CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
Universal Impact Factor: 7,1
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-363-372
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 363 E-mail: carjisor@carjis.org
JISMONIY MASHQLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH
D. X. Umarov
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya
va sport
universiteti, p.f.n., professor
L. Z. Xolmurodov
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport
universiteti,p.f.b.f.d., (PhD), dotsent
M. A. Tojiyev
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport
universiteti, p.f.b.f.d., (PhD)
A. E. Bobomurodov
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport
universiteti, katta oʻqituvchi
E-mail:
lazizbekxol1986@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning
jismoniy tarbiya
jarayonini samarali tashkil qilish, yoshga nisbatan bolaning
jismoniy sifatlarini
rivojlantirish hamda jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajalarini
rivojlantirishda maxsus jismoniy mashqlar majmuasi amaliyotga tadbiq qilingan.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik,
jismoniy sifatlar, jismoniy faollik, ta'lim
KIRISH
Hozirda Respublikamizda jadal suratlarda har
bir sohani rivojlantirishga
qaratilayotgan e’tibor siyosiy darajaga chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish, bolalarni
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash
va ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari
va texnologiyalarini joriy
etishga qaratilgan pedagogik jarayonga e’tibor yanada kuchaytirildi. 2020 yilning
yakuniy statistik taxlillariga koʻra, Respublikamizda jami 6570 ta DMTM (2108 ta
NMTM) faoliyat olib boriyotgan boʻlib, ularda 976 443 (56435 NMTMda)
nafar
oʻgʻil va qiz bolalar tarbiya olmoqdalar. Mazkur ma’lumotlarni inobatga olgan holda
maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini har tomonlama hayotiy va
sogʻligʻini
muhofaza qilish, hamda ta’lim-tarbiya sogʻlomlashtirish jarayonining
samarali tashkil etilishi muhimligini ta’kidlash joyizdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi ―2017 —
2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari