• Annotatsiya
  • Housing with a courtyard composite structure formed in Khorezm in the late XIX and early XX centuries
  • Xorazmda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan hovlili kompozitsion tuzilishga EGA turar-joylar




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana29.03.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #47497
      1   2   3   4
    Bog'liq
    xorazmda-xix-asr-oxiri-va-xx-asr-boshlarida-shakllangan-hovlili-kompozitsion-tuzilishga-ega-turar-joylar
    2 5335030374466590560, boshqaruv-qarorlarini-qabul-qilish, ma\'lumotnoma Тохирова, 10460, Жамиятдаги роли режа Фалсафа атамасининг келиб чи иши, Tasodifiy hodisa. Hodisa ehtimoli va uning ta’riflari reja Taso, Kontrasepsiya, davolanish uchun, [-]-fayllar.org, 1. Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga va amaliy a, 1. Fayllar va ularning turlari Kataloglar va ularning turlari-fayllar.org, 18 Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatishni loyihalashtirish bos, 1 1 2 Python dasturlash tilida berilganlar turlari va o‘zgaruvchilar


    Xorazmda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan 
    hovlili kompozitsion tuzilishga ega turar-joylar 
     
    Nazokat Jumanazarovna Kariyeva 
    nazokatkarieva679@gmail.com 
    TAQI 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm vohasidagi turar-joy me’morchiligiga 
    oid bo’lgan bir qancha me’moriy yodgorliklar haqida so’z yuritiladi.  
    Kalit so’zlar: hovlili kompozitsion yechim, hovli-saroy, turar-joy, CHodra 
    hovli, Nurullaboy saroyi, Tosh hovli, Ulli hovli, minorasimon istehkom, ayvon. 
    Housing with a courtyard composite structure formed in 
    Khorezm in the late XIX and early XX centuries
     
     
    Nazokat Jumanazarovna Karieva 
    nazokatkarieva679@gmail.com 
    TAQI 
    Abstract: This article discusses a number of architectural monuments related to 
    residential architecture in the Khorezm oasis. 
    Keywords: courtyard composition solution, courtyard-palace, dwelling, Chodra 
    courtyard, Nurullaboy palace, Stone courtyard, Ulli courtyard, tower fort, porch. 
    Xorazm vohasida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida hukmronlik qilgan 
    Muhammad Rahimxon II davrida Xiva har tomonlama rivojlangan. Qo’rg’on shahar 
    Ichan qal’ada ulug’vor binolar, hashamatli saroylar, osmon o’par minoralar, ko’plab 
    madrasa va masjidlar bilan bir qatorda shahardan tashqarida Deshan-qal’adagi bog’-
    rog’larda, shahar atrofida saroylar bilan bir qatorda xon va beklarning dala hovlilari, 
    uylari qurilgan. Ular bir-biridan kompozitsion yechimlari va xilma xilligi bilan ajralib 
    turgan. 
    Hovlili turar joy binolari Xorazm vohasida xon va zodagonlarning bahor, yoz va 
    kuz oylarida xordiq chiqarish va yashashga mo’ljallanib, katta bog’ o’rtasida qurilgan 
    binolardir. Hovlilarda xon va beklarning o’zlari va oilalari hamda xorijdan kelgan 
    elchilar yashab ketishgan. Dala hovlilarda erkaklar va ayollar yashaydigan tomonlar 
    ajratilib, maxsus ayvon va supalar bo’lgan. Bog’larida esa manzarali daraxtlar, ta’rifi 
    yetti iqlimga ketgan totli mevalar yetishtirilgan. 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    June 2022 / Volume 3 Issue 6
    www.openscience.uz
    298


    Xorazmda XIX asr oxiri va XX asr boshlarda shakllangan turargohlarni 
    quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 
    1. Hovli-saroy sifatidagi turar-joylar - rezidentsiya va yashash uchun 
    foydalanishga mo’ljallangan. 
    2. Mavsumiy turar-joylar - yilning turli vaqtlarida yashash va dam olish uchun 
    foydalanishga mo’ljallangan. 
    3. Qo’rg’on-uy sifatidagi turar-joylar - mudofaa va yashash uchun foydalanishga 
    mo’ljallangan.
    Misol tariqasida Xorazmda hovli-saroyli kompozitsion yechimdagi turar 
    joylarga Ichan qal’ada joylashgan Ollaqulixon “hovli-saroy” uyi - Tosh hovlini
    Deshan-qal’ada joylashgan Nurullaboy saroy majmuasi yodgorligini, mavsumiy 
    turargoh sifatida Xiva tumanida joylashgan CHodra hovli dam olish uyini va 
    qo’rg’on-uy sifatida shakllangan Ulli hovli majmuasini keltirish mumkin. 
    Xorazmda bunday tipdagi hovli uylarning ko’pchiligi urushlarda, inqilob 
    yillarida yo’q bo’lib ketgan. Qolganlari tariximizning tirik guvohi sifatida hamon 
    xizmat qilib kelmoqda. 
    Tosh hovli saroyi. Nurullaboy saroy majmuasi kompozitsiyasidan keskin farq 
    qiladigan yana bitta hovli-saroy tipidagi majmua Ichan qal’ada joylashgan Tosh hovli 
    saroyidir. Bu saroy Ollaqulixon tomonidan bunyod etilgan bo’lib, u bir qancha 
    funktsiyaviy vazifalarni bajargan: davlat hukmdori va oilasi uchun yashash, 
    xukmronlik qilish, mehmonlarni kutib olish va davlat kuch-qudratini ko’rsatish 
    maqsadida qadimiy muhtasham saroylar bunyod etish an’anasi asosida shakllangan. 
    Saroy xon va ularning yaqinlari yashaydigan, davlat xizmatlari bajariladigan joy 
    hisoblangan. Shu boiski, yaxlit me’moriy holda bizgacha etib kelgan. 
    Hovlili kompozitsiya tipidagi bu obida me’morchilik ornamenti va monumental 
    amaliy san’at sohasida xalq ustalari erishgan eng yaxshi yutuqlari haram devorlari 
    bezagida o’z ifodasini topgan. Ayvon devorlaridagi katta sirkor pannolarning 
    o’simliksimon gireh naqshlari, ulardagi bezaklar bir biriga uncha o’xshamaydi. 
    Ustunlardagi va eshiklardagi yog’och o’ymakorligi esa ayniqsa nafis bajarilgan. 
    Serhasham hovliga bo’ylab joylashgan qaznoq, dolon va bolaxonalar 
    joylashgan. Xotinlar ayvonini xon turar joyi bilan birlashtiruvchi dolon faqat tepadagi 
    tuynuklar bilan biroz yoritilgan. Ko’rinishxona yoki arzxonaning xovlisiga borish 
    uchun bir qancha yarim qorong’i dolon-xonalarni bosib o’tish kerak bo’lgan. 
    Saroyning navbatdagi qurilgan joyi mehmonxona binosidir. Uning tuzilishi Tosh 
    hovlidagi arzxonaga va Ko’hna Arkdagi ko’rinishxonaga o’xshab ketadi. Tosh hovli 
    saroyi yillar natijasida bir necha bor ta’mirlangan. Tosh hovli saroyining 
    mehmonxona va arzxona qismlari 2001 yili qayta ta’mirlanib, sayohatchilarga 
    namoyish qilish maqsadida ochildi. Ushbu hovlilarda “Devonbegi”, “Mirzo” va 
    “O’tov” interьerlari joylashgan. 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    June 2022 / Volume 3 Issue 6
    www.openscience.uz
    299


    Tosh hovli saroyi tarxi (1830-1832 yillar) 

    Download 0.63 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorazmda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan hovlili kompozitsion tuzilishga EGA turar-joylar

    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish