X. O‘. Muxammadiyev “ ” 2024y kirish qismi




Download 75 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2024
Hajmi75 Kb.
#208493
  1   2   3
Bog'liq
Muzey ekskursovkasi
6-son Qosimova Oysafar, MEHIRJON BAYRAMI, Eshnazarova Dildora To`rayevna, 5- bog`cha 39 мактаб IGZ, Doc2, 3, 1-Amaliy mashg\'ulot taqdimoti, Shuxrat Insan resurslari, Aqmaral Omir qawipsiz, GLOBAL, Aruwxan Marketing, Ayjamal Ómir qáwipsizligi , Aqmaral, Aruwxan REKREATSIYA, Aqilbek rekreatsiya

O O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIY MEROS AGENTLIGI


SAMARQAND DAVLAT MUZЕY- QO‘RIQXONASI


HOJI ABDULAZIZ ABDURASULOV UY-MUZЕYI


EKSPOZITSIYASINING MAVZULI
RЕJASI


Samarqand-2024
TASDIQLAYMAN”
Samarqand davlat muzey-
qo’riqxonasi bosh direktori
X.O‘.Muxammadiyev
___________ “___”________2024y
KIRISH QISMI

Yurtimizning boy tarixi bugungi kunda jahon hamjamiyatining diqqat e’tiborida. Madaniy va ma’moriy osori atiqalar, muzey va uning boy fond ashelari tarixiy xotirani qayta jonlantirib o‘sib kelayetgan yangi avlod uchun ibrat manbaiga aylanmoqda.


Xalqimiz ma’naviy ruhini boyitish, xalqimizning qadriyatlarga bo‘lgan diqqat e’tiborini yanada oshirish, ularni Vatangan muhabbat, sadoqat ruxida tarbiyalardash muzeylarning o‘rni beqiyesdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 6 may 269 sonli Qarori va Samarqand viloyat hokimligi 2020 yil 11 iyun 68 F sonli Farmoyishi bilan Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy muzeyi tashkil etilib, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tasarrufiga berildi.
Hoji abdulaziz Abdurasulov uy muzeyining tashkil etishning asosiy maqsadi atoqli mumtoz musiqa maktabining namoyandasi, xalqimiz qalbida uchmas nomi va boy musiqiy murosini qoldirgan buyuk siymo ekanligini uy muzeyida tashvil etilan muzey ashlari va yashab o‘tgan uyi asosida ekspozitsiya yaratishdir.
Tashkil etilgan yangi ekspozitsiya orqali Vatanimiz xalqini, xorijdan kelgan mehmonlarni bu zaminda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz ilg‘or goyalarini sodik davomchisi ekanligi ochish berishdir. Shu asosda Hoji ABdulazizi Abdurasulov ijodi va xayeti misolida Samarqand zaminida yaratilgan musiqa san’atining yuksak namunalarni yesh avlodga keng tushuntirishdir. Ekspozitsiyamizda Xoji Abdulaziz Abdurasulov uy muzeyidagi XIX-XX asr birinchi yarmiga xos bo‘lgan tarixiy interer bezaklari bilan tanishtiramiz. Bunda Samarqandda yaratilgan musiqashunoslik sohasining o‘rni va ahamiyati, Hoji Abdulazizi Abdurasulovning musiqashunoslar tomonidan san’at va madaniyat rivojiga qo‘gan hissasi, uning hayetiy asoslarining yesh avlodga ibrat namunasi, ajoyib sarguzashtlari va mashhur qo‘shiqlarining yaratilish tarixi bilan tanishtiramiz. Ekspozitsiya muzey jamlanmasida saylanetgan va tashqaridan to‘plangan muzey ashelarinig asl nusxasi, xalqimiz boy madaniy muhitini o‘zida mujassamlashtirgan etnografik, hunarmandchilik, amaliy va tasviriy san’at buyumlari, qo‘llezmalar, kitob, audio va video, foto hujjatlar va boshqa ashyolarni namoyish qilish orqali yaratildi. Ekspozitsiya asl muzey ashelaridan tashqari, muzey ayeshlarining nusxalari maketlar va boshqa ilmiy yerdamchi materialar orqali namoyish etildi.
Xoji Abdulaziz Abdurasulov 1854 yilda Samarqand shahrining qadimiy guzarlaridan biri Ko‘k Masjidda kosib hunarmand Abdurasul oilasida dunega keldi. Uning otasi asli kelib chiqishi hozirgi Tojikistonning Qorategin viloyatidan bo‘lib, yesh Abdulazizga musiqaga bo‘lgan muhabbat yeshligidan singdira boshladi. U ishdan bo‘sh vaqtlarida Vatanidan olib kelgan eski do‘mbirasini olib, ko‘shiqlar kuylardi. Yesh Abdulaziz ham bundan ibrat olgan holda, sekin asta mashq qila boshladi. Uning jarangdor ovozi kishini maftuan qilardi. Otasi uning mashhur musiqachi bo‘lishini va buning uchun ko‘p mashq qilishi va ustozlardan musiqa ilmini o‘rganishini uqtirardi. Abdulaziz bo‘lsa, chinakam san’atkor bo‘lishni ko‘nglida tugib yurardi.
Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijrosida qator qo‘shiqlar gramplastinkalarga, radio tasmalariga yozib olingan. Ustoz hofiz sakson yoshda ham 1933 yil fevral oyida bo‘lgan O‘zbekiston san’atkorlarini birinchi slyotida qo‘shiq aytish baxtiga muyassar bo‘lgan. Shu kuni Hoji Abdulaziz Abdurasulov va domla Halim Ibodovga «O‘zbekiston xalq hofizi» faxriy unvoni berildi. Mustaqillik yillarida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. Uning nomida Samarqand shahrida yosh xonandalar¬ning respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazib turiladi. Xullas muylovi endi sabza ura boshlagan kezlarda Abdulaziz dutorni mahorat bilan chertadigan bo‘ldi. Ammo san’atini o‘ziga yaqin kishilardan boshqalarga namoyish etishga shoshilmasdi. Abdulaziz musiqa bobida dastlabki jiddiy saboqlarni o‘sha davrda mashhur surnaychi sifatida tanilgan, “shashmaqom” yo‘llarining anchasini puxta biladigan Mirzo Mehtardan oldi. Mirzo Mehtar bilganlarini shogirdiga singdirgach uni tambur chertishda tengsiz hoji Rahimqul xonadonida aka Borux bilan tanishtirdi... Hoji Rahimquldan tanbur chertishni, Boruxi Kalxakdan klassik ashula yo‘llarini o‘rgandi... Mirza Mehtar, Hoji Rahimqul va Boruxi Kalxak Abdulazizni “Shashmaqom” olamiga olib kirishdi... (A.Sharipov “Hofiz yurgan yullar” 11-12 bb.)
Nima uchun Hoji Abdulaziz deb aytishadi? U 82 yillik umri davomida ikki marta haj safarida bo‘lgan. Birincha marta 1891-92 yil bulsa, ikkinchi marotiba 1907-1908 yillarda. U haj safari davomida Gvineya, Gana, Uganda, Nigeriya kabi Afrika davlatlarida, Pokiston, Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Turkiya va Xitoyda bo‘lib, u yerda musiqa san’ati bilan tanishdi.
Kunlardan birida Buxorodan atoqli hofiz va sozandalar Samarqandga keladilar. Ular Ramazon oyida uyushtirilgan xalq sayllarida o‘z san’atlarini namoyish etardilar. Ana shu o‘ziga xos anjuman shohida bulgan Abdulaziz mumtoz kuylar- maqomlarning hali o‘ziga notanish bo‘lgan qirralari ko‘p ekanligini tushunib oladi. Shungacha u “Shashmaqom” savti va uforlarini “Mushkilot” ning cholg‘u bo‘limidagi keng tarqalgan qimlarini, yigirmaga yaqin xalq qo‘shiqlarini ijro etib yurgandi. Chinakam san’atkor bo‘lishni ko‘ngligida tugib yurgan Abdulaziz “Shashmaqom”ni mukammal o‘rganishga bel bog‘ladi. U shu ezgu niyatlar bilan XIX asrning 80 yillarida maqomlarning mashhur ijrochilari yashaydigan Buxoro tomon yo‘l oldi. U mashhur maqomchi Ota Jalol Nosirovga shogird tushadi va bir yil davomida undan ta’lim oladi. Ota Jalol o‘z shogirdiga maqom yo‘llarini to‘la to‘kis o‘rgatibgina qolmay, “Shashmaqom”ning tarixi, uning avloddan avlodga sayqal topib, rivojlanib yetib kelayetgani haqida tushancha beradi.
Hoji Abdulaziz “Shashmaqom”ni ketma ket keladigan turli shaxobchalarini to‘la shaklda, qat’iy usul bilan kurbi yetadigan san’atkor sifatida tanilib, mashhur shaxsga aylandi.
Abdulaziz Buxorodan qaytib kelgan, Samarqand va uning atrofidagi joylarga uzining yangi dasturini xalqqa namoyish etib yurdi. Bu davrda u cholg‘uchilik va hofizlik bo‘yicha kamolga yetgan mohir san’atkor edi.
