"Xirurgik bemor bolalar parvarishi" fanidan 1 kurs talabalari uchun
imtihon savollari
@Sammu_test_bot
1.
Zamonaviy bolalar xirurgiyasi bulimi tarkibiy qismlarini ayting
Zamonaviy xirurgik statsionardagi palatalar, operatsiya bloki va
xonalariga qo‘yiladigan talablar tibbiyotning boshqa
yo‘nalishlaridagidan farq qiladi. So‘nggi yillarda chet mamlakatlarda
aylana shakldagi bo‘limlar ko‘plab qurilmoqda. Uning afzalligi
shundaki, o‘tish joylarining qisqarishi hisobiga xodimlaming bemorlar
bilan muloqot davri uzaytiriladi va bo‘limlar yaqin bo‘lib, bir-biriga
o‘tish kam vaqtni talab qiladi. Respublikamizdagi shunday binolardan
biri akademik V.V. Vohidov nomidagi ilmiy xirurgiya Markazidir.
Zamonaviy xirurgiya bo‘limlari odatda 60 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘ladi.
Ayrim hollarda 25—40 o‘rinli maxsus xirurgiya bo‘- limlari ham
bo‘ladi. Zamonaviy xirurgik palatalar ikki seksiyadan iborat bo‘lib, ular
zal, shlyuz yoki koridor bilan tutashtiriladi. Har bir seksiyada 30 tadan
o‘rin, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 24 o‘rinbo‘lishi kerak.
Palatalar boTimida quyidagi xonalar ko‘zda tutiladi: navbatchi hamshira
posti (4 m2 ), muolaja xonasi (18 m2 ), bogTov xonasi (22 m2 ),
oshxona (o‘rinlar soni o‘rinlar umumiy sonining 50—60% ni tashkil
qiladi), oqliklarni saralash va ishlatilgan oqliklami, tozalash vositalarini
saqlash xonasi (15 m2 ), vanna xonasi (12 m2 ), huqna xonasi (8 m2 ),
hojatxona (erkaklar, ayollar va xodimlar uchun alohida). 26 Bo‘limda
bo‘lim mudiri xonasi (12 m2 ), ordinatorlar xonasi (10 m2 ), katta
hamshira xonasi (10 m2 ), xo‘jalik bekasi xonasi (10 m2 ) bo‘lishi
lozim. Har bir klinikada professor, dotsentlar uchun ish xonasi va 10—
12 kishiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari bo‘lishi kerak.
2.
Bolalar xirurgiyasi bulimidagi palatalarga quyilgan talablar
(harorati, har bir bemorga ajratilgan joy va hakozalar)
Bemor parvarishi - kasal sog'lig'i tiklanishini tezlatishga qaralilgan
davolanish, ruhiy, maishiy, fiziologik, sanitar-gigiyenik. yuqumli
kasalli klarning old ini olish kabi bemorning zaruriy ehtiyoj lari ni o’z
vaqtida muntazam qondirib borish maqsadida amalga oshiriladigan
tadbirlar majmuasi.
Bemorlarni qabul qilib, muqim sharoitda ularga malakali tibbiy
xizmal ko'rsatish maxsus muassasalar - shifoxonalarda bajariladi.
Shifoxona lo’laqonli faoliyat ko'rsatishi uchun uning tarkibida
quyidagi bo’limlar tashkil qilinishi zarur: qabul bo'limi, diagnostika,
davolash,
anesteziologiya-reanimatsiya,
patanatomiya,
sterilizatsiya, dorixona, oshxona, kir yuvish, chiqindilarni
zararsizlantirish va yo’q qilish, xo’jalik, ma’muriyat.
3.
Bolalar xirurgiyasi bulimida xizmat vazifasiga ko'ra
hamshiralarning turlari
Operatsiya xonasini tayyorlash bo‘yicha tadbirlaring hammasi
operatsiya hamshirasining vazifasi hisoblanadi. Uning ixtiyorida: 1)
operatsiya, operatsiya old xonasi, avtoklav va materiallar xonasi; 2)
asboblar va ularni operatsiyaga tayyorlash; 3) operatsiya va bog‘lov
materiali hamda ularni sterillash; 5) choklar uchun materiallar va ulami
tayyorlash; 6) operatsiya xonasini kerakli dori-darmonlar bilan
ta’minlash xonasi bo‘ladi. Operatsiya hamshiralarining qolgan hammasi
material tayyorlashda va operatsiyada bevosita ishtirok etadi. Operatsiya
hamshirasi kichik tibbiyot xodimlari ustidan diqqat bilan kuzatuv olib
borishi va aseptikaning operatsiyada qatnashayotganlar (shifokorlar,
talabalar va boshqalar) tomonidan har qanday buzilishi to‘g‘- risida
xirurgga xabar qilishi shart. Operatsiya qilayotgan xirurglar aseptikaning
qanday bo‘lmasin buzilishini sezmay qolganlarida hamshira bu haqda
ulami zudlik bilan xabardor qilishi zarur. Operatsiya vaqtida xirurglami
zarur asboblar va materiallar bilan ta’minlash operatsiya hamshirasining
asosiy vazifasi hisoblanadi. Odatda operatsiyadan oldin asboblar to‘ri
bilan birga sterilizatordan olinadi va ular hamshiraning steril choyshab
yopib qo‘yilgan asboblar stoliga qo‘yiladi. Bunda choyshabning
namlanib qolmasligiga ahamiyat beriladi, chunki bu aseptikaning
buzilishiga sabab bo‘ladi. Asboblar turlari bo‘yicha, shuningdek,
operatsiya borishini hisobga olingan holda bosqichlar bo‘yicha stolga
terib chiqiladi. Hamshira stolidagi zaxira asboblardan bir qismini
yordamchi stolga olib qo‘yadi, bu stol bevosita operatsiya stolining
yonida bo‘lib, unga operatsiyaning hozirgi bosqichini ta’minlash uchun
zarur asboblar qo‘yiladi. Agar hamshira stolining sterilligi uchun
operatsiya hamshirasining o‘zi javob bersa, yordamchi stolning sterilligi
uchun operatsiya qiladigan xirurglar ham javob beradilar. Operatsiya
hamshirasi asboblaming bekam-u ko‘stligini tekshirib turishi kerak.
Asbob ikki usulda uzatiladi. Hamshira asbobni bevosita xirurg yoki
uning assistenti qo‘liga beradi yoki asbobni stolga qo‘yadi, bunda xirurg
asbobni o‘zi oladi. Hamshira xirurgga asbobni uning qo‘lini shikastlab
qo‘ymaslik uchun ohista uzatishi kerak. Ko‘pchilik hollarda operatsiya
vaqtida xirurgning butun diqqat-e’tibori operatsiya maydonida bo‘lib,
uzatilayotgan asbobga qaramaydi. Shuning uchun operatsiya hamshirasi
operatsiyaning boshidan oxirigacha borishini bilishi va biror narsani
tushunmasa, uni xirurgdan so‘rashi lozim bo‘ladi. Operatsiya brigadasi
batartib ishlaganda operatsiya birmuncha tez tugallanadi. Agar
operatsiya vaqtida asbob bironta nosteril narsaga tegib ketsa, hamshira
bu haqda xirurgga ma’lum qilishi, asbobni esa chetga olib qo‘yishi
kerak. Chok materialini uzatish katta tajriba va chaqqonlikni talab etadi.
Chok materiali qo‘l bilan emas, asbob bilan olinadi. Bunda pinset bilan
ipning uchidan ushlanadi, ip sterilizatsiya qilingan g‘altak yoki buyum
oynasidan asta tortib bo‘shatiladi. Kerakli uzunlikdagi ip
bo‘shatilgandan so‘ng qaychida qirqiladi. Ketgutdan foydalanish qulay
bo‘lishi uchun uni oldindan kesib, kerakli uzunlikdagi iplar tayyorlab
qo‘- yiladi. Kerakli ipni uzatish uchun hamshira operatsiyaning borishini
kuzatib turishi va qanday uzunlikdagi ip talab qilinishini yaxshi bilishi
kerak. Ipning pishiqligi, asosan, uning yo‘g‘onligigabog‘liq.
4.
Bolalar xirurgiyasida etika va deontologiya, ularning ahamiyati
Etika yunoncha «aethos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u urfodat, axloq
ma’nolarini bildiradi. Tibbiyot etikasi esa tibbiyot xodimlari
faoliyatidagi insonparvarlikda aks etadi. Tibbiyot yer yuzidagi eng
dastlabki va tarixiy kasblardan bo‘lib, insonni davolashdajuda keng va
boy tajriba to‘plagan hamda insoniyat faoliyatidagi boshqa kasblardan
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. O‘rta asrlarda yashagan buyuk hakim
Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) tibbiyot xodimlarining mahoratiga katta
e’tibor berib: xirurg burgut ko‘zlariga, qizlaming mohir qo‘liga, ilon
donoligiga va sherning yuragiga ega bo‘lishi kerak, deydi. Bundan
tashqari, Abu Ali ibn Sino tabiblaming axloqiy fazilatlari va bemor bilan
bo‘ladigan muomalasidagi xususiyatlari haqida to‘xtalib, hakimlarga
kasallikdan va uni davolashdan qo‘rqish hissini bemor ongidan
uzoqlashtirish uchun qo‘lidan kelgan barcha zarur chora-tadbirlami
ko‘rishni maslahat bergan va, hatto, musiqadan davolash vositasi sifatida
foydalanishni tavsiya etgan. Bu alloma yana «bemor borki, so‘z bilan
davolasa bo‘ladi», fikrini ham bildirgan. Tibbiyot etikasining asosiy
vazifalari —jamiyat va bemoming farovonligi yo‘lida halol mehnat
qilish, hamisha va har qanday sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatish, bemor
kishiga diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish,
o‘zining barcha xattiharakatlarida, muomalasida oliyjanoblik, insoniylik,
axloq qonunqoidalarini namoyon qilish, tibbiyot xodimining yuksak
vazifasi vaburchini anglab yetish, o‘z vataniga, hukumatiga mehr-
muhabbat va sadoqatli bo‘lish, shu ulug‘ kasbning oliyjanob an’analarini
davom ettirish, saqlash hamda boyitish, tibbiyot xodimini ko‘tarinki
ruhda tarbiyalashning mavjud barcha vositalarini umumlashtirish va
yangilarini ishlab chiqishdir. Tibbiyot xodimining tashqi qiyofasi ham
katta ahamiyat kasb etadi. Kiyimlami pala-partish kiyish, xalatning
iflosligi, tirnoqlarning kirligi va o‘sib ketganligi tibbiyot xodimlari
faoliyatida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Ajoyib shifokor va
yozuvchi A.P. Chexov: «Shifokorlik kasbi bujasoratdir, u hamma
narsadan voz kechishni, qalb musaffoligi va fikr sofligini talab etadi. U
aqlan dono, ma’naviy pok vajismonan tetik bo‘lishi lozim», deb yozgan
edi.
Deontologiya (yunoncha dentos — zarur, lozim bo‘lgan narsa, logos —
ta’limot) tibbiyot etikasining bir qismi bo‘lib, aynan bir vaziyatda
tibbiyot xodimining axloq-odobi, o‘zni tuta bilishi va muomalasini
amaliy faoliyatida qo‘llashdir. Tibbiy deontologiyaning asosiy
vazifalari: — tibbiyot xodimlari xulq-atvorining bemorlarni davolash
natijalarini yana ham yaxshilashga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganish;
— tibbiy faoliyatidagi noqulay omillarga chek qo‘yish; — tibbiyot
xodimlari bilan bemor o‘rtasida o‘rnatiladigan o‘zaro munosabatlar
majmuyini o‘rganish; — samarali bo‘lmagan tibbiy faoliyatning zararli
oqibatlarini tugatish.
Gippokrat tibbiyot xodimlari o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida yana
shunday degan edi: «Nima ish qilmoqchi bo‘lsang, uni xotirjam va puxta
bajar. Bemomi kerak paytida ko‘nglini ol, kayfiyatini yaxshi, quvnoq
gaplar bilan ko‘tar, ayrim paytlar — sharoit shuni taqozo qilsa,
bemoming talablarini qat’iy rad qil, boshqa vaqtlarda esa uni
tinchlantir».
Tibbiyot deontologiyasining muhim masalalaridan biri, bu —
shifokorlik siridir. Gippokrat qasamyodida: «Men davolash chog‘ida,
shuningdek, boshqa paytlarda ham bemorlaming hayotiga taalluqli
bo‘lgan oshkor qilish mumkin boTmagan narsalami ko‘rsam yoki
eshitsam, demak, bular sir saqlanadigan qarorlardan deb hisoblayman.
Qasamyodimni so‘zsiz bajarayotganim uchun men hayotda va
faoliyatimda baxtiyor bo‘lay, odamlar orasida abadiy hurmat qozonay,
qasamyoddan chekinuvchi va yolg‘on qasam ichuvchilar uchun buning
teskarisi bo‘lsin», deb yozilgan.
5.
Bolalar xirurgiyasi bulimiga quyiladigan sanitarepidemiologik
talablar
Xirurgik asboblar,
bog’Io v materiallari va oqliklarni
sterilizatsiyaga tayyorlash.
Xirurgik statsionar faoliyatining samaradorligi tibbiyot xodimlari isliini
to’g’ri tashkil qilish, ishchi xonalar joylashuvini qulay rejalashtirish va
moddiy - texnik jihozlanishini to’liq ta’minlanishiga bog’liq. Bo’limda
davolanadigan bemorlarning aksariyatiga xirurgik operatsiya qilinishi
lozim. Shul boisdan bemorni operatsiyaga tayyorlash tadbirlarini xasta
a’zolar joylashgani operatsiyaning shoshilinch yoki rejali ravishda
amalga oshirilishini e’tiborga olgan holda, to’g’ri bajarilishini
ta’minlash bo’limdagi vrach va tibbiy hamshiraning muhim vazifasi
hisoblanadi. Operatsiya asoratlari kelib chiqishiga sabab bo’lishi
manikin bo’lgan omillarni bilish va ularni bartaraf etish asoratlarni
oldini olishga xizmat qiladi.
Mashg’ulot maqsadlari: studentlarni xirurgiya bo'limi tuzilishi va ishlash
tartibi bilan tanishtirish, ularga aseptika va antiseptika asoslarini
tushuntirish, operatsiyadan oldingi davr xususiyatlari bilan tanishtirib.
bemorlarni operatsiyaga tayyorlashning umumiy masalalarini o’rgatish.
Operatsiyaga mavjud ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalarni aniqlash,
og’riqsizlantirish usullarini to’g’ri tanlash, bemorni operatsiyadan oldin
tekshirish, maxsus tayyorgarlik ko’rish tadbirlarini o’rgatish.
Studentlar bilishi kerak: I) Xirurgik bemorda ekzogen va endogen
infeksiya kelib chiqishi yo'llarini; 2) Aseptika va antiseptika
tushunchalarini; 3) Xirurgiya bo’limida ijro etilish shart bo’lgan
sanitariya me’yorlar va asosiy talablarni; 4) Xirurgik statsionar tuzilishi
va jihozlanishini; 5) Tish protezlarini yechib olish, oshqozonni yuvish;
6) Qovuqqa kateter qo'yish; 7) Bemorni operatsiyadan oldin
cho’miltirish, oqliklarini almashtirish; 8) Operatsiya maydoni tuklarini
qirish; 9) Premedikatsiya; 10) Operatsiya xonasiga bemorni olib borish.
operatsiyadan keyin xonasiga olib kelish; II) Bemorni operatsiyadan
oldin va operatsiyadan keyingi davrda parvarish qilish.
Xirurgiya bo’limidagi xonalarga sanitariya - epidemiologik ishlov berish
xususiyatlari.
Bo'limning sanitariya holatini qoniqarli darajada saqlash bemorlarning
davolanishi jarayonida yangi dardlarga duchor bo Imasliklarini
ta’minlovchi muhim omillardan biri Xirurgiya bo'limida sanitariya -
gigiyena tartibini ta’minlash bemor davolanishining muhim omillaridan
hisoblanadi. Shuning uchun ushbu tartib qoidalariga qat’iy rioya
etilishini ta’minlash bo’limda faoliyat olib boradigan barcha
xodimlarning xizmat burchidir. Bunda xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
(tozalik, tirnoqlar olingan, soch, soqol orasta, uzuk. zirak va boshqa
taqinchoqlar yechib qo’yilgan), ishga kirishishdan oldin shaxsiy
kiyimlarini yechib maxsus ish kiyimlarini kiyib olish (xalat yoki alohida
kostyum, bosh kiyimi, niqob, almashinadigan poyabzal).
6.
Turli kontsentratsiyadagi xloramin eritmasini tayyorlash va
qo'llash
Xloramin B (Chloraminum B). 2% li eritmasi xuddi shu maqsadlar
uchun qo‘llaniladi.
Xloraminning «ishchi» eritmalarini tayyorlash:
990 ml suv uchun 1% - 10 g quruq modda,
3% - 970 ml suv uchun 30 g quruq modda,
550 ml suv uchun 5% - 50 g quruq modda.
Xloraminning 0,5-1% eritmasidan, qoida tariqasida, qon bo'lmasa,
Xloraminning 3% eritmasi - qondagi mavjud bo'lishi mumkin (buyruqlar
№40 8,128), 5% Xloramin eritmasi - sil kasalligi (TBS) va
mikrosporiya, STKda operatsiya bloklari.
📌Xlorin ohakining 1% ishchi eritmasini tayyorlash (10l)
Maqsad:binolar, hojatxonalar, parvarish ob'ektlarini, idishlarni
dezinfektsiyalash uchun foydalaning (At-epidemiyaga qarshi rejimga
muvofiq).
Uskunalar:
Umumiy narsalar: Loafon, qopqoq, tog 'qo'lqoplar, almashtiriladigan
poyabzal, respirator, xavfsizlik ko'zoynaklari;
10% asosiy aniqlangan echimni tayyorlash
xlorli ohak (10L).
Maqsad:Uy, idishlar, hojatxonalarni, bemorni bo'shatish va boshqa
konfektsiya qilish uchun turli xil konsentratsiyalarning ishchi
echimlarini tayyorlash uchun foydalaning.
7.
Xlorli oxakning 0,5 % li va 1 % li tindirilgan eritmasini tayyorlash
texnikasi va uni qo'llash tartibi.
Xlorin ohakining ishchi eritmalarini tayyorlash:
0,5% - 500 ml xlor ohakini 9,5 litr suvga qadar 10% eritmasi;
1% - 1 litr xlorli ohakni 9 litr suv uchun xlor ohakining 10% eritmasi;
2% - 8 litr xlorli ohak eritmasi 8 litr suvli eritma;
1% xlor echimini tayyorlash
Maqsad: 1% xlor echimini tayyorlang.
Ko'rsatmalar: Dezinfektsiya qilish uchun: - Qo'llarni
8.
