• Tayanch so’z va iboralar
  • Xizmatlarining mintaqaviy xususiyatlari. Amaliy mashg




    Download 288.46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana03.05.2023
    Hajmi288.46 Kb.
    #56195
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    14.1-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari. (1)
    ggggg, Оценки 108 группы, Kafedra proffessor o`qituvchilar ro`yxati, numbers, 2 5330462470588868865 (1), 1-Lab Panjiyev, 2022-2023 KI 11 19 1, kurs ishi burchak shtamp eftttttttgr, kurs ishi burchak shtamp, kurs ishi burchak shtamp, lazer, ddddddddddddddddd, “LMS(Learning managment systems ta\'limni boshqaruv tizimlari) haqida” mavzusi bo’yicha test savollarii-15ta, azik


    14.1-MAVZU. 
    TURIZMDA 
    TRANSPORT 
    XIZMATLARINING
    MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI. 
     
     
    AMALIY MASHG’ULOT REJASI: 
    14.1.Mintaqaviy darajada transport xizmatlarini tashkil etish.
    14.2.Mahalliy tashuvchilarning xizmatlarini bron qilish. 
    Tayanch so’z va iboralar: mintaqaviy darajada transport xizmatlarini tashkil 
    etish,mahalliy tashuvchilarning xizmatlarini bron qilish. 
    O’RTMT: Turizmda transport xizmatlarining mintaqaviy xususiyatlari. 
     
    14.1.Mintaqaviy darajada transport xizmatlarini tashkil etish.
     
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston 
    respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
    to‘g‘risida”gi PF 5611 sonli qarorida “Respublikada turizm bozorining turli 
    segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya 
    qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, transport yo‘nalishlarini 
    kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng 
    targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz 
    manzil sifatidagi imijini mustahkamlash vazifasi yuklatilgan” .
    Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri 
    bo’lgan transport tizimi juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, jamiyat 
    taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiyot nafaqat ishlab chiqarish, balki 
    minglab xizmat turlarini mujassamlashtirgan sohalar majmuiga aylanib bormoqda. 
    Transport xizmatdan foydalanuvchi sayohatchilar tomonidan transport vositalari 
    va transport marshrutining tanlanishi manzilni tanlashda muhim o’rin tutadi.
    Jahon banki tomonidan olingan ma’lumotlarga ko’ra, jahon transport 
    xizmatlarining YaIM tarkibidagi miqdori 4,2 trln. AQSh dollari (6,8%)hajmida 
    baholanib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yo’lovchilar tashilgan, 
    transport infratuzilmasida band bo’lgan xodimlar soni 100mln. kishini tashkil etadi
    Sayohat qilish vaqt va makon bo'yicha harakatlanish, tegishli maqsadlar va 
    qolish muddati bilan belgilanadi. Turar joyni o’zgartirmasdan turib, turizm haqida 
    gapirishdan ma’no yo’q. Turistik resurslar ma'lum hududlar bilan bog'langan va 
    ularning mashhurligi va foydalanish darajasi bunday hududlarning transport 
    imkoniyatlari bilan belgilanadi.
    Shubhasiz, transportning rivojlanishi turizmning rivojlanishini ta'minladi. 
    Dunyoning ilgari noma'lum bo'lgan hududlariga chiqish imkoniyati paydo bo'ldi, 
    shuningdek avvalgidan tezroq va uzoqroq harakat qilish imkoniyati paydo bo'ldi.
    Stefen Peyjning ta’kidlashicha, transport infratuzilmasining asosiy vazifasi 
    turistik oqimlarning erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan 
    iborat.
    Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning fikricha 
    “Transport turizmning asosiy omili bo'lib, turistlarni o'z joyidan ko'chirishda va 
    turli diqqatga sazovor joylarga borishini ta’minlab, turizm bozorida hudud va 


    sayohat manzilgohlarida ichki harakatini osonlashtirish va bog’lash vazifasini 
    o’taydi.
    Rus olimi Kuskov Aleksey Sergevichning so'zlariga ko'ra “transport 
    infratuzilmasi transport kompleksining asosini tashkil qiladi va yuk va 
    yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan haqiqiy transport tarmog'ini, 
    shuningdek, transport vositalari va doimiy qurilmalardan samarali foydalanishni 
    ta'minlaydigan tashkiliy tuzilmani ifodalaydi.
    Birjakov Mixail Borisovich o’zining “turizm industriyasi” kitobida
    Transport turizm biznesining mohiyati yoki muhim tarkibiy qismi bo'lib, 
    transport vositalari nafaqat turistlar va sayohatchilar, shuningdek ularning 
    yuklarini bir joydan ikkinchi joyga tashishga xizmat qilishi, balki koʻngilochar, 
    sport, muzey kolleksiyalari predmeti, modellashtirish, savdo vositasi boʻlishi 
    ham mumkin .
    O’zbekistonlik olimlardan M. Q. Pardayevning fikricha “Transport servisi 
    deyilganda insonning, mehnat jamoasining, hududning, davlatning va 
    jamiyatning yo‘lovchi va yuk tashish bilan bog‘liq ehtiyojini sifatli xizmat 
    ko‘rsatish yo‘llari bilan qondirishga qaratilgan transport xodimlarining nafli 
    faoliyati tushuniladi”.
    O’rganilgan nazariy manbalar shuni ko’rsatmoqdaki, turizm va transport 
    jahon iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo’lib tashqi muhitga (siyosiy, 
    iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy hodisalar) va turistik mavsumiylik omiliga bog'liq 
    bo'lgan ko'p bo'g'inli tuzilishga ega yirik tarmoqlararo majmualardir.
    Bugungi kunda taklif etilayotgan turli xil transport turlari mavjud, chunki 
    uning jozibadorligi sayohatchilar va dam oluvchilarni transportni boshqarish 
    tajribasiga katta miqdorda pul sarflashga olib keladi. Har xil transport turlari 
    ko'pincha bir xil darajada jozibadorlikka ega bo'lgan boshqa transport turlarini 
    to'ldiradi, garchi transport vositasining o'zi jozibador bo'lmasa ham, shu transport 
    juda jozibali hudud bo'ylab amalga oshirilishi mumkin.
    Transport vositalarini turistik diqqatga sazovor joylar sifatida turli jismoniy 
    xususiyatlariga ko'ra ajratiladi, ammo qiziq bo'linish xususiyati shundagiki, u 
    namoyish etadigan turistik tajribaning tabiatiga asoslangan bo'lib tuyuladi.
    Bazi shahar va mamlakatlarda transport vositalari turistik qiziqish ob’ekti 
    sifatida qabul qilinib, ular turistik hudud qiyofasining ramzi hisoblanadi. Bularga
    mashhur Londonning ikki qavatli qizil avtobuslari, Nyu-Yorkning sariq taksilari, 
    Male jiplari, Kolombo tuk-tuklari, Bombey velorikshalari, Tokiodagi tez yurar 
    poyezdlar, Moskvaning metrosini misol qilsak bo’ladi.
    Turizmda transport vositalarining barchasidan foydalaniladi, chunki ular 
    nafaqat transport, balki sayyohlarning dam olishi uchun ko'ngilochar funktsiyani 
    ham o’z ichiga oladi. Turistik sayohatlarda muayyan transport vositalarining 
    ulushi, shu jumladan ularning ahamiyati ham har bir joyda turli xil darajaga ega.
    Turizm maqsadidagi xalqaro sayohatlar haqida gap ketganda, jahon turizm 
    tashkiloti tomonidan olingan ma’lumotlarga ko’ra havo qatnovining ulushi 2020-
    yildagi 46 foizdan 2021-yilda 59 foizga oshdi, yer usti transporti shu davrda 49 
    foizdan 35 foizga kamaydi (chizmaga qarang).


    Havo transportiga bo’lgan talabning oshishiga sabab bugungi kunda 
    qit'alararo sayohat havo yo'lovchi tashishning eng tez rivojlanayotgan segmentidir, 
    bu o'sish jahon savdosining rivojlanishi va aholi farovonligining oshishi bilan 
    bog'liq bo’ladi. Shuningdek muntazam tashishlarni amalga oshiradigan 
    kompaniyalar mashhur sayyohlik joylarida turli xil charter dasturlarini ishlab 
    chiqishgan. 
    Fuqaro aviatsiyasi korxonalarining (FK) daromadlari turdosh tarmoqlarda 
    (aviatsiya, yoqilg'i ta'minoti, turizm va aholiga xizmat ko'rsatish va boshqalar) 
    qo'shimcha tovar aylanmasini keltirib chiqaradi.

    Download 288.46 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 288.46 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xizmatlarining mintaqaviy xususiyatlari. Amaliy mashg

    Download 288.46 Kb.
    Pdf ko'rish