“Shashmaqom” qotib qolgan narsa emasligini bilgan hofiz o‘sha vaqtda “Iroq”, “Chapandozi Iroq”, “Nasrulloyi”, “Mustazod” kabi ashulalarni yangicha avj va uforlar bilan bezab, ijro etdi. Shu yo‘sinda maqom kuylarini tanburda dutorga ko‘chirish borasidagi mehnatlari ham ustoz hofiz ijodiy faoliyatining e’tiborga molik bo‘lgan kattagina qismini tashkil etadi.
Xoji Abdulaziz Buxoro uslubini yangi bezaklar, qochirimlar bilan boyitib, Usulni sho‘x va ijro suratini biroz tezlatib shinavandaga yeqadigan bo‘lishiga harakat qildi. U ashulalarni bo‘lib aytadiganlarni yeqtirmasdi, ayniqsa talafffuzga katta e’tibor berar, har bir so‘zni burro eshitilishini talab qilardi. Akademik Yunus Rajabiy o‘z ustozi to‘g‘risida shunday degan: -Hoji Abdulazizning ijodiy foliyati o‘zbek xalq musiqasi tarixida aloxida o‘rin tutadi. Uning ijodiga baho berish uchun faqatgina “hofiz” degan so‘zning o‘zi kifoya qilmaydi. Uning iste’dodi hofiz bo‘lishi bilan birga nozik pardalarda qalbni titratuvchi oxanglar ijro etadigan sozanda, xalqqa yaqin, dilrabo kuylar yaratuvchi bastakor ham edi. Hoji Abdulaziz shaxsan menga va mening tengdoshlarimga muska ilmidan ta’lim bergan ustozlarning eng zukkosi edi. Bemalol aytish mumkinki, u XIX asrning oxiri va XX asrning o‘ttizinchi yillarigacha ohangchi (metodist) bastakorlaning eng yetugi edi.
Hoji Abdulaziz xalq kuylarini yerkin buyeq va nozik jilvalar bilan boyitishga usta edi. U ko‘pincha xalq orasida ogizdan ogizga o‘tib yurgan kichik bir kuni “namudi uzzol”, “Namudi Ushshoq, “Muhayyar”, “Turk” singari namudlar bilan boyitib, katta ashulaga aylantirib yurardi. Ustoz Hofizning kuylar uchun mazmundor she’rlar tanlashi, uning o‘zi ham she’rlar mashq qilganligi ko‘plarga ma’lum. Nihoyatda nozik didli xushchaqchaq hofiz Abdulaziz yakka o‘zi xar qanday davralardagi tamoshabinni uz san’atiga mahliyo qilish quvvatiga ega edi. Qisqasi Hoji Abdulaziz musiqa san’ati uchun tug‘ilgan odam edi. Uning ijodi mukammal o‘rganishga va yeritishga arziydi”.
Keksa sozanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Risqi Rajabiy o‘zining ustozida ta’lim olgan yillarni eslab, shunday hikoya qiladi:
-“Samarqandda ishlab yurgan paytlari bo‘sh vaqtimizni Hoji boboni uyida o‘tqazardik. San’atga bo‘lgan ishtiyeqimizni ko‘rgan hofiz bizlarga mahorat sirlarini tinmay o‘rgatishga kirishdi. Men ustozimdan “Buzruk maqomi”, “Gullar bog‘i”, “Guluzorim”, “Ajam”, “Bebokcha”,”Karimqulibegi” kabi qo‘shiqlarni o‘rganganman. Yuqorida aytilgan kuylardan tashqari chalib yurgan kuylarimni ham u kishiga chaldirib mukammallashtirib olgan edim.
Hoji Abdulaziz nihoyatda bilimdon odam edi. Biz ustozlarimizning zukko va ziyrakligidan faxrlanar edik. So‘z va kuyni davradagilarga moslab aytish, ijro etishga u kishiga teng keladigan odam juda kamdan-kam topilsa kerak. Agar tinglovchilar orasida yoshlar ko‘p bo‘lsa, o‘ynoqi qo‘shiq va kuylardan ijro etar edi. Bordi-yu, tinglovchilar ko‘pchilikni tashkil qilsa, vazmin, bama’ni kuy va ashula boshlab,hammani o‘ziga rom qilib olar edi. Shunaqa,u kishining musiqa usulidagi mahorati benihoya zo‘r edi. “Mulla Rixsi, agar zarbu taqsimni joyiga qo‘ysangiz marra sizniki”- derdi ustozim ba’zan menga. Bu bilan u usuldan zarracha bo‘lsa ham chetga chiqmaslik va ohangga putur yetkazmaslik lozimligini ta’kidlardi.