Bolalar xirurgiyasi bulimida palatalarni tozalash tartibi
Operatsiya xonasini tozalash. Tozalash quyidagicha bo‘ladi: 1) kundalik
tozalash — operatsiyajarayonida poldagi narsalar terib olinib, qondan
ifloslangan pol artiladi, operatsiya tugagandan keyin qondan ifloslangan
tog‘ora, iflos tekkan oqliklar yig‘ishtirib olinadi; 2) yakuniy tozalash —
operatsiya kuni oxirida pol va mebellar tozalab yuviladi, devorlar odam
bo‘yi yetadigan joygacha artib chiqiladi; 3) batamom yig‘ishtirib
tozalash — ship, devorlar, pol, derazalar haftasiga bir marta mexanik va
kimyoviy preparatlar bilan tozalanadi; 4) oldindan yig‘ishtirib tozalash
— har bir operatsiya kuni oldidan gorizontal sathlar ho‘l latta bilan artib,
changdan tozalanadi. Operatsiya xonasi turli dezinfeksiyalovchi
moddalar (masalan, 50 g soda, 50 g ko‘k sovun va bir chelak issiq suvga
150 g lizol solingan aralashma) dan tashkil topgan eritmalar bilan faqat
nam usulda tozalanadi. Ikkinchi chelakda toza issiq suv va sovun
boTishi kerak. 1:1000 nisbatda suyultirilgan diotsidindan foydalanish
mumkin. Devorlar, ship, polga kimyoviy moddalar bilan ishlov
berilgandan so‘ng ular iliq suv bilan shlangda yuviladi. Yig‘ishtirib
tozalab boTingandan keyin mebel, devorlar va pol toza latta bilan
artiladi. Tozalashdan so‘ng 6—8 soatga bakteritsid lampalar yoqib
qo‘yiladi.
9.
Bolalar xirurgiyasi bulimida vannaxona, tuvaklarni va sanitar
tugunlarni tozalash
10.
Bemor kurigidan sung xirurg va hamshira qo'lini, kushetkalarni,
termometrlarni, fonendoskoplarni,
asboblarni,
qulqoplarni zararsizlantirish
Qaynatib sterillash. Bu usul bilan, odatda, metalldan yasalgan asboblar,
shisha va rezina buyumlar sterilizatsiya qilinadi. Asboblar chottka va
sovun bilan tozalab yuvilgandan so‘ng 2% li soda eritmasida suv qaynab
chiqqan vaqtdan boshlab 45 daqiqa mobaynida qaynatish yotti bilan
sterilizatsiya qilinadi. Yiringli infeksiya va, ayniqsa, anaerob
mikroorganizmlardan ifloslangan asboblarni qismlarga ajratib qaynatish
lozim. Sterilizatsiya zich berkitiladigan, qopqogtt va elektr isitgichi
bottgan metall qutidan iborat maxsus sterilizatorlarda bajariladi.
Asboblar maxsus tottga joylanadi va sterilizatorga solinadi. Sterillashdan
so‘ng tott maxsus ilmoqlar yordamida olinadi va steril stolga qo‘yilib,
shu yerda ular tartibga solinadi.
Shina ashyolar (kateterlar, drenajlar, qo'lqoplar) sovuq sterilizatorda
yoki avtoklavlash yo'li bilan sterillanadi (17., a, b).
11.
Bolalar xirurgiyasi bulimida yig'ishtirish turlari va ularni
qo'llanishi
Operatsiya xonasini tozalash. Tozalash quyidagicha bo‘ladi: 1) kundalik
tozalash — operatsiyajarayonida poldagi narsalar terib olinib, qondan
ifloslangan pol artiladi, operatsiya tugagandan keyin qondan ifloslangan
tog‘ora, iflos tekkan oqliklar yig‘ishtirib olinadi; 2) yakuniy tozalash —
operatsiya kuni oxirida pol va mebellar tozalab yuviladi, devorlar odam
bo‘yi yetadigan joygacha artib chiqiladi; 3) batamom yig‘ishtirib
tozalash — ship, devorlar, pol, derazalar haftasiga bir marta mexanik va
kimyoviy preparatlar bilan tozalanadi; 4) oldindan yig‘ishtirib tozalash
— har bir operatsiya kuni oldidan gorizontal sathlar ho‘l latta bilan artib,
changdan tozalanadi. Operatsiya xonasi turli dezinfeksiyalovchi
moddalar (masalan, 50 g soda, 50 g ko‘k sovun va bir chelak issiq suvga
150 g lizol solingan aralashma) dan tashkil topgan eritmalar bilan faqat
nam usulda tozalanadi. Ikkinchi chelakda toza issiq suv va sovun
boTishi kerak. 1:1000 nisbatda suyultirilgan diotsidindan foydalanish
mumkin. Devorlar, ship, polga kimyoviy moddalar bilan ishlov
berilgandan so‘ng ular iliq suv bilan shlangda yuviladi. Yig‘ishtirib
tozalab boTingandan keyin mebel, devorlar va pol toza latta bilan
artiladi. Tozalashdan so‘ng 6—8 soatga bakteritsid lampalar yoqib
qo‘yiladi.
12.
Bolalar xirurgiyasi bulimida bog'lov xonasiga quyilgan sanitar
talablar
13.
Operatsion xonaga quyilgan sanitar talablar
14.
Operatsion xonaning steril zonalari va ularning xarakteristikasi
15.
Bolalar xirurgiyasi bulimida shifoxona ichi infektsiyasi, xavfli
yuqumli kasalliklar aniqlanganda kuriladigan chora-tadbirlar.
Shifохоnа ichi infеktsiyasi – bu bеmоrning shifохоnаdа bulgаn pаytidа,
аmbulаtоriya shаrоitidа tibbiy yordаm оlgаn vаqtidа yoki tibbiy
хоdimning ish fаоliyatidа kеlib chiqqаn vа klinik аniqlаngаn bаrchа
(mikrоbli, virusli yoki pаrаzitаr) yuqumli kаsаlliklаrdir.
Аsоsiy infеktsiya mаnbаi bulib bеmоrlаr vа tibbiy хоdimlаr, qushimchа
infеktsiya mаnbаi bulib esа bеmоrgа qаrоvchi kishilаr vа хаbаr оluvchi
shахslаr хizmаt qilаdi.
Аniq stаtistik mа’lumоtlаrning kursаtishichа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr
shifохоnаlаridа dаvоlаnаyotgаn bеmоrlаrning 5-7 fоizidа shifохоnа ichi
infеktsiyasi rivоjlаnib, dаvоlаnish muddаtini uzаyishigа, ulim vа
dаvоlаsh sаrf хаrаjаtlаrini оshishigа оlib kеlgаn.
Hоzirgi vаqtdа dаvоlаsh-prоfilаktikа muаssаsаlаridа shifохоnа ichi
infеktsiyasini оldini оlishni 3 tа аsоsiy yunаlishi mаvjud.
- «tоzа qo’llаr» siyosаti vа shахsiy himоya vоsitаlаrini qullаsh;
- bulimlаrdаgi bаrchа tibbiy аppаrаturаlаrni ishlаtilishini nаzоrаt qilish;
-аntibiоtiklаr, аntisеptiklаr vа dеzinfеktаntlаrni kullаnilishini nаzоrаt
qilish.
Bаrchа dаvоlаsh prоfilаktikа muаssаsаlаridа shifохоnа ichi
infеktsiyalаri hisоbgа оlinib ruyхаtgа оlinаdi vа hаr bir hоlаt uchun
hududiy DSENMgа 12 sоаt ichidа tеzkоr хаbаrnоmа (f-058 х)
junаtilаdi.
Bаrchа аniqlаngаn shifохоnа ichi infеktsiyalаri yuqumli kаsаlliklаrni
ruyхаtgа оlish jurnаligа (f-060х) qаyd qilinаdi.
tibbiy хоdimlаr mахsus kiyimlаr (хаlаt, kаlpоkchа yoki rumоlchа,
nikоb, tаpоchkа) bilаn tаъminlаnib, ulаr kir bulgаn pаytdа tеzkоr
аlmаshtirish uchun zахirаsi bulishi kеrаk. tibbiy хоdimlаr mахsus
kiyimlаrdа dpm хududidаn tаshkаrigа chikishi mumkin emаs. bаrchа
bulimlаrdа tibbiy хоdimlаrni kul yuvishi uchun shаrоit yarаtilgаn
bulishi shаrt, chunki kul gigiеnаsigа riоya kilmаslik shifохоnа ichi
infеktsiyasini pаydо bulishigа vа epidеmiya tusini оlishi uchun bоsh
оmil bulishi tаsdiklаngаn. vrаchlаr, tibbiy хаmshirаlаr bеmоrni
kurishdаn оldin vа kеyin, muоlаjаlаr utkаzishdаn оldin vа kеyin kul
yuvishlаri shаrt.
dаvоlаsh – prоfilаktikа muаssаsаlаridа shахsiy хimоya vоsitаlаridаn
fоydаlаnishgа kаttа eъtibоr bеrilishi kеrаk. shахsiy хimоya vоsitаlаridаn
biri rеzinа kulkоplаr bulib, ulаrning 3 хili mаvjud.
- jаrrохlik kulkоplаri;
- kurik kulkоplаri;
- хujаlik ishlаri kulkоplаri.
1. Dаvоlаsh prоfilаktikа muаssаsаlаridа sаnitаriya gigiеnik epidеmiyagа
qаrshi, dеzinfеktsiya, stеrilizаtsiya qоidаlаrigа riоya qilishni,
kuchаytirish, ishdаn chеtlаshtirishgаchа chоrа ko'rish;
2.Tibbiy chiqindilаrni vа shpritslаrni yo'q qilish tizimini yarаtish vа
dоimiy rаvishdа nаzоrаtgа оlish;
3. Tibbiy хоdimlаrni dоimiy rаvishdа ОIV/ОITS mаsаlаlаri bo'yichа
o'qitilishini yo'lgа qo'yish;
4. Qоn quyish stаntsiyalаri vа bo'limlаridа qоn хаvfsizligini tаъminlаsh
mаqsаdidа dоnоrlаrni tаnlаsh qоidаlаrigа qаtъiy riоya qilish, chuqur
tibbiy ko'rikdаn o'tkаzish vа ulаrni qоnini lаbоrаtоriya tеkshiruvidаn
o'tkаzish jаrаyoni sifаtini оshirish;
5.Dаvоlаsh-prоfilаktikа muаssаsаlаri, tug'uruq kоmplеkslаri, bоlаlаr vа
kаttаlаr rеаnimаtsiya, хirurgiya, chаqаlоqlаr pаtоlоgiyasi bo'limlаridа,
shоshilinch tibbiy yordаm ko'rsаtish muаssаsаlаridа qоn vа uning
tаrkibiy qismlаrini аsоsli quyilishi bo'yichа оpеrаtiv mаъlumоt
to'plаshni jоriy etish, ushbu mаъlumоtlаr tахlili bo'yichа tеgishli chоrа-
tаdbirlаr ishlаb chiqish.
6. Хаvfsiz qоn vа qоn mахsulоtlаrini yig'ish, qаytа ishlаsh, sаqlаsh,
dpmlаrgа еtkаzib bеrish vа zахirаlаr yarаtish bo'yichа qоn хizmаti
хоdimlаrini jаvоbgаrligini оshirish chоrа-tаdbirlаrni ishlаb chiqish;
7. Qоn vа uning tаrkibiy qismlаrini bоlаlаrgа mo'ljаllаngаn kichik
хаjmdа tаyyorlаsh muаmmоsini hаl etish;
8.Оiv-infеktsiyasi bo'yichа epidеmiоlоgik аhаmiyatgа egа bo'lgаn dpm,
аyniqsа bоlаlаr shifохоnаlаri vа rеаnimаtsiya bo'limlаridа prоfilаktik vа
epidеmiyagа qаrshi, dеzinfеktsiya, stеrilizаtsiya tаrtibigа riоya qilinishi
ustidаn nаzоrаtni kuchаytirish;
16.
Dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya so’zlari nimani
anglatadi va ularni ahamiyati.
Barcha narsalar bemorlarda ishlatilgandan keyin dezinfeksiya qilinadi.
Dezinfektsiyadan so'ng ularning barchasi suv bilan yuviladi, quritiladi
va maqsadga muvofiq ishlatiladi yoki (agar ko'rsatilgan bo'lsa)
sterilizatsiya oldidan tozalanadi va sterilizatsiya qilinadi. Mahsulotlarni
zararsizlantirish fizik (qaynoq, bosim ostida suv bilan to'yingan bug ',
quruq issiq havo) va kimyoviy (kimyoviy eritmalardan foydalanish)
usullari bilan amalga oshiriladi. Dezinfektsiya usulini tanlash
mahsulotning xususiyatlariga va uning maqsadiga bog'liq.
Dеzinfеktsiya (lotincha dе -tugatish, yo’qqilish, inficioinfеktsiyalash,
yuqtirish; sinonimi – xavfdan xalos qilish) – patogеn va shartli patogеn
bo’lgan mikroorganizmlarning vеgеtativ shakllarini yo’qqilish bo’yicha
qator tadbirlardir. Dеzinfеktsiyaning ikkita asosiy yo’nalishi mavjud:
Profilbеksiysuyaginmmifoxona ichi infеktsiyasi tarqalishining oldini
olish; O’choqli dеzinfеktsiyasi – infеktsiyaaniqlangan o’choq
dеzinfеksiyasi.
Dеzinfеksiya to’rt xil usulda amalga oshirilishi mumkin: mеxanik, fizik,
kimyoviy va kombinatsiyalangan.
📌Mexanik - Binoni namlab, artib tozalash; Binolarni changdan
tozalash (changyutkichda tozalash,bo’yoqlash, oxaklash);
Choychablarni va kiyimlarni changlardan xalos etish; Qo’llarni yuvish.
📌Fizik – Dazmollash; Quyosh nurlaridan foydalanish; Ultrafiolet
nurlatish; Qaynatish yo’li bilan ishlov
berish:distillangan suvda 30 daqiqa va natriy gidrokarbonat qo’shilganda
15 daqiqa davomida qaynatish; Pasterizatsiya;
📌Quruq issiq ta’sirli shkafda ishlov berish; Bug’ yordamida ishlov
berish; Axlatlarni yoqish.
Kimyoviy - Matolar va tibbiy asbob uskunalarga maxsus
dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida ishlov berish:yuvish,
📌Kombinatsiyalangan - bug va havo yordamida, bug va formalin
yordamida boladi.
Dezinseksiya (dez... va lot. insectum — hasharot) — yuqumli kasallik
qoʻzgʻa-tuvchilarni tarqatadigan zararkunanda boʻgʻimoyoqlilarnn
yoʻqotish uchun qoʻllaniladigan choratadbirlar maj-mui. D. odam va
hayvonlarda turli in-feksion kasalliklarni tashib yuradigan
boʻgʻimoyoklilar (kana, pashsha, bit, chivin, iskabtopar), shuningdek,
turarjoylardagi suvarak, qandala, burgalarni qirish uchun oʻtkaziladi. D.
ter-minini birinchi boʻlib rus mikrobiologi N. F. Gamaleya kiritgan
(1910). Profilaktik va qiruvchi D. boʻladi. Profilaktik D.ga shaxsiy
gigiyena qoidalariga amal qilish, chiqindilarni vaqtida chiqarib tashlash,
tu-rarjoy va xoʻjalik binolarini ozoda saklash, hovuz va ariklarni
tozalash, hasharotlar paydo boʻlishi va koʻpayi-shining oldini olish
kiradi. Qiruvchi D. fizik, kimyoviy va biologik usullar bilan amalga
oshiriladi. Koʻproq kimyoviy vositalar (jumladan insektitsidlar)
qoʻllaniladi. Ular taʼsir etish mexanizmiga koʻra teri orqali taʼsir
etadigan (xlorofos, trixlofos va b.), ichak orqali taʼsir etadigan (bor
kislota, bura, butadion va b.) va fumigant — hasharot organizmiga na-
fas yoʻllari orqali taʼsir etadigan vositalarga boʻlinadi. Biologik D. usuli
zarakunandalarni "bir-biriga yedirish"ga (mas, patogen
mikroorganizmlar, gelmintlar, viruslar va h.k.), fizik D. esa yuqori yoki
past bosim bilan taʼsir etishga asoslanadi. Bu usullar yordamida
hasharotlarning koʻpayishiga ancha chek qoʻyiladi. Veterinariya da D.
chorva mollari sogʻligʻiga zarar yetkazadigan va ular mahsuldorligining
pasayishiga olib keladigan hasharotlar va kanalarni yoʻqotishga
qaratilgan tadbirlardir. Hayvonlar, chorvachilik va parrandachilik
binolari, fermalar hududlari, omborxonalar, hayvonot xom ashyosini
qayta ishlash korxonalari, kushxonalar, goʻsht kombinatlari,
veterinariyasanitariya nazorati oʻrnatiladigan boshqa obʼyektlarda
oʻtkaziladi.
Odatda, kimyoviy D.da brommetil, dixloretan, xlorpikrin, metallixlorid
va b. bilan fumigatsiyalash, bino ichini tarkibida geksaxloran yoki uning
gamma-izomerlari boʻlgan aerozollar bilan ishlash, sirtdan taʼsir
qiluvchi insektitsidlar purkash, urugʻlik zaxirasini insektitsid va akaritsid
dustlari bilan changlash; novda, kalamchalarni insektitsid va
akaritsidlardan tayyorlangan suyuklikka botirib olish va b. qoʻllaniladi.
Ayrim hollarda don va oziq-ovqat mahsulotlarining idish va qoplari
insektitsidlar bilan ishlanadi, past haroratda sovitiladi yoki yuqori
qaroratda qizdiriladi. D.ning oddiy usuli — zararkunanda tushgan
urugʻlik boshqa joyga koʻchiriladi yoki maxsus mashinalarda tozalanadi
(qarang Ombor zararkunandalari).
Deratizatsiya (fransuzcha: deratisation — kemiruvchilarni qirish) —
yuqumli kasalliklarni tarqatadigan hamda xalq xoʻjaligiga iqtisodiy zarar
kelti-radigan kemiruvchilarni qirish. Profilaktik va qirib yoʻqotish
tadbirlarini oʻz ichiga oladi. Profilaktik tadbirlar zararkunanda
kemiruvchilarning uya qurishi, ovqatlanishi hamda koʻpayishiga imkon
beradigan sharoitlarni yoʻqotishga, turar joy, xoʻjalik binolarini, goʻsht
korxonalari, goʻsht asraladigan muzxonalar, aralash yem korxonalari,
elevator, tegirmon, omborxonalarni ular kirishidan himoya qilishga
qaratilgan boʻladi. Buning uchun don, un, sabzavot, goʻsht va boshqa
mahsulotlarni kemiruvchilar tegmaydigan idishlarda saqlash; uy va
hovlilarga, oziq-ovqat, yemxashak saqlanadigan binolarga kemiruvchilar
kirmasligi uchun ularni doim ozoda tutish, qolgan ovqatlar solinadigan
chelaklar va axlat yashiklarini oʻz vaqtida boʻshatib turish, teshik-
tirqishlarni berkitib tashlash, havo kiradigan tuynuklarga metall toʻr
tutish, podval derazalariga oyna solish va sim toʻr tutish kerak.
Kemiruvchilarni qirishni (biologik, mexanik va kimyoviy) profilaktik
tadbirlar bilan birga qoʻshib olib borish zarur. Biologik usul bilan
qirishda mushuk, it, baʼzan tipratikandan foydalaniladi. Yirtqich qushlar
(yapaloqqush, burgut va boshqalar), tulki, sassiqkoʻzan, tipratikan,
mushuk kabi hayvonlar kemiruvchilarni yoʻqotadigan tabiiy biologik
kushandalardir.
Mexanik vositalarga qopqon, tuzoqlar kiradi. Kemiruvchilarga karshi
kurashishning kimyoviy usulida turli xil zaharli moddalar qoʻllaniladi.
Bunda tarkibida rodensidlar boʻlgan zaharli xoʻraklardan foydalaniladi
yoki ular kemiruvchilar chikadigan teshikka sepiladi. Zaharli moddalar
bilan ishlaganda ehtiyot choralariga qatʼiy rioya qilish kerak.
Kemiruvchilar paydo boʻlganda sanepidstansiyaga xabar qilish lozim, u
butun binoda deratizatsiya oʻtkazadi.
17.
Sterilizatsiya suzining ma`nosi va uning turlari
Mikroblar va ularning sporalarini yo‘qotish sterilizatsiya deyiladi.
Sterilizatsiyaning turli usullari mavjud bo‘lib, bularga kuydirish,
cho‘g‘lantirish, avtoklavlash, qaynatish, kimyoviy moddalar, nur,
ultratovush orqali ishlov berish kiradi. Kuydirib sterilizatsiya qilish.
Kuydirishda sterilizatsiya yaxshi bo‘lmaydi va asboblarni ishdan
chiqaradi, shuning uchun kamdan kam hollarda, masalan, tayyor steril
asbob bo‘lmagan shoshilinch operatsiyalarda ishlatiladi. Shu maqsadda
sterilizator qopqog‘iga yoki tog‘orachaga asboblami qo‘yib, ozroq
miqdorda 96°C li spirt quyiladi va yoqiladi. Spirt yonib bo‘lgandan
so‘ng asboblami ishlatish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, olovda ham
ayrim hollarda metall asboblarni kuydirib sterilizatsiya qilish imkoniyati
bo‘ladi. Quruq issiqlik bilan sterilizatsiya qilish metalldan yasalgan
asboblami sterilizatsiya qilishda birmuncha keng tarqalgan. Shu
maqsadda quruq issiqlik beradigan maxsus shkafdan foydalaniladi.
Shkaf bekitiladi va elektr tarmog‘iga ulanadi, 10—15 daqiqa o‘tgach,
shkafdagi harorat 120—140°C gacha ko‘tariladi. Haroratning doimiyligi
kontakt termometr bilan boshqarib turiladi. Sterilizatsiya muddati 30
daqiqa. Bu usuldagi sterilizatsiya ishonchli bo‘ladi va asboblar ishdan
chiqmaydi.
18.
Antiseptika va uning turlari
Antiseptika deganda, jarohatdagi mikroblami yo‘qotish yoki sonini
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasi tushuniladi. Antiseptikaning
fizik, mexanik, kimyoviy, biologik va aralash turlari farqlanadi. Fizik
antiseptika vositalariga drenaj, steril tampon, sharchalar, qizdiruvchi,
ultrabinafsha lampalar va infraqizil lazer apparatlari kiradi. Bunday
fizikaviy vositalar yordamida jarohatdagi zahar (toksin) va yiringlar o‘z
vaqtida so‘rish va oqim yo‘nalishi hosil qilish usullari yordamida
chiqarib tashlanadi. Mexanik antiseptikaga jarohat va uning atrofmi
mexanik usul bilan tozalash, yotjismlami olib tashlash, nekrozga
uchragan va o‘lishi muqarrar to‘qimalami kesib olib tashlash, jarohatga
birlamchi ishlov berish va tikish kiradi. Kimyoviy antiseptikada
mikroblami yo‘qotish (bakteriotsid) yokijarohatda uning rivojlanishini
to‘xtatish (bakteriostatik) xususiyatiga ega bo‘lgan turli kimyoviy yo‘l
bilan olinadigan antiseptik moddalami ishlatish ko‘zda tutilgan. Bunga
malhamlar (Vishnevskiy, iruksol, sintomitsin), kukunlar (kseroform,
yodoform), emulsiyalar, yod, spirt, kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan va
tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan barcha dorilar kiradi. Biologik
antiseptikaga turli biologik dori moddalari kiradi. Bulardan maxsus
vaksinalar, immunglobulinlar, qon, plazma va anatoksinlar bemor
organizmiga kiritilganda uning umumiy (spetsifik va nospetsifik)
immuniteti hamda mikroorganizmlarga bo‘lgan kurashuvchanlik
qobiliyati ortadi va natijada mikroblar organizmdan yo‘qoladi.
Antibiotiklar, bakteriofag va anatoksinlar mikroblar to‘qimasiga yoki
uning zaharlarining ma’lum bir turiga makroorganizm tomonidan
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilib uni yo‘q qiladi yoki neytrallaydi. Proteolitik
fermentlar esa jarohatdagi yaroqsiz to‘qimalarni lizisga uchratib, uning
tezroq tozalanishini ta’minlaydi va mikrob to‘qimalarining oziqlanishini
buzadi. Aralash antiseptika. Yuqorida keltirilgan antiseptika turlarini
tibbiyot amaliyotida alohida qo‘llashning foydasi va imkoniyati kamligi
tufayli ular doimo birgalikda kompleks holatida ishlatiladi. Shuning
uchun aralash antiseptika amaliyotda juda ko‘p ishlatiladi. Masalan,
jarohatni zamonaviy usullarda tez davolash uchunjarohatga birlamchi
xirurgik ishlov beriladi. Bundajarohat qirg‘oqlari kesiladi (mexanik
antiseptika), atroflariga yod bilan ishlov beriladi vajarohat vodorod
peroksid eritmasi bilan yuviladi (kimyoviy antiseptika), qoqsholga
qarshi zardob va antibiotiklardan birontasi organizmga yuboriladi
(biologik antiseptika), jarohatga gipertonik eritma shimdirilgan salfetka
ishlatiladi yoki UVCH (fizik antiseptika) qo‘llaniladi.
19.
Aseptika va uning turlari
Aseptika— jarohat va u bilan kontaktda bo‘ladigan bog‘lam, instrument,
ob’ektlarda va ma’lum bo‘shliqqa tushishi mumkin bo‘lgan mikroblarga,
shuningdek kasallik tarqatuvchi turli mikroorganizmlarga qarshi
qo‘llaniladigan amaliy ishlar kompleksidir. Shu maqsadda mikroblarni
yo‘qotish uchun fizik usullardan (qaynatish, kuydirish, avtoklavda
sterillash, ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish, sterillangan havodan)
foydalaniladi.
Venger akusher-ginekologi I. Zimmel'veys (Vena) 1847 yilda
akusherning iflos qo'li ko'zi yoriyotgaí homilador ayolni og'ir
oqibatlarga olib kelishini tushunib yetdi va antiseptika usullariga
yondashib ish tuta boshladi. U qo'lni, asboblarni, tug'ruq yo'llarini,
shuningdek tug'ruqda kerak bo'ladigan hamma narsalarni xlorli ohak
eritmasi bilan dezinfektsiya qiladigan bo'ldi. D. Lister operatsiyadan
keyingi infektsiyaning sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan
mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan balg'am orqali o'tadi
degan xulosaga keldi. Lister antiseptik va dezinfektsiyalovchi modda
sifatida qora-moyning asosi bo'lgan karbol kislotani (1l suvga 50 g)
qo'lladi. Bu eritmaga xirurgik asboblar, ba`zan bog'lamlar ham solib
quyilar, shuningdek jarroxlar qo'llarini ana shu suyuqlik bilan yuvar
edilar. Operatsiya paytida karbol kislota 2,5- 5 % eritmasini maxsus
purkagich (pul'verizator) bilan jaroxat ustiga, xona havosiga purkalar
edi. Operatsiyadan keyin jaroxat shu eritma bilan yana yuvilar va unga 5
% karbol kislota hamda qarag'ay yelimi shimdirilgan bog'lam quyilar
edi. Shunday qilib, D. Lister 2,5-5 % karbol kislota eritmasi yordamida
sterillab, antiseptik usulni kashf kildi. U 2,5-5 % li karbol kislota
eritmasi bilan jaroxat atrofini, jaroxatni yopishda ishlatiladigan
bog'lamni, maxsus xirurgik asboblarni va jarrox qo'llarini yuvishda
ishlatib, mikroblardan holi qilish yo'li bilan suyagi singan 10 nafar
bemorda qo'llab yaxshi natijaga erishgan. Ilmiy izlanishlarga asoslangan
antiseptik usul D. Lister tomonidan 1867 yilda batafsil tasvirlandi.
20.
Avtoklav va uning ishlash printsipi
Avtoklavlash. Bosim ostida bug‘ bilan sterilizatsiya qilish avtoklavlash
deyiladi. Operatsiya uchun choyshablar, bog‘lov materiali, rezina
qo‘lqoplar, asboblar, qon quyish uchun sistema va boshqalami
avtoklavlash mumkin. Avtoklavlar tuzilishi va turi jihatidan har xil
bo‘ladi, biroq hammasining ham ishlash jihati deyarii bir xil. Avtoklav,
odatda, qo‘sh devorii metall qozondan iborat bo‘lib, devoriari orasiga
suv quyiladi. Sterilizatsiya qilinadigan materiallar maxsus bikslarga
solinib avtoklavga qo‘yiladi. Avtoklav qopqogh yopiladi va
germetizatsiyani saqlash uchun boltlari burab qo‘yiladi (13.).
Avtoklavning manometri, ehtiyot klapani, suv va bug‘ni chiqarish uchun
jo‘mragi bo‘ladi. Elektr isitgich, gaz va boshqalar avtoklavda suv
qizdiradigan manba bo‘lishi mumkin. Avtoklavda suv qizdirilganda
qaynab bug‘ hosil bo‘ladi. Bunda kameradagi bosim va shunga muvofiq
holda harorat oshadi. Bosim bilan bug‘ harorati o‘rtasida uzviy fizikaviy
bog‘lanish mavjud: 1 atm. da 120°Cga, 1,5 atm. da 127°C ga, 2 atm. da
134°C ga teng. Shunday qilib, bosim qanchalik yuqori bo‘lsa, harorat
ham shunchalikyuqoribo‘ladi. 1 atm. bosimda sterilizatsiya 1 soat, 1,5
atm. da 45 daqiqa, 2 atm. da esa 30 daqiqa davom ettirilishi kerak.
Avtoklav ishlamay turganida suvi to‘kib qo‘yiladi. Avtoklavlash uchun:
a) bug‘ chiqadigan kranni ochish; b) qizdirish manbayini ulash; d)
avtoklav kamerasidagi hamma havo o‘miga bug‘ kiritish uchun 15—20
daqiqagacha bug‘ chiqarishni davom ettirish; e) kranni bekitib, bosimni
talab etiladigan darajagacha (1,5—2 atm.) yetkazish zarur. Zamonaviy
avtoklavlarda bu bosim avtomatik tarzda saqlab turiladi. Rezina
qo‘lqoplami sterilizatsiyalashda ularning ustiga va ichiga talk
sepiladi,juft-juft qilib qo‘yiladi, yopishib qolmasligi uchun doka
salfetkaga o‘raladi va alohida barabanga joylanadi. Ular 1,5 atm.
bosimda 30 daqiqa sterilizatsiya qilinadi. Kateterlar, drenajlar,
shuningdek, qon quyish sistemalarini yig‘ma holatda sterilizatsiya qilish
uchun ular sochiqqa o‘rab biksga joylanadi va 1 atm.da 1 soat davomida
sterilizatsiya qilinadi. Sterilizatsiyalangan materiallar bikslarda ko‘pi
bilan 3 sutkagacha saqlanishi mumkin. Sterilizatsiya muddati
tugaganidan so‘ng: a) uning isitgichini ulash; b) bug‘
chiqadiganjo‘mragini asta-sekin oxirigacha ochib, bosimning nulga
qadar tushishini kutib turish; d) avtoklav qopqog‘ini ochish; e) bikslarni
olish va darhol ulardagi bug‘ chiqadigan teshiklarni bekitish; 1) avtoklav
qopqog‘ini yopish zarur. Sterilizatsiya ustidan nazorat o‘matish shart.
Buning uchun muayyan haroratda suyuqlanadigan moddalar: oltingugurt
kukuni (117°C), antipirin, amidopirin (110°C), rezorsin (119°C),
benzoat kislota (121°C)dan foydalaniladi. Bu moddalardan biri
probirkaga solinadi. Sterilizatsiya tugagandan so‘ng modda suyuqlansa,
sterilizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilgan hisoblanadi. Kukun batamom
suyuqlanmasa, sterilizatsiyani takrorlash kerak. Bundan tashqari, kam
deganda 10 kunda bir marta bakteriologik tekshiruv o‘tkaziladi. Buning
uchun materialning kichik bo‘lakchalari probirkaga solinadi, doka tiqin
bilan bekitiladi va probirka baraban ichiga qo‘yiladi. Sterilizatsiya
tugaganidan so‘ng bu probirkalar bakteriologiya
laboratoriyasigajo‘natiladi. Laboratoriyadan olingan xulosa maxsus
papkada saqlanishi kerak.
21.
Sterillikni nazorat qilish usullari
Modda va buyumlar maxsus o‘ralgan bo‘lib, sterillash indikatori
ta’sirlangan bo‘lsagina sterillangan hisoblanadi. Havo va bug‘
sterilizatorlari maksimal termometrlar va ximiyaviy testindikatorlar
yordamida nazorat qilinadi. Sterilizatorlarning sifatli ishlash
ko‘rsatkichlari ximiyaviy test-indikatorlar (rangi, agregat holati) bilan
tekshiriladi. Havo sterilizatorlari ishining ko‘rsatkichi bo‘lib rangli
termoindikator, TIQ-6 va gidroxinon hisoblanadi. Qog‘ozga tushirilgan
och-salat rangli TIK-6 markali termoindikator 175°S -- 180°S
temperaturada to‘q qo‘ng‘ir rangga kiradi. Gidroxinon 0,3 g miqdorida
shisha flakonlarga solinadi. 170°— 175°S da sarg‘ish qo‘ng‘ir rangdagi
kukun erib, qora rangli massaga aylanadi. Bug‘ sterilizatorlarini esa har
kuni mochevina va fuksinli benzoat kislota test indikatori yordamida
nazorat qilib turiladi. Oq kukunli mochevina 132°S da 2 atm bosimda
erib, shu rangli eritma hosil qiladi (bikslarga 0,3 g mochevina
flakonlarda quyiladi). 120°S va 1 —1,1 atm bosimida sterilizatsiya
nazoratini fuksin, benzoat kislota bajarishi mumkin. Ularni shisha
naychaga to‘ldirib, sterilizatsiyadan oldin bikslarga qo‘yiladi. Harorat
etarli bo‘lganda fuksin erib, benzoat kislota bilan qizil rang, achchmq
turi esa, ishqoriy fuksin bilan ko‘k amorf massani hosil qil adi.
_______________________________________________________
Avvallari test indikator sifatida qo‘llanilgan kukunsimon oltingugurt,
antipirin, piramidon (110°S — 120°S da eriydi) hozirgi kunda kam
ishlatiladi. Shuningdek, Mikulich sinovi bo‘lib, bunda qog‘ozga «steril»
so‘zi yozilib, unga kraxmalning 3 % li eritmasi surtiladi va ustidan
Lyugol eritmasi (yod — 1,0, kaliy yod — 2,0, distillangan suv 97,0)
yuritilganda yod kraxmal bilan birikib qog‘oz ko‘karadi va yozuvlar
ko‘rinmaydi. Uni sterilizatsiya qilinadigan materiallar bilan bikslarga
solinadi. Yuqori harorat ta’sirida yod bug‘lanib ketib, qog‘oz usti
rangsizlanadi va undagi harflar yana ko‘rinadigan («steril» so‘zi) bo‘lib
qoladi. Keyingi ko‘rsatilgan ikki usul hozir qo‘llanilmaydi va tarixiy
ahamiyatga ega. Etilen oksid bilan sterilizatsiya qilinganda testindikator
sifatida etilen bilan glitserin eritmasi (1-sukeqlik) va bromid litiy,
bromkreazol purpuri bilan etanol (II suyuqlik) eritmasi qo‘llaniladi.
Sterilizatsiya sifatini har kuni tekshirishdan tashqarm, tanlash yo‘li bilan
har 6—10 kunda sterilizatsiya qilingan materiallar bakteriologik
analizdan o‘tkazilishi zarur. Bakteriologi k nazorat o‘ta aniq bo‘lib,
uning kamchiligi uzoq vaqtda javobi ma’lum bo‘ladi va bajarilishi
qiyindir.
22.
Xirurgik asboblar va shpritslarni sterilizatsiya oldi
tayyorgarligidan o'tkazish va sterilizatsiya qilish usullari
Shisha buyumlar (shprislar, probirkalar, menzurkalar va hokazo) boshqa
asboblardan alohida qaynatib sterillanadi. Shprislarni qismlarga ajratib
sterillash shart. Shisha buyumlar sterillashdan oldin dokaga o'ralacli va
sovuq yoki ilitilgan suvga solinadi. Orqa miya anesteziyasi uchun
ishlatiladigan shpris va ignalar distillangan suvda alohida qaynatiladi.
Hozirgi vaqtda operatsiyalarda qodlaniladigan xirurgik asboblar,
shprislar, ignalar va boshqa buyumlarni sterilizatsiya qilishda ularni
oldin fizikaviy va kimyoviy usulda tozalashga katta ahamiyat beriladi.
Shu maqsadda ishdan so'ng ular oqar suvda yuviladi va issiq (50oC)
yuvuvchi eritmaga 15 daqiqa solib qo'yilacli.
23.
Xalat, oqliklar, boglov materiallarini sterilizatsiyaga tayyorlash va
uni utkazish
Qasal qabulxona bo‘limida sanitariya xizmati yuzasidan tayyorlangach,
unga toza ko‘ylak, xalat (pijama), shalvor va shippak kiydiriladi. O‘rin-
ko‘rpa oqliqlari va ustki kiyimi haftada kamida bir marta, gigienik vanna
qabul qilingach, almashtiriladi. Zaruriyatga ko‘ra, ular qo‘shimcha
ravishda almashtiriladi. Bo‘limda bir-kecha kunduzga yetadigan oqliqlar
zahirasi bo‘lishi darkor. Oqliklarnn markaziy isitish radiatorlarida
quritish va kasalga qaytadan berish aslo mumkin emas. Iflos oqliqlarni
kleyonka qopga yoki qopqoqli idishga solib, darhol palatadan olib chiqib
ketish lozim. Oqliqlar kirxonaga jo‘natilguncha maxsus ajratilgan
xonada (iflos oqliqlar xonasida) baklarda yoki yashiklarda saqlanishi
kerak. O‘rin-ko‘rpa oqliqlarini,-ayniqsa—og‘ir yotgan kasallarning
o‘rnini almashtirishni tibbiyot hamshirasi kichik tibbiyot hamshirasi
yordamida amalga oshiradi. Tibbiyot hamshirasi kichik hamshira har
kuni ertalab iflos oqliqlarni sanab topshirishini kuzatib borishi darkor.
Kasallar ustki kiyimlarini imkoniyatlariga ko‘ra o‘zlari almashtiradilar.
24.
Sterillash qoidalari buzilganda kelib chiqadigan asoratlar
25.
Desmurgiya, ta`rifi, turlari va axamiyati
Desmurgiya (yunoncha desmos — aloqa, bog‘lam va ergon — harakat,
ish, sinonimi desmologiya) umumiy xirurgiyaning asosiy bo‘limlaridan
biri bo‘lib, bog‘lamlarning turi va uni qo‘yish qoidalari to‘g‘risida
ma’lumot beradi. Bog‘lam deganda, bemor tanasiga davo maqsadida
mahkam o‘rab bog‘langan bog‘lov materiali tushuniladi. Jarohatga yoki
tananing boshqa qismlariga davo maqsadida qo‘yiladigan materialga
bog‘lov materiali deyiladi. Bog‘lamni almashtirishga qayta bog‘lash
deyiladi. Qo‘llanilishiga ko‘ra bog‘lamlar ikki guruhga: yumshoq
(plastir, kleol, ro‘mol, bintli) va qattiq (dekstrin, kraxmal, gipsli) bog‘-
lamlarga bo‘linadi.
26.
Yumshoq bog'lamlarni turlari va qullanilishi
YUMSHOQ BOG‘LAM TURLARI
Yumshoq bog‘lamlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yelim, leykoplastir,
kolloid, kleolli, BF-6 yelimi yopishtirilgan, ro‘molli va bintli. Yelimli
bog‘lamlar, asosan, kichikroq shikastlarda va joylashishidan qat’i nazar
operatsion jarohat sohasiga qo‘llaniladi. Bu sohada soch (jun) bo‘lsa, u
oldin ustarada qiriladi. Leykoplastirli bog‘lam. Jarohatga qo‘yilgan
bog‘lov materiali bir necha tilim yopishqoq leykoplastir bilan terining
sog‘lom qismiga mahkamlanadi. Leykoplastirli bog‘lamning kamchiligi
shundaki, uning ostidagi teri matseratsiyalanadi (shilinadi) va nam
tekkanda unchalik mahkam ushlab turmaydi. Kleolli bog‘lam. Kleol
qarag‘ay yelimining baravar miqdorda olingan spirt va efirdagi
eritmasidir. Jarohat bog‘lam bilan berkitiladi. Bog‘lam atrofidagi teriga
kleol surtiladi va biroz quritib qo‘yiladi. Bog‘lam va kleol surtilgan teri
sohalari doka bilan berkitiladi. Salfetka chetlari teriga mahkam bosiladi.
Dokaning yopishmay qolgan ortiqcha qismi qaychi bilan qirqiladi.
Kamchiligi — bog‘lam yetarli darajada qattiq yopishmaydi va teri qotib
qolgan kleoldan ifioslanib qoladi. Kolloidli bog‘lamning oldingi
bog‘lamdan farqi shundaki, bunda doka teriga kleol bilan emas, balki
kolloid (spirt va efir aralashgan nitroto‘qima eritmasi) bilan
yopishtiriladi. Bog‘lam qo‘yish usuli: bog‘lamga salfetka yopiladi va
salfetka chetlariga kolloid surtiladi. 121 Kolloid qotgandan keyin
salfetkaning ortiqcha qismi qirqiladi. Kolloidni shpatel bilan surtish
tavsiya etiladi. Bunday bog‘lam 7—8 kungacha tushib ketmaydi.
Bogdamning qayishqoqligi kamligi va terini ta’sirlantirishi uning
kamchiligidir. Xuddi shu maqsadda rezina yelim (efir bilan benzin
aralashgan rezina eritmasi), BF-6 yelimidan foydalanish mumkin.
Ro'molli bog‘lamlar. Bu maqsadda uchburchak shakldagi birorta
bog‘lov materiali (doka, surp, bo‘z va hokazo) parchasi ishlatiladi.
Bunday bogdamning uzun tomoni ro‘molning asosi, uning ro‘parasidagi
burchak — tepasi, qolgan ikkita burchagi uchlari deyiladi.
Bog'lamlarning quyidagi turlari farq qilinadi: 1. Sopqonsimon bog‘lam.
Bir parcha bintdan tayyorlanadi. Bintning ikkala uchi o'rtasiga
yo'naltirilgan holda uzunasiga kesilib, uning o'rtasi kesilmaydi. 39.da
burunga, iyakka, peshonaga va ensaga (a. b, d, e) sopqonsimon
bogdamni bogdash qoidalari ko'rsatilgan. 2. T simon bog‘lam o'rtasiga
boshqa bint tikilgan yoki uning uchi tashlab qo'yilgan bint parchasidan
iborat bo'ladi va u eng ko‘p oraliq sohasiga bog'lanadi: gorizontal qismi
tana tevaragida belboqqa o‘xshab aylantiriladi, vertikal qismi esa
belbog‘dan oraliq orqali ohkaziladi va o‘sha belboqqa tananing boshqa
tomonidan boghanadi (40., a, b, d). 3. Aylanma bog‘lam. Bint gir
aylantirib ohaladi, bintning navbatdagi o'rami avvalgi o'mmni tamomila
bekitadi (41.). 4. Spiralsimon bog‘lam. Bintning navbatdagi har bir
o'rami avvalgi ohamining yarmini yoki bundan kattaroq qismini
bekitadi. Bogdamning bu turi ikki xil: yuqoriga kohariluvchi — bintlash
pastdan yuqoriga, pastga tushuvchi xilida bintlash buning aksicha
bohadi (42.). 5. O‘rmalovchi bog‘lam spiralsimon bog'lnm kabi
boghanadi, lekin ohamlari bir-biriga duch kelmaydi. Odatda
bintlashning boshida, murakkab bogdam elementi sifatida tanaga
qo‘yilgan salfetkalarni tutib turish uchun qohlaniladi. 6. Sakkizsimon
bog‘lam. Bogc lamning bu turida bint o'ramlari bir-biri bilan
kesishtiriladi (43-rasm). 7. Boshoqsimon bog‘lam sakkizsimon
bog'lamning boshqa bir turi bo'lib, bint o'rami bir chiziq bo'yicha
kesishtirilib, bu boshoqni eslatadi. 8. Toshbaqasimon bog‘lam aksariyat
bocg c imlarning bukilgan sohasiga qo'llaniladi. Uning ikki: tarqaluvchi
va to'planuvchi turlari bor. Tarqaluvchi bog'lam tizza bocg c imi
sohasiga yopiladi, bunda bint bocg c imning o'rtasidan, «tizza koczidan»
aylantirib olinadi. Keyingi o'ramlari avvalgisining goh pastidan, goh
yuqorisidan galma-gal yurgiziladi. Bint o'ramlari taqimda kesishadi va
birinchi o'ramdan ikki tomonga tarqalib, asta-sekin bocg c im sohasini
yopadi. To'planuvchi bog'lamni yopishda birinchi (mahkamlaydigan) o c
ram bocg c im yuqorisidan yoki pastidan oc tadi, ikkinchi oc ram bocg c
imning rocparasiga oc raladi, uchinchi oc ram bocg c im sohasiga
yaqinlashib, birinchisini, to'rtinchi oc ram ikkinchisini kesishib, bocg c
im sohasi tamomila yopilguncha shu tariqa davom ettiriladi (44-rasm, a,
b). 9. Qaytuvchi bog‘lam. Bunday bog'lam aksariyat oyoq-qoc lning
kesib tashlangandan (amputatsiya) qolgan qismi (choc ltogc i)ni
bog'lashga ishlatiladi. Bintni mahkamlash uchun u bir necha marta
aylantirib oc raladi. Socngra uni barmoqlar bilan tutib turib 90° li
burchak ostida qayriladi, cho'ltoq orqali uzunasiga o'ramlar bilan
mahkamlanadi va bint bilan tamomila bekilgunga qadar oc rash davom
ettiriladi. Bog'lamlarning sanab o'tilgan
27.
Qattiq bog'lamlar turlari va ularning qullanilishi
Yumshoq bog‘lamlarni qo‘yish shartlariga qattiq bog‘lamlardan
foydalanilganda ham qattiq rioya qilish kerak. Ular uzoq muddatga
qo‘yilgani uchun (1,5—2 oygacha) shifokor tomonidan qo‘yilgan xato
bemorni og‘ir asoratlarga olib keladi. Ba’zan qattiq bog‘lamlar uzoq
muddatga qo‘yilib, ular olinganda ham qo‘l-oyoq harakatlari
bajarilmasligi mumkin. Shunipg uchun qo‘l-oyoq qotirilganda ular
beiorga bog‘lam olingandan so‘ng kam noqulaylik keltiradigan qilib
qo‘yilishi lozim. Bundan tashkari, kattiq bog‘lamlardan foydalanilganda
tananing nozik joylarini ham hisobga olish kerak (67-rasm), chunki shu
sathlarda bog‘lamlarning qattiq bitishi nagijasida nekrozlar, chaqalar
paydo bo‘lishi mumkin. Bu asorat ko‘gtroq suyak bo‘rtib chiqqan
joylarda uchraydi. Bu asoratlar bo‘lmasligi uchun paxta-doka
moslamalaridan foydalanilsa bo‘ladi.
28.
Ishlatilishidan maqsadiga qarab bog'lamlarning turlari
Bog‘lamlarni qo‘yishdan maqsad — bog‘lam materiallarini tana sathida
ushlab turish (ushlab turuvchi bog‘lamlar), davolash uchun lozim bo‘lsa,
masalan, jarohatdan qon ketayotgan bo‘lsa uni qattiq bosib turish (bosib
turadigan bog‘lamlar), tananing ma’lum bir qismini immobilizatsiya
(taxtakachlash) qilish yoki qo‘l-oyoq, bosh suyagi va boshqalardan
tortib turish (tortib turuvchi bog‘lamlar). Parda hosil qiluvchi bog‘lamlar
maxsus bog‘lamlarga kiradi.
29.
Bintli bog'lamlarni afzalliklari va kamchiliklari
Bog‘lam keng ma’noda ma’lum davr ichida davolash va tashqi muhitdan
keluvchi salbiy ta’sirlardan jarohat yoki patologik o‘choqni saqlaydigan
vosita hisoblanadi. Qiska ma’noda esa bog‘lam — bog‘lov materiali,
xom ashyosi (bint, plastil, doka va b.)dir. Bog‘lam atamasining uchinchi
ma’nosi davolash maqsadida qo‘yilgan yoki ifloslangan bog‘lov
materialini almashtirish, shuningdek ularni fiksatsiya qilish harakatidir.
Yumshoq bintli boglamlarni ishlatish (leykoplastir, kleol, plastmassalar,
sintetika va b.) eng ko‘p tarqalgan davolash usuli hisoblanadi. Shuni
yodda tutish kerakki, to‘g‘ri qo‘yilgan bog‘lam jarohatlangan kasalning
tezroq sog‘ayib ketishiga yordam beradi. Noto‘g‘ri qo‘yilgan bog‘lam
esa, ikkilamchi salbiy ta’sir qiladi: bemorda kuchli og‘riq va turli
asoratlar keltirib chiqaradi. Bintlash aksariyat chetdan markazga tomon,
biroq qator hollarda esa bog'lam teskari yo‘nalishda bog'lanadi. Bintning
mahkamlaydigan o'ramidan keyin uning har bir keyingi o'rami oldingi
o'ramning yarmini yopib borishi lozim. Bint boshchasini bintlanadigan
yuzadan uzoqlashtirmaslik va bir me’yorda tortish kerak. Gavdaning
konus shaklidagi qismi (son, boldir, bilak)ni bintlashda bint zich
yopishib turishi uchun 1—2 marta aylantirilgandan so'ng bint qayirib
bog'lanadi. Bintlash oxirida u tikib mahkamlanadi, unga to‘g‘nag‘ich
bilan fiksatsiyalanadi yoki bintning o‘rtasidan yirtib, ikki bodakka
bodinadi va bintlangan qism ustidan aylantirib o'raladi va tugib
qo‘yiladi. Bintni jarohat proyeksiyasi ustida mahkamlash tavsiya
qilinmaydi, balki uni chetroqdan mahkamlagan ma’qul.
30.
Gipsli bog'lamlarning afzalliklari va kamchiliklari
Gips sifatini tekshirish uchun bir necha sinamalar mavjud: 1) teng
miqdorda gips bilan suv olib aralashtiriladi, hosil qilingan massa 5—7
daqiqa ichida qotishi, bosib ko‘rilganda sinishi, biroq kukunga
aylanmasligi kerak; 2) gips kukunini qismlab siqilganda sifati yaxshi
bo‘lsa, u sochiladi, yomon bo‘lsa, qumoq-qumoq bo‘lib qoladi. Gipsli
bog‘lam qo‘yishning quyidagi qoidalari mavjud: gavdaning tegishli
qismiga o‘rtacha fiziologik yoki funksionaljihatdan qulay vaziyat
beriladi. Gavdaning shikastlangan qismidan tashqari ikkita qo‘shni
bo‘g‘im immobilizatsiya qilinadi, gipsli bog‘lam taglik bilan
qo‘yiladigan bo‘lsa, bu maqsad uchun gigroskopligi past paxtadan
foydalangan va uni suyak do‘ngchalariga qo‘ygan ma’qul. Bog‘lam
to‘qimalami bosmasligi, biroq haddan tashqari bo‘sh ham bo‘lmasligi
kerak. Bog‘lam qo‘yilgandan so‘ng uning yirik tomirlami
bosmayotganligi (ko‘karib ketish, shish, etjunjikishi, badanda chumoli
yurgandek sezgi paydo bo‘lishi, uvushish, quyidajoylashgan
segmentlaming shishishi) tekshirib ko‘rilishi zarur.
31.
Dori moddalarini organizmga yuborish usullari
Organizmga dorilarni uch xil uslubda yuborish mumkin:
1.
Tashqaridan - teri orqali, shilliq pardalar orqali, ko’z, quloq,
burunga tomizish orqali;
2.
Ichak orqali (enteral uslub) - til ostiga olib so’rish, yutish, to’g’ri
ichakga yuborish;
3.
Ichakga kiritmay (parenteral uslub) - teri ostiga, mushaklar orasiga,
qon tomiriga nine sanchib.
Ingalyatsiya - bug' yoki dorivorlarnning havodagi maydalangan
parchalarini (aerozol) nafas yo’llari orqali organizmga kiritish,
ko’pincha nafas a’zolari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Aerozol
tayyorlaydigan maxsus uskunalar bor; f) Quloqqa tomizadigan dorini
albatta badan haroratigacha isitish kerak. Aks holda bemorning boshi
aylanib, qusishi mumkin. Dori yuborishdan oldin quloq doka yoki paxta
bilan tozalanadi, keyin bemorning boshi sog’ qulog’i tomoniga egiladi
va dori tomiziladigan quloq suprasi ozroq orqa yuqori tomonga tortilib
eshitish yo’liga 3 — 4 tomchi dori tomiziladi. Burunga dori tomizish
uchun bemorning kallasi orqaga egiiib, burunning har bir teshigiga 3-4
tomchi dori tomiziladi. Burun dori tomizishdan avval tozalanadi albatta.
Ko zga dori tomizishdan oldin tibbiy hamshira qo’lini tozalab sovun va
cho tka yordamida yuvib spirt bilan ishlov berishi kerak. Odatda
bemorni yuqoriga qaratib uning pastki qovog’ini hamshira yanada
pastroqqa tortib, ko'zga 1 - 2 tomchi dori tomiziladi.
32.
Dori moddalari bilan teri va shilliq qavatlar orqali ta`sir etish,
uning afzalliklari va kamchiliklari
Dorilarni tashqaridan yuborish usullari: a) Ishqalash - teri yupqaroq va
kam tukli bo’lgan joyga (sonlarning orqa tomoni, qorin, ko'krak
qafasining yonboshi) suyuqlik yoki malham surtilib, to badanga singib
ketguncha ishqalanadi. Ishqalanadigan joy terisi toza bo’lishi shart.
Ayrim paytlarda teriga malham surtib ustidan polietilen bog'lab qo’yilsa
dorining so’rilishi yaxshilanadi; b) Surkash - paxta yoki dokadan
tayyorlangan tampon bilan dori teriga surkaladi, ko’pincha bu usul teri
kasalliklarini davolashda qo’llaniladi; c) Piastir yopishtirish - havo
o’tkazmaydigan matohga tarkibida davolovchi moddasi bo'lgan
yopishqoq quyuq malham surtiladi va bu match xasta joyga
yopishtiriladi. Piastir yopishtiriladigan joyning terisi spirt yoki efir bilan
tozalanishi kerak, tuklar qirib tashlanadi; d) Teri ustiga paxtadan
qilingan tampon bilan kukunli dorilarni sepish (talk, kseroform,
baneotsin);
33.
Dori moddalarini enteral usulda kiritish, uning afzalliklari va
kamchiliklari mohiyati va ahamiyati
Dori-darmonlarni (Dori-darmonlarni) tarqatish shifokorning retseptiga
qat'iyan muvofiq ravishda hamshira tomonidan amalga oshiriladi, u
statsionar kasalxonada dori-darmonlarni tayinlash va bekor qilish
sanasini ko'rsatadi. Preparatlar ovqatdan oldin, ovqat paytida, keyin va
yotishdan oldin olinadi.
Dorilarni iste'mol qilishning eng keng tarqalgan, sodda va qulay usuli
enteral, ya'ni, dorilarni og'iz orqali (per os) yoki ichkaridan ichish.
Ushbu usul ishonchli tarzda boshqariladi. Ichkarida ular asosan qattiq
dozalash shakllarini oladi: tabletkalar, drajjelar, pudralar, kapsulalar
(rasm). Kukunlar (paketlar) suv bilan suyultirish uchun mo'ljallangan.
Tez-tez ichkariga suyuq dozalash shakllari buyuriladi: eritmalar,
damlamalar, ichimliklar va boshqalar. Bolaning yoshi qancha yosh
bo'lsa, shunchalik suyuq dozalash shakllari, xususan, siroplar keng
qo'llanilishini eslang. Shakl: 1. Qattiq dozalash shakllari: a - tabletkalar;
b - drajje; c - changlar (paketlarda); d - jelatinli kapsulalarda enterik
qoplamali changlar yoki mikrosferalarbDori-darmonlarni tarqatishni
boshlash paytida hamshira qo'llarini sovun bilan yuvishi, agar kerak
bo'lsa, xalatini almashtirishi, niqob kiyishi kerak. Xatolikka yo'l
qo'ymaslik uchun dori moddalarni shakli, rangi, hidi, ta'mi bo'yicha
aniqlay olish kerak. Bola faqat tibbiyot xodimlari - hamshira, shifokor
huzurida dori moddalarni iste'mol qilishi kerak.Bolalar bo'limida dori
moddalarni tarqatishning bir necha yo'li mavjud. Siz bemorlarning
ismlari yozilgan hujayralarga bo'lingan tovoqlardan foydalanishingiz
mumkin,dori moddalar ularga oldindan yotqizilgan. Dori vositasini
kameraga joylashtirishdan oldin, paketda ko'rsatilgan ism statsionarning
tibbiy kartasida yoki emizish varag'ida dori nomi bilan tekshirilishi
kerak. ... Keyin hamshira laganda bilan barcha palatalarni aylanib
chiqadi. Boshqa usul (bolalar amaliyotida unchalik ma'qul emas) - bu
ko'chma stoldan foydalanish, unga og'iz orqali yuborish uchun dorilar
yotqizilgan, suv bilan stakan, stakan, qoshiq, toza pipetkalar
joylashtirilgan. Hamshira ushbu stolni palataga o'giradi va navbat bilan
har bir bemorni karavotga olib boradi, agar u yotoqda bo'lsa. Yuradigan
bemorlar mustaqil ravishda stolga yaqinlashadi, u erda opa-singilning
nazorati ostida dori moddalar qabul qilinadi. Siz uning qo'lidagi bolaga
dori moddalar bermasligingiz kerak, ayniqsa bir nechta tabletkalarni.
Dori-darmonlarni qabul qilish ketma-ketligiga rioya qilish muhimdir.
Hapni yutib bo'lgach, u suv bilan yuvilib, mayda, lekin tez-tez
ichkilikbozlik qiladi, bu preparatning oshqozonga o'tishiga yordam
beradi (tabletka qizilo'ngach orqali 2-5 daqiqa davomida o'tadi, agar siz
katta qultum ichsangiz, suv tezda tabletkadan o'tib ketadi, ikkinchisi esa
nok shaklidagi bo'shliqda to'xtashi mumkin) ).
34.
Dori moddalarini parenteral usulda kiritish, uning afzalliklari va
kamchiliklari
Parenteral yuborish usuli. Nafas yo’llari orqali ingalyastion (ingalacion
– nafas olish) yuborish usuli.Teri orqali yuborish usulda asosan dori
moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta’sir etishi ko’zda tutiladi,
bu yo’l bilan malxamlar, pasta, linimentlar, shuningdek spirtli yoki suvli
eritmalar, aralashmalar va bolalarga sepma dorilari qo’llaniladi. Shilliq
qavatlar orqali yuborish usulda dori moddalarining burun, xalqum, ko’z,
buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta’sir etishi uchun qo’llanadi. Seroz
qavatlar orqali yuborish usuli qorin bo’shlig’i a’zolari jaroxatlanganda
va o’pkaning ba’zi kasalliklarida dori yuborish uchun qo’llanadi. Seroz
qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli so’ruvchi xususiyatga
ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq so’riladi.
Teri ostiga yuborish yo’li bilan dori moddalarining asosan suvli
eritmalari yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar
orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek dori moddalarining
suspenziyalari ham yuboriladi. Venalar ichiga yuborish usulida
moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o’zaro
aralashganda cho’kma xosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki
gemoliz xosil qilmaydigan dori moddalari eritmasi qo’llanadi. Dorini
venaga asta-sekin yuborish kerak, aks xolda qonda ularni
kontsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaxarlovchi ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Dorining ta’siri juda tez, ko’pincha in’ektsiya
vaktidayoq boshlanadi, ta’sir muddati teri ostiga va mushak orasiga
yuborilgandan ko’ra kamroq bo’ladi. Orqa miya kanaliga yuborish
usuli, gematoenstefalik to’siq orqali yaxshi o’tmaydigan dori moddalar
subaraxnoidal, peridural yo’l bilan yuboriladi. Dori moddalar to’gridan-
to’gri yurakka, bo’gimlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki
bilan, ionoforez orqali yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko’p ,
lekin dorilar parenteral yo’l bilan yuboriladi deganda ularni asosan teri
ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi ko’zda tutiladi,
chunki boshqa yuborish yo’llari nisbatan kam qo’llanadi.
35.
Bolalarni xirurgiya bulimiga qabul qilish qoidalari
Qabul bo’limiga murojaat etgan bemorda yuqumli kasalliklar alomatlari
borligiga gumon qilinsa, u maxsus izolyator xonasiga yotqizilib,
yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o'tkazish uchun maxsus sanitariya
transport! chaqiriladi. Har bir bemordan keyin xonaga sanitar-
epidemiologik ishlov beriladi. Yuqumli kasallik aniqlanganligi haqida
DSENM ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Qabul bo'limida bemor
vrach ko'rigi va tekshiruvlardan keyin shifoxonaga yotqizilishi lozim
bo'lganida, unga kasallik tarixi (varaqasi) to'ldirilib, vrach tomonidan
bo'lim nomi. sanitariya ishlov berish turi va transportirovka uslubi
ko'rsatiladi.
Qabul bo’limida bemor (ahvoliga qarab) to’liq yoki qisman sanitariya
ishlovidan so'ng xonasiga joylashtiriladi. Bemorni qabul qilishdan oldin
va javob berilganidan keyin xonadagi krovat, tumbochka mavjud bo'Isa,
boshqa jihozlar maxsus tayyorlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga (6% li
pergidrol +0,5% yuvish vositasi) botirib olingan lalla bilan artib
chiqiladi. Krovatga to'shaladigan oqliklar va ko'rpalar bakteriyalarning
sporali shakllarini yo’qotadigan kamerali dezinfeksiyadan o’tkazilib
qayta qo'llaniladi. Ishlatilgan oqliklar yuvilishidan oldin yuvuvchi
vositaning (soda) 2% li eritmasiga botirib qo yilib 2 soat davomida
qaynatiladi.
36.
Qabul bulimida bemorga sanitariya ishlov berish tartibi va turlari
Qabul bo’limida bemor (ahvoliga qarab) to’liq yoki qisman sanitariya
ishlovidan so'ng xonasiga joylashtiriladi. Bemorni qabul qilishdan oldin
va javob berilganidan keyin xonadagi krovat, tumbochka mavjud bo'Isa,
boshqa jihozlar maxsus tayyorlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga (6% li
pergidrol +0,5% yuvish vositasi) botirib olingan lalla bilan artib
chiqiladi. Krovatga to'shaladigan oqliklar va ko'rpalar bakteriyalarning
sporali shakllarini yo’qotadigan kamerali dezinfeksiyadan o’tkazilib
qayta qo'llaniladi. Ishlatilgan oqliklar yuvilishidan oldin yuvuvchi
vositaning (soda) 2% li eritmasiga botirib qo yilib 2 soat davomida
qaynatiladi.
37.
Qabul bulimining asosiy vazifalari va uning ahamiyati
Davolash tashkilotlarining qabulxonasida dastlab tibbiyot hamshirasi
«Tez yordam» mashinasida keltirilgan bemoming rasmiy
hujjatlari yoki shahar poliklinikalari yo‘llanmalari bilan kelgan
bemorlaming rasmiy hujjatlari bilan tanishadi.
Qabul boiimida kasallarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlar:
— kasalxonaga yotqizishni rasmiylashtirishjumali;
— konsultatsiyalami rasmiylashtirish jumali;
— har xil sabablarga ko‘ra kasalxonaga yotishdan bosh tortgan
yoki yotishi man qilingan bemorlami rasmiylashtirishjumali.
Tibbiy hamshira xirurgik bo‘lim ish faoliyati uchun rasmiy
hujjatlar tuzishda qatnashadi: bularga kasallik tarixi; titul varag‘i;
dorilami qayd qilish varag‘ini to‘ldirish; bemorlaming og‘irligi va
bo‘yini o‘lchash; kasallik tarixiga barcha tahlillami yopishtirish;
bir yoshgacha bo‘lgan bolalar axlatining sifati, miqdori va tezligini
nazorat qilish varag‘ini to‘ldirishlar kiradi.
Xirurgiya bo‘limi katta hamshirasi tomonidan yuritiladigan
hujjatlar:
— kasallaming o‘limini qayd qilishjumali;
— dorilar va ulaming sarflanishini ro‘yxatga olishjurnali;
— kuchli ta’sir etuvchi va narkotik dorilami ro‘yxatga olishjumali.
Operatsiya va bog‘lamlarni ro‘yxatga oladigan hujjatlar:
— operatsiyalami qayd qilish jumali;
— bog‘lamlami ro‘yxatga olishjumali;
— qon, plazma va qon o‘mini bosadigan suyuqliklami ro‘yxatga olish
va ular to‘g‘risidagi hujjatlarjumali.
Statsionarda yuritiladigan hujjatlar:
— xodimlaming kelib-ketishini nazorat qilish jurnali;
— bemorlarni ro‘yxatga olishjurnali;
— dori-darmon hisoboti jurnali;
— shikoyat va takliflarjumali;
— 5 daqiqalik yig‘ilishlarjumali;
— bo‘limning tekshiruv jumali;
— ma’ruzalar, xodimlar saviyasini oshirish uchun suhbatlarjumali;
— mehnat xavfsizligi va yong‘inga qarshijumal.
38.
Xirurgik operatsiya tushunchasi va turlari
Xirurgik operatsiyalar, odatda, davolash maqsadida o‘tkaziladi,
biroq diagnostik operatsiyalar ham qilinadi. Diagnostik operatsiya-
larga biopsiya, punksiya qilish (qorin bo‘shlig‘i, plevral bo‘shliq,
orqa miya punksiyalari va b.), endoskopik tekshirishlar (sistosko-
piya, bronxoskopiya, ezofagoskopiya, gastroskopiya, torakoskopiya,
laparoskopiya va b.), angiografiya va yurakni kateterizatsiya qilish,
diagnostik torakotomiya va laparotomiya kiradi. Diagnostik
operatsiyalarning bir qismi, ayniqsa, diagnostik torakotomiya yoxud
laparotomiya har holda xavflidir, shuning uchun ham, tekshirishning
boshqa barcha imkoniyatlari tugagandan so‘nggina ularni qo‘llash
lozim. (
Davolash operatsiyalari radikal va palliativ bo‘lishi mumkin.
Radikal operatsiyalar deb, kasallangan (shikastlangan) a’zolar yoki
to‘qimalarni yorib ko‘rib olib tashlanishiga (abssessdagi insiziya-
lar, appendektomiya, xolesistektomiya, me’da rezeksiyasi, ochiq
arterial tomirni bog‘lash va b.) aytiladi, lekin shunisi ham borki,
bunday operatsiyalar natijasida kasallikning qaytalanishi yoki
yangi paydo bo‘lishi bartaraf etiladi. Radikal operatsiyalar
kengaytirilgan va kombinatsiya qilingan bo‘lishi mumkin. Masalan,
agar me’da o‘smasi atrofidagi to‘qimalarga tarqalgan bo‘lsa, bir
paytning o‘zida me’da bilan birga taloq olib tashlanadi, jigarning
o‘sma tarqalgan bo‘lagi, ko‘ndalang-yo‘g‘on ichakning ko‘richakdan
to‘g‘ri
ichakkacha bo‘lgan qismining bir bo‘lagi rezeksiya qilinadi va yon-
atrofdagi limfa tugunlari ham olib tashlanadi, ya’ni o‘sma
tarqalgan hamma to‘qimalar olib tashlanadi.
Palliativ operatsiyalar kasallikni keltirib chiqargan sa-
bablarga barham bermaydi, lekin bemornpng ahvolipi yengillashti-
radi. Masalan, o‘sma yo‘g‘on ichak yo‘lini (bo‘shlig‘ini) to‘sibqo‘ygan
va
uni radikal operatsiya yo‘li bilan olib tashlashning iloji bo‘lmasa,
ichak sirtmog‘i qorinning old devoriga keltiriladi-da, keyin yo‘g‘on
ichak yo‘li ochiladi. Bunday holda, o‘sma o‘z joyida kolaveradi, lekin
ichakdan ovqat o‘tmay qolishiga barham beriladi va ichakdagi
ortiqcha narsalar orqa chiqaruv yo‘lidan bemalol chiqa oladi.
39.
Rejali operatsiyalar va bolalarni ularga tayyorlash tartibi
Rejali operatsiyalar istalgan paytda qilinishi mumkin, shu
bilan birga bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolashga tayyorlash
bir-ikki kunga, zaruriyat tug‘ilib qolsa bir necha haftaga cho‘zilishi
mumkin.
Operatsiyaga tayyorgarlik davrida rejali operatsiyalar quyidagicha
ajratiladi: 1) olis, 2) yaqin oradagi va 3) bevosita operatsiyaga
tayyorgarlik ko‘rish davri. Masalan, olis operatsiyaga tayyorgarlik
ko‘rish davrida bemorda buqoq yoki tug‘ma yurak kasalligi bo‘lsa
sanatoriy davosi qoTlaniladi, bodomsimon bez va chirigan tishlar
sanatsiya qilinadi. Yaqin oradagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish
davrida (7—15 kun davomida) somatik sistemaning umumiy holati
yaxshilanadi, bevosita operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrida esa
sanitariya ishlovi o‘tkaziladi, qovuq va to‘g‘ri ichak bo‘shatiladi.
40.
SHoshilinch operatsiyalar va bolalarni ularga tayyorlash tartibi
Shoshilinch operatsiyalarga bemorlarni tayyorlashda yuqorida qayd
etilgan vazifalar qisqa vaqt ichida (3 soatgacha) imkon darajasida
bajariladi. Oshqozonga zond qo’yilib yuviladi. Gomeostazni tikiash
choralari ko riladi
Shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik ko'rishda.
Amallar ketma-ketligi:
-
terini, tananing tukli qismlarini. tirnoqlarini tekshirish va kerak
bo'lganda ishlov berish (ishqalanish. yuvish);
-
qisman sanitariya (artish, yuvish) ishlov berish;
-
jarrohlik maydonini quruq holda tuklarni qirish;
-
shifbkorning ko'rsatmalarini bajarish: tahlillar, huqna, oshqozonni
yuvish. premedikatsiya va boshqalar.
Filonchikov - Grossix bo'yicha operatsion maydonniga ishlov berish.
Ko'rsatma: bemorda jarrohlik sohasidagi aseptikaga moslik.
Tayyorlang: steril kiyinish va asboblar: sharlar, korntsang, pined,
qisqich. choyshablar; steril idishlar; antiseptiklar (yodonat, yodopiron-
alkogol 70%, dezmin. dezmitsid va boshqalar); chiqindilar uchun
idishlar, dezinfektsiyali eritmalar bilan idishlar
Amallar ketma-ketligi:
1.
Yodonatning (yodopiron) i% eritmasida 5-7 ml miqdorid3
sterillangan sharni korntsang yoki pincet bilan mo'l miqdorda namlang-
2.
Jarrohga korntsangiii uzating.
3.
Bemorning jarrohlik sohasini keng qamrovli qayta ishlash.
4.
Korntsangiii axlat qutisiga tashlang.
5.
Jarrohlik maydonining keng qayta ishlov berish ikki marta
takrorlanadi.
6.
Bemorni operatsiya sohasida tuynugi bor steril choyshab bilan
yoping.
7.
Bir marta kesnıa sohasidagi teriga antiseptik bilan ishlov bering.
8.
Bir marta chok qo'ymasdan oldin jarohat chetlarini tcrisiga ishlov
bering.
9.
Bir marta terini chok qo'ilgan sohasida qayta ishlov bering.
Tayyorlash tadbirlari bemor ahvoliga, uning yoshiga. operatsiya turiga
bog'liq. Bu tadbirlarni o’rta va kichik tibbiyot xodimlari bajaradi. Institut
talabalari bu tadbirlarni bajarishni ham nazariy, ham amaliy jihatdan
o’zlashtirishi zarur.
41.
Kechiktirib bulmaydigan operatsiyalar va bolalarni ularga
tayyorlash tartibi
Bolalarni operatsiya qilish uchun ota-onasi yoki vasiylarini yozma
roziligini olish shart. Ularga og'ir - yengilligini, xavfi qanday natija bilan
tugashi mumkinligini tushuntirish lozim. Ota-onasi yo qligida
shoshilinch yoki kechiktirib bo’lmaydigan operatsiyaga zarurat tug’ilsa,
bit qoidaga amal qilinmaydi. Bunday hollarda uchta shifokor operatsiya
qilish qilmaslik to'g'risida qaror chiqarib, bo'lim boshlig’i yoki bosh
vrachga xabar qiladilar va operatsiyani о tkazishlari mumkin.
Qabulxona boTimida bemor ahvolining og‘ir-yengilligiga va
operatsiyaning nechogTi shoshilinch sur’atda o‘tkazilishiga ko‘ra, to‘liq
yoki qisman sanitariya ishlovi o‘tkaziladi. Shoshilinch hollarda
bemoming kiyimlari yechiladi, tanasining ifloslangan sohalari bint bilan
artiladi, tuk-junlari qirib tashlanadi. Bemoming me’dasi to‘lib ketgan
taqdirda undagi modda zond bilan chiqariladi. Huqna qilinmaydi. Siydik
ajratish qiyinlashganboTsa, kateterbilan chiqariladi, odatdagi hollarda
esa bemomi mustaqil siyishi kifoya qiladi.
42.
Operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davr, ularning
muddatlari
Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davri (operatsiyadan oldingi
davr) bemor statsionarga kelgan yoki poliklinikaga murojaat qilgan
kundan boshlab, to operatsiya boshlanguncha o‘tadigan vaqtni o‘z
ichiga oladi. Operatsiyaga tayyorgarlik davrini bosqichlarga ajratish
mumkin: tashxisni aniqlash va bemorni jarrohlik yo‘li bilan
davolashga tayyorlash. Birinchi bosqichda tashxis aniqlanadi, turli
a’zo va sistemalaming holati tekshirib ko‘riladi va operatsiya qilish
uchun maTumotlar aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa bemor
operatsiyaga tayyorlanadi.
Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrining qancha davom
etishi kasallikning xususiyatiga, bemorning umumiy ahvoliga,
operatsiyaning shoshilinchlik darajasiga va jarrohlik yo‘li bilan
davolashmng ko‘lamigabog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Kechiktirib
boTmaydigan operatsiyalar (qon ketishini to‘xtatish, chuvalchangsimon
o‘simtaning o‘tkir yalligTanishi, me’da yarasining teshilishi,
homilaning bachadondan tashqaridaboTishi hollari)da operatsiyaga
tayyorgarlik ko‘rish davri qisqa boTadi.
Og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun, shuningdek, operatsiya zudlik bilan
qilinadigan bo‘lsa, suv muolajalari qoTlanilmaydi. Shu
bilan birga yurak va tomirlar, transplantologiya xirurgiyasida, me’da
va o‘t yoTlarini tiklash xirurgiyasida operatsiyaga tayyorgarlik davri
ba’zan bir necha haftaga cho‘zilib ketadi.
Bemomi operatsiyaga tayyorlashning ahamiyatini baholash
mushkul, chunki qilinadigan operatsiyaning muvaftaqiyatli o‘tishi,
ko‘pincha, ana shubemomitayyorlashgabogTiqboTib qoladi. Xirurg
operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davridayoq ehtimol tutilgan
qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra bilishi kerak. Bu qiyinchiliklar
shartli ravishda og‘riqsizlantirishning turi, qon ketish ehtimoli,
operatsiya shoki yoki hayotiy muhim a’zolarning shikastlanish
ehtimoli bilan bogTiq boTishi mumkin.
Operatsiyaga tayyorgarlik davrida rejali operatsiyalar quyidagicha
ajratiladi: 1) olis, 2) yaqin oradagi va 3) bevosita operatsiyaga
tayyorgarlik ko‘rish davri. Masalan, olis operatsiyaga
tayyorgarlik ko‘rish davrida bemorda buqoq yoki tug‘ma yurak
kasalligi bo‘lsa sanatoriy davosi qoTlaniladi, bodomsimon bez va
chirigan tishlar sanatsiya qilinadi.
Bemoming operatsiyadan keyin tuzalib, kasalxonadan uyiga javob
berilgungacha bo‘lgan davr operatsiyadan keyingi davr deb ataladi.
Operatsiyaning og‘ir-yengilligiga, hajmi va bemorning umumiy
ahvoliga ko‘ra bu davr bir necha kundan bir necha oygacha cho‘zilishi
mumkin. Xirurgik operatsiyaning natijasi ko‘pjihatdan operatsiyadan
keyingi davming qanday o‘tkazilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlami parvarish qilishda o‘rta tibbiy
xodimning o‘mi katta. Bunda shifokor ko‘rsatmalarini to‘g‘ri va o‘z
vaqtida bajarish hamda bemorga yaxshi parvarish qilish uning tezroq
sog‘ayib ketishi uchun imkon yaratib beradi.
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarga nazoratni to‘g‘ri va aniq
uyushtirish turli xil asoratlarning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi
chora-tadbir hisoblanadi.
43.
Operatsiyadan keyingi davrda bolalarni parvarish kilishning asosiy
qoidalari
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarga nazoratni to‘g‘ri va
aniq uyushtirish turli xil asoratlarning oldini olishga qaratilgan
eng yaxshi chora-tadbir hisoblanadi.
Yurak-tomirlar sistemasining ishi to‘g‘risida puls, arterial bosim
va terining tusiga qarab xulosa chiqariladi. Pulsning sekinlashishi
va tarangligining oshishi. Bunday holatlarda miya shishi va miyaga
qon quyilishi yoki meningit sababli markaziy nerv sistemasi
faoliyatining buzilganligi oqibatida yurak daqiqasiga 40—50 marta
uradi. Arterial bosimning pasayib ketishi va terining oqarishi bilan
bir qatorda pulsning tezlashishi va sekinlashishi (daqiqasiga 100
martadan ko‘p) ikkilamchi shok rivojlanganda yoki qon ketganda
yuz berishi mumkin. Agar xuddi shunday manzara to‘satdan paydo
boTsa, bu holda bemorda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi borligi
to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Bu patologiyada bemor bir necha
soniya ichida halok boTishi mumkin.
44.
Bolalar reanimatsiyasi bulimida bolalarni parvarish kilish qoidalari
Anesteziologiya va reanimatsiya bo'iimi shifoxonaning barch xirurgiya
bo'limlari joylashgan qismida tashkil qilinib, ushbu bo'limlar bilan
bevosita bog'langan bo'lishi shart. Chunki og’ir operatsiyadan chiqqan
yoki ahvoli og'ir bemorlar shu bo'limga o’tkazilib, davolanishi maqsadga
muvofiq. Reanimatsiya bo'limining tuzilishi boshqa bo’limlardan ajralib
turadi. Bo’limda reanimatsiya (qayta tiriltirish) zali va bemorlar yotib
davolanadigan 2 - 3 ta xonalar tashkil qilinadi. Bu xonalar shunday
joylashganki, tibbiy hamshira har bir yotgan bemorni ahvolini uzluksiz
nazorat qila oladi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar ahvolini nazorat
qilish uchun turli tibbiy asbob uskunalar qo’llaniladi. Reanimatsiya
zalida I - 2 ta maxsus krovatlar bo’lib, ularning har tomonidan tibbiyot
xodimlari bemorga bemalol yaqin borishi mumkin bo'lishi kerak. bu
zalda bemorga sun'iy nafas berish asbob - uskunalari, yurak faoliyatini
qo’zg'atish va boshqa asbob — uskunalar bo lishi ta’minlanadi.
Reanimatsiya tadbirlari quyidagi tartibda bajariladi:
Yurak to'xtagani vaqtni belgilash;
Nafas yo’llarini tozalash;
Bemor qattiq joyga chalqancha, boshi orqaga egilgan holda yotqiziladi;
Pastki jag i burchaklaridan ushlanib oldinga tortiladi va ustki jag iga
tomon bosiladi, keyin burun teshiklari yopilib, og'izni bemor z'La qo
yib, 2-3 sinov nafasi yuboriladi, nafas yo’llari ochiq bo'Isa, ко krak
qafasi havo yuborganimizda ko’tariladi.
45.
Antropometriya, uni utkazish qoidalari va ahamiyati
Аntrоpоmеtriya – yunоnchа аntrоpо-оdаm, mеtriya-o’lchаymаn
so’zlаridаn оlingаn. Pеdiаtriya аmаliyotidа bоlаning аntrоmеtrik
ko’rsаtgichlаri muhim o’rin tutаdi. Jumlаdаn bоlа vа usmilаrning
jismоniy rivоjlаnish dаrаjаsini tаhlilqа qulаy vа sаmаrаli usul bulib
hisоblаnаdi. Bundаn tаshqаri pеdiаtriya аmаliyotidа kаttаlаrdаn ulаrоq
bоlа vаznigа qаrаb dоrilаr dоzаsi o’lchаb tаvsiya etilаdi.
8 yoshdа vаzn- 28 kg
8 yoshdа buyi – 130 sm
9 yoshdа vаzni-31 kg
9 yoshdа buyi- 135 sm
5 yoshdаn 12 yoshgаchа bo’lgаn bоlаning hаr bir yoshigа 3 kg
qushilib bоrаdi.
5 yoshdаn 12 yoshgаchа bo’lgаn bоlаning hаr bir yoshigа 5 sm
qushilаdi.
46.
Yurak va nafas to'xtaganda yordam ko'rsatish
Yurak faoliyati va nafas olish to’satdan to’xtab qolganda klinik o’lim
holati boshlanadi. Shu vaqtda darrov uqalash va sun’iy nafas olishga
kirishiladigan bo’lsa, insonni qutqarib qolish mumkin. Ushbu maqolada
muallif tomonidan yurak faoliyati va nafas olish to’xtaganda birinchi
yordam berish usullari haqida fikr mulohazalar yuritilgan.
Yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab, odam nafas olmay qolgan mahalda
klinik o‘Jim holati boshlanadi. Yurakni darrov bilvosita uqalash va
sun’iy nafas oldirishga kirishiladigan bo‘lsa, bir qancha hollarda odamni
qutqarib qolish mumkin bo‘ladi. Odam elektr tokidan zararlanganida,
suvga cho‘kkanida va nafas yo‘llari bosilib yoki tiqilib qolgan boshqa
bir qancha hollarda yurak faoliyati birdan to‘xtab qolishi mumkin.
Bunda sun’iy nafas oldirish uchun o‘pkaga havo yuborishga imkon
beradigan maxsus apparatlardan foydalanish hammadan ko‘ra ko‘proq
naf beradi. Ana shunday apparatlar bo‘lmagan taqdirda har xil usullar
bilan sun’iy nafas oldiriladi, masalan, «og'izdan ogVizga» nafas berish
usuli. Sun’iy nafas oldirishga kirishishdan avval shikastlangan odamni
chalqancha yotqizib, havo o‘tkazuvchi yo‘llari havo o‘tishi uchun ochiq
turganiga ishonch hosil qilish kerak, buning uchun uning boshini imkoni
boricha ko‘proq orqaga engashtirib qo‘yiladi. Jag‘lari qisiiib qolgan
bo‘lsa, pastki jag‘ini oldinga tortib engagiga bosish, og'zini ochish,
so‘ngra salfetka bilan og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak yoki quruq massalardan
tozalab olish va sun’iy nafas oldirishga kirishish: shikastlangan
odamning ochiq turgan og‘ziga bir qavat salfetka (dastro‘mol) qo‘yib,
bumini qisish, chuqur nafas olib, lablami shikastlangan odam lablariga
mahkam taqash va germetik qilib turib, kuch bilan uning og‘ziga havo
puflab kiritish kerak. Kam havo puflab kiritiladigan bo‘lsa, bunday
sun’iy nafas naf bermaydi. Havoni tabiiy nafas tiklanguncha, bir
daqiqada 16-18 martadan bir maromda puflab yuborib turiladi.
Shikastlangan odamning pastki jag‘i yaralangan bo‘Isa, sun’iy nafasni
boshqa usul bilan oldirish mumkin,bunda havo shikastlangan odamning
burnidan puflab kiritiladi Zambilning tasmalari yoki bir-biriga ulangan
ikkita-uchta shimning kamari bilan shikastlangan odamni dam-badam
(nafas harakatlari maromida) 10 sm gacha yuqori ko'tariladi va pastga
tushiriladi. Shikastlangan odam yuqori ko‘tari!ganida ko‘krak qafasi
yozilishi natijasida unga nafas kiradi, pastga tushirilganida ko‘krak
qafasining siqilishi tufayli undan nafas chiqadi. Yuraк faoliyati birdan
to'xtab qolgan paytda (buning alomatlari puls yo4qolib qolishi, yurak
urishining biiinmasligi, ko‘z qorachiqlarining yorug‘likka reaksiya
ko‘rsatmay, kengayib turishidir) darhol yurakni bilvosita uqalashga
kirishiladi: shikastlangan odamni chalqancha yotqiziladi. u imkon qadar
usti qattiq joyda yotishi kerak. Yordam beruvchi kishi uning chap
tomoniga o‘tib, ustma-ust qo‘yilgan o ‘z kaftiarini to‘sh suyagining
pastki uchdan bir sohasiga qo‘yadi. Ulaming birinchisi yurakni bilvosita
uqalab boradi, ikkinchisi «og‘izdan og‘izga» usuli bilan sun’iy nafas
oldiradi, uchinchisi esa shikastlangan odamning o‘ng tomoniga o ‘tib,
uning boshini ushlab turadi va sun’iy nafas oidirish bilan yurakni
bilvosita uqalashni kerakli vaqt davomida uzluksiz davom ettirib borish
uchun yordam beruvchilardan
47.
Terminal holatlar va ularda yordam ko'rsatish
Reanimatologiya — organizmni tiriltirish, terminal holatdan
chiqarish, terminal holatlar vujudga kelishining oldini olish va
ularning etiopatogenetik omillarini o‘rganuvchi fandir. Organizm
himoya kuchlarining susayishi va hayotiy muhim organlar faoliyati-
ning izdan chiqishi oqibatida ro‘y bergan, o‘limga chegaradosh holat
terminal holat deb ataladi.
48.
Suyaklar singanda yordam ko'rsatish
Singan suyak uchun birinchi yordam
Tez yordam mashinasi yoki shifoxona juda uzoqda deylik.
Yordam kutayotganda suyak singan odamga birinchi yordam
ko'rsatishingiz mumkin.
Har qanday qon ketishini kamaytiring: Agar odam yoriq atrofidagi qon
ketayotgan bo'lsa, siz bosim o'tkazib, qon ketishini atrofini steril bandaj,
toza kiyim yoki mato bilan o'rashingiz mumkin.
– Bu hududga muz qo'llang: shish va og'riqni kamaytirish uchun muz
paketini lattaga o'rang va shikastlangan joyga surting.
– Shikastlangan joyni immobilizatsiya qiling: suyak singan joyda, iloji
boricha harakatsiz saqlanishiga ishonch hosil qiling. Agar a bo'yin yoki
orqa miya singan bo'lsa, odamni qimirlatmang va harakatsiz turishiga
yordam bering. Agar bu oyoq yoki qo'l bo'lsa, siz ularni vaqtincha
gipsga qo'yishingiz yoki singan suyaklarga bosim o'tkazmasdan tashish
uchun yurishga yordam berishingiz mumkin.
- Shok uchun g'amxo'rlik qiling: agar odam shokda bo'lsa, bu odatda
travmatik hodisadan keyin sodir bo'ladi, chunki tana parvoz yoki jang
rejimiga o'tadi. Insonga g'amxo'rlik qilish muhim! Bu shunchaki tasalli
beradimi yoki ularni qulay holatga o'tkazadimi. Yordam kelganda shok
uchun yordam ko'rsatish dunyoni o'zgartiradi
Agar odam kuchli qon ketayotgan bo'lsa, ko'p miqdorda og'riq his qilsa
yoki hushidan ketsa. Shoshilinch raqamni tering va ularga vaziyatni
aytib bering.
Yordam tezda kelishi juda muhimdir. Agar kerak bo'lsa, ular nafas
olmasa, yurak massajini bajaring.
Favqulodda yordam raqamini ko'p hollarda suyak singan bo'lsa, boshqa
shikastlanmaslik uchun chaqirish kerak.
Eng ko'p uchraydigan suyak sinishi va sinishi
Suyaklar tananing turli joylarida sinadi.
Biroq, suyaklarning sinishi ehtimoli ko'proq bo'lgan alohida joylar
mavjud.
Eng keng tarqalgan sinishlar:
Wide Group Expo 720×90 logotipi
Bilagi
to'piq suyagi
Hip
Bu suyaklar biz ham qarigan sari sinishi mumkin. Shuning uchun bu
suyaklarga zarar bermaslik uchun diqqat bilan qarash kerak.
Suyak sinishi va sinishi turlari:
- Yopiq sinish
- Ochiq sinish
- Greenstick sinishi
- Soch chizig'ining sinishi
- Murakkab sinish
- maydalangan sinish
- Avulsiya sinishi
- Siqish sinishi
Bu sinishlar va tanaffuslar nafaqat oyoq va qo'llarda emas, balki
tanadagi har qanday suyakda paydo bo'lishi mumkin! Ba'zi turdagi
yoriqlarni davolash va tuzatish boshqalarga qaraganda qiyinroq bo'lishi
mumkin.
Singan suyakni davolash
Singan suyakni tuzatish hech qachon oson ish emas.
Biroq, singan suyaklar tez-tez uchraydi va zamonaviy texnologiyalar
shifokorlarga singan suyaklaringizni tuzatishning eng yaxshi usulini
topishga yordam berdi.
Afsuski, singan suyakning tiklanishi yoriqning og'irligiga qarab bir
necha oy davom etishi mumkin.
Suyak va uning atrofidagi mushaklar tiklanishi uchun jarrohlik yoki
reabilitatsiya talab qilinishi mumkin.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, rentgen - bu yoriqni tashxislashning eng
yaxshi usuli va eng yaxshi tiklanish usuli.
Davolash har xil, ammo bu erda eng keng tarqalgan usullar mavjud:
- Qavslar
- Gips quyma
-Traktsiya (shkivlar, pinlar va og'irliklarning kombinatsiyasi, odatda
tananing pastki qismida, lekin kamdan-kam uchraydi)
-Suyakni ushlab turish uchun jarrohlik yo'li bilan o'rnatilgan metall
tayoq yoki plastinkalar
- Og'riq qoldiruvchi dori
Ko'pchilik singan suyaklar gipsga joylashtiriladi.
Gips - bu suyakning to'g'ri tiklanishi uchun suyakning harakatini yo'q
qilishning ajoyib usuli.
Agar gips qo'yilganda suyak egilgan yoki noto'g'ri bo'lsa, singan suyak
to'g'ri tuzalishi uchun uni qayta sindirish kerak bo'ladi.
Misol uchun, gips sizning buzoq mushaklari atrofiga qo'yilgan bo'lsa va
oyog'ingiz butunlay tekis bo'lmasa. Suyakni sindirish va gipsni qayta
qo'llash kerak bo'ladi.
Nogironlar aravachalari va Crunches, shuningdek, suyak ustida
yurganda ortiqcha kuchlanish bo'lmasligiga ishonch hosil qilish uchun
reabilitatsiya jarayonida qo'llaniladi.
49.
Kuyishda birinchi yordam
Kuyish deganda to‘qimalarning kimyoviy va termik ta’sirlar natijasida
travmatik jarohati tushuniladi. Yuqori harorat bilan kuyish ko‘pincha
yong‘in sodir bo‘lganda, issiq jismlar, suv, yog‘ va boshqalar bilan
kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Kimyoviy kuyish esa teri qoplamasiga
ishqor, kislota va og‘ir metall tuzlari tushganda kelib chiqadi. Aynan
kuyish, inson o‘limiga sababchi bo‘luvchi jarohatlar ichida ikkinchi o‘rinni
egallaydi, ko‘pincha kuygan inson yon atrofidagilar o‘z vaqtida va to‘g‘ri
usulda birinchi yordamni ko‘rsata olishmaydi. Shuning uchun ham har
bir inson kuyishda birinchi yordam sifatida bajariladigan elementar
harakatlarni bilishi shart. Kuyish jarayoni kuzatilsa, birinchi navbatda tez
tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Ular kelgunicha bemor ahvolini
yaxshilash uchun ayrim harakatlar bajarilishi kerak:
Jarohatlovchi manbani
olib tashlash, kuygan kiyimlardan halos etish kerak;
10-20 daqiqa davomida kuygan sohani muzlatish zarur (uzoq muddatga muzlatish qon
tomirlarni kuchli spazmiga olib keladi, qon bilan ta’minlanishni buzadi), bu terining kuyish
chuqurligini kamaytiradi, to‘qimalar zararlanishini va og‘riq hissini kamaytiradi. Kuygan
sohani muzlatish faqatgina kuygandan keyin 2 soat davomida bajariladi;
Og‘riqsizlantirish, undan keyin kuygan sohaga steril bog‘lam qo‘yish, agar kuyish katta
sohani egallagan bo‘lsa, toza yopinchiq bilan yopib qo‘yish kerak;
Birinchi darajali kuyishlarda maxsus kuyishda qo‘llaniladigan moddalardan foydalansa
bo‘ladi. Agar yosh bola kuygan bo‘lsa, terini qayta ishlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Bolalarda
kuyishda eng asosiy qilinishi kerak bo‘lgan chora antiseptikadir. Ota-onalar doimo savollar
berishadi, kuyganda paydo bo‘ladigan pufakli yaralarni qanday qilib zararsizlantirish va
og‘riqni qanday kamaytirish mumkin? Briliant yashili (Бриллиантовый зелёный) va yod
eritmasi haqida unuting, bolakayning nozik terisiga bunday vositalar qo‘zg‘atuvchi ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi pediatrlar antiseptik vosita sifatida kumush tuzlari
eritmalaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda. Masalan, «Surfalgin» preparati
bakteriyalardan himoya qiladi, regeneratsiya (bitish) jarayonini tezlashtiradi va har qanday
bolalar terisiga mos keladi.
50.
O'pka-yurak reanimatsiyasi nima degani va uni o'tkazish tartibi
51.
Qusishda bemorlarda birinchi yordam ko'rsatish
52.
Muz va sovuq quyish tartibi va qoidalari
53.
Narkoz haqida tushuncha, uning xirurgiyada ahamiyati
Narkoz bosqichlari va darajalari. Narkoz vaqtida narkotik
moddaning konsentratsiyasi va turiga bog‘liq holda uning muayyan
bosqichlarini va darajalarini farq qilish mumkin. Quyida efirdan
foydalanishda narkozning klassik kechishi tasvirlangan. Boshqa
narkotiklar qo‘llanilganda narkozning kechishida ba’zi bir o‘zgarishlar
kuzatilishi mumkin.
1- bosqich — analgeziya bosqichi 3—4 daqiqa davom etadi va
es-hushning xiralashuvi, og‘riq sezgisining yo‘qolishi bilan
xarakterlanadi. Qorachiqlar yorug‘likka reaksiya beradi, reflekslar
saqlanib qoladi, arterial bosim, puls awalgi darajada bo‘ladi. Bu
bosqichdan (hushsiz qiladigan raush narkozi) kichikroq operatsiyalar
(yiringlagan joyni kesish) qilish, ba’zan og‘riqqa sabab
bo‘ladigan muolajalami bajarishda foydalaniladi.
2- bosqich — qo‘zg‘alish bosqichi birmuncha uzoq vaqt davom
etadi va bemorda harakat reaksiyasining oshishi, nutq markazining
qo‘zg‘alishi bilan xarakterlanadi (bemor nima deyayotganini
bilmay ko‘p gapiradi). Arterial bosim oshadi, puls tezlashadi,
mushak tonusi va reflekslari oshgan bo‘ladi, tez va notekis nafas
olish, qayt qilish kuzatilishi mumkin. Bu bosqich ichkilikdan qattiq
mast bo‘lgan odam holatini eslatadi. Ichkilikm suiiste’mol qiladigan
bemorlarda qo‘zg‘alish birmuncha keskin namoyon bo‘ladi.
