• 5-MUSTAQIL TA’LIMI MAVZU
  • II.Asosiy qism 2.1.
  • Web dasturlash




    Download 110,07 Kb.
    bet1/6
    Sana08.02.2024
    Hajmi110,07 Kb.
    #153372
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Web mustaqil5


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

    AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
    «KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi
    WEB DASTURLASH”
    FANIDAN

    5-MUSTAQIL TA’LIMI
    MAVZU: Drupal va wordpress CMS bilan ishlash

    Bajardi: Komilov Kamoliddin


    Tekshirdi: Mahkamov SH


    Mavzu:Laravel va Yii2 freymworki bilan ishlash
    Reja:
    I.Kirish
    1.1.Mavzuning dolzarbligi
    1.2.Mavzuning maqsad va vazifalari
    II.Asosiy qism
    2.1. Muhokama va natıjalar
    2.2. Imkonıyatlar va natıjalar
    2.3. Module Generator – Module yaratuvchi
    III.Yakuniy qism
    3.1.Xulosa
    3.2.Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Barchaga ma'lumki, butunjahon tarmog'idagi veb-sahifalar kundan kunga ko'payib bormoqda. Bu holat O'zbekistonda, ya'ni Uznetda ham jadallik bilan amalga oshmoqda. Kimdir o'z shaxsiy sahifasini yaratsa, kompaniya va firmalar korporativ saytlarini yaratmoqda. Yana kimdir o'z kundaliklarini, ya'ni bloglarini olib boradilar.
    Shu bilan birga, yirik portallar faoliyati ham rivojlanmoqda. Bularning hammasi esa biror dasturiy vosita yordamida yaratiladi. Kimdir HTML tilida, kimdir PHP da, yana kimlardir CMS deb ataluvchi tizimlar yordamida veb-saytlarni yaratmoqda. Xo'sh, CMS degani o'zi nima? Bu tizimni nima ekanini tushunish uchun, keling, avvalo, veb-sahifalar qanday yaratilishi haqida bilib olamiz.
    1989-yilda Tim Berners-Li tomonidan World Wide Web, ya'ni Bununjahon o'rgimchak to'ri ixtiro qilinganidan boshlab uning har bir foydalanuvchisi oddiy bo'lsa-da, o'z veb-sahifasini yarata olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Lekin, buning uchun HTML (Hyper Text Markup Language) tilini bilish shart edi. Turli xil IT-kompaniyalari tomonidan bu ishni osonlashtiruvchi bir qancha dasturiy paketlar, jumladan Adobe Dreamweaver va Microsoft FrontPage kabilar yaratildi. Bunday dasturlardan ba'zilari sayt yaratishning barcha bosqichlarini (HTML-kodni yozishdan bu kodni serverga yuklashgacha) boshqarishni o'z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, ko'pgina hollarda (aynan oddiy sahifalarni yaratishda) foydalanuvchi bu kodni bilishi shart bo'lmagan. Sababi bu dasturlarda veb-sahifalarni yaratishning vizual usullaridan foydalanilgan.


    Biroq, HTML-redaktorlarining barcha afzalliklariga qaramay, saytni boshqarish vaqt o'tgani sayin va yangi ma'lumotlar qo'shilishi bilan qiyinlashib boraverdi. Chunki axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan veb-saytlar ham rivojlanib bordi. Sayt xaritasini yaratishdek oddiy funksiyani qo'shish uchun ham veb-yaratuvchilar tomonidan ancha-muncha mehnat talab etilar edi. Axir buning uchun barcha ilovalarni ko'rib chiqish, sahifalar orasidagi bog'liqliklarni tekshirish, menyuni yaratish, forumni qo'shish kabi ishlarni bajarish lozim edi. Bu esa doimiy diqqatni va juda ko'p vaqtni talab etardi.
    Sayt yangilanishi muammosini, ya'ni yangilanishning avtomatlashtirishini hal qilish maqsadida yirik axborot kompaniyalari, jumladan, Newsweek va Time yangi dasturiy ta'minot yaratish ishlarini boshlashga majbur bo'ladi. Bu dasturiy ta'minotlar kontentni (ma'lumotlarni) boshqarish tizimlari (CMS – Content Management System) deb ataldi.


    Download 110,07 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 110,07 Kb.