Hoji bobo qat’iy so‘zli mustahkam irodali odam edi. Ayrim san’atkorlar mansabdorlarni, boy va eshonlarni ko‘rganda ikki bukulib ta’zim qilardi, takallufni haddan oshirib yuborardi. Hoji Abdulaziz esa bunday nuqsonlardan xoli edi. Umuman, u kishi san’atkorlarning obro‘sini tushuradigan ish qilmas edi.
Hoji Abdulaziz nihoyatda oliyjanob, serg‘ayrat, zuvalasi pishiq kishilardan edi, - deydi iste’dodli bastakor Nabijon Hasanov. O‘zi o‘rta bo‘ylik, xushqomat odam edi, chiroyli, oppoq soqoli o‘ziga juda yarashib turardi. Jussasini u qadar savlatli emasligi uning obro‘ – e’tiboriga zarracha ta’sir etmas edi. Domla Halim Ibodov, Mulla To‘ychi Toshmuhammedov singari qolganlarida, unga nisbatan zo‘r takalluf, tavoze saqlar edilar”.
Keksa bastakor Imomjon Ikromov Hoji Abdulaziz haqidagi xotirasi:
“Men Hoji Abdulazizning yonida uch yil yurib, undan ta’lim olganman. Mening musiqa san’atiga mehr – muhabbat bilan qarashimga, bastakor bo‘lib yetishishimga ham shu ulug‘ siymo sababchilar”.
Hoji Abdulaziz qiyos qilib bo‘lmaydigan darajada zo‘r san’atkor edi. U har gal ashula aytganida unga original ranglar kiritar, ashula uning ovoziga yangidan tug‘ilayotgandek tuyular edi. U ko‘pincha yuqori pardalarda kuylab turib, ovozini birdaniga bir yarim oktava, ba’zan ikki oktava pastda tushurib yuborar va yana ustalik bilan haligi baland pardada ko‘tarar edi. Bunday mahorat bilan ashula aytish manman degan hofizlarga ham nasib etmaydi. Hoji bobo ashula aytganida Aka Levi Boboxonov, Domla Halim Ibodovlar ham unga chin yurakdan tan berib: “Hoji juda zamonaviy san’atkor, serqirra hofiz, unga tenglashish qiyin”,- deyar edilar.
Hoji boboning biz shogirdlariga bergan nasihatlari hali ham esimizda. Xalqni hurmat qilinglar, bolalarim. Agar biror yig‘inda, falon ashulani ijro eting, desalar, darrov bajo keltiringlar. Xalq nazaridan qolish – yomon narsa, -der edi u kishi.
Xalq o‘rtasida Hoji Abdulazizning hurmati zo‘r edi. U yig‘inlarda paydo bo‘lganida odamlar bir birini sekin turtib: “Ana Hoji Abdulaziz keldi”, “Ana hoji bobo qo‘liga dutorini oldi” deyishar edi. U kishi chindan ham xalqqa juda yaqin, xalq kuylariga hurmat bilan qaraydigan, doimo tomoshabinning fikri bilan hisoblashadigan buyuk san’atkor edi”.
Ustoz hofiz san’atning qadriga yetmaydigan, san’atkorlarni mensimaydigan kishilarni yomon ko‘rar edi. Agar biron kishida shunaqa kayfiyat borligini bilib qolsa,darhol hazil tarzida yoki jiddiy gap bilan unga javob qilar edi. Uning zukkoligi, hozirjavobligi haqida xalq orasida latifalar ham to‘qilgan. Mana o‘sha latifalardan biri:
“Mashhur hofiz Hoji Abdulazizning mehmonxonasiga ko‘pgina muxlislar yig‘ilishar, san’atkorning kuy va qo‘shiqlarini tinglab huzur qilishar ekan. Gohi – gohida shu muxlislar orasida Vali pismiq degan shaxs ham kelar ekan. Kelar ekanu ko‘pgina hofizning san’atini jimgina tinglab o‘tirish o‘rniga har kimga har xil gap tashlab, davrani sovutar ekan.
Yozning issiq kunlaridan birida Hoji Abdulaziz o‘zi aytayotgan qo‘shiqni to‘xtatib, atrofdagilarga shunday debdi:
-He, attang, darvozani bekitib qo‘ysak bo‘lar ekan-a, sovuqdan badanim junjikib ketdi. Hofizimiz shunday issiqda nega sovqotadilar ekan, deb hayron bo‘lgan muxlislar darvoza tarafga qarabdilaru gapning ma’nosiga tushunibdilar. Hoji Abdulaziz davrani sovutadigan Vali pismiqning darvozadan kirib kelayotganiga shama qilgan ekan” (“Sharq yulduzi” jurnali, 1968 yil, 6-son)
Ustoz Hofiz 1891-1892 yillarda chet mamlakatlarga safar qilgan. Oradan salkam yigirma yil o‘tgach, 1907-1908 yillarda yana safarga chiqqan.
