• Veb server
  • Veb server turlari
  • Webning asosiy tushunchalari: klient, server va ularning aloqasi. Reja Veb server




    Download 0.58 Mb.
    Sana04.03.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #44264
    Bog'liq
    maruza-1

    Webning asosiy tushunchalari: klient, server va ularning aloqasi.

    Reja

    1. Veb server

    2. HTTP va HTTPS

    3. Hosting

    4. Domen

    Veb server

    Veb-server atamasi apparat yoki dasturiy ta'minotni yoki ularning ikkalasini birgalikda ishlashni nazarda tutishi mumkin.

    • Apparat tomonida veb-server - bu veb-server dasturiy ta'minotini va veb-saytning tarkibiy fayllarini saqlaydigan kompyuter.
    • Dasturiy ta'minot tomonida veb-server - HTTP so’rovlar bilan ma’lumot alashinuvchi dastur hisoblanadi.

    Veb server

    Eng oddiy holatda, har bir brauzerga veb-serverda joylashgan fayl kerak bo'lganda, brauzer faylni HTTP orqali so'raydi. So'rov to'g'ri (apparat) veb-serverga yetganda, (dasturiy ta'minot) HTTP server so'rovni qabul qiladi, so'ralgan hujjatni topadi va brauzerga HTTP orqali yuboradi. Agar server so'ralgan hujjatni topmasa, uning o'rniga 404 javobni qaytaradi.

    Veb server

    Statik yoki dinamik veb serverlar

    statik veb-server - HTTP server va apparat iborat server. Biz uni "statik" deb ataymiz, chunki server joylashtirilgan fayllarini sizning brauzeringizga boricha yuboradi.

    dinamik veb-server - bunda qo’shimcha ma’lumotlar bazasi va dasturlash tili mavjud bo’ladi.

    Veb server turlari

    1. Apache HTTP Server

    2. Microsoft Internet Information

    Services

    3. Lighttpd

    4. Nginx Web Server

    5. Sun Java System Web Server

    HTTP va HTTPS

    HTTP ingliz tilidagi “Hyper Text Transfer Protocol” so’zlarining bosh harflaridan olingan. Oxirida qo’shiladigan S qo’shimchasi esa “Secure” so’zining bosh harfi hisoblanadi. Aslida HTTPS – bu HTTP protokolining xavfsiz shakli bo’lib, HTTPdan farqli ravishda HTTPS protokolida barcha murojaatlar kodlangan shaklda yuboriladi.

    Foydalanuvchi ma’lumotlarni saytga kiritganda brauzer ma’lumotlarni serverga jo’natadi va aksincha, foydalanuvchi ma’lumotlarni serverdan so’raganda shu aloqa yo’li orqali ma’lumotlar serverdan foydalanuvchining brauzerigacha yuboriladi.

    Hosting

    Hosting ("web-hosting") - Tashqi statik ipga ega bo’lgan server. Internet hosting xizmatining bir turi bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarga o'zlarining web-sahifalarini internetga uzluksiz ulangan web-serverlarga joylashtirish xizmatini nazarda tutadi.

    Saytni Internetga joylashtirish uchun birinchi navbatda unga joy kerak. Veb-sahifalarni Internet provayderi serverida joylashtirish va qo'llab-quvvatlash hosting deb ataladi. Joy beruvchi kompaniya esa hoster deyiladi.

    Domen

    Domen – IP manzilni takrorlanmas nom bilan belgish. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingizni qaysidir serverga joylashtirganingizda, saytingiz manzili qandaydir IP manzilga teng bo’ladi. Masalan, 192.168.162.134 Bunday IP manzilni eslab qolish qiyin. Agar domen bo’lmaganida saytingizga tashrif buyurish uchun foydalanuvchilar saytingiz IP manzilini eslab qolishlari va brauzerlariga 192.168.162.134 deb yozish orqali saytingizga kirishlari kerak bo’lar edi. Domen afzalligi shundaki, u tushunarsiz va eslab qolish qiyin bo’lgan IP manzillarni odamlarga tushunarli, eslab qolish oson bo’lgan chiroyli sayt nomlari aylantiradi.


    Download 0.58 Mb.




    Download 0.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Webning asosiy tushunchalari: klient, server va ularning aloqasi. Reja Veb server

    Download 0.58 Mb.