• Corel Draw , Macromedia FreeHand, Adobe Illustrator
  • Corel Draw
  • Vektorli grafika tushunchasi




    Download 15.82 Kb.
    Sana16.03.2024
    Hajmi15.82 Kb.
    #174205
    Bog'liq
    aaaa


    . Vektorli grafika tushunchasi.
    Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo‘ladi.
    Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni
    hosil qiladi. Vektorli grafikaning afzalliklaridan biri bu - rasm masshtabini
    qanchalik kattalashtirmang, uning sifati sira ham o‘zgarmaydi. Vektorli grafikada
    tasvirni hosil qilish bo‘yicha matematik formulalar asosida barcha hisobkitoblarni kompyuter bajaradi.
    Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan
    birga, ularga rastrli tasvirlarni ham qo‘shish imkoni bor. Import qilingan, ya’ni
    qo‘shilgan rastrli tasvirlarni tahrirlash imkoni vektorli grafik dasturlarda
    ko‘zda tutilmagan.
    Vektorli grafik dasturlarni bir nechta kompaniyalar ishlab chiqaradilar va
    ularning ba’zi imkoniyatlari ayrim dasturlarning vazifalari ko‘lamiga
    kiritilgan. Masalan, MS Office dasturlar majmuasiga kiradigan Word dasturida
    ayrim vektorli shakllarni chizish va hujjat tarkibiga kiritish mumkin.
    Vektorli grafika imkoniyatlaridan mukammal foydalanish uchun maxsus
    dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq, masalan: Corel Draw, Macromedia
    FreeHand, Adobe Illustrator
    va boshqalar.
    Yuqorida ko‘rsatilgan dasturlardan eng mashhuri va keng qo‘llaniladigani,
    bu, albatta, Corel Draw dasturidir. Hozirgi kunda uning 11- va 15-versiyalari
    mavjud.
    Corel Draw dasturi o‘zida mavjud bo‘lgan uskunalar va shakllar yordamida
    biror bir tasvirni yaratish, unga turli effektlarni qo‘llash, rastrli tasvirlarni
    import qilish, tayyor tasvirni chop etish yoki eksport qilish imkoniyatlarini
    beradi.
    Corel Draw dasturi yuklanganidan keyin quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
    Mazkur oyna quyidagilardan tashkil topgan:
    Dastur sarlavhasi – dastur nomi va ochilgan joriy hujjat nomini aks ettiradi;
    Bosh menyu – barcha farmoyish va sozlash, effektlarni o‘z ichiga olgan;
    Standart panel – asosiy tahrirlash amallarini bajaradigan uskunalarni o‘z
    ichiga olgan;
    29
    Xususiyatlar paneli – tanlangan uskuna yoki belgilangan ob’ektga muvofiq
    tarkibi o‘zgaradigan xususiyat (parametr)lar paneli;
    Uskunalar paneli – barcha uskunalarni o‘zi ichiga olgan;
    Holat satri – joriy amallar haqida ma’lumot aks etadi;
    Ranglar atlasi – ob’ektlarni bo‘yashda qo‘llaniladigan ranglar majmuasi.
    Corel Draw dasturida yaratiladigan hujjatlarning kengaytmasi *.cdr
    bo‘ladi, uni faqat Corel Draw dasturida ochish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari,
    faylni saqlashda qaysi versiyaga moslashtirib saqlash kerakligini ko‘rsatish kerak,
    aks holda boshqa versiyadagi dasturda fayl ochilmasligi yoki ayrim effektlar
    yo‘qolishi ehtimoli mavjud. Agarda hujjatda antiqa va maxsus shriftlardan
    foydalanilgan bo‘lsa, matn va yozuvlarni curves, ya’ni geometrik shakllar
    ko‘rinishiga aylantirish kerak bo‘ladi.
    Boshqa vektorli grafika dasturlarining imkoniyatlari Corel Draw dasturiga
    o‘xshash bo‘ladi, faqat ularni ta’minlash, ijro etish texnologiyasi va mexanizmlari
    farqlanishi mumkin.
    30
    Download 15.82 Kb.




    Download 15.82 Kb.