Hoji Abdulazizning mazkur safarlardan kuzatgan maqsadi faqatgina ziyorat emas, balki shu bahonada chet mamlakatlarda sayohat qilish, boshqa xalqlarning madaniyati bilan tanishish, lozim bo‘lgan joylarda o‘sha yerlik xalqda o‘zbek va tojik xalqlarining musiqa san’ati haqida taassurot qoldirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Haqiqatan ham, u ikkala safari davomida Eron, Arabiston, Hindiston va Afg‘onistonning mashhur ashulachilari va sozandalaridan ko‘plab kuy va qo‘shiqlar tinglagan. O‘zi esa ana shu mamlakatlarning san’at muxlislariga repertuaridagi yaxshi kuy va ashulalardan ijoo etib bergan.
Bu sayohatlar hofiz ijodi uchun foydadan xoli bo‘lmadi, uning ijod doirasini kengaytirdi. U mana shu yillar davomida klassik kuylarimizga sayqal berish, maqomlarni yangi kuylar bilan boyitish sohasida ko‘p ishlar qildi. Hoji Abdulazizning ko‘pgina shogirdlari “Jazoir” va “Ajat taronalari” kabi ayrim klassik kuylarni o‘z ustozlarining nomi bilan bog‘laydilar. Ularning aytishlariga ko‘ra, hofiz “Jazoir” kuyini dastlab jazoirlik cho‘pondan eshitgan ekan. Keng tepalikda qo‘y boqib yurgan cho‘pon, sayohatchi Abdulazizining iltimosiga ko‘ra, o‘zi chalayetgan kuyni nayda bir necha marotiba takrorlab ijro etgan va bu kuy hofizga yed bo‘lib qolgan. Sayhatdan qaytgach hofiz uni shinavandalarga moslab ishlagan. Hoji Abdulaziz bilan suhbatdosh bo‘lgan kishilarning ko‘plari uning Makkaga qilgan dastlabki safari paytida shoir Zokirjon Xolmuhammad Furqat bilan uchrashganini ta’kidlaganlar. Ular hikoyalariga qaraganda, ikkala vatandosh kemada tanishshib, xuddi qadrdonlardek rosa suhbatlashganlar. “Qurbon o‘lam” qo‘shigi so‘zlarini Furqat tarjima qilib bergani, hofiz unga kuy bastalagani ayni shu safar chog‘ida sodir bulganligi taxmin qilinadi.
Akademik Yunus Rajabiyning aytishicha, Furqat bilan Hoji Abdulaziz Hindistonga kelgunlaricha safarda hamroh bo‘lib yurganlar.. Ma’lumki, Hoji Abdulaziz “Savti Abdurahmonbegi” ashulasini shoir Furqatning she’ri bilan juda nozik pardalarda ijro etgan. Bu ashula shoir bilan hofiz o‘rtasida paydo bo‘lgan dustlikning ramzi sifatida o‘sha safar davomida yaratilgan bo‘lsa ne ajab.
Hoji Abdulaziz nixoyatda dilkash, birinchi uchrashuvdayoq har qanday odam bilan do‘stlashib ketadigan inson edilar. Hofizning to‘ng‘ich qizlari Muqaddam Azizovaning eslashicha Eron, Afg‘oniston va Hindustonga qilgan safarlari vaqtida chet eldan ham ancha do‘st yorlar orttirgan ekanlar. Goh gohida Hoji Abdulazizning uyiga chet ellik mehmonglar xam kelib turishar, hofiz bilan fors, arab tillarida so‘hbatlashar ekan. Bu esa u kishining nafaqata mohir musiqasi, balki serqirra inson, chet tillaridan xabardor yetuk shaxs bo‘lganlaridan darak beradi. Tojikistonlik mashhur xonanada Hanifa Mavlonovaning otasi Muhiddin Mavlonov aslida samarqandlik bo‘lgan. O‘zining dutor chertish san’ati bilan nom qozongan Muxiddin Mavlonov Hoji Abdulaziz qo‘lida ta’lim olgan shogirdlardan bir edi. Bundan tashqari o‘sha davrning mashhur hofizi Ahror Hamidov, Hofiz Qodir Avliyo, shirador ovozli Hamro bobolar ham Xoji Abdulaziz ta’limini olganlar.
