdan havfsizlik qoidalari ga rioya
qilgan holda foydalana olish;
-
sodda duradgorlik ishlarini bajara olish (o’g’il bolalar uchun);
-
kundalik turmushda zarur bo’ladigan bichish-tikish ishlarini bajara olish
(qiz bolalar uchun);
-
pazandachilik maxoratini egallash;
-
oila iqtisodiyoti (oila byudjeti, kirim-chiqim, oila mehnat taqsimoti,
oilaviy ishlab chiqarishni tashkil etish) ko’nikmalariga ega bo’lish.
DTS talablari asosidagi mehnat ta’limi dasturida yuqorida aytib o’tilgan
talablarni bajarishga katta e’tibor berilgan.
Mehnat ta’limining barcha yo’nalishlarida o’quvchilarga hayotiy ko’nikmalar
singdirib boriladi. Masalan: Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va
pazandachilik asoslari yo’nalishi bo’yicha o’quvchilar uy ro’zg’or ishlarini,
kiyim-kechaklarga qarash. remont ishlarini bajarish, dastuhon tuzash, bezash,
mehmonlarni kutib olish va madaniyatli hizmat qilish, mazali taom tayyorlashni
bilish, elektr, gaz asboblarini ishlata bilish, oila byudjetini ishlata olish, supurish,
deraza oinalarini tozalash, changlarni tozalash, deraza pardalarni tuta olish,
ekinlarni, chorva mollar va parrandalarni parvarish qilishni o’rgatish ko’rsatilgan.
Yog’och metallaga ishlov berish texnologiyasi yo’nalishida asbob va
uskunalardan havfsizlik texnika qoidalariga muvofiq foydalana olish, uy
ro’zg’orda uchraydigan remont ishlarini bajara olish; eshikni, shkaflarni, deraza
romlarini, mebellarni ta’mirlash, duradgorlik yoki chilangarlikka oid sodda
ishlarni bajara olish, qulf, oshiq-moshiq, Shponkalit, eshik va rom tutqichini
o’rnata olish, romga oyna solish, uyni ta’mirlash, devor va shiftni, polni
bo’yash,dizaynerlik ishlarini bajarish ko’nikma va malakalarni egallashlari lozim
bo’ladi.
Yuqoridagilar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar har bir mashg’ulot
jarayonida shakllantirib boriladi.
Har bir sinf yakunida o’quvchilar mehnat ta’limi fanidan egallashlari lozim
bo’lgan bilim ko’nikma va malakalar mezonlaridan uy-ro’zg’or madaniyati va
unga tegishli ta’mirlash ishlarini bajarish bo’yicha talablar berilgan.
5-sinfda o’quvchilar bir va ikki lampali yoritkichni elektr tarmog’iga ulash
qoidalarini, uy-ro’zg’or elektr asboblarining buzilgan vilka va shnurlarini
almashtirishni bilishi, elektr plitalari, suv qaynatish qurilmalaridan havfsiz
foydalanish qoidalari, turli pishiriqlar, qatiq, suzma, saryog’,, qaymoq tayyorlash
qoidalarini bilishi zarur. Uy hayvonlarini, parrandalarni parvarish qilish
qoidalarini bilish.
6-sinfda yog’och va metallga ishlov beruchi asboblarni va ulardan foydalanish
qoidalarini bilish, o’lcham va rejalash asboblari bilan ishlash usullarini bilish,
milliy taomlar tayyorlash, meva-sabzavotlarni quritish, saqlash, murabbo,
kompotlar, tomat tayyorlash usullarini, dasturhon tuzatish qoidalarini
7-sinfda yog’och buyumlariga ishlov berishda ishlatiladigan qo’l asboblari bilan
ishlash yog’ochdan oddiy milliy hunarmandchilik buyumlarini tayyorlash
usullarini bilish, gazlamalarni bichish, qirqish asboblari va moslamalardan
foydalanish qoidalari, xamirdan taom va non, bulka maxsulotlarini tayyorlash
usullarini bilish, honadonda oziq-ovqatlar uchun harajatlar yuzasidan iqtisodiy
hisob kitoblarni bajarishi qoidalarini bilish..
3.Umumiy texnologiya va uy ro’zg’or mehnati.
4.Umumiy texnika asoslari.
5.Qishloq xo’jalik asoslari.
1.
O’quvchilarga hayotiy ko’nikmalar mehnat ta’limining qaysi yo’nalishlarida
singdirib beriladi?
1.
Yog’ochga ishlov berish yo’nalishida.
2.
Gazlamaga ishlov berish yo’nalishida.
3.
Pazandachilik texnologiyasi yo’nalishida.
4.
Barcha yo’nalishlarda.
2.
Har bir sinf yakunida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma
va malakalar mezonlari qaysi bir xujjatda ko’rsatilgan?
1. DTS da.
2. O’quv dasturda.
3. Tayanch o’quv rejada.
4. Barcha xujjatlarda.
|