• Kalit soʻzlar
  • Vi-viii asr toshbitiglari badiiy asar namunalari sifatida




    Download 248.17 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana30.09.2023
    Hajmi248.17 Kb.
    #85902
      1   2   3
    Bog'liq
    3-maqola



    Toxir Xamzayev Saparovich 
    Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti 
    Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi 
    2-kurs magistranti 
    VI-VIII ASR TOSHBITIGLARI BADIIY ASAR NAMUNALARI SIFATIDA 
    Annotatsiya: Oʻrxun-Yenisey bitiglari nomi bilan ataluvchi turkiy xalqlarning 
    yozuv madaniyatini aks ettirgan bu yodgorliklar VI-VIII asrlarga mansub boʻlsa 
    ham, XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelibgina dunyo tilshunosligiga 
    ma’lum boʻla boshlagan. Oʻrxun va Yenisey tosh bitiglari adabiy janrlar talablariga 
    koʻra marsiya va madhiyadir. 
    Bitiglar o
    ʻ
    zining ifoda yo
    ʻ
    sini va shakllari, usullari, 
    syujet va kompozitsion qurilishi, obrazlar tizimi, timsolli tasvir xususiyatlari bilan 
    moziy adabiy hayoti – qadimgi davr turkiy she’riyatining o
    ʻ
    ziga xos poetik janri 
    sifatida shakllangan. 
    Bitiglarda tarixiy voqealar ajoyib til bilan, badiiy uslubda bayon etilgan. 
    Tarixiy voqealar milliy qahramonlar obrazini, ularning ideal hayotini madh etish 
    uchun fon boʻlib xizmat qiladi. Xalq milliy qahramonlarining faoliyati badiiy tilda 
    yoritiladi. Mualliflar turli badiiy vositalardan foydalanadi. Matnlarning gʻoyaviy va 
    uslubiy xususiyatlari ularni badiiy asar darjasiga koʻtargan. 
    Kalit soʻzlar: Yenisey bitiglari, Oʻrxun bitiglari, marsiya, madhiya, qabriston 
    poeziyasi, oʻliklar nidosi, alliteratsiya, evfemizm, koʻchma ma’noli soʻzlar, Täŋri-
    täg, yïta,sizimä,künimä, qadašïma, adrïltïm, bökmädim, säkiz adaqlïğ barïmïm, 
    Kün-qadaš, uča bardï, yoq boltï, Teŋri Elim, S.E. Malov, Q. Sodiqov, I.V. Stebleva.
    Turli-tuman tarixiy maʼlumotlarga tayanib Oʻrta Osiyoni eposlar beshigi deb 
    nomlash mumkin. Eramizgacha boʻlgan V asrda yashagan Herodot Toʻmaris bilan 
    bogʻliq voqealar tafsilotini keltirgan. Yana bir yunon tarixchisi Polien esa Shiroq 
    haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan. 
    Tosh va yozma badiiy bitiglarning topilishi turkiy adabiyot tarixida yangi 
    davrni boshlab berdi. Мarkaziy Osiyoga arablarning kelishiga qadar yaratilgan 


    yozma adabiyotni oʻrganishda Oʻrxun va Yenisey daryolari yoqasidan topilgan tosh 
    bitiglar alohida ahamiyatga ega. Turkiy xalqlarning bu adabiy-tarixiy yodgorliklari 
    VI-VIII asrlarga oid boʻlib, ular turk runiy yozuvlari deb yuritiladi. Turkiylarda tosh 
    bitiglar tarixi uzoq tarixga ega. 
    Qadimgi turk monumental matnlari ichida yenisey bitiglarining tuzilishi va 
    uslubi butunlay boshqacha. Ular alohida bir adabiy maktabning mahsuli hisoblanib, 
    oʻrxun bitiglari singari yirik-yirik emas, kattasi oʻn olti-oʻn yetti satrli. Shunday 
    boʻlsada, til va poetik xususiyati ahamiyatiga koʻra muhim sanaladi. Yana bir qiziq 
    jihati, oʻrxun bitiglaridan farqli oʻlaroq, ushbu bitiglarda koʻpincha matn oʻliklar 
    tilidan soʻzlanadi. Toʻgʻri ularni marhumning oʻgʻil-qizi otasining oʻlimidan keyin 
    yozdirgan. Lekin u yerda kechgan voqealar, marhumning mungli soʻzlarini 
    oʻtganning tilidan bitgan. Bu holat matnning poetik ta’sirini oshirishga xizmat 
    qilgan. 
    Oʻrxun-yenisey tosh bitiglari tarixiylik xususiyatiga ega. Ular hayotdagi aniq 
    shaxslarga bagʻishlangan. Shu bilan birga mifologik tasavvurlar ham ifodalangan. 
    Qadimgi turkiylar mifologiyasiga koʻra tangri yer va osmonni yaratuvchi, u 
    yagonadir. Tangri turkiylar uchun – ota, yer esa onadir. Kultigin kichik yozuvi 
    shunday boshlanadi:
    Täŋri-täg täŋridä bulmuš Türük Bilgä qaǧan bu ödkä olurtum. 
    Sabïmïn tükäti äsidgil. 
    Мazmuni: Koʻkday (ulugʻvor) Tangridan (inoyat) topgan (ya’ni Tangrining 
    inoyatiga erishgan / Tangrining inoyati bilan) turk [ya’ni bahodir] Bilga xoqon 
    (man). Bu taxtga oʻtirdim. Soʻzimni tugal eshitgil. 
    Yozuvda qisqagina shaklda “Tangridan inoyat topgan Bilga xoqon (man). Bu taxtga 
    oʻtirdim” deyilmayapti. Matn badiiyligini ta’minlash maqsadida sifatlardan keng 
    foydalanilmoqda. Täŋri-täg täŋri, Türük Bilgä qaǧan tarzida oʻxshatishlardan 
    foydalanilmoqda. Matnni oʻqir ekanmiz uning badiiy asar ekanligi, shuningdek 
    tarixiy ma’lumotlar keltirilishi bilan tarixiy asarlar qatoriga kirishining guvohi 
    boʻlamiz. 