San’atshunos olim Hojiqurbon Hamidov o‘zining “Hoji tam-tam” sarlavhali ocherkini kuyidagi so‘zlar bilan boshlaydi: “Asrimizning boshida butun Sharqqa dong‘i ketgan Samarqandlik hofiz Hoji Abdulaziz mashshoqlik, bastakorlik san’atini ham mukammal egallagan edi. “Shashmaqom”ni uz davrida undan yaxshi biladigan kishi bo‘lmagan. Hoji Abdulazizning she’riyatni nozik tushunadigan, goh-gohida bayt mashq qiladigan, uch-to‘rt tilda so‘zlasha oladigan san’atkor bo‘lganligini zamondoshlari iftixor bilan eslaydilar. Hoji Abdulalziz davrida Samarqandda Oqilxong, Aka Levi Boboxonov, Kamol Hofiz, Maqsadcha, Ma’rifatxon, Qori Siroj Yusupov, Mixoel Tolmasov kabi ashulachi, mashshoq va bastakorlar ijod qilganlar. Ular orasida Hoji tam-tam alohida o‘rin egallagan”.
Darhaqiqat Hoji tam-tam Hoji Abdulazizga ixlos bilan o‘tkir hajvli hofiz edi. U qo‘liga doira olib, og‘zi bilan dutor, karnay, surnay va boshqa cholg‘u asboblari ovozini og‘zi bilan taqlid qila olgan. Aytishlariga qaraganda, uning yakka o‘zi uch to‘rt sozandaning o‘rnini bosa olgan. Payti kelganda har xil hayvonlar, parrandalar ovozini taqlid qilgan. U hajvchi san’atkor sifatida barcha hamkasblarining ovozini taqlid qilgan. To‘y marosimlari, anjumanlarni kulgi kechalariga aylantirib yuborgan. Hoji tam-tam faqatgina bir kishini-ustozi Hoji Abdulazizni taqlid qilmagan. Buning sababini so‘raganda:
-Men ustozimdam kulgili jihat topishdan cho‘chiyman. Hoji boboga bo‘lgan hurmatim, u kishining salobati bunga yo‘l qo‘ymaydi. Men uchun ustozimning xafa bo‘lishidan og‘irroq narsa yo‘q”- deb javob qilgan ekan.
Ana shu so‘zlarning o‘zi ham Hoji Abdulazizning uz zamondoshlari orasida qanchalik obruy-e’tiborda ekanligining yaqqol dalilidir. Ustoz san’atkor o‘nlab san’atkorlarga rahnamolik va yetakchilik qilgan.
Samarqandning Rastai nav guzarida Kamolxon degan choyxonachi bor edi. Uning doimo ozoda va sarishta choyxonasida har kuni Hoji Ayudulaziz safdosh va shogirdlari Mullo To‘ychi Toshmuhammadov, domla Halim Ibodov, Qori Siroj Yusupov, Qobiljon Isrofilov. Rabbimjon Jurayev, A’zam Kamolov, Nabijon Hasanovlar bilan ikki uch soatlab anjumanlar qurardi. Avvaliga shogirdlari so‘ngida esa o‘zi anjumanga yakun yasardi.
1933 yil 19 fevralgacha Toshkent shahrida Butun O‘zbekiston san’at xodimlarining birinchi anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu anjumanga Hoji Abdulaziz Abdurasulov ham taklif qilinadi. Hofiz 19 fevral kuni bo‘lgan konsertda Domla Halim, Mulla To‘ychi, Madyusuf Xarrotov va Yunus Rajabiy bilan birgalikda “Ushshoq” ashulasini aytadi. 20 fevral kuni bo‘lgan uch bo‘limli katta konsertning birinchi bo‘limini “Navo” maqomidan “Qashqrchai ushshoq” ashulasi bilan boshlab beradi. Shunda bu mashhur hofiz sakson yoshda edi.
Anjuman tugagach, gramplastinkaga “Qashqarchai ushshoq”, “Ufori Bebokcha” ashulalari yozib olindi. Mana shu anjumandan keyin Hoji Abdulaziz Abdurasulov va Domla Halim Ibodovga O‘zbekiston Xalq hofizi unvoni beriladi.
1935 yilda Hoji Abdulaziz yana Toshkentga chaqiriladi. Bu gal 83 yeshli hofizdan gramplastinkaga “Guluzorim”, “Bozurgoniy”, “Bebokcha”, “Taronai Ushshoq” ashulalari yezib olingan. 1935 yil 17 dekabr kuni Samarqanddagi Qizil choyxonada tamoshabinlar har vaqtdagidan ham ko‘p edi. U yerda mamlakat bo‘ylab quloch yeyayotgan staxanovchilik harakati haqida ma’ruza o‘qildi. So‘ngra Hoji Abdulaziz bosh hofizlar, sozandalar ishtirokida qo‘shiq va aushlalar, mashqlar ijro etildi. Ertasi kuni ham choyxona hovlisi odamlar bilan to‘la edi. Ular bugun ham otaxon hofizdan ashula eshitish ishtiyoqida shu yerda tuplangandilar. Ammo Hoji Abdulaziz kelmadi. Xabardor kishilar uning betobligini aytishdi. 1936 yil 9 yanvar kuni ustoz olamdan o‘tdilar. Samarqand ahli ulkan san’at ustasi bilan xayrlashdilar. Ustoz hofiz bilan abadiy vidolashuv marosimida madaniyat ahllaridan S.Ayniy, M.Qori Yoqubov, Tolibjon Modikovlar nutq so‘zlashdi. Hoji Abdulazizning shogirdlaridan Mulloqandov, Ahror Hamidov, Qobil Isrofilov, M. Qori Yoqubovlar qabbr boshida ko‘zlarida yeshu ando‘h ila ashulalar aytib turdilar.
Atoqli yozuvchi Sadriddin Ayniy o‘zining “Esdaliklar” asarida Hoji Abdulazizning Buxoroga kelganini juda obrazli qilib yezgan:
-Biz Labihovuz madrasasidagi kechki suhbatlarning barcha ishtirokchilari musiqani sevar edik. Ammo Samarqandlik san’atkor Hoji Abdulazizni ko‘rmay, faqat ta’rif tavsifini musiqa ixlosmandlaridan eshitgan edik. Ayniqsa Samarqandga qatnab yurgan, uni ko‘p ko‘rgan sandiqsoz Ashrafjon og‘zidan qo‘ymay maqtab gapirar, dilimizda uning diydorini ko‘rish, yoqimli ovozini eshitish ishtiyoqini uyg‘otardi. Ammo uning bazmini ko‘rish uchun Samarqandga borishga qurbimiz yetmas, sozi bilan dilrabo ovozini eshitish uchun Buxoroga taklif etishga pulimiz bo‘lmas edi. Biz uning hasratida ado bo‘lib yurgan kezlarda, “Buxoroning katta boylaridan biri to‘y qilarmish, to‘yga yaqin yiroqdagi shuhratli sozandalar qatori Samarqandlik Hoji Abdulaziz ham kelarmish”- degan ovoza tarqaldi. Bu ovoza bizga yangi umid, behad shodlik baxsh etdi. “Doiraxabarlar” (doirani ovozi bilan to‘planganlar) qatorida bo‘lsa ham uning bazmini borib ko‘rmoqchi bo‘lib, u kunni zo‘r umidvorlik bilan kutdik. Nihoyat bu quvonchli kun ham yetib keldi. Kechki payt to‘yxonadan doiralarning gumbirlagan ovozi yangray boshladi. Bazmga ketayetganlar qatori biz ham chaqirilmagan bo‘lsakda, Buxoroning udumi bo‘yicha “doiraxabar” sifatida to‘yxonaga bordik.
Hoji Abdulaziz Buxoroda bo‘lganida Salimjon degan bir kishi so‘rab keladi: - Bizning qarorgohda 10-15 shinavanda do‘stlar yig‘ilishib, hofiz bilan suhbat qurmoqchi, agar ustoz biz kambag‘al Samarqandlik musofir mullovachchalar doirasiga qadam ranja qilsalar, juda xursand bo‘lardik,-deydi.
Hoji Abdulaziz shu zahotiyoq “xo‘p” deb, taklifni qabul qilib, ertasiga Salimjon Qori Kamol bilan uning uyiga tashrif buyurgan. Kattagina mehmonxonada xontaxtalar qo‘yilib, uning atrofida yo‘l-yo‘l matoli ko‘rpachalar tashlangandi. Xontaxta ustidagi dasturxonda non patir, o‘rik jiyda, sho‘rdanak va turfa xil holvalar qo‘yilgandi. Unda o‘n-o‘n besh o‘spirin yigit o‘tirardi. Yigitlar mehmonlarni hurmatlab o‘rinlaridan turdilar. Hoji Abdulaziz va Qori Kamol hamma bilan qo‘l berib ko‘rishadilar va o‘tirgandan keyin fotiha o‘qiladi. Hoji Abdulaziz ularning o‘qishlariga, kasbu korlariga kushoyish tilab, birin ketin Samarqandlik yigitlarning otalarini surishtiradi. Ularning ko‘pchiligi u kishiga tanish chiqadi. Bir piyela choy ichib. Dutorda birin ketin ikkita uforga o‘xshagan yengil o‘yin kuylaridan chaladi, keyin Qori Kamolga qarab turadida, sekin asta daromad qilib, yuqori pardalardan, xuddi Farg‘onaning “Katta ashula”lari yo‘llariga o‘xshatib quyidagi xalq she’ri misralarini kuylaydi.