3- bosqich — xirurgik bosqich. Narkoz paydo bo‘lishi vaqti narkotik
moddaga bog‘liq. Bu bosqichda xirurgik operatsiyalar o‘tkaziladi.
Bosqichning to‘rt darajasi bor.
Birinchi darajasi: es-hush batamom yo‘qoladi. Og‘riq va taktil
(teri) sezuvchanligi bo‘lmaydi, qorachiqlar toraygan, biroq muguz
parda refleksi va mushaklaming tarangligi saqlanib qoladi. Ko‘z
soqqalarining «suzib yuradigan» harakatlari saqlanib qoladi.
Ikkinchi darajasi: qorachiqlar toraygan, muguz parda refleksi
saqlanib qoladi. Mushaklar qisman bo‘shashadi. Bu darajada tilning
halqumga tiqilib qolish xavfi bo‘ladi.
Uchinchi darajasi: puls sekinlashadi, arterial bosim pasayadi,
nafas yuzaki bo‘lib qoladi. Ko‘z qorachig‘i kengayadi, muguz parda
refleksi yo‘qoladi. Mushaklar batamom bo‘shashadi.
To‘rtinchidarajasi:nafasbirmunchayuzaki, qorachiqlarkengaygan,
yorug‘likka reaksiya bermaydi, muguz parda nursiz. Puls tez,
to‘liqligi sust. Arterial bosim tobora pasayadi. Narkozning bu darajasiga
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki o‘lim bilan tugashi mumkin.
4- bosqich — uyg‘onish davri. Narkozning barcha alomatlari
tartib bilan yo‘qoladi. Bu bosqich uxlab qolish davridan uzoqroq
davom etadi.
Ingalatsion narkoz uchun niqoblar va apparatlar. Narkoz paydo
bodgan davrdan boshlab ko‘p sonli niqoblar va apparatlar taklif
qilingan. Ularning sifati va tuzilishi narkozning kechishiga ko‘p
jihatdan bogdiq. Ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda xirurgiya
amaliyotida qodlanilmaydi, faqat tarixiy ahamiyatga ega, xolos.
Esmarx va Shimmelbush niqoblari tuzilishijihatidan eng oddiy
niqoblardan hisoblanadi (21-rasm). Ular sim tohdan iborat
bo‘lib, operatsiyadan oldin unga bir necha qavat doka tortib qo‘yiladi.
Niqobni yuzga qo‘yib, unga bir necha tomchi narkotik modda
tomiziladi. Sadovenko niqobi namat toddirilgan va narkotik modda
quyiladigan metall rezervuar 1, nafasni tekshirib turish uchun
rezina qopcha 2 va narkotik modda yuboriladigan regulator 3, niqob
4 dan tashkil topgan
54.
Narkoz turlari va ularga ko'rsatmalar
Narkoz turlari. Narkotik moddani kiritish yo‘llariga ko‘ra
ingalatsiyali va ingalatsiatsiz umumiy og‘riqsizlantirish farq qilinadi.
Ingalatsion narkoz deb, narkotik modda nafas yo‘llari orqali
yuboriladigan umumiy og‘riqsizlantirish turiga aytiladi. Ingalatsiyasiz
narkozlarga vena ichi, to‘g‘ri ichak, teriosti turlari kiradi.
Narkotik uyquning chuqurligiga ko‘ra narkoz yuzaki va chuqur
bo‘lishi mumkin.
Bitta narkotik modda yuboriladimi yoki ulaming aralashmasimi, shunga
ko‘ra quyidagilar farq qilinadi: bitta modda beriladigan sof narkoz (azot
(I)-oksidi, efir, ftorotan va boshqalar),
bu moddalarning aralashmasi qo‘llanadigan narkoz aralash narkoz
deyiladi, faqat narkotik moddalar emas, balki ularni yuborish
yo‘llari ham kombinatsiya qilinadigan narkoz kombinatsiyali
narkoz deyiladi. Ko‘pincha narkozning bir turi bazis (asosiy)
narkoz sifatida qilinadi, so‘ngra boshqa narkotik modda bilan davom
ettiriladi.
Ingalatsion narkoz. Narkozning bu turiga turli xil narkotik
moddalar (efir, ftorotan, xloretil va boshqalar) yoki gazlar (azot
(I)-oksidi, siklopropan va boshqalar)ni nafasga olish (ingalatsiya)
yo‘li bilan erishiladi. Ingalatsiya uchun quyidagi moddalar keng
qo‘llanilmoqda.
A. Suyuq narkotik moddalar.
Efir (Aether pro narcosis) — o‘ziga xos hidi va achishtiruvchi
ta’mi bo‘lgan rangsiz tiniq suyuqlik. Oson alangalanadi. Efiming
havo bilan aralashgan bug‘lari portlashi mumkin. Efiming sifati
quyidagi usullar yordamida sinab ko‘riladi: 1) filtr qog‘ozdan
bug‘langandan so‘ng hidi qolmasligi kerak; 2) oynadan bug‘latilgandan
so‘ng nordon reaksiya beradigan cho‘kma qolmasligi kerak
(eritilganda ko‘k lakmus qog‘ozni qizartiradi). Zarg‘aldoq rangli
shisha flakonlarda 100 ml dan chiqariladi. Olovdan uzoqda, yorug‘lik
tushmaydiganjoyda saqlanadi.
Xloroform (Chloroformium) — tiniq rangsiz suyuqlik. Yorug‘-
likda parchalanadi. Organizmdan, asosan, siydik bilan chiqariladi.
Sofligiga sinash: 1) filtr qog‘ozidan bug‘langanda hidi qolmasligi
kerak; 2) ko‘k lakmus qog‘oz botirilganda xloroform uni qizar82
tirmasligi kerak. Zarg‘aldoq rangli shisha flakonlarda 50 ml dan
chiqariladi. Salqinjoyda saqlanadi.
Xloretil (Aethylicum chloratum) — o‘ziga xos hidli, uchuvchan
rangsiz suyuqlik. Oson alangalanadi. Shisha ampulalarda 20 ml dan
chiqariladi. Yorug‘lik tushmaydigan, salqinjoyda saqlanadi.
Ftorotan (Phtorotanum) — yoqimli hidga ega bo‘lgan rangsiz
suyuqlik. Alangalanmaydi va portlamaydi. Efirdan birmuncha kuchli,
biroq toksini bor. Bemor 1—2 daqiqa ichida hushidan ketadi, narkotik
holat tezda yuz beradi. Ko‘pincha azot (I)-oksidi bilan birga
qo‘llaniladi. Zarg‘aldoq rangli flakonlarda chiqariladi.
Pentran (Pentran), metoksifluran, ingalan—o‘ziga xos meva
hidi keladigan tiniq suyuqlik, alangalanmaydi va portlamaydi.
Narkotik faolligijihatidan efir va xloroformdan ustunlik qiladi.
0,5—0,8 hajm foizini nafasga olish ro‘y-rost analgeziyani keltirib
chiqaradi. Narkoz apparatlarining rezina detallariga shimilib qolish va
keyin qayta difiuziyalanish xossasiga ega, shunga ko‘ra
operatsiya tugashidan 10—20 daqiqa oldin anestetik uzib qo‘yiladi.
To‘q rangli zich berkiladigan idishlarda saqlanadi.
Trixloretilen (Trichloraethylenum), trilen, narkogen — rangsiz,
o‘ziga xos hidli, tiniq uchuvchan suyuqlik. Kuchli narkotik ta’sirga
ega, 0,4—0,7 hajm foiz konsentratsiyada analgeziya hosil qiladi,
2— 3 hajm foizi narkotik ta’sir beradi. Qisqa muddatli operatsiyalarda
analgeziya uchun qo‘llaniladi. Germetik idishda, yorug‘lik
tushmaydigan salqinjoyda saqlanadi.
Vineten (Wineten) — tiniq, benzin hidini eslatadigan uchuvchan
suyuqlik. Kuchli anestetik. Nafasga olinadigan aralashmada 0,2 hajm
foiz konsentratsiyada analgeziya keltirib chiqaradi. 2—3 hajm foizda
bug‘lanib yo‘qolishi mumkin, 4 hajm foizda narkozning xirurgik
bosqichini hosil qiladi. To‘q rangli idishda, past haroratda saqlanadi.
B. Gazsimon narkotik moddalar.
Azot (I)-oksidi (Nitrogenium oxydulatum) — shodlantiruvchi
gaz. Po‘lat ballonlarda saqlanadi. Yonmaydi, hidi yo‘q. Kislorod
bilan aralashmasi, aksariyat 70—80% li azot (I)-oksidi va 20—
30% li kislorod hisobidagi aralashmasi ishlatiladi.
Siklopropan (C3H6) — tez yonuvchi gaz. Portlashi mumkin.
Ballonlarda saqlanadi. Tez ta’sir qiladi. Ko‘pinchaboshqa vositalar
(azot(I)-oksidi, efir) bilan birga qo‘llaniladi.
Narkotik moddalarning farmakologik ta'siri. Narkotik moddalarning
ta’sir mexanizmi hali to‘la-to‘kis o‘rganilmagan.
Narkozning bir necha nazariyalari bor. Ko‘pchilik olimlar narkotik
moddalar markaziy nerv sistemasiga falajlovchi ta’sir ko‘rsatadi
deb hisoblaydilar.
55.
Mahalliy narkoz turlari va ularaga ko'rsatmalarni ayting
MAX.ALLIY ANESTETIQLAR
Novokain (prokain, parakain, xemokain, etokain). Rangsiz,
hidsiz, taxir mazali kristall, suv va spirtda eruvchan modda.
Infiltratsion anesteziya uchun keng qo‘llaniladi, bu maqsadda
0,25 % — 0,5 % eritmalardan foydalaniladi. Shillik. pardalar
anesteziyasi uchun 5—10 % eritmasi, regionar anesteziya uchun 1—2 %
eritmasi ishlatiladi. Subaraxnoidal anesteziya uchun novokainning 5 %
eritmasidan 2—3 ml, peridural anesteziya uchun esa 2-3 %
eritmasidan 20—25 ml yuboriladi. Ishlatilishi mumkin bo‘lgan
maksimal dozasi 20 mg/kg, ta’siri 60 min davom etadi. Novokain
. intoksikatsiyasi ro‘y berganda bemorning rangi-ro‘yi o‘zgaradi, boshi
aylanib, ko‘ngil behushligi va qusish paydo bo‘ladi. Yurak urishi va
nafas olishi tezlashadi, arterial qon bosimi tushadi. Bemor
notinchlanadi, qo‘rquv va alahsirash, gallyusinatsiyalar boshlanadi.
Og‘ir intoksikatsiya holatlarida bemor hushini yo‘qotadi, harakat
qo‘zg‘alishi, tutqanoq tutadi.
56.
Umumiy narkoz turlari va ularaga ko'rsatmalarni ayting
UMUMIY ANESTETIQLAR
INGALYATSION ANESTETIKLAR
Azot oksidi. Rangsiz, hidsiz va chuchukroq mazali gaz. Azot
oksidi 36,5°S dan past haroratda suyuqlikka aylanadi. 1 kg suyuk
holdagi azot oksididan 500 l gaz hosil bo‘ladi. Azot oksidi
«nyudlantiruvchi gaz» ham deyiladi. NOINGALYATSION
ANESTETIKLAR
Natriy tiopentali (pentotal-natriy, tiopentobarbital).
G‘ovaksimon massa, suvda eruvchan. Natriy tiopentali organizmga
asosan vena orqali yuboriladi. Buning uchun 1—2,5 % li eritmalar
ko‘llaniladi. Goho mushaklarga in’eksiya kilish uchun ham ko‘llani-
ladi. Pediatriya sohasida tiopental natriy to‘g‘ri ichak ork.ali ham
yuboriladi.
57.
Yotoq yaralar va uning oldini olish chorlalari.
Yotoq yara (lat. decubare - yotmoq) - ma’lum sharoitlarda, tananing
ma’lum qismlarida bosim tufayli kelib chiqadigan va to’qimalarning
ishemiyasi (qonsizlanishi) hamda nekroziga (to’qima o’lishi) olib kelish
bilan xarakterlanadigan kasallik bo’lib hisoblanadi.
Yotoq yaralar kelib chiqishidagi xavfli omillar
• Noratsional ovqatlanish;
• Ortiqcha vazn va ozib ketish;
• Chekish;
• Yurak-qon tomir kasalliklari;
• Qandli diabet;
• Аxlat va siydik tuta olmaslik;
• Orqa miya va bosh miya travmalari;
• Tana haroarti ko’tarilganda ko’p terlash;
• Iflos teri;
• To’shakdagi mitti va kichik narsalar;
• Kiyimlardagi burmalar, choklar, tugmalar;
• Teriga ishlov berish vositalariga allergik reaktsiya.
58.
Infektsiyaning tarqalish yo'llari va ularni oldigi olish chora -
tadbirlari
Infeksiyaning jarohatga tushish yo‘llari. Jarohatga infeksiya
ekzogen va endogen yo‘l bilan tushishi mumkin.
Ekzogen yo‘l bilan infeksiya tashqi muhitdan — havodan,
jarohatga tekkan buyumlardan (kontakt infeksiya), xodimlar
so‘zlashayotganda va yo‘talayotganda ajraladigan so‘lagidan va
shillig‘idan (tomchi infeksiya), to‘qimalarda qoldiriladigan chok, drenaj,
metall sterjen, tampon va boshqalardan (implantatsion infeksiya orqali)
tushishi mumkin.
Endogen yo‘l bilan infeksiya bemor organizmining o‘zidagi
infeksiya o‘choqlaridan (terining yiringli zararlanishi, murtak
bezlari, nafas yo‘llari, ichak shilliq pardasining o‘tkir hamda surunkali
yallig‘lanishi va hokazo) yuqadi. Infeksiyajarohatga operatsiya vaqtida,
shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda qon tomirlar (gematogen
yo‘l) va limfa tomirlari (limfogen yo‘l) orqali
tushishi mumkin.
Xirurgiyada jarohatga mikrob tushish xavfini kamaytirish
imkonini beradigan izchil tadbirlar sistemasi ishlab chiqilgan.
Bunga hozirgi zamon xirurgiyasining asosi hisoblangan antiseptika
va aseptika usullarini qo‘llash yo‘li bilan erishiladi.
59.
Parxez stollari va uni tibbiyotda o'rni
60.
Yatrogeniya tushunchasi nima va ularing turlari ayting
Tibbiyot xodimining so‘zi bemoming davolanishida doimo muhim o‘rin
tutib kelgan. Bemorga aytilgan har bir og‘ir so‘z uning ko‘nglini
tinchlantirishi, sog‘ayishga umid uyg‘otishi lozim. Ba’zan tibbiyot
xodimlarining o‘ylamasdan aytib yuborgan so‘zlari bemorda kasallik
chaqiradi, bu yatrogeniya deb ataladi. Yatrogen kasalliklarning asosiy
sababchisi umumiy tibbiy madaniyatning yetishmasligi,
shoshmashosharlik, vaqtning kamligi, bemorga kasallikning yomon
tashxisi yoki oqibatini, tahlillaming natijalarini, ayniqsa, u ko‘ngilsiz
bo‘lsa, aytib qo‘yish va boshqalardir.
61.
Eftanaziya tushunchasi nima va ularing turlari ayting.
Evtanaziyada bevosita va bilvosita qatnashish.
Ko’pincha kasbiy bilimlarning yetishmasligi xirurgiyadagi
yatropatgeniyalarning sababi bo’lib qolishi mumkin. Masalan bemorda
kam uchraydigan va qiyin tashxis qo’yiladigan kasallik bo’lganda
shifokor bilimining yetishmasligi oqibatidagi yatrogen patologiya kelib
chiqishi mumkin. Bunday yatropatogeniyalarning yaqqol misoli qilib
davriy kasalliklardagi ko’p sonli jarroxlik aralashuvlarini keltirish
mumkin.
Kelib chiqishi fizik omillarga asoslangan yatrogen kasalliklarni davolash
(turli xil diagnostik va davolash muolajalari va operatsiyalar)
konservativ (fizioterapiyaning turlari, medikamentoz, sanator-kurort
davolash) yoki qayta operatsiya qilishni talab qilishi mumkin, masalan,
chandiqlanish kasalligida, operatsiya qilingan oshqozon kasalliklarida.
Kelib chiqishi fizik omillarga asoslangan yatropatogeniyalar
profilaktikasida hаr qanday ko’lamdagi instrumental tekshiruv usullari
va diagnostik va davolash xarakteridagi muolajalarga ko’rsatmalarni
ongli ravishda cheklash, operativ davolashni faqatgina kasallik
etiologiya va patogenezi, patofiziologik mexanizmlari chuqur va ko’p
tomonlama o’rganilganda, operatsiya vaqtida a’zo va to’qimalar bilan
iloji boricha avaylab muomila qilishga qaratilgan, chuqur o’rganib
chiqilgan jarroxlik texnikasi bilan olib borish kerak.
Evtanaziya (yoki eytanaziya) (yunon. εὖ - “yaxshi” tάνᾰτος “o’lim”),
(ingl. Euthanasia yengil (og’riqsiz)) – tuzalmas kasallikka chalingan,
chidab bo’lmas azoblarni boshidan o’tkazayotgan inson xayotini
to’xtatish yoki qisqartirish, tibbiy ko’rsatma bo’lmaganda og’riqsiz yoki
kam og’riqli shakldagi azoblarini to’xtatish iltimosini bajarish amaliyoti.
Laboratoriyadagi va daydi hayvonlarni uxlatib o’ldirish ham
“evtanaziya” deyiladi.
Evtanaziya ikki turga bo’linadi: passiv evtanaziya (be’mor xayotini
ta’minlab turgan davoni tibbiyot xodimlari tomonidan kasddan
to’xtatish) va aktiv evtanaziya (o’layotgan be’morga tez va og’riqsiz
o’limga olib keluvchi preparatlarni yuborish yoki boshqa amallarni
bajarish). Bundan tashqari ixtiyoriy yoki noixtiyoriy evtanaziyalarni
farqlash lozim. Ixtiyoriy evtanaziya bemor iltimosi yoki oldindan
berilgan roziligi bilan o’tkaziladi. Noixtiyoriy evtanaziya be’mor
roziligisiz, odatda xushsiz yetgan holatida amalga oshiriladi. U
nokompitent bemor bilan qarindoshlari yoki javobgar shaxs tomonidan
berilgan rozilik bilan amalga oshiriladi.
Rossiyada aktiv va passiv evtanaziya jinoyat hisoblanadi va qasddan
sodir etilgan jinoyat kabi tasniflanadi. O’zbekistonda evtanaziyaning
barcha turi ta’qiqlangan.
62.
SHaxsiy gigiena qoidalari haqida tushuncha va uning tibbiyotda
ahamiyati
Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat
faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam
sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi.
Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib,
aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan
shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam
olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch,
tirnoq, tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy, ovqat
tayyorlash gigiyenasi va hokazo. ham Shaxsiy gigiyenaga kiradi.
Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur.
Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi,
shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri
parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham
qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga
bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.
Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning
ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq
suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish,
agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish
kerak.
Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini
taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini
olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek,
ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz
hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur.
63.