    Oʻrxun bitiglari Yenisey bitiglaridan epik tasvirning kengligi bilan ajralib 
    turadi. Bu yodgorliklarda ham marsiya va madhiya ruhi yetakchilik qiladi. Lekin 
    voqelikning ifodalanish xususiyatiga koʻra boshqa janrlarning ham belgisi mavjud. 
    Kultigin va Bilga xoqon yodgorligi badiiy tasvirning yetakchiligi hamda epiklik 
    xususiyati bilan qahramonlik dostonlarini eslatadi. Tunyuquq yodgorligida esa 
    voqealarning badiiy tasviri yetarli darajada emas.
    Turk monumental matnlari ichida yenisey bitiglarining tuzilishi va uslubi 
    oʻziga xos. Yenisey bitiglarining muhim belgilaridan biri ularda matn oʻlikning oʻz 
    tilidan soʻzlanadi. Mangutoshlarda marhumning oʻz yaqinlari, yorugʻ dunyodan 
    ayriliq dardi, oʻkinchi bayon etiladi. Bu yigʻilarni oʻliklar nidosi deyish mumkin. 
    Bitiglarda undovlar, mungli bir mazmun yetakchi. Bitiglardan oʻrnak keltiramiz:
    Yerimä, yïta, subuma, adrïltïm. Buŋa, sizimä, yïta, bodunïma, künimä, 
    qadašïma, adrïltïm, bökmädim. Elima, qanïma, bökmädim
    Matnda yerim, subum, sizim, bodunïm soʻzlariga qoʻshilayotgan -a, -ä 
    qoʻshimchasi hayajon, undov, mung, qaygʻuni ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur 
    undovlar matn ohangdorligini, ritmni belgilaydi. Shunga koʻra yuqoridagi matn 
    parchasini hozirgi oʻzbekchaga quyidagi tartibda oʻgirish mumkin: “Yerim-a, esiz, 
    suvim-a, (baridan) ayrildim. Musibat-a, siz yaqinlarim-a, esiz, xalqim-a, urugʻim-a, 
    doʻst(lar)im-a, (sizdan) ayrildim, (diydoringizga) toʻymadim. Elim-a, xonim-a, 
    (sizga) toʻymadim”. Oʻzbek marsiyalarida, azada xotinlarning aytib yigʻlashida bu 
    holat hozir ham bor. Masalan, ogʻzaki uslubda: bolam-a “voy bolam, bolam-a”, 
    anam-a “voy onam, onam-a”, atam-a “voy otam, otam-a” degani. 
    Bitiglardagi asosiy tasvir vositasi alliteratsiyadir. Alliteratsiya – tovushlar 
    ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan 
    ohangdorlikdir. Unda unli va undoshlar takrorlanishi mumkin. 
    Oʻngra qitaynyigʻ oʻlurtachi terman, 
    Bani oʻgʻuzugʻ oʻlurtachi – oʻq terman. 
    Soʻz takrori ham yodgorlikda koʻp uchraydi. 
    Tabgʻach qagʻan yagʻimiz erti 
    Oʻn oʻq qagʻani yagʻimiz erti. 


    Yodgorliklarda inson shaxsi, ayniqsa, uning erki bilan bogʻliq masalalar badiiy 
    tahlil qilingan. Soʻzlarning takrorlanishi yodgorlikdagi asosiy tasvir vositalaridan 
    biridir. Ammo ular matnda gʻalizlik tugʻdirmagan, aksincha, muallif fikrining 
    taʼkidlanishiga, alohida urgʻu bilan koʻrinishiga yordam bergan. Bularning barchasi 
    yodgorliklarning juda katta maʼrifiy hamda badiiy-estetik ahamiyatga ega ekanligini 
    koʻrsatib turibdi. 
    Yodgorliklarda badiiyatni oshirish uchun va ommaga keng yoyilishi uchun 
    oʻsha davrda mashhur va ma’lum boʻlgan iboralardan keng foydalanilgan. Ulardagi 
    ayrim iboralarni tushunish qiyin. Ammo, hozirgi kunda turkiy qavmlarda 
    qoʻllaniladigan ayrim iboralarning ma’nosidan kelib chiqqan holda ularni izohlash 
    mumkin. Misol tariqasida Elegesh yodgorligidan namuna keltiramiz: tört adaq(lïq) 
    yïlqïm säkiz adaqlïğ barïmïm buƞïm yök ärdim [ Малов 1952, 25] – Toʻrt oyoqliq 
    va sakkiz oyoqliq yilqim bor edi, mungim (qaygʻuyim) yoʻq edi. Bu matndagi 

    Download 248.17 Kb.
      1   2   3




    Download 248.17 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vi-viii asr toshbitiglari badiiy asar namunalari sifatida

    Download 248.17 Kb.
    Pdf ko'rish