Hoji Abdulaziz o‘z davridagi shinavandalarning talabini qondirishdagi sezgirligi bilan mashhur edi. Shu sababdan ham davradagi qo‘shiqlar shu paytgacha Buxoroning mana shu yerlar davrasidan boshqa biror davrada aytilmagandi. Hoji Abdulaziz bir ziyofatda Buxoronging mashhur keksa hofizi Ota Jalol bilan tanishadi. Ota Jalol Buxorodagi barcha san’atkorlarning ustozi edi. U asli Buxorolik bo‘lib, yeshligidayeq maqom she’rlari va ayrim kuylarini dastlab onasidan o‘rgandi, chunki onasi savodli, she’riyatni va san’atni sevgan, mavom yo‘llariga solib kuylaydigan soliha ayellardan edi. Ota Jalol 20 yoshida Buxoro maqomlarini mukammal o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi va ijrochilikda ham shuhrat qozonadi. Keyinchalik u saroyga chaqiriladi va u yerda o‘ttiz yildan ziyed xizmat qiladi.


1923 yilda bu ustozdan va kasbdoshi Ota G‘iyos G‘aniyevdan rus folklochisi va kompozitori V.A.Uspenskiy “Shashmaqom”ni (matnsiz) yezib notaga tushiradi va nashr qildiradi. Ota Jalol o‘nlab xonanda va sozandalarga maqom yo‘llarini o‘rgatgan, ularni mashhur maqom ijrochilari qilib yetishtirgan ustoz edi. O‘sha davrda “Shashmaqom”ning oltita saraxbori, ya’ni xar bir maqomning boshlang‘ich ashula qismini Ota Jaloldan boshqa biror xonanda to‘liq bilmasdi va uning ishtirokisiz aytolmasdi. Ota Jalol ziyofatda “segoh” saraxborini boshlaydi, hamrohlari va shogirdlari Qori Najm, Abdusamad Begijon va Shodixon tanbur va doirada jo‘r bo‘lib turishadi.Ota Jalol sarxborni aytib tugatganda keyin, tarona va boshqa shaxobchalariga o‘tadi. Boshqa xofizlar ana shunda unga qo‘shilishib turardilar.
Hoji Abdulaziz Buxoro “Shashmaqom”ining bir necha qismini mukammal bilsa hamki, ijrochilikdagi bunday tekis usulni, nozik tomonlarini, kutilmagan joyda “gulpartav” qilishni, ya’ni “zebopari”, “chorgoh muxayyar”, “avji turk” singari qo‘shimcha avjlarni kiritilishini, nihoyat baland pardalarning kuchanmasdan silliq va yoqimli aytilishini ko‘rib hayratda qoladi.
Segoh mavomidan saraxbor va taronalar aytilib bo‘lgandan keyin g‘ijjakchi Turobqulga navbat keladi. Turobquning yonida chalishga taxt qilib qo‘yilgan ikkita g‘ijjak turardi. Uning biri hind yong‘ogidan yasalgan, nihoyat kichik kosaxonalik bo‘lib, ikkinchisining kosaxonasi sariq misdan yasalgandi. Turobqul to‘rtta kuyni chalib tugatgandan keyin mehmonlar Hoji Abdulazizdan ashula aytishni iltimos qiladilar. U sozlangan dutorini yana bir marta ko‘rib chiqadi va kichik bir mashq boshlaydi. Undan keyin to‘xtamasdan birin ketin ikki sho‘x va yengil qo‘shiqni aytadi, so‘ngra :
Do‘stlarim bir nozanin ishqi bu hol etmish meni,
Zulf savdosi alif qaddimni dol etmish meni,
Lola gul ruxsori hajr ashkimni ol etmish meni,
Bir pari paykam g‘ami oshufta hol etmish meni
Elga ahvolim demakda gungu lol etmish meni.
Misralari bilan Navoiy muxammasini boshlaydi. Qo‘shtor sozidagi dutor Hoji Abdulazizning ovoziga nihoyat yopishardi.
Samarqandda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning uy muzeyini tashkil etilishi shahrimiz tarixidagi yangi zarrin sahifa bo‘lib, kelgusi avlod uchun Samarqand musiqa maktabining sekin asta tiklanishi va rivojlanishiga katta turtki hisoblanadi. Uy muzey ilmiy va ekspozitsion faoliyatini yo‘lga qo‘yish katta xarajat va mehnat talab qilsada uning kelgusi avlod uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib berishning hojati bo‘lmasa kerak. Barpo etilgan yangi muzey ijodkor xayeti va serqirra ijodini o‘rganish va uni keng jamoatchilikka targ‘ib va tashviq etadi degan umiddamiz.

Download 75 Kb.
  1   2   3




Download 75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



X. O‘. Muxammadiyev “ ” 2024y kirish qismi

Download 75 Kb.