OITS tushunchasi va uni profilaktikasi
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — retrovirus guruhiga
mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻlinadi: OIV
infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OIV infeksiyasi davri odam
organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon
boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda professor Lyuk
Montanye hamda AQShda professor Gallo boshchiliYo-gidagi olimlar
tomonidan kashf etilgan (1983-yil). Bu virus odamning immunitet
tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga
qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng,
25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi
mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda
harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik,
qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida
toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga
tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish
reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija
bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan
boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq
davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OIV infeksiyasi
tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan
antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga
asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan
soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni
ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida
virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish
natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
64.
Siydik va ichak oqmalari bilan bemorlar parvarishi
Ichak oqmasidan tashqariga chiqib ketayotgan ichak shirasini
organizmga qaytarish,
Ichak oqmasidan tashqariga chiqib ketayotgan ichak shirasini
organizmga qaytarish,
Infuzion muolaja (elektrolit eritmalari, ugle-vodlar, aminokislotalar,
qon, plazma, vitaminlar va boshqalar,
Parenteral ozuqalantirish (Selemin, Selepid),
Enteral zondli ozuqalantirish.
Siydik oqmasi bor yoki qovug’i bo’sh (chakmazak) bemorlarni kuniga
bir necha marta kaliy permanganat eritmasida badanlarining pastki
qismini yuvib, yotish oldidan gigiyenik vanna qildirish mumkin. Siydik
ta’sirida yallig’langan teriga Lassar pastasi, rux malhami surtilsa,
ultrabinafsha nurlarini ta’sir etkizsa foyda qiladi.
65.
Tana haroratini o'lchash turlari
Termometriya – bemorning tana haroratini o’lchash odatda simobli
termometr
bilan amalga oshiriladi. Buning uchun oldindan dezinfeksiya qilinib,
yuvib, quritilgan
va maxsus idishda saqlanayotgan termometr ko’zdan kechiriladi, yuqori
qismidan
ushlab silkitish yo’li bilan simob ustunchasi pastki keng qismiga o’tishi
ta’minlanadi. Bemorning qo’ltig’i osti quruq toza sochiq bilan artilib,
termometrning simob solingan qismi qo’ltig’iga qo’yilib, yelkasi bilan
qisib
turiladi. O’n daqiqa vaqt o’tganidan keyin natija baholanadi. Simob
ustunchasining
uchi termometrning raqamlangan qismida bemor tanasining haroratini
ko’rsatib
turadi. Ishlatilgan termometrlar dezinfeksiya qilinib, yuvilganidan keyin
maxsus
idishlarda saqlanadi. Ayrim holatlarda harorat chov burmasi, og’iz
bo’shligi, to’g’ri
ichak yoki qinda o’lchanishi mumkin,
Gemodinamik ko’rsatkichlarni baholash bemorda shok, yurak – qon
tomir kasalliklarining xuruji natijasida rivojlanadigan shoshilinch,
kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatilishi lozim bo’lgan
holatlarni tezda aniqlash imkonini beradi. Termometriya o’tkazishda
aniqlanadigan gipertermiya holatlari shaytonlash sindromi bilan
asoratlanishi, markaziy asab tizimi va boshqa a’zolar faoliyatining
buzilishiga sabab bo’lishi mumkinligi uchun bemorga shoshilinch tibbiy
yordam ko’rsatilishini talab qiladi. Gipotermiya bemor organizmining
kompensatsiya imkoniyatlari qolmaganligi, ahvoli o’ta og’ir bo’lganidan
dalolat beradigan alomat bo’lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda tana
haroratining o’zgarishlari yuqumli kasalliklar mavjudligi to’g’risida
gumon qilish uchun asos bo’ladi, epidemiologik hushyorlik choralarini
ko’rishga undaydi. Antropometriya bemorning jismoniy rivojlanishi
holati, umumiy ahvoli to’g’risida ma’lumot berib, dori – darmonlar
dozasi va davolash uslublarini to’g’ri tanlashda foydali bo’lishi mumkin.
66.
Qon bosimni o'lchash usullari
Qon bosimini oʻlchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. U quyidagi
hollarda, ayniqsa, foydalidir:
Homilador ayollar.
Onalar tugʻruqdan oldin va keyin.
Koʻp qon yoʻqotayotgani(tashqi yoki ichki qon ketish hollari).
Shok yoki allergik shok holatidagi odamlar.
40 yoshdan oshgan odamlar.
Semiz odamlar.
Yurak muammolari, insult, nafas olishga qiynalyotgan, tez-tez boshi
ogʻriydigan, shishgan, qand kasali, siydik yoʻllarining surunkali
kasalliklari, shishgan yoki ogʻriqli venalari bor odamlar.
Yuqori qon bosimi bor odamlar.
Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalarni ichayotgan (yoki ichishni
rejalashtirayotgan) ayollar.
Qon bosimini pastlab ketishi ham, yuqorilab ketishi ham xavfli belgi
hisoblanadi.
Arterial qon bosimini oʻlchash
Arterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi
kasalliklarida qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi.
Sogʻlom, katta yoshli odamlarda arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa
yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari va shunga oʻxshaganlarga
koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha, diastolik
bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab
arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi.
Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud:
1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr).
2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr).
Qon bosimini oʻlchash ketma-ketligi
Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar,
achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri
maʻlumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va
qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi ekanligini
tushuntirish kerak.
Odam qoʻlining yuqori qismiga asbobning yengini oʻrnatish lozim.
Rezinali balonchaning burchagini berkitish kerak.
Bosimni simob ustunining 200mmdan ortadigan qilib koʻtaradi.
Fonendoskop tirsakning ichki tarafiga qoʻyiladi.
Havoni asta-sekin qoʻyib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan
eshitish lozim. Asbobning koʻrsatkichi (yoki simob darajasi)asta tusha
boshlaganda yuqori va pastdagi oʻlchamlarga eʻtibor qaratiladi.
67.
Bemorlar kiyimlari va oqliklarini almashtirish usullari
Zaruriyatga ko‘ra, ular qo‘shimcha ravishda almashtiriladi. Bo‘limda
bir-kecha kunduzga yetadigan oqliqlar zahirasi bo‘lishi darkor.
Oqliklarnn markaziy isitish radiatorlarida quritish va kasalga
qaytadan berish aslo mumkin emas. Iflos oqliqlarni kleyonka
qopga yoki qopqoqli idishga solib, darhol palatadan olib chiqib
ketish lozim. Oqliqlar kirxonaga jo‘natilguncha maxsus ajratilgan
xonada (iflos oqliqlar xonasida) baklarda yoki yashiklarda
saqlanishi kerak. O‘rin-ko‘rpa
oqliqlarini,-ayniqsa—og‘ir yotgan
kasallarning o‘rnini almashtirishni tibbiyot hamshirasi kichik
tibbiyot hamshirasi yordamida amalga oshiradi. Tibbiyot hamshirasi
kichik hamshira har kuni ertalab iflos oqliqlarni sanab
topshirishini kuzatib borishi darkor. Kasallar ustki kiyimlarini
imkoniyatlariga ko‘ra o‘zlari almashtiradilar. Og‘ir yotgan ka sallarning
ustki kiyimi almashtirilganda (18-rasm) hamshira
uning orqa tomonidan ko‘ylagi chetidan ushlab, ehtiyotlik bilan bosh
tomoniga tortadi, shundan so‘ng kasalning qo‘llarini yuqoriga
ko‘tartirib, uning bo‘yniga qayirib qo‘yilgan ko‘ylakni boshidan
chiqaradi, keyin yenglarini yechadi. Kasalni kiyintirayotganda xuddi
shu teskarisidan boshlaydi, ya’ni avval ko‘ylak yengini kiydiradi,
keyin uni boshidan o‘tkazadi va pirovardida orqa va ko‘krak
tomondan to‘g‘rilab qo‘yadi.
Og‘ir yotgan, masalan, ko‘krak qafasi a’zolari operatsiya qilingan
bemorlar uchun osonlik bilan kiyib-yechiladigan maxsus ko‘ylaklar
(raspashonki) mavjud. Agar kasalning qo‘li zararlangan bo‘lsa,
ko‘ylak oldin sog‘, keyin kasal qo‘lidan yechib olinadi. Qo‘ylak
kiydirilayotganda oldin kasal, keyin sog‘ qo‘lidan kiydiriladi.
Qasalning ahvoliga ko‘ra choyshab, yostiq jildi va hokazolarni
almashtirishning turli-tuman usullari mavjud. Agar bemorga
yurishga ruxsat berilgan bo‘lsa, u kichik hamshira yordamida ko‘rpa-
to‘shak oqliqlarini o‘zi almashtira olishi mumkin. Bordi-yu, kasalga
faqat o‘tirishga ruxsat berilgan bo‘lsa, u holda kichik hamshira uni
o‘rnidan turg‘azib, stulga o‘tqazadida, o‘zi o‘rinni to‘shab beradi.
O‘rnidan qimirlamay yotadigan bemorlarning o‘rnini solib berish
birmuncha murakkab. Buning uchun iflos choyshab kasalning bosh va
oyoq
tomonidan taxlanadi yoki dumaloqlab o‘ralib, asta-sekinlik bilan
tortib olinadi. Ikki tomonidan bintga o‘xshab o‘ralgan toza choyshab
kasalning dumg‘azasi ostiga ehtiyotlik bilan qo‘yiladi, keyin bosh va
oyoq tomonga yozib, tekislanadi. Choyshabda yamoq yoki g‘ijimlangan
joylar bo‘lmasligi kerak. Choyshabni boshqacha usul bilan ham
almashtirish mumkin: kasal o‘rin chetiga surilib, kmr choyshab
uzunasiga bint shaklida o‘raladi, unnng o‘rniga bemor yotqiziladigan
toza choyshab yoziladi, keyin kir choyshab boshqa narigi tomondan
yig‘ishtirib olinib, tozasi solinadi (19-rasm). Odatda o‘rin-to‘shak
okliqlarini ikki kishi almashtiradi, ana shunda bemor jismoniy
jihatdan kamroq toliqadi.
Qasal kasalxonadan chiqib ketgach to‘shak va yostiq dezkamerada
dezinfeksiya qilinadi. Og‘ir bemorlarning to‘shagi ustiga choyshab
ostidan kleyonka solinadi — u yaxshi to‘shaladi va choyshab har gal
almashtirilganda dezinfeksiya qilinadi. Jarohatlar yoki tabiiy
deshiklarday—ajralib—chiqadigan ~suyuqliklar tushish ehtimbli
bo‘lgan joylarga taglik solinadi. Adyollar paxmoqdan bo‘lgani
maqsadga muvofiq, chunki uni yaxshilab shamollatish va dezinfeksiya
qilish mumkin. Adyollarga hamisha ko‘rpajild kiydirilgan bo‘lishi
kerak. Bemor kasalxonadan chiqarilgandan so‘ng shippak va boshqa
oyoq
kiyimlari formalinning25 foizli eritmasi yoki sirka kislotaning
68.
Bemorlar teri, shilliq qavatlari parvarishi usullari
antiseptika quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: a) teri, shilliq qavat va
jarohatni tozalash, b) nekrozga uchragan to’qima va patologik
tuzilmalarni kesib olib tashlash, d) spetsifik antiseptik tozalash, g)
antiseptik moddalarning kuchini tenglashtirish (neytrallash), d) teri va
shilliq qavatda tabiiy bo’ladigan mikroflorani tiklaydi.
69.
Stomasi bo'lgan bemorlar parvarishi
Stoma - bu sun'iy ravishda yaratilgan ichi bo'sh organning teshikidir.
Jarrohlikda bu qorinal devorida olib tashlangan ichi bo'sh organning
sun'iy tashkiloti teshigi. Bu jarrohlik yo'li bilan juda katta bo'lgan, stoma
nomi stoma tomonidan qo'llaniladigan organlar tomonidan belgilanadi.
Masalan, lorinx yuvishning buzilishi bilan, taxteston tomonidan
qizilo'ngach, qizilo'ngachning ichak tutilishi bilan to'sqinlik qiladi.
Stom turlari
Og'natmoq - Qorin bo'shlig'ining bir qismi qorin bo'shlig'idagi bir qismi
tashqariga chiqib, saraton kasalligi, og'ir shikastlanish, o'chirish bilan
olib tashlanadi. Bu vaqtinchalik yoki doimiy bo'lishi mumkin. Sizning
qismingizdagi najasni yo'q qilish ustidan nazorat yo'q, o'zgartirilishi
mumkin bo'lgan tashish vositasi olinadigan tartibni to'plash uchun
ishlatiladi.
Ileostoma - ingichka ichakning bir qismini kelishmovchilik. ILestosome
Yarativ kolit, Kronum kasalligi, to'g'ri ichak va anus bilan olib
tashlanganda qo'llaniladi. Ilostoma, shuningdek, vaqtinchalik yoki
doimiy bo'lishi mumkin. Najasni olib tashlashni boshqarish, shuningdek
kabememik va qo'shimcha himoya uzukli shoklar yordamida amalga
oshiriladi.
Ugra - siydik pufagini olib tashlash zarurati bilan Siydikni olib tashlash
birida uchib o'tish va siydikda yig'ish.
Stoma parvarishining xususiyatlari
Stomaning ustki operatsiyasidan keyin 3 oyga, tiklanish muddati talab
qilinadi. Stoma shishgan, qon ketishi mumkin. Qayta tiklash davrida
o'lcham va shakl farq qilishi mumkin.
Muntazam gigienik hojatxona stoma kerak. Maxsus qurilmalar, steril
shartlar yoki ko'ylaklar talab qilinmaydi. Qayta tiklanish davridan keyin
unga tegmaslikdan qo'rqmang, qo'lqopsiz teginish va jarayoni mumkin.
U iliq, yugurish suvi bilan yuviladi, siz chaqaloq sovuni bilan dush
qabul qilishingiz mumkin, degichni olib tashlang. Keyin yumshoq
sochiqni yuving. Sog'ni stoma atrofidagi sochni sochma tavsiya
etilmaydi, ularni qaychi qilish yaxshiroqdir. Stoma atrofidagi teri bolalar
qaymoq bilan yog'lanishi mumkin (lekin bir xil emas), silindr qurilmani
kiyishdan oldin, qaymoq yuvilishi kerak.
Agar siz buni o'zingiz qila olasiz, siz buni o'zingiz qila olasiz, bu siz
uchun qulay bo'lgan oyna oldida yaxshiroqdir. Stoma turini, teridan,
najas va kafedranishni bezash va kafedrani bezash va stilzinikni tanlab
oling, tsilindinik (bitta komponent yoki ikki komponent)
Stoma o'ziga g'amxo'rlik qilmaydi, og'riq yoki yonishning atrofida
terining tirnash xususiyati yoki ichakning mustahkamlangan ishi tufayli
paydo bo'ladi. Olti oy ichida kamida 1 marta mutaxassisga, shuningdek,
stoma, charm yoki o'chib ketganda, mutaxassisga, shuningdek,
mutaxassisga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.
Stoma bilan parhez - yumshoq, qattiq emas. Ammo yog 'yo'qligi bilan,
o'tkir, gazni shakllantirish va oziq-ovqat diareya. Oziq-ovqat har xil
bo'lishi kerak, etarlicha ishlangan bo'lishi kerak va etarli miqdordagi suv
kerak.
Kuchli zo'r bo'lmagan kiyim kiying va hech narsaga kelmaslik. Suzish
mumkin (mini-tsilindiyamik), oson sport aerobikasi, velosport tennisiga.
Siz kazikslarni almashtirish uchun siz bilan birga sayohat qilish orqali
sayohat qilishingiz mumkin.
70.
Xuqnalar va ularning turlari
TAYYORLASH. Operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davri
(operatsiyadan oldingi davr) bemor statsionarga kelgan yoki
poliklinikaga murojaat qilgan paytidan boshlab, to operatsiya
boshlanguncha o'tadigan vaqtni o'z ichiga oladi. Operatsiyaga
tayyorgarlik davrini ikki bosqichga ajratish mumkin: diagnozni aniqlash
va bemorni jarrohlik yo'li bilan davolashga tayyorlash. Birinchi
bosqichda diagnoz aniqlanadi, turli organ va tizimlarning ahvoli
tekshirib ko'riladi va operatsiya qilish uchun ma’lumotlar aniqlanadi,
ikkinchi bosqichda esa bemor operatsiyaga tayyorlanadi. Operatsiyaga
tayyorgarlik ko'rish davrining qancha davom etishi kasallikning
xususiyatiga, bemorning umumiy ahvoliga, operatsiyaning
shoshilinchligi darajasiga va jarrohlik yoii bilan davolashning ko’lamiga
bogliq ravishda o‘zgarib turadi.
Huqna, klizma — toʻgʻri ichakka a"usdan maxsus asbob yordamida
suyuqlik (koʻpincha suv) yuborishdan ibo-rat tibbiy muolaja. Tozalovchi
H. (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qoʻllanadi), dori H. va
oziq H. farq qiladi. H. faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq qilinadi,
chunki baʼzi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va h.k.) u ogʻir
oqibatlarga olib kelishi mumkin. H. uchun maxsus noksimon rezina
ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻm-ragi hamda
uchligi bor rezina naychali voronka) qoʻllanadi, shuningdek, Esmarx
krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik bir meʼyorda borishi uchun
joʻmrakcha, biriktirish naychasiga esa uchlik oʻrnatilgan.
Tozalovchi H. qabziyataa, oziqovqatdan zaharlanganda, meʼda-ichak
yoʻlini va kichik chanoq aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan,
operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq H.dan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir
davo H.si ayni vaqtda tozalovchi H. funksiyasini ham oʻtaydi (mas,
moychechak-li, gipertonik, yogʻli va boshqalar). H.ning taʼsiri suyuqlik
miqdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborili-shiga bogʻliq.
Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga yaqin toza iliq suv kerak boʻladi.
Suv yuborib qilinadigan tozalovchi H. qabziyatda ichak shil-liq
pardasini taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati (peristalti-kasi)ni
kuchaytiradi, natijada bemorning ichi keladi. Agar bemorning qimirlashi
mumkin boʻlmasa uni chal-qancha yotqizib H. qilinadi, bemorning
ostiga tuvak qoʻyiladi.
Qorip muskullari haddan tashqari tarang boʻlsa, H. qilinayotganda
bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. H. qilishdan oldin
uchlikka vazelin yoki glitserin surtiladi. bemorni kleyonka solingan
oʻrin chetiga chap yonboshi bilan yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va
ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib. oʻng qoʻl yordamida
uchlik aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—12 sm kirgiziladi.
H.dan soʻng mumkin qadar 5—10 min. hojatga chiqmay turgan maʼqul.
Yogʻli H. uchun oʻsimlik moyini 200 ml (bolalarga 30 — 50 ml)
hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon
ishlatiladi.
Dori H. dori moddalarining ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va
dorining organizmga ichak orqali soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi. Dori
moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi soʻriladi.
Dori H. qilishdan oldin albatta tozalovchi H. oʻtkazish kerak.
O z i q. H. — sunʼiy ovqatlantirishning bir turi. U organizmning
suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda boʻlsa-da, oziq moddalarga
boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi. Oziq H. uchun osh
tuzining fiziologik (izotonik) eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va
aminokislo-talar eritmalaridan foydalaniladi. Bunday H. tozalovchi
H.dan keyin qilinadi. Oziq H. faqat vrach koʻrsatmasiga binoan davolash
muassasalarida qoʻllanadi.
@Sammu_test